81
Bu haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. O’zbekistonda sudyalar qonunlarning
tolmas
himoyachilari, adolatning mustahkam ustunlari bo’lishi lozim.
Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Adliya vazirligi uch oy muddatda yuqorida bildirilgan
takliflarni amaliyotga joriy
etishni nazarda tutadigan, qonun loyihasini kiritsin.
Ikkinchidan, sud-huquq sohasiga doir asosiy qonun va kodekslar bundan deyarli 20-25 yil
oldin qabul qilingan bo’lib, hozirgi davr talablariga javob bermaydi.
Shu sababli parlament yaqin yillarda Fuqarolik, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Jinoyat-ijro,
Ma‘muriy javobgarlik to’g’risidagi kodekslarni yangitdan qabul qilishi maqsadga muvofiqdir. Bu
borada, avvalo, tergov va sud amaliyotiga inson huquqlari sohasidagi ilg’or standartlarni joriy
etishga alohida e‘tibor qaratish kerak.
2017 yil 13 iyun kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari bilan uchrashuv
o’tkazib nutq so’zladi (Qonun va adolat ustuvorligini ta‘minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga
erishishning eng muhim sharti). Ma‘ruzada sohani isloh qilish borasida qator vazifalar belgilandi.
Mazkur islohotlar Prezidentimizning O’zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan
takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi (2017 yil 21
fevral), O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta‘minlash departamenti
ishini tashkil etish to’g’risidagi (2017 yil 10 aprel), O’zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini
shakllantirish to’g’risidagi (2017 yil 10 aprel), Odil sudlov saroyi kompleksini tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risidagi (2017 yil 18 iyul), Sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish va sud
hokimiyati organlariga ishonchni oshirish chora-tadbirlari to’g’risidagi (2018 yil 13 iyul) Farmon va
Qarorlarida o’z aksini topdi.
SH.Mirziyoyev Sud tizimini isloh qilish borasida OMga Murojaatnomasida (28.12.2018) quyidagi
fikrlarni bildirdi:
Birinchidan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta‘minlash maqsadida,
sudyalikka nomzodlarni tanlash va tayinlash tizimini yanada takomillashtirish lozim.
Sudyalar korpusini shakllantirish tizimini sud hokimiyatining mustaqilligi prinsipiga to’liq
moslashtirish, bu jarayonda keng jamoatchilik ishtirokini ta‘minlash zarur.
Buning uchun tuman, shahar va viloyat sudi sudyalarini tanlash va tayinlash vazifasini
Sudyalar oliy kengashi to’liq o’z zimmasiga olishi maqsadga muvofiqdir.
Bu borada jamoatchilik
fikri va sudyalarning ular oldida hisobot berish masalasi o’z ifodasini topishi zarur.
Sud-huquq tizimida 2017-2020-yillarda 2 ming 600 nafar fuqaroga nisbatan oqlov hukmi
chiqarilib, 2 ming 400 nafar shaxs sud zalidan ozod qilindi, 7 ta sud bosqichi 3 bosqichga keltirilib,
sud tizimi «bir sud – bir instansiya» tamoyili asosida qayta tashkil etildi.
2020-yilning o’zida bilib-bilmay jinoyatga qo’l urgan va o’z qilmishidan pushaymon
bo’lgan 300 dan ortiq shaxs afv etilib, jazoni o’tash joylaridan ozod qilindi, 200 nafar mahkumning
jazo muddatlari qisqartirildi. (O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig Konstitutsiyamiz qabul
qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tabrigidan.)