Politexnika instituti


O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan Prezidyentlik saylovlari



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

O’zbekiston Respublikasida o’tkazilgan Prezidyentlik saylovlari 
Saylov o’tkazilgan 
sana 
Nomzodlar 
Nomzod ko’rsatgan 
siyosiy partiya 
I.Karimovga 
berilgan ovozlar foizi 
1991 yil 29-dekabr 
Islom Karimov 
XDP  
Kasaba yushmalari 
Federatsiyasi 
86 % 
Salay Madaminov 
Erk demokratik 
13 % 
 
partiyasi 
 
2000-yil 9-yanvar 
Islom Karimov 
Fidokorlar 
91,9 % 
Abdulhafiz Jalolov 
XDP 
 
2007-yil 23-dekabr 
I.Karimov 
O’z LiDep 
81,9 % 
D.Toshmuhammedova 
Adolat SDP 
 
A.Rustamov 
XDP 
 
A.Saidov 
Tashabbuskor guruh 
 
2015-yil 29-mart 
I.Karimov 
O’zLiDep 
90,39 % 


65 
A.Saidov 
Milliy tiklanish 
 
Xotamjon Ketmonov 
XDP 
 
Narimon Umarov 
Adolat 
 
2016-yil 4-dekabr 
Shavkat Mirziyoyev 
O’zLiDep 
88,61 % 
Xotamjon Ketmonov 
XDP 
3,73 % 
Narimon Umarov 
Adolat 
3,46 % 
Sarvar Otamurodov 
Milliy tiklanish 
2,35 % 
 
 
 
 
 
 
 
O’zbekiston  Respublikasi  OMning  tashkil  etilishi,  O’zbekiston  parlamentarizmi 
asoslarining  shakllanishi  va  rivojlanishi.  Mustaqillik  qo’lga  kiritilgan  dastlabki  kunlardayoq 
O’zbekistonda demokratiyani taraqqiy toptirish uchun hozirgi zamon jahon standartlariga javob 
bera  oladigan  samarali  va  ishchan  parlamentni  shakllantirish  zarurati  yuzaga  keldi.  Ammo  bir 
ijtimoiy tizimdan ikkinchi tizimga o’tish sharoitida bu jarayon g’oyat murakkab kechishi aniq edi.
 
Parlamentarizmning rivojlanishi bosqichma-bosqichlilik tamoyili asosida olib borildi. Aks 
holda  ijtimoiy-siyosiy  beqarorlik  va  hokimiyatlar  muvozanati  yo’q  paytda  endigina  faoliyatini 
boshlayotgan yosh parlament demokratik institut doirasidan chiqib ketib, siyosiy inqiroz keltirib 
chiqaruvchi  vositaga  aylanishi  mumkin  edi.  Bunday  sharoitda  qonunchilik  ikkinchi  darajali 
vazifaga  aylanadi,  u  faqat  siyosiy  kurashni  davom  ettirish  yoxud  lobbilar  faoliyati  uchungina 
ishlatiladigan  qo’g’irchoqqa  o’xshab  qoladi.  Bunday  parlamentdan  elning,  xalqning  kor-holiga 
yaraydigan,  milliy  manfaatlarga  javob  beradigan,  yetti  o’lchab  bir  kesilgan,  chuqur  o’ylangan 
qonun va qarorlar kutish qiyin bo’lib qoladi. Shunga ko’ra, parlament hokimiyatlarni taqsimlash 
tizimida  to’laqonli  ish  yuritishi  uchun  shunday  sharoit  yaratish  zarur  ediki,  bir  tomondan,  u 
hokimiyatning  barcha  tarmoqlariga  ma‘lum  darajada  ta‘sir  o’tkazadigan,  ikkinchi  tomondan, 
davlat  tizimi  ichida  ham,  davlat  bilan  fuqarolik  jamiyati  o’rtasida  ham,  ochiq  va  har  qanday 
qarama-qarshilikni yengib o’ta oladigan siyosiy mahkamaga aylansin. Eng muhimi mamlakatga 
ishchan, qobiliyatli, qonunchilik va vakillik vazifalarini to’liq ado eta oladigan, jamiyatni ajratib 
tashlaydigan  emas,  balki  bunyodkorlik  yo’lida  odamlarni,  fuqarolarni  jipslashtira  oladigan 
parlament  kerak  edi.  Zero,  mamlakat  oldida  ulkan  yangi  demokratik  davlatchilikni  yaratishdek 
vazifa turardi. Parlamentdagi o’rinlar uchun partiyalar kurash olib borsa, qandaydir tartib ko’zga 
tashlanadi.  Bordi-yu,  har  bir  deputat  uni,  ovozini  kim  sotib  olishini  kutayotgan  bo’lsa,  bu 
nihoyatda  dahshatli.  Ana  shunday  parlamentning  qo’lidan  har  narsa  kelishi  mumkin.  Shuning 
uchun  ham  men  jamiki  g’oyalar,  ijtimoiy  qatlam  va  manfaatlar  mujassamlangan  parlament 
tarafdoriman  (Karimov  I.A.  O’zbekiston  mustaqillikka  erishish  ostonasida.  -T.:  O’zbekiston, 
2011. B. 291.), deb ta‘kidlagan edi mamlakatimiz birinchi prezidenti Islom Karimov.
 
O’zbek parlamentarizmi tarixiga nazar solsak, 1990-1994 yillarda mamlakatimiz parlamenti 
Oliy  Kengash nomi  bilan atalib, 150 deputatdan iborat  edi. 1995-2004 yillarda  OM nomi  bilan 
atalgan 250 deputatdan iborat bir palatali parlament shakllantirildi. Bir mandatli hududiy saylov 
okruglaridan  saylangan  deputatlar  tarkibida  Xalq  demokratik  partiyasidan,  Adolat  sotsial-
demokratik partiyasidan, Vatan taraqqiyoti partiyasidan, Milliy tiklanish partiyasidan deputatlar 
bor edi. Parlament fraksiyalari ilk bor tashkil etildi. Bundan tashqari, deputatlarnint ma‘lum bir 
qismi  Qoraqalpog’iston  parlamenti,  viloyatlar  hamda  xalq  deputatlari  Toshkent  shahar 
Kengashlari tomonidan saylandi. Shunga ko’ra, fraksiyalar bilan bir qatorda parlament faoliyatida 
hokimiyatlarning vakillik organlaridan kelgan 120 deputatlik bloki ham bor edi. Deputatlarning 
yarmidan  ko’pi  yilda  4  marotaba  bo’ladigan  O’zbekiston  Respublikasi  OM  sessiyalari  vaqtida 
qonunchilikni  amalga  oshirib,  avvalgi  ish  o’rinlarida  o’z  vazifalarini  ado  etardilar.  OMning 
muntazam  va  samarali  ish  faoliyatini  uning  Kengashi  (prezidiumi),  qo’mitalari,  komissiyalari, 
shuningdek, doimiy asosda ishlaydigan deputatlar ta‘minlab turardi.
 
Bu  davrda  demokratik  parlamentarizm  madaniyatini  rivojlantirish  uchun sharoit  yaratildi, 
professional  deputatlar,  parlamentda  xizmat  qiluvchi  yuksak  malakali  xodimlar  tarbiyalandi, 
parlamentning  obro’-e‘tibori  ortdi,  qonunchilikning  ilmiy  bazasi  ham  rivojlana  boshladi. 
Parlament  mexanizmining  ravnaqi,  bir  qator  parlamentlik  vazifalarining  kuchaytirilishi, 


66 
parlamentga  qo’shimcha  vakolatlarning  berilishi  turli  nazariyalardan  kelib  chiqib  emas,  balki 
to’plangan tajriba asosida amalga oshirildi.
 
Parlament  faoliyatini  kuchaytirishga,  shu  jumladan,  qonunchilik  jarayonini  to’la 
professionallashtirishga,  qabul  qilinayotgan  qonun  va  qarorlarning  sifatini  yanada  oshirishga 
bo’lgan  ehtiyoj  ikki  palatali  parlament  tizimiga  o’tishni  taqozo  etardi.  Bundan  tashqari, 
taqsimlangan  vakilliklarga  ham  ehtiyoj  tug’ildi,  ya‘ni  quyi  palata  partiyalar  vakillari  bilan 
shakllantiradigan,  yuqori  palata  joylardagi  hokimiyat  organlari  vakillari  (Qoraqalpog’iston, 
Toshkent shahri va viloyatlardagi deputatlarning mahalliy kengashlaridan 6 kishidan) va mamlakat 
Prezidenti tayinlaydigan fan, san‘at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat 
hayotida katta amaliy tajribaga ega bo’lgan alohida xizmat ko’rsatgan eng obro’li fuqarolardan 
iborat  16  nafar  deputat  (jami  100  nafar  senator)  bilan  to’ldiriladigan  bo’ldi  (Karimov  I.A. 
Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. 10 j. -T.: O’zbekiston, 2002. B. 184).
 
Bu  o’zbek  parlamentarizmi  tarixidagi  muhim  davr  edi,  zero,  aynan  mana  shu  davrda 
qonunchilik  hokimiyatini  amalga  oshiruvchi  oliy  davlat  vakillik  organining  ishida  birmuncha 
yuksak professional darajani ta‘minlashga doir imkoniyatlar aniqlab olindi. Bundan tashqari, bu 
davr murakkab tuzilmali parlamentga, hokimiyatning barcha shahobchalarida barqarorlik va ish 
meyorlarini  saqlagan  holda  qonunchilik,  davlat  boshqaruvi  va  tashqi  siyosat  sohasida  o’tish 
Konstitutsiyaviy hokimiyatning parlamenti darajasiga bosqichma-bosqich o’tish eng to’g’ri yo’l 
ekanligini ham tasdiqladi.
 
OM  2001  yil  6  dekabrda  qabul  qilgan  O’zbekiston  Respublikasi  referendumini  o’tkazish 
to’g’risidagi qaroriga ko’ra, 2002 yil 27 yanvarda referendum o’tkazildi. Uning yakunlari asosida 
Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to’g’risidagi 
Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi qonun chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning 
huquqiy asoslarini belgilab berdi.
 
2002  yil  12  dekabrda  OMning  10-sessiyasida  O’zbekiston  Respublikasi  OMning  Senati 
to’g’risida  va  O’zbekiston  Respublikasi  OMning  Qonunchilik  palatasi  to’g’risidagi 
Konstitutsiyaviy qonunlar hamda ularni amalga oshirish to’g’risida qarorlar qabul qilindi. 2003 
yilning 24 aprelida esa O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o’zgartish va qo’shimchalar 
kiritish  to’g’risida  Qonun  qabul  qilindi.  Dunyoning  rivojlangan  mamlakatlarida  to’plangan 
parlamentarizm tajribasi, o’zbek xalqining qadriyatlari va mentalitetini hisobga olgan holda, ishlab 
chiqilgan  ushbu  qonunlar  ikki  palatali  parlamentimiz  vakolatlari  va  faoliyatining  tashkiliy 
shakllarini aniq belgilab berdi.
 
Shunday  qilib,  mamlakatimiz  tarixida  ilk  bor  O’zbekiston  Respublikasi  OM  2005-yildan 
ikki  palatadan  Qonunchilik  palatasi  (quyi  palata)  va  Senatdan  (yuqori  palata)  iborat  tarzda  ish 
boshladi.
 
Mamlakat parlamentining bosib o’tgan yo’lini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etar ekanmiz, 
uni uchta asosiy davrga bo’lish mumkin. Birinchi davr - 1991-1994 yillar, ikkinchi davr - 1995-
2004 yillar, uchinchi davr - 2005 yildan hozirgi paytgacha.
 
Birinchi  davr 1991-1994 yillar. O’tish davri  parlamenti deb  atash  mumkin  bo’lgan  oxirgi 
12-chaqiriq  Oliy  Kengash  deputatlari  davlat  boshqaruvining  mutlaqo  yangi  organlarini  tashkil 
etishning, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning 
xuquqiy negizi bo’lgan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh 
davlatning  suverenitetini  mustaxkamlashga  qaratilgan  O’zbekiston  Respublikasining  davlat 
mustaqilligi  asoslari  to’g’risidagi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’grisidagi, 
O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog’i to’g’risidagi, O’zbekiston Respublikasining Davlat 
gerbi  to’g’risidagi,  O’zbekiston  Respublikasining  Davlat  madhiyasi  to’g’risidagi,  O’zbekiston 
Respublikasining  davlat  tili  haqidagi,  O’zbekiston  Respublikasi  OMga  saylov  to’g’risidagi  va 
mustaqilligimizni  huquqiy  jihatdan  mustahkamlashga  qaratilgan  nihoyatda  muhim  bo’lgan  bir 
qator qonunlarni qabul qildi. 
Oliy Kengashning o’n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentabrda  O’zbekiston Respublikasi 
OMga  birinchi  saylovni  1994  yil  25  dekabrda  o’tkazish  to’g’risida  qaror  qabul  qildi.  Uch 
bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo’lib o’tgan saylov yakunlariga 


67 
binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko’p partiyaviylik 
asosida o’tkazildi.
 
Ikkinchi  davr  1995-2004  yillar.  Oliy  Kengash  o’rniga  O’zbekiston  Respublikasining  bir 
palatali  parlamenti  OM  shakllantirildi.  Birinchi  chaqiriq  (1995-1999  yillar)  OM  tarkibida 
O’zbekiston Xalq demok-ratik partiyasidan 69 nafar, Adolat sotsial-demokratik partiyasidan 47, 
"Vatan  taraqqiyoti  partiyasidan  14,  "Milliy  tiklanish"  demokratik  partiyasidan  7  nafar  deputat 
bo’lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko’rsatilgan shaxslar tashkil 
etdi.
 
Ikkinchi  chaqiriq  (2000-2004  yillar)  OMga  saylov  hokimiyat  vakillik  organlari  bilan  bir 
qatorda  beshta  siyosiy  partiya  va  saylovchilar  tashabbuskor  guruhlari  ishtirokida  bo’lib  o’tdi. 
Ikkinchi  chaqiriq  OMda  11  nafar  deputatni  birlashtirgan  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi 
fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar 
deputatga ega bo’lgan "Vatan taraqqiyoti"  partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputatni tashkil etgan 
"Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq demokratik 
partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar 
bloki  va  16  nafar  saylovchilar  tashabbuskor  guruhlaridan  saylangan  deputatlar  bloki  ruyxatga 
olindi. Keyinchalik "Vatan taraqqiyoti" va "Fidokorlar" partiyalari bitta "Fidokorlar" partiyasiga 
birlashganligi  munosabati  bilan  ikkinchi  chaqiriq  OMning  ikkinchi  sessiyasida  ularning 
parlamentdagi fraksiyalari a‘zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani 
tashkil etdilar.
 
Uchinchi  davr  2005  yildan  hozirgi  paytgacha.  Milliy  parlamentarizm  rivojlanishining 
uchinchi davri OM Qonunchilik palatasi va Senatining 2005 yil 28 yanvardagi qo’shma majlisidan 
boshlanib, bunda yangi ikki palatali OM deputatlari va senatorlari amalda o’z ishlariga kirishdilar. 
Mamlakatimiz  qonun chiqaruvchilarining  mazkur  tarixiy  anjumanida  O’zbekiston  Rsspublikasi 
Prezidenti Islom Karimov jamiyatimizni demokratlashtirish hamda yangilash yuzasidan dasturiy 
ma‘ruza  qilib,  mamlakatimizni  2005  yilda  va  uzoq  muddatli  istiqbolda  isloh  etish  hamda 
modernizatsiya  qilish  bo’yicha  asosiy  vazifalarni  ilgari  surdi.  OM  Qonunchilik  palatasi  va 
Senatining 2010 yil 12 noyabrdagi qo’shma majlisida Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, "Ikki palatali 
milliy  parlamentimizni  tashkil  etish  masalasi  bo’yicha  2002  yil  27  yanvarda  o’tkazilgan 
referendum  yakunlari  va  shu  asosda  "Referendum  yakunlari  hamda  davlat  hokimiyati  tashkil 
etilishining  asosiy  prinsiplari  to’g’risida"gi  Konstitutsiyaviy  qonunning  qabul  qilinishi  qonun 
chiqaruvchi hokimiyatni tubdan isloh qilishning asoslarini belgilab berdi.
 
Bugungi  kunga  kelib,  OM  palatalari  faoliyatining  huhuqiy  asoslari  to’la  shakllandi. 
Mustaqillik  yillarida  mamlakatimizda  qonun  chiqaruvchi  hokimiyatning  salohiyati  o’sib,  sifat 
jihatdan o’zgardi. Bu yillarda ko’p partiyaviylik asosida konun chiqaruvchi hokimiyatga saylovlar 
natijasida O’zbekistonda zamonaviy qonun chiqaruvchi hokimiyat qaror topdi.
 
Ta‘kidlash joizki, ikki palatali parlament tashkil etilgach, O’zbekiston Respublikasida qonun 
chiqaruvchi  xokimiyat  o’z  taraqqiyotida  yangi  pog’onaga  ko’tarildi.  Eng  asosiysi,  garchi 
qonunchilik jarayoni ancha murakkablashgan bo’lsada, qabul qilingan qonunlarning sifati sezilarli 
darajada oshdi. Qonunlarni qabul qilishda siyosiy partiyalarning roli kuchaydi. Qonun loyihalarini 
partiyalarning  fraksiyalarida  oldindan  ko’rib  chiqish,  Qonunchilik  palatasi  yalpi  majlislarida 
huquqiy  hujjatlar  loyihalarini  muhokama  qilishda  ularning  fikrlarini  e‘tiborga  olish  amaliyoti 
shakllandi.
 
O’zbek  milliy  parlamenta  faoliyatida  ham  demokratik  davlatlarning  parlamentlariga  xos 
bo’lgan  xususiyatlar,  vakillik,  qonunchilik,  hokimiyat  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish, 
shuningdek,  davlatning  ichki  va  tashqi  siyosatida  asosiy  yo’nalishlarni  belgilashdek  universal 
vazifalar  namoyon  bo’ldi.  Mana  shu  vazifalarning  amalga  oshirilishi  barobarida  xalq 
hokimiyatchiligi  va  davlatning  qonuniyligini  ta‘minlash,  davlatning  demokratik,  dunyoviy, 
ijtimoiy va huquqiy xususiyatlari muhim ahamiyat kasb eta boshladi.
 
Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada  demokratlashtirish  hamda  mamlakatni 
modernizatsiyalashda  siyosiy  partiyalar  rolini  kuchaytirish  haqida"gi  Konstitutsiyaviy  qonun 
hamda  "O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  ba‘zi  moddalariga  (89-modda;  93-


68 
moddaning  15-paragrafi;  102-moddaning  2-qismi)  o’zgartishlar  kiritish  to’g’risida"gi  Qonun 
loyihalarining sharhlarida qayd etiladiki, "Bu borada ayrim xorijiy mamlakatlar davlat-huquqiy, 
siyosiy  tizimida  yangitdan  saylangan  parlamentda  mutlaqo  ko’pchilik  o’rinni  egallagan 
partiyaning  hukumatni  shakl-lantirish  huquqini  qo’lga  kiritishi  va  uning  yetakchisi  yoki  vakili 
Bosh vazir lavozimiga da‘vogarlik qilishini nazarda tutadigan tajriba ham mavjud. Bunday model 
demokratik  rivojlanishning  uzoq  yo’lini  bosib  o’tgan  va  elektorati  yetarli  darajadagi  yuksak 
siyosiy va ijtimoiy tafakkurga ega bo’lgan davlatlardagina ko’llaniladi.
 
Bir so’z bilan aytganda, mamlakatda parlament islohotlarining rivojlantirilishi masalasi ikki 
palagali parlamentning tashkil topishi va uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida tobora mavqei 
oshib  borayotganligida  aniq  namoyon  bo’layotganini  kuzatish  mumkin.  Ikki  palatali 
parlamentning  shakllantirilishi,  uning  faoliyat  yuritishi  masalalariga  doyr  huquqiy  asoslarning, 
shuningdek,  saylovlarning  demokratik  andozalar  asosida  yanada  takomillashtirilib  borilishi, 
nihoyat, nomarkazlashtirish, ma‘muriy islohotlarning jadallik bilan olib borilishi mamlakat siyosiy 
modernizatsiyalashuv jarayonining asosini tashkil etdi.
 
2019 yilda Parlament nazoratining ta‘sirchan shakllaridan biri bo’lgan Davlat byudjetini 
qabul qilish va uning ijrosini ko’rib chiqishga alohida ahamiyat berish, bu ishni yuqori professional 
darajada yo’lga qo’yish uchun OM qoshida Davlat byudjeti boshqarmasi tashkil etildi.
 
2019  yil  22  dekabrda  O’zbekistonda  Xalq  deputatlari  tuman,  viloyat  va  shahar 
Kengashlariga hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylovlar bo’lib o’tdi. 2020 
yil 20 yanvar kuni SH.M.Mirziyoyev O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 
(Parlament  xalq  irodasining  haqiqiy  ko’zgusi  bo’lishi  zarur)  va  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisi Senatining birinchi majlislarida (Senatorlik tashabbuskorlik va fidoyilik demakdir) alohida 
alohida  ma‘ruzalar  qilib,  unda  parlamentning  bugungi  islohotlar  jarayonidagi  faoliyat 
yo’nalishlariga e‘tibor qaratdi (Qarang: Mirziyoyev Sh.M. Milli tiklanishdan – milliy yuksalish 
sari. Asarlar 4-jild. -T.: “ O’zbekiston”. 2020. 3-50 betlar.).
 
O’zbekiston  Respublikasining  Prezidenti  SH.Mirziyoyevning  2020  yil  24  yanvarda  Oliy 
Majlisga  Murojaatnomasida  Oliy  Majlisning  qonunchilik  faoliyatiga  e‘tibor  qaratar  ekan, 
qonunchilikni  yangilashdan  maqsad  –  faqat  qonun  qabul  qilish  emas,  aksincha,  yangi  qonunlar 
ertaga  odamlarga  qanday  amaliy  naf  berishi,  ularning  hayotini  qanday  yengillashtirishi  haqida 
bosh qotirishdan iborat bo’lmog’i lozim deb ta‘kidlab o’tdilar.
 
Xullas, mamlakatimizda milliy parlamentni shakllantirish jarayoni qisqa bo’lsa-da, tarkibiy-
tuzilmaviy  va  sifat  jihatidan  muhim  bosqichni  bosib  o’tdi.  Barcha  sohalarda  bo’lgani  kabi  bu 
yo’nalishda ham Prezident Islom Karimov rahnamoligida jahon xalqlari erishgan ijobiy tajribalar 
bilan  birga,  mamlakatimiz,  xalqimizning  o’ziga  xos  xususiyatlari,  mentaliteti,  shart-sharoitlari, 
tarixiy anana va qadriyatlari hisobga olindi. Ayni paytda parlament rivojining bosqichma-bosqich 
amalga oshirilishi "o’zbek modeli"ning hayotiyligini yana bir bor tasdiqladi.  
O’zbekistonda demokratik tamoyillar asosida milliy davlat boshqaruv tizimining yaratilishi 
va  mustahkamlanishi.  O’zbekiston  Respublikasida  davlat  mustaqilligiga  erishilgandan  keyin 
o’tgan yillar davomida davlat boshqaruvi sohasida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.
 
Davlat  boshqaruvi  sohasidagi  aniq  maqsadli  vazifalar,  bir  tomondan,  qonunlarni  hayotga 
izchil tatbiq etish, fuqarolarning huquq va erkinliklari amalga oshirilishini kafolatlash, siyosiy va 
iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga kodir davlat hokimiyati va boshqaruvining ham vertikal, 
ham gorizontal samarali bo’lgan tizimini yaratishni talab etardi. Ikkinchi  tomondan, bu davrda 
boshqaruvning  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimiga  barham  berishga;  ijro  hokimiyati  ayrim 
vazifalarini markaziy organlardan joylardagi davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o’zini 
o’zi boshqarish organlariga asta-sekin o’tkazishga, ijtimoiy yo’nalgirilgan iqtisodiyot talablariga 
javob beradigan, qonunchilik va sud hokimiyati, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari bilan 
samarali  hamkorlik  qiluvchi  boshqaruvning  uyg’un  tizimini  yaratishga  yo’naltirilgan  chora-
tadbirlar belgilanib, bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
 
Mustaqillik  yillarida  davlat  boshqaruvining  shakllanishi  va  rivojlanishida  bir  necha 
bosqichni ajratib ko’rsatish mumkin.
 


69 
Birinchi  bosqich  (1991-2000  yy.)  –  o’tish  davri  va  milliy  davlatchilik  asoslarini 
shakllantirish  bilan  bog’liq  birinchi  galdagi  islohot  va  o’zgarishlarni  o’z  ichiga  oladi.  Ushbu 
bosqichda  o’tish  davrida  xokimiyat  taqsimlanishining  Konstitutsiyaviy  tamoyili  asosida  davlat 
boshqaruvining  tubdan  yangi  tizimi  yaratildi  hamda  iqtisodiy  rivojlanish,  ijtimoiy-madaniy  va 
ma‘muriy-siyosiy qurilish sohasida yaxshi boshqaruv tuzilmalari shakllantirilib, mustahkamlandi. 
Boshqaruvning ma‘muriy-buyruqbozlik tizimidan voz kechib, ijro hokimiyatining butun tizimi va 
mexanizmini bosqichma-bosqich isloh qilishga kirishildi. Birinchi bosqichga xos asosiy xususiyat 
ijtimoiy-siyosiy  munosabatlarning  yangi  tizimiga  o’tish,  o’tish  davrida  milliy  xavfsizlik  va 
barqarorlikni ta‘minlash bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-xuquqiy o’zgarishlarni 
amalga  oshirish  maqsadida  ijro  etuvchi  hokimiyatning  kuchli,  markazlashgan  tizimini  barpo 
etishdan iborat edi. Eng muhim masala yangi tuzumga ijtimoiy larzalarsiz, inqiroz holatlariga yo’l 
qo’ymay va vaziyat ustidan nazoratni saqlagan holda o’tishni ta‘minlashdan iborat edi
 
Ushbu bosqich davomida totalitar tizimdan demokratik tizimga, qat‘iy ma‘muriyatchilik va 
buyruqbozlikdan  iqtisodiy  dastaklar  va  rag’batlar  asosida  o’zini  o’zi  boshqarish  va  o’zini  o’zi 
tartibga  solishga  murakkab,  ba‘zan  og’riqli  o’tish  amalga  oshirildi.  Birinchi  bosqichda  davlat 
boshqaruvining yangi tizimi yaratildi. Milliy shart-sharoitlar talabiga javob beruvchi, O’zbekiston 
Respublikasi  Prezidentining  1992  yil  9  yanvardagi  "Toshkent  shahri  hokimi  (meri)  lavozimini 
bajarishga  kirishishi  to’g’risida"gi  farmoyishi  asosida  hokimlik  instituti  yaratildi,  u  joylardagi 
vakillik va ijro hokimiyatining yagona to’laqonli organi hisoblanadi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  hokimiyatning  qonunchilik,  ijro  va  sud 
tarmoqlariga  bo’linishi  bel-gilab  qo’yilgan  va  ularning  har  biri  mustaqil  deb  ta‘kidlangan. 
Konstitutsiyaviy  tamoyillar  hisobga  olingan  holda,  VM  faoliyatining  maqomi,  vakolat  va 
tamoyillari  belgilandi.  VMning  tarkibi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
shakllantirilib,  OMda  tasdiqlanadigan  bo’ldi.  VM  iqtisodiy,  ijtimoiy  va  ma‘naviy  sohalarning 
samarali  faoliyat  yuritishini,  O’zbekiston  Respublikasi  konunlari,  OM  qarorlari,  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti farmon va farmoyishlarining ijrosini ta‘minlaydi.
 
1993  yilda  "O’zbekiston  Respublikasi  VM  to’g’risida"gi  Qonunning  qabul  qilinishi 
hukumatning  huquqiy  maqomi  belgilanishi  borasidagi  ishlarning  mantiqiy  davomi  bo’ldi 
(O’zbekiston  Respublikasining  "O’zbekiston  Respublikasi  VM  to’g’risida"gi  Qonuni  // 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993. 5-son. 202-modda). Ushbu 
Qonunda  va  qator  meyoriy-huquqiy  hujjatlarda  VM  faoliyatining  asosiy  tamoyillari,  tarkibini 
shakllantirish  tartibi,  hukumatning  vakolatlari  va  davlat  hokimiyatining  boshqa  organlari  bilan 
munosabatlari, shuningdek, VM apparatini takomillashtirish masalalari mustahkamlandi.
 
VM  tarkibiga,  qonunga  muvofiq,  Bosh  vazir,  uning  o’rinbosarlari,  vazirlar,  davlat 
qo’mitalarining  rahbarlari,  shuningdek,  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvining  boshqa  organlari 
rahbarlari kiritildi.
 
Davlat  apparati  islohotlarning  birinchi  bosqichida  davlat  boshqaruvini  maqbullashtirish, 
vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarning boshqaruvnpng bozor islohotlari usullariga o’tish 
bilan  bog’liq  bo’lgan  shart-sharoitlarda  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  va  idoralarining  faoliyati 
samaradorligini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
 
Joylardagi davlat hokimiyati organlari faoliyatining demokratlashtirilishi hokimlik apparati 
funksiyalari,  tarkibi  va  xodimlar  sonini  maqbullashtirish,  shuningdek,  xalq  deputatlari 
Kengashlarining rolini kuchaytirish yo’nalishida olib borildi.
 
1993  yilda  qabul  qilingan  O’zbekiston  Respublikasining  "Mahalliy  davlat  hokimiyati 
to’g’risida"gi  Qonuniga  muvofiq  (O’zbekiston  Respublikasining  "Mahalliy  davlat  hokimiyati 
to’g’risida"gi Qonuni // O’zbekistop Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 1993.9 son. 
320-modda) joylardagi vakillik va ijroiya organlari boshliqlarini saylash va bo’shatish, joylardagi 
davlat hokimiyati organlarining fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, boshqa ma‘muriy-
hududiy  tuzilmalarning  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  bilan  munosabatlari,  viloyat, 
tuman  va  shahar  mol-mulki  va  moliyaviy  resurslarni  shakllantirish  tartibi,  xalq  deputatlari 
Kengashi va hokimning byudjetga oid huquqlari, viloyat, tuman va shahar byudjetining daromadi 
va xarajatlari kabi masalalar tartibga solindi.
 


70 
1994 yilda "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to’g’risida"gi 
Qonunning  (O’zbekiston  Respublikasining  "Xalq  deputatlari  viloyat,  tuman  va  shahar 
Kengashlariga  saylov  to’grisida"gi  Qonuni  //  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashining 
Axborotnomasi.  1994.  5-son.  125-modda.)  qabul  qilinishi  joylardagi  davlat  hokimiyati  vakillik 
organlari tizimini mustahkamlash sohasidagi islohotlarning mantiqiy davomi bo’ldi.
 
Ushbu  davrdagi  asosiy  vazifa  davlatning  iqtisodiyotga  aralashuvini  cheklashga  imkon 
beruvchi samarali davlat boshqaruvini tashkil etish uchun shart-sharoitlarni yaratishdan iborat edi. 
Makro darajada bu raqobat muhitini, biznesni rivojlantirish, mamlakatda xorijlik investorlar uchun 
qulay investitsiya muhitini yaratishni anglatadi.
 
Birinchi  bosqichda  ko’p  sonli  tarmoq  vazirliklari,  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan 
rejalashtirish,  savdo,  moddiy-texnik  ta‘minot  va  xizmat  ko’rsatish  sohasini  boshqarish  tizimi 
tugatildi. Bozor iqtisodiyotiga xos bo’lgan davlat boshqaruvining yangi institutlari: monopoliyaga 
qarshi  organlar,  mustaqil  statistika  organlari,  soliq  va  bojxona  qo’mitalari,  korxonalar 
bankrotligini nazorat qiluvchi organlar tashkil qilindi. Iqtisodiy munosabatlarning yangi tizimiga 
xos bozor institutlari: bank tizimi, sugurta, lizing, auditorlik kompaniyalari, tovarlarni birja orqali 
sotish tizimi shakllandi.
 
Shu  tarzda,  davlat  boshqaruvi  tizimini  isloh  qilish  jarayonida  qat‘iy  davlat  nazorati 
mamlakatda  aholini  ijtimoiy  himoya  qilish  va  fuqarolararo  hamjihatlikni  ta‘minlash,  bozor 
islohotlarini  amalga  oshirish  uchun  mustahkam  iqtisodiy  zamin  va  qonunchilik  bazasini 
shakllantirish  imkonini berdi.  Bu  davrda  boshqaruvning  ma‘muriy-buyruqbozlik  tizimi  barham 
topdi,  VM,  davlat  va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari,  joylardagi  vakillik  va  ijro  organlari 
faoliyatining huquqiy asoslari yaratildi.
 
Ikkinchi  bosqich  (2001-2010  yy.)  iqtisodiyotni  barqaror  rivojlantirish,  qonunchilik,  sud-
huquq  tizimi  va  ijtimoiy-gumanitar  sohalarni  isloh  qilishni  ta‘minlashda  g’oyat  muhim  rol 
o’ynagan davr bo’ldi. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilishning ushbu bosqichidagi eng muhim 
vazifalar  sifatida  boshqaruv  tuzilmalarining  vazifalarini  o’zgartirish,  ularning  hokimiyatga  oid, 
tartibga  solish  va  nazorat  qilishga  oid  vakolatlarining  to’xtatilishi  va  tubdan  qisqartirilishi, 
shuningdek,  xo’jalik  yurituvchi  subyektlarning  faoliyatiga  aralashuv  va  tartibga  solishga  yo’l 
qo’ymaslik kabi vazifalar belgilandi.
 
Islohotlarning mantig’i va jamiyat hayotining barcha sohalarini erkinlashtirishga intilish davlat 
funksiyalarining mikro darajada, ya‘ni muayyan xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyati va hududlarni 
rivojlantirish darajasida qisqartirilishini taqozo etmoqda edi. Boshqacha aytganda, korxonalar va aholi 
bozor  islohotlariga  moslashib  borgani  sayin  davlat  organlarining  ularning  qonuniy  faoliyatiga 
aralashuvi  tadbirkorlik,  ishbilarmonlik,  umuman,  iqtisodiyot  rivojlanishi  yo’lidagi  jiddiy  to’siqqa 
aylanmoqda edi. Ushbu davrda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika 
davlat boshqaruvi organlari faoliyatini takomillashtirish to’g’risida"gi (O’zbekisgon
 
Respublikasi  Prezidentining  "Respublika  davlat  boshqaruvi  organlari  tizimini  takomillashtirish 
to’g’risida"gi  Farmoni  //  O’zbekiston  Qonun  hujjatlari  to’plami.  2003.  23-son.  229-modda)  va 
"Xo’jalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to’g’risida"gi Farmonlari O’zbekistonda 
ma‘muriy  islohotlarning  mutlaq  yangi  bosqichini  boshlab  berish  asnosida,  davlat  va  xo’jalik 
boshqaruvi  maqomini,  ularning  asosiy  vazifalari  va  ushbu 
ashkilotlarning  (vazirliklar,  davlat 
qo’mitalari, agentliklar, qo’mitalar, markazlar va inspeksiyalar) ro’yxatini meyoriy-huquqiy belgilash 
asosida ularning funksiyalarini ajratib berdi.
 
2003-2004  yillarda  o’tkazilgan  ma‘muriy  islohotlar  jarayonida  20  ga  yaqin  davlat 
boshqarmasi  qayta  tashkil  qilindi,  40  mingga  yaqin  boshqaruv  xodimlarining  shtat  birliklari 
qisqartirildi. Bu, ma‘lum ma‘noda, korxonalar va tadbirkorlik tuzilmalarini ularning faoliyatiga 
byurokratik aralashuvlarning turli shakllaridan ximoya qilish imkonini berdi. Iqtisodiyot, davlat 
va jamiyat qurilishini erkinlashtirish borasidagi yangi vazifalar, barcha hokimiyat tarmoqlarining
 
mustaqilligini kuchaytirish zaruriyati davlat boshqaruvi organlarini munosib takomillashtirilishini 
taqozo etar edi.
 
Davlat,  ijtimoiy-iqtisodiy  qurilish,  mamlakatda  amalga  oshirilayotgan  islohotlarni 
chuqurlashtirish  masalalarini  hal  qilishda  O’zbekiston  Respublikasi  hukumatining  roli  va 


71 
mustaqilligining kuchaytirilishi 2003 yilda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga tuzatishlar 
kiritilishi (O’zbekiston Respublikasining "O’zbekiston Respublikasining
 
Konstitutsiyasiga  o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida"  gi  Qonuni  //  O’zbekiston 
Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. 2003. 9-10-soi. 67-modda) va ular asosida "O’zbekiston 
Respublikasi VM to’g’risida"gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishiga sabab bo’ldi.
 
Ijro hokimiyatini modernizatsiyalash maqsadida ilgari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
egallagan  VM  Raisi  lavozimi  bekor  qilindi.  2003  yilda  O’zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti bir paytning o’zida VM Raisi hisoblanishini belgilovchi 
norma chiqarib tashlandi. Qonunchilikdagi o’zgarishlarga muvofiq, Bosh vazir nomzodini ko’rib 
chiqish va tasdiqlash OMning ikki palatasi vakolatiga kiradi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
OM  palatalariga  ko’rib  chiqish  va  tasdiqlash  uchun  O’zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining 
nomzodini tavsiya qiladi.
 
OM tomonidan Bosh vazir lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va O’zbekiston Respublikasi 
OMni  tarqatib  yuboradi.  78-moddaga  kiritilgan  tuzatish  OM  palatalariga  mamlakat  ijtimoiy-
iqtisodiy  rivojlanishining  dolzarb  masalalari  yuzasidan  Bosh  vazirning  hisobotlarini  eshitish  va 
muhokama  qilish  vakolatlarining  berilishini  ko’zda  tutadi.  Ushbu  qoida  ijro  etuvchi  hokimiyat 
faoliyati ustidan parlament nazoratini sezilardi ravishda kengaytiradi.
 
Yangi  shakllantirilgan  Vazirlar  Mahqamasi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  bilan 
kelishilgan  xolda  OM  palatalariga  o’z  vakolati  davridagi  faoliyat  dasturini  taqdim  qiladi; 
O’zbekiston  Respublikasi  ijtimoiy  va  iqtisodiy  rivojlanishining  asosiy  yo’nalishlarini  va  unga 
kiritiladigan  o’zgarishlarni  ishlab  chiqadi  hamda  mamlakat  parlamentiga  ko’rib  chiqish  uchun 
taqdim etadi.
 
Iqtisodiy  islohotlar  chuqurlashib,  iqtisodiyotni  boshqarishning  zamonaviy  bozor  usullari 
shakllantirilayotgan,  moddiy  xujalik  sohasining  davlat  tomonidan  tartibga  solinishi  tizimi 
takomillashib borgani sayin ijro hokimiyati organlarini isloh qilish, jumladan, uning O’zbekiston 
Respublikasi  VM  kabi  oliy  organlarning  vakolatlari  mustaqilligini  kengaytirish,  mas‘uliyatini 
oshirish bo’yicha shart-sharoitlar yaratildi.
 
Davlat  boshqaruvi  islohotlarning  ushbu  bosqichidagi  eng  muhim  natijalarni  boshqaruv 
tuzilmalari  funksiyalarining  o’zgarishi,  ularning  hokimiyatga  xos,  tartibga  soluvchi  va  nazorat 
vakolatlarining  to’xtatilishi  va  tubdan  qisqartirilishi,  shuningdek,  xo’jalik  yurituvchi 
subyektlarning faoliyatiga to’g’ridan-to’g’ri aralashuv va tartibga solishga yo’l qo’ymaslik tashkil 
etadi. Ushbu bosqichda viloyatlar, tumanlar, shaharlar hokimliklari faoliyatining samaradorligini 
oshirish va tarkibini takomillashtirish, ularga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur shart-
sharoitlarni ta‘minlash bo’yicha chora-tadbirlar majmuasi amalga oshirildi.
 
Davlat  boshqaruvi  organlari  faoliyatini,  shuningdek,  huquqiy  himoya  tizimini 
takomillashtirish  va  tadbirkorlik  subyektlarining  moliyaviy  mas‘uliyatini  erkinlashtirishga 
yo’naltirilgan qator meyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
 
Adliya  organlari  bilan  hamkorlikda  tadbirkorlikni,  2005  yildan  boshlab  esa  prokuratura 
organlarini huquqiy himoyalash tizimi yaratildi. Ushbu choralar davlat va nazorat organlarining 
korxonalarning  moliyaviy-xo’jalik  faoliyatiga  aralashuvini  tubdan  qisqartirish  va  tadbirkorlik 
subyektlarining iqtisodiy erkinlik va huquqlarini jiddiy tarzda kengaytirishga olib keldi.
 
Tadbirkorlik va xususiy mulkni qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat organlari tashkil qilindi, 
ushbu  organlarning  tadbirkorlik  subyektlarini  moddiy-texnik  va  xom  ashyo  resurslari  bilan 
ta‘minlash borasidagi faoliyati takomillashtirildi.
 
Ushbu davrda, qabul qilingan qarorlarga muvofiq, ijro hokimiyati markaziy organlarining 
ayrim vakolatlari joylardagi davlat hokimiyati organlari ixtiyoriga o’tkazildi. Joylardagi ijtimoiy-
iqtisodiy  jarayonlarni  boshqarish,  bozor  usullariga  asoslangan,  zamonaviy  boshqaruv 
tamoyillarini  hayotga  keng  joriy  qilish  choralari  amalga  oshirildi,  oila,  onalik  va  bolalikning 
ijtimoiy  himoyasi  kuchaytirildi,  ma‘lum  hududda  istiqomat  qiluvchi  fuqarolarning  bandligiga 
ko’maklashish, shu jumladan, kasanachilikni yo’lga qo’yish chora-tadbirlari amalga oshirildi.
 


72 
2011 yili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yangi tuzatishlar kiritildi (O’zbekiston 
Respublikasining  Konstitusiyasining  ayrim  moddalariga  (78,  80,  93,  96  va  98-moddasiga) 
o’zgartirish  va  qo’shimchalar  kiritish  to’g’risida"gi  Konstitutsiyaviy  qonuni  //  O’zbekiston 
Respublikasi  qonun  hujjatlari  to’plami.  2011.  16-son.  159-modda)  ular  davlat  hokimiyati  va 
boshqaruvini  yanada  demokratlashgirishga,  shu  jumladan,  ijro  hokimiyatini  yanada 
modernizatsiyalashga  qaratilgan  edi.  Konstitutsiyaning  yangi  tahrirdagi  93-moddasiga  ko’ra, 
Prezident  vakolatlaridan  ijro  etuvchi  hokimiyat  devonini  tuzib  va  unga  rahbarlik  qilish  huquqi, 
shuningdek, Bosh prokuror o’rinbosarlarini lavozimiga tayinlash va bo’shatish huquqi chiqarildi.
 
Tuzatishlarga  muvofiq,  Prezident  endilikda  faqat  Bosh  vazir  taqdimiga  binoan  viloyatlar 
hokimlarini  hamda  Toshkent  shahar  hokimini  qonunga  muvofiq  tayinlashi  hamda  lavozimidan 
ozod  etishi  ko’zda  tutildi.  Bundan  tashqari,  davlat  rahbari  vakolatlariga  Hisob  palatasi  raisini 
tayinlash va lavozimidan ozod etish kiritildi.
 
Asosiy  Qonunning  98-moddasiga  ko’ra,  Bosh vazir  lavozimiga  nomzod  ko’rsatish  va  uni 
tasdiqlashning  yangi  tartibi  o’rnatiddi.  Endilikda  Bosh  vazir  nomzodi  Qonunchilik  palatasiga 
saylovlarda  eng  ko’p  deputatlik  o’rnini  olgan  siyosiy  partiya  yoki  teng  miqdordagi  deputatlik 
o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiyalar tomonidan taklif etiladi.
 
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko’rib 
chiqqanidan keyin o’n kun muddat ichida uni O’zbekiston Respublikasi OM palatalarining ko’rib 
chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi. Bosh vazir nomzodi uning uchun tegishlicha O’zbekiston 
Respublikasi OM Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining yarmidan 
ko’pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.
 
Ishonchsizlik  votumi  instituti  O’zbekistonning  huquqiy  tizimida  yangilik  bo’ldi.  Bunda, 
Bosh vazir bilan Qonunchilik palatasi o’rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda, Bosh vazirga 
nisbatan  ishonchsizlik  votumi  tegishlicha  O’zbekiston  Respublikasi  OM  Qonunchilik  palatasi 
deputatlari va Senati a‘zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda 
qabul qilingan hisoblanadi.
 
Ishonchsizlik  votumi  bildirilgan  taqdirda  Prezident  Bosh  vazirni  lavozimidan  ozod  etish 
bo’yicha qaror qabul qiladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi VMning butun tarkibi Bosh vazir 
bilan birga iste‘foga chiqadi.
 
Yangi  Bosh  vazir  nomzodi  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan  O’zbekiston 
Respublikasi OMning Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli 
maslahatlashuvlar  o’tkazilganidan  so’ng  parlament  palatalariga  ko’rib  chiqish  va  tasdiqlashga 
taqdim qilish uchun taklif etiladi.
 
Mazkur  o’zgartish  va  qo’shimchalar  o’z  ichiga  mamlakatni  isloh  qilish  bo’yicha  bosib 
o’tilgan  yo’lning  kompleks  tahlilini  qamrab  olgan,  jamiyat  va  davlat  rivojlanishining  maqsadli 
vazifalari  va  mo’ljallarini  belgilab  beruvchi  «Mamlakatimizda  demokratik  islohotlarni  yanada 
chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi»ning mantiqiy davomi bo’ldi.
 
Xususan, Konstitutsiyaning 78-moddasi O’zbekiston Respublikasi OM Qonunchilik palatasi 
va  Senatining  parlament  nazoratini  amalga  oshirish  bo’yicha  vakolatlarini  Konstitutsiyaviy 
mustahkamlashga yo’naltirilgan qoida bilan to’ldirilgan. Qonunchilik organining ijroiya organlari 
faoliyati ustidan nazorati ularning qonunlar va parlament qarorlarining amalga oshirilishi bo’yicha 
mas‘uliyatini yanada oshiradi, shu orqali faoliyatining sifati yaxshilanishiga xizmat qiladi. Ijroiya 
hokimiyat 
tomonidan 
qonunlarning 
kerakli 
tarzda 
bajarilishi 
demokratiyaning 
mustahkamlanishiga  olib  keladi,  zero  xalq  irodasiga  asoslangan  qarorlarnish  bajarilishi  xalq 
tomonidan  ushbu  irodaga  muvofiq  hokimiyatning  yagona  manbai  sifatidagi  roli  anglanishiga 
xizmat qiladi hamda uning davlat siyosatiga ta‘sir qilishga intilishini kuchaytiradi.
 
Bundan  tashqari,  parlament  nazoratini  amalga  oshirish  bo’yicha  vakolatlarning 
Konstitutsiyaviy  mustahkamlanishi  parlamentda  o’z  vakillariga  ega  siyosiy  partiyalarga  ijro 
hokimiyati  butun  tizimi  hokimiyatdan  tortib  mahalliy  hokimiyat  organlari  ustidan  nazoratning 
samaradorligini oshirish hamda ularning jamiyat hayotidagi rolini kuchaytirish imkonini beradi. 
Eng  muhimi,  bu  siyosiy  partiyalarga  o’z  elektorati  manfaatlarini  va  o’z  dasturiy  vazifalarini 
ishonch va qat‘iyat bilan himoyalash imkonini beradi.
 


73 
"Kuchli  davlatdan  kuchli  fuqarolik  jamiyati  sari"  tamoyilini  amalga  oshirish  va  davlat 
organlari  ustidan  jamoatchilik  nazoratini  ta‘minlash  bo’yicha  yaxlit  tizimning  shakllantirilishi 
doirasida  jamoatchilik  nazorati  institutiga  ham  Konstitutsiyaviy  maqom  berilgan,  bu  esa  davlat 
rivojlanishiga  oid  o’ta  muhim  vazifalarni  amalga  oshirishda  fuqarolik  institutlarining  rolini  va 
ahamiyatini jiddiy ravishda kuchaytiradi.
 
93-moddaga  kiritiladigan  o’zgarishlar  hokimiyatning  bo’linishi  va  ularning  samarali 
hamkorlik  qilishiga  oid  Konstitutsiyaviy  prinsip  mexanizmini  takomillashtiradi.  Jumladan, 
endilikda  Prezidentning  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari  hamda  davlat  boshqaruvining  boshqa 
organlarini  tuzish  va  tugatish  haqidagi  qarorlari  O’zbekiston  Respublikasi  VMning  taqdimidan 
so’ng qabul qilinadi, shu masalaga doir farmonlar keyinchalik O’zbekiston Respublikasi OMning 
palatalari tasdig’iga kiritiladi.
 
Mamlakatning  siyosiy  va  Konstitutsiyaviy  rivojlanishi  mantigi  VMning  mustaqilligi  va 
mas‘uliyagini  oshiruvchi  huquqiy  normalarning  qabul  qilininshga  sabab  bo’ldi.  98-moddaga 
VMning  mas‘uliyatini  Konstitutsiyaviy  mustahkamlash,  shuningdek,  faoliyati  sohalarini 
aniqlashtirish maqsadida qo’shimchalar kiritildi. Xususan, xukumat zimmasiga samarali iqtisodiy, 
ijtimoiy,  moliyaviy,  pul-kredit  siyosatining  yuritilishi,  fan,  madaniyat,  ta‘lim,  sog’liqni  saqlash 
hamda  iqtisodiyot  va  ijtimoiy  sohaning  boshqa  tarmoqlarini  rivojlantirish  bo’yicha  dasturlarni 
ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun javobgarlik yuklatilgan. Vazirlar Maxkamasi davlat 
va  xo’jalik  boshqaruvi  organlari  faoliyatini  muvofiqlashtiradi  va  yo’naltiradi,  uning  ustidan 
nazoratni ta‘minlaydi.
 
Ayni paytda, kiritilgan yangi normaga ko’ra, Bosh vazir lavozimiga nomzod parlamentda 
uning nomzodi ko’rib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda VMning yaqin muddatga va uzoq 
istiqbolga mo’ljallangan harakat dasturini taqdim etadi. Ushbu qo’shimcha siyosiy partiyalarga 
xukumat dasturi yoki uning alohida yo’nalishlari bo’yicha o’z nuqtai nazarini belgilash bo’yicha 
puxta o’ylangan qaror qabul qilish imkonini beradi. U demokratik jamiyatning muhim tarkibiy 
qismi  hisoblangan  ko’ppartiyaviylik  tizimini,  partiyalararo  raqobat  va  fraksiyalararo  kurashni 
yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Bundan tashqari, 103-moddaga qo’shimchalar mahalliy Kengashlarda siyosiy partiyalar va 
ularning  deputatlik  guruhlari,  shuningdek,  vakillik  deputatlik  organlari  rolini  oshirishga 
ko’maklashadi. Ularga ko’ra, viloyat, tuman va shahar hokimi tegishli xalq deputatlari Kengashiga 
viloyat,  tuman,  shahar  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishining  eng  muhim  va  dolzarb  masalalari 
yuzasidan  hisobotlar  taqdim  etadi,  ular  bo’yicha  xalq  deputatlari  Kengashi  tomonidan  tegishli 
qarorlar qabul qilinadi.
 
117-moddaga  kiritilgan  qo’shimchalar  Markaziy  saylov  komissiyasini  demokratik 
shakllantirish  tizimi  va  faoliyatining  asosiy  tamoyillarini  Konstitutsiyaviy  mustahkamlashga 
yo’naltirilgan  bo’lib,  ular  fuqarolarning  davlat  hokimiyati  organlariga  saylash  va  saylanish 
huquqining yanada to’liq amalga oshirilishini ta‘minlaydi, shuningdek, ularning o’z irodasini erkin 
ifodalash huquqlari kafolatlanishini kuchaytiradi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga  Islom  Karimov  tomonidan  ilgari  surilgan 
yuqoridagi tuzatishlarning kiritilishi ijro etuvchi hokimiyatni modernizatsiya qilishda, mohiyatan, 
mamlakatimizni isloh qilish va demokratlashtirishda yangi bosqich bo’ldi.
 
2016 yildan boshlab davlat boshqaruv islohotlari yangi bosqichda davom ettirildi. 2016 yil 
28  dekabr  –  Jismoniy  va  yuridik  shaxslarning  murojaatlari  bilan  ishlash  tizimini  tubdan 
takomillashtirishga  doir  chora-tadbirlar  to’g’risida  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga ko’ra Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyat, shahar va 
tumanlarda  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  Xalq  qabulxonalari  va  O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etildi.
 
2017 yil 12 iyunda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro 
etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi, 2017 yil 28 
sentabrdagi  O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy 
Majlisidagi  vakolatli  vakili  lavozimini  joriy  etish  to’g’risidagi  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining Qarori qarorlari shular jumlasidandir. 


74 
2018 yilgacha Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Bosh vazirni tasdiqlar, lekin vazirlarni 
lavozimga  qo’yishda  qatnashmasdi.  Shuning  uchun  Hukumat  a‘zolari  parlament  oldida 
mas‘uliyatni yetarli darajada his etmasdi. Shu munosabat bilan Prezident SH.Mirziyoyev OMga 
Murojaatnomasida (28.12.2018) VM a‘zolarini OM tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni 
taklif etdi.
 
Bo’lajak vazir parlament a‘zolari oldida sohani rivojlantirish bo’yicha o’z dasturini himoya 
qilsin  va  unga  erishish  yo’llarini  asoslab  bersin.  Bir  so’z  bilan  aytganda,  lavozimga  munosib 
ekanini isbotlasin degan fikrlarni ilgari surdi.
 
2018  yil  avgustda  Prezident  Qaroriga  binoan  (PQ-3901)  O’zbekiston  Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiallari tashkil etildi. 
2019 yildan joylardagi mahalliy kengashlarda ham viloyat va tuman idoralari rahbarlarini 
tasdiqlash bo’yicha mana shunday amaliyot joriy etila boshlandi.
 
2020 yil 16 aprelda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasini 
tashkil etish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5980) boshqaruv 
sohasidagi islohotlar takomillashib borayotganligini ko’rsatadi. 
  

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish