partiyalarni davlat tomonidan moliyalashtirish turlari belgilab qo’yildi
Siyosiy partiyalarning jamiyat hayoti va davlat boshqaruvidagi rolini oshirishga qaratilgan
huquqiy asoslardan biri sifatida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov
tashabbusi bilan OM Qonunchilik palatasiga kiritilgan va parlament tomonidan qabul qilingan
"Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya
qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyaviy Qonunini ko’rsatish mumkin. Ushbu Qonunni qabul qilishdan asosiy maqsad
siyosiy partiyalar fraksiyalarining davlat va jamiyat qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini yanada
kuchaytirish, ularning funksiyalari samaradorligini oshirish, aholining manfaatlarini bevosita
fraksiyalar orqali qonunchilik darajasiga ko’tarish va hal qilish, partiyaning yo’nalish hamda
dasturini parlament va mahalliy Kengashlarda mustahkamlash va barqarorlashtirish imkoniyatini
shakllantirishdan iborat.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o’z oldiga erkin, demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyatini shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi. Mazkur maqsadga erishish jarayonida
bosqichma-bosqich fuqarolik jamiyati institutlarini, xususan, uning muhim bo’g’ini hisoblangan
siyosiy partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining jamiyat hayotidagi o’rni va rolini
mustahkamlash borasida islohotlar amalga oshirshshb kelinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganidek, "Biz uchup
fuqarolik jamiyagi ijgimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo’lib, u insonning o’z-o’zini kamol
toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha yordam beradi. Shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari
to’la darajada ruyobga chiqishiga yordamlashadi. Ayni vaqtda, boshqa odamlarning huquq va
erkinliklari kamsitilishiga yo’l qo’yilmaydi. Ya‘ni, erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida
amal qiladi (Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xanfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. -T.: O’zbekiston, 1997. B. 173.).
Mustaqillikning ilk kunlaridanoq davlatimiz O’zbekiston Respublikasining birinchi
Prezidenti Islom Karimovning tashabbusi va bevosita rahbarligida O’zbekistonda fuqarolik
jamiyatini qurish borasidagi maqsadlarga erishishda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat
qurilishi tizimidagi roli va ahamiyatini tubdan kuchaytirish bo’yicha izchil, bosqichma-bosqich
islohotlar amalga oshirilib, fuqarolik jamiyati institutlarining, shu jumladan, siyosiy partiyalar,
nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatiiing hukuqiy asoslari mustahkamlab borilmoqda.
2019 yil dekabrda Oliy Majlisga bo’lib o’tgan saylovlardan oldingi saylovoldi targ’ibotlarda
deputatlik o’rinlari uchun kurashda mavjud partiyalar oldingi saylov jarayonlariga nisbatan ancha
faol, o’zaro raqobat va demokratik kurash yo’liga o’tganligini ko’rsatdi. Vaqtli matbuot, ijtimoiy
tarmoqlar va televidiniyeda partiya raislarining jonli debatlari partiyalarning saylovchilar bilan
bevosita konstruktiv muloqot va o’zaro raqobat muhitiga kirganligini yaqqol namoyon etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |