64
2011 yil 12 dekabrda O’zbekiston Respublikasining O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 90-moddasiga tuzatish kiritish to’g’risidagi Qonuni qabul qilindi. Mazkur
Qonun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qonunchilik tashabbusi bilan qabul qilingan
bo’lib, unga ko’ra, bugungi kundagi obyektiv voqelik, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
islohotlarning mantig’i va izchilligidan kelib chiqib, Prezidentning saylanish muddatini yetti yil
o’rniga besh yil qilib belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi OM, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, mahalliy davlat
hokimiyati vakillik organlariga navbatdagi saylovga tayyorgarlik ko’rish, O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasining prinsiplari va talablariga so’zsiz rioya etilishini ta‘minlash
maqsadida hamda xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan prinsiplari va normalarini hisobga olgan
holda, 2012 yil 9 aprelda Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining navbatdagi saylovi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy
qonuni qabul qilindi. Mazkur Qonunning 2-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining navbatdagi saylovi 2015 yilning birinchi yarmida O’zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi O’zbekiston Respublikasi OMning Qonunchilik palatasiga saylov
yakunlari bo’yicha qaror chiqargan kundan e‘tiboran 90 kun o’tgandan keyingi birinchi
yakshanbada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risidagi Qonunga to’liq muvofiq
holda o’tkazilishi belgilab qo’yildi. Ushbu Qonunda, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti saylovi hamda davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov muddatlari bir paytga
to’g’ri kelib qolgan taqdirda davlat hokimiyati vakillik organlarining vakolat muddati bir yilga
uzaytirilishiga oid qoida chiqarib tashlanishi belgilandi (O’zbekiston Respublikasi OM
palatalarining Axborotnomasi. 2012. 4-son, 104-modda.).
Yuqoridagilarni umumlashtirib aytish mumkinki, mamlakatimizda prezidentlik institutining
vujudga kelishi va rivojlanishi mamlakatimizning davlat mustaqilligiga erishishida hal qiluvchi
ahamiyat kasb etdi; taraqqiyotning dunyoga mashhur o’zbek modelining ishlab chiqilishi hamda
u asosida mustaqil davlatning yangi davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq sohasi, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy tizimi barpo qilinishiga sabab bo’ldi; mamlakatning mustaqil ichki
va tashqi siyosati shakllanishi, mudofaa va xavfsizlik tizimi, milliy armiyaning vujudga kelishiga
asos solindi; iqtisodiyotning yuksak sur‘atlar bilan o’sishi, tinchlik, osoyishtalik, millatlararo
totuvlik hamda diniy bag’rikenglik muhiti o’rnatilishiga muhim poydevor yaratildi; davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishi hamda hamkorligini ta‘minlashning
mustahkam tizimi yaratildi; fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, O’zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining uzluksiz hamda izchil
mexanizmi yo’lga qo’yildi; davlat va jamiyat hayotida siyosiy-huquqiy bo’shliqlar vujudga
kelmasligining, shuningdek, islohotlarning o’z vaqtida hamda tezkorlik bilan huquqiy asoslarini
shakllantirish va samarasini ta‘minlash tizimi yaratildi.
Do'stlaringiz bilan baham: