Politexnika instituti


partiya faoliyatining asosini tashkil etardi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи


partiya faoliyatining asosini tashkil etardi.
 
Kompartiya  butun  siyosiy  hokimiyat  tizimi  o’zagini  tashkil  qilar  edi:  "U  rahbarlikning 
shunday bir qismi ediki, bu qism qolgan jamiki rahbarlikka rahbarlik qilardi, ya‘ni oliy maqomdagi 
rahbariyat  edi.  Rahbarlikning  va  jamiyatni  boshqarishning  barcha  tizimlari  bevosita  partiya 
boshqaruvi nazorati ostida ishlar, amalda ham uning uzviy bir davomi va bamisoli shaxobchasiday 
edi (Levitin L., Karlayl D. Islom Karimov yangi O’zbekiston Prezidenti. -T.: O’zbekiston, 1996 
.B. 58).
 
Ushbu partiya va uning kelajakni o’ylamay ishlab chiqilgan xom mafkurasi XX asrning 90-
yillariga kelib siyosiy inqirozga yuz tuta boshladi. Buni har xil siyosiy o’yinlar va boshboshdoqlik 
hamda  davlat  to’ntarishlarida  ko’rish  mumkin  edi.  Shunga  o’xshash  turli  xil  siyosiy  inqirozlar 
kompartiyaning bundan keyin faoliyat yurita olmasligini amalda isbotladi.
 
Shu davrga kelib, partiya a‘zolari orasida ham mustaqillik g’oyalari kuchayib, ular amaliy 
ishlarga  aylana  boshladi.  O’zbekistonda  1989  yilda  partiya  rahbariyatiga  Islom  Karimov 
kelgandan so’ng ichki va tashqi siyosatda jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Aholining ijtimoiy 
ahvolini yaxshilash maqsadida turli tadbirlar amalga oshirildi.
 


87 
Oliy  Kengash  tomonidan  1991  yil  15  fevralda  "O’zbekiston  Respublikasida  jamoat 
birlashmalari to’g’risida"gi Qonunning qabul qilinishi bilan mamlakatda jamoat birlashmalarining 
erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun ilk bor mustahkam huquqiy asos yaratildi.
 
Sobiq ittifoqdosh respublikalarda bo’lganidek, O’zbekistonda ham turli xil siyosiy guruhlar 
va harakatlar vujudga kela boshladi. Xususan, 1988 yil 16-noyabrda "Birlik" xalq harakati tashkil 
etildi.  Ushbu  harakat  ilk  siyosiy  jamoat  birlashmasi  bo’lganligi  uchun  o’z  faoliyatida  ko’plab 
xatolarga yo’l qo’ydi. Ular faoliyat nuqtai nazaridan ko’proq harakat emas, balki siyosiy partiyaga 
o’xshab ketar edi. Harakat a‘zolari o’sha paytdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, turli xil miting, 
namoyishlar o’tkazish orqali o’zlarini "xalqparvar" qilib ko’rsatishga hamda shu yo’l bilan soxta 
obro’  olishga  harakat  qilar  edilar.  Aslida  esa  ushbu  harakat  Litva  Respublikasida  o’sha  paytda 
faoliyat yuritayotgan "Sayudis" tashkilotiga taqliddan boshqa narsa emas edi.
 
"Birlik"chilar  o’z  faoliyatlarini  Boltiqbo’yi  respublikalaridan  harakatlarning  dasturlarini 
ko’chirishdan boshladi. Bunda ular O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlarini mavjud sharoitni, 
siyosiy muhitni, kishilarning siyosiy madaniyati darajasi va boshqa omillarni hisobga olmasdan 
turib,  Boltiqbo’yi  respublikalaridagi  tashkilotlarning  faoliyatini  aynan  takrorlashga  harakat 
kildilar", "... ular o’tish davridagi iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklarni bartaraf qilishga kirishgan 
hukumat  va  uning  mahalliy  organlariga  yordam  berish  o’rniga,  aksincha,  ular  tomonidan  olib 
borilayotgan  xayrli  tadbirlarni  payqamaslikka,  hattoki,  eng  xalqchil  va  ijobiy  islohotlarni  ham 
tanqid qilishga intilar edilar. Shuning uchun ham harakat xalq ichida o’z ildiziga ega bo’lmadi 
(Qirg’izboyev  M.  Fuqarolik  jamiyati:  siyosiy  qarashlar,  mafkuralar,  madaniyatlar.  -T.:  Sharq, 
1998.-B. 116.).
 
Tashkilotda ichki nizolar avj olib, siyosiy porakandalikka yuz tutildi hamda u ikkiga bo’linib 
ketdi. 1990 yil 30 aprelda "Erk" partiyasi ta‘sis qurultoyi bo’ldi, unda partiyaning dasturi va nizomi 
qabul qilindi. Ushbu tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadi balandparvoz gaplar bo’lib, uni 
amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmagan edi. Mazkur partiya ham "Birlik" harakati singari 
hissiyotga  berilish,  mitinglar,  inqilobiy  chaqiriqlar,  yolg’on  va‘dalardan  nariga  o’ta  olmadi. 
Xalqdan ajralib qolgan partiya o’zining ayrim "siyosatchilari"dan tashqari tarafdorlariga ham ega 
emas edi.
 
"Erk"chilar  saylovda  mag’lubiyatga  uchraganlaridan  keyin  o’zlarini  demokratiya 
tarafdorlari  deb  atasalar-da,  endi  g’ayridemokratik  yo’llar  bilan  siyosiy  hokimiyatni  qo’lga 
kiritishga  harakat  qildilar.  Ular  hech  qanday  qonunni,  hattoki  Konstitutsiyani  mensimaydigan 
jinoyatchilar  guruhiga  aylandilar"  (Azizxo’jayev  A.A.  Mustaqillik:  kurashlar,  iztiroblar, 
quvonchlar. -T.: Akademiya, 2001. B. 67.).
 
Aniq  dasturiy  hujjatlarning  yo’qligi,  noma‘qul  qadami,  o’zaro  murosasizligi,  so’l-
ekstremistik  va  fundamentalistik  kuchlarni  qo’llab-quvvatlashi  natijasida  ayrim  partiya  va 
harakatlarga nisbatan respublika rahbariyati tomonidan bu xavfning oldini olish choralari ko’rildi.
 
Shu  tariqa  "Erk"  partiyasi  4  yildan  oshiq  faoliyati  davomida  siyosiy  o’yinlarni  qanchalik 
namoyish etmasin, tor manfaatlar girdobidan chiqa olmadi. Shu o’rinda, mazkur masala yuzasidan 
partiyaning o’sha paytdagi faollaridan birining matbuotdagi quyidagi fikrlarini keltirib o’tish joiz: 
"Butun bir siyosiy partiya bugungi kunda xususiy tashkilotga aylanib qoldi va o’z egasiga xizmat 
qilmoqda.  Partiya  raisi  yolg’iz  o’zi  partiya  nomidan  qarorlar  va  bayonotlar  qabul  qilmoqda, 
qurultoy  va  plenumlarda  saylanadigan  shaxslarni  lavozimga  tayinlab,  lavozimdan  olmoqda. 
Kommunist  diktatorlar  ham  bunday  ishlarni  qilmagan  edi"  (Yigitaliyev  S.  Men  xalq  bilan 
birgaman // "Xalq so’zi" gazetasi, 1993 yil 29 dekabr.).
 
O’zbekistonda  milliy  mustaqillikning  e‘lon  qilinishi,  Ittifoqdan  mustaqil  davlat 
tuzilmalarining  shakllanishi,  sobiq  kommunistik  partiya  tashkilotlarining  butunlay  tugatilishi 
natijasida  fuqarolik  jamiyati  instituglarini  shakllantirish  uchun  shart-sharoitlar  yaratildi. 
Mamlakatda  xalq  o’z  manfaatlari  va  siyosiy  irodasini  erkin  bildirish,  erkin  ifoda  etishi  uchun 
huquqiy  asoslar  hamda  munosib  siyosiy  muhit  yaratilishi  bilan  siyosiy  partiyalar  ham  tuzila 
boshladi.
 
Hozirgi  davr  jahondagi  demokratiyaning  asosiy  mezonlaridan  biri  saylovlarning 
ko’ppartiyaviylik asosida o’tkazilishidir. 1991 yilning 18 noyabrida qabul qilingan "O’zbekiston 


88 
Respublikasi  Prezidenti  saylovi  to’g’risida"gi  Qonunda  saylovning  ko’ppartiyaviylik  asosida 
o’tkazilishi  hukuqiy  jihatdan  e‘tirof  etildi.  Mazkur  Qonunda  siyosiy  partiyalar  mamlakat 
Prezidentligiga nomzodlar ko’rsatish huquqiga ega ekanligi bayon etildi.
 
"O’zbekiston 
Respublikasida 
jamoat 
birlashmalari 
to’g’risidagi 
Qonunning 
ko’ppartiyaviylik  tizimi  shakllanishining  huquqiy  jihatlarini  ta‘minlab  berishi  natijasida 
mamlakatda  yangi  siyosiy  partiyalarning  yuzaga  kelish  jarayoni  boshlandi.  Milliy  mustaqillik 
davrida  tashkil  topgan  ilk  siyosiy  partiya  O’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasidir.  Partiyaga 
1991 yil 1 noyabrda bo’lib o’tgan ta‘sis qurultoyida asos solindi. Qurultoy mustaqil O’zbekiston 
tarixidagi  muhim  siyosiy  voqea,  ya‘ni  O’zbekiston  XDP  ta‘sis  etilganligini  e‘lon  qilib,  uning 
Dasturi va Nizomini qabul qildi.
 
Lekin,  Xalq  demokratik  partiyasi  tashkil  etilgandan  so’ng,  uning  rivojlanishi  bir  tekisda 
ketdi,  deb  bo’lmaydi.  Xususan,  XDPning  ko’pgina  mahalliy  kengashlari  partiya  quyi  bo’g’ini 
tizimini  tezroq  shakllantirishga  berilib,  ular  tarkibining  sifatiga,  a‘zolarning  umumiy  soni  va 
uyushganlik  darajasiga  yetarli  e‘tibor  bermadilar.  Oqibatda  a‘zolar  soni  10  kishigacha  bo’lgan 
boshlang’ich partiya tashkilotlari soni ularning umumiy sonining qariyb yarmini tashkil etdi.
 
Mazkur partiya tashkil etilganidan hozirgi kunga qadar uch marotaba Prezident saylovlarida 
hamda  parlament  saylovlarida  ishtirok  etib,  o’z  saylovchilari  ishonchini  qozongan  holda 
parlamentda  o’z  fraksiyasini  tashkil  etishga  erishdi.  O’zbekiston  Xalq  demokratik  partiyasi 
bugungi kunda parlament partiyasi sifatida faoliyat yuritmoqda.
 
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylikning rivojlanish tarixida o’z o’rniga ega partiyalardan yana 
biri  O’zbekiston  "Vatan  taraqqiyoti"  partiyasi  bo’ldi.  Ushbu  partiya  1992  yil  24  mayda 
bo’lib 
o’tgan  ta‘sis  qurultoyida  tashkil  topgan.  Partiya 
o’z
  oldiga  Vatan  va  xalq  kelajagi  uchun  shaxsiy 
mas‘uliyatni  o’z  zimmasiga  olishga  qodir  hurfikrli  insonlarni  tanlash,  o’zbek  xalqining 
mustamlakachilik  davrida  mamlakatimiz  hududidan  olib  ketilgan  moddiy  va  ma‘naviy  boyliklarni 
qaytarish  uchun  kurashish,  taraqqiyotga  g’ov  bo’layotgan  byurokratiya,  korrupsiyaga  qarshi 
kurashishda  ularni  keltirib  chiqaradigan  sabablarni  bartaraf  qilishga,  O’zbekistondagi  ekologik 
vaziyatga jahon jamoatchiligi e‘tiborini jalb kilish, ilm-fan taraqqiyotining iqtisodiy omillarini qayta 
ko’rib chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo’ygan edi.
 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  tashkil  topgan  partiyalardan  yana  biri  O’zbekiston 
"Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasidir.  Ushbu  partiya  1995  yil  18  fevralda  birinchi  ta‘sis 
Qurultoyida  tuzilgan.  Ushbu  Qurultoyda  uning  Dasturi  va  Nizomi  qabul  qilingan.  Ta‘sis 
qurultoyida avvalgi saylovlarda saylangan tashabbuskor guruhning 47 deputati ishtirok etib, ular 
"Adolat" sotsial-demokratik partiyasining parlamentdagi fraksiyasini tashkil etdi.
 
O’zbekiston  "Adolat"  sotsial-demokratik  partiyasi  O’zbekistonda  shakllangan  ilk  sotsial-
demokratik  partiyadir.  Hozirgi  kunda  ko’plab  mamlakatlarda  sotsial-demokratik  yo’nalishdagi 
partiyalarning mavqei ancha ustun. Sotsial-demokratik partiyalarning asosiy maqsadi jamiyatdagi 
ijtimoiy  muammolarni  hal  etishga  qaratilgan  bo’ladi.  Partiya  shuning  uchun  ham  rivojlangan 
mamlakatlardagi sotsial-demokratik yo’nalishdagi partiyalar bilan aloqalarni yo’lga qo’yishga va 
xalqaro sotsial demokratik harakatlarda faol ishtirok etishga intilmoqda.
 
O’zbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi o’rta sinf va ehtiyojmand aholi tabaqasiga 
tayanadi, ularning siyosiy va ijtimoiy irodalarini ifodalashga intiladi. Aholining kam ta‘minlangan 
qatlamlarini ijtimoiy muhofaza etishga ko’maklashadi, ijtimoiy adolat tamoyillariga qat‘iy amal 
qilib, ularning manfaatlarini, haq-huquqlarini himoya qiladi.
 
Mustaqillik  yillarida  tashkil  topgan  partiyalardan  yana  biri  O’zbekiston  Milliy  tiklanish 
demokratik partiyasidir. Ushbu partiya 1995 yil 3 iyunda birinchi ta‘sis Qurultoyida tuzilgan.
 
O’zbekiston  «Milliy  tiklanish»  demokratik  partiyasining  asosiy  maqsad-vazifasi  milliy 
an‘analar va qadriyatlarni asrashdan iborat.
 
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov mazkur partiya faoliyatiga 
baho  berib  quyidagi  fikrlarni  bildirgan  edi:  "Bu  partiyaning,  mening  nazarimda,  boshqalardan 
farqli o’laroq, xalqimizda milliy o’zlikni anglash, milliy g’urur va iftixor tuyg’ularini yuksaltirish 
haqida ko’proq qayg’urishi tabiiydir. Biz kimmiz? Kimning avlodimiz? Millatimiz nima hisobidan 
ulug’ bo’lgan, dunyoga tanilgan? Bugun dunyoga chiqishning qanday imkoniyatlari bor? Kelajagi 


89 
buyuk davlat qurishni niyat qilgan ekanmiz, buning uchun qanday hayotiy asoslar mavjud?" degan 
savollarga javob topish Milliy tiklanish partiyasining asosiy faoliyat yo’nalishiga aylanishi kerak".
 
1998-yil 28-dekabrda Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi tashkil etiladi. 2000 yil 14 aprel 
kuni  "Vatan  taraqqiyoti"  partiyasi  va  Fidokorlar  milliy-demokratik  partiyasining  qo’shma 
qurultoyi bo’lib o’tdi. Unda har ikki partiya harakati, faoliyat dasturi yakdilligi muhokama qilindi, 
ularning  birlashib  ishlashlari  maqsadga  muvofiq,  degan  xulosaga  kelindi  va  ikkita  partiya 
birlashdi.
 
2008 yil 20 iyun kuni O’zbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasi va O’zbekiston 
"Milliy  tiklanish"  demokratik  partiyasining  birlashuv  qurultoyi  bo’ldi.  Unda  asosiy  masala 
O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasini 
birlashtirish  to’g’risidagi  masala  ko’rib  chiqilib,  ikkala  partiyaning  birlashishi  to’g’risida  qaror 
qabul  qilindi.  Qurultoyda  partiyalarning  maqsadli  dasturiy  vazifalari  mazmun-mohiyatiga  ko’ra 
bir-biriga  yaqin,  ya‘ni,  milliy  tiklanish  va  vatanparvarlik  g’oyasini  ro’yobga  chiqarish,  milliy 
an‘ana va qadriyatlarni himoya qilish, asrab-avaylash hamda rivojlantirish ekanligi ta‘kidlandi.
 
2009 yilgi OM Qonunchilik palatasiga o’tkazilgan saylovlar yakuniga ko’ra, Milliy tiklanish 
demokratik partiyasining 31 ta deputatdan iborat fraksiyasi ro’yxatga olingan.
 
O’zbekiston siyosiy tizimida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan O’zbekiston Liberal-demokratik 
partiyasining  (O’zLiDep)  Nizomi  va  Dasturi  uning  2003  yil  15  noyabrda  bo’lib  o’tgan  Ta‘sis 
Qurultoyida tasdiqlangan. O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi umummilliy siyosiy tashkilot 
sifatida  mulkdorlar  qatlami,  kichik  biznes,  fermerlik  va  dehqon  xo’jaliklari  vakillari,  ishlab 
chiqarishning  yuqori  malakali  mutaxassislari  va  boshqaruv  xodimlari,  ishbilarmonlar 
manfaatlarini  ifodalaydi  va  himoya  qiladi.  Partiya  2009  yilgi  saylov  natijalariga  ko’ra,  OM 
Qonunchilik palatasida 53 ta deputatdan iborat fraksiyaga ega.
 
Aytish  joizki,  dunyoda  ekologiya  yo’nalishidagi  qariyb  100  ta  siyosiy  partiya  faoliyat 
yuritadi.  Odatda  yashillar  nomi  bilan  yuritiluvchi  bu  partiyalar,  parlament  orqali  ekologiya 
sohasidagi  davlat  siyosati  g’oyalarini  ilgari  suradi.  Mazkur  partiyalarning  yuzaga  kelishining 
asosiy sabablaridan biri global ekologik muammolarning dolzarblashuvi va sonining oshishidir. 
O’zbekistonda  ekologik  partiyani  tashkil  etish  hayotiy  zaruratdir.  Shu  sababli  2019  yilning  8 
yanvar kuni O’zbekiston ekologik partiyasi ta‘sis syezdi bo’lib o’tdi. Ta‘sis syezdida 2018 yilning 
1-17 dekabr kunlari O’zbekiston ekologik partiyasi ta‘sis syezdiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, 
viloyatlar  va  Toshkent  shahridan  delegatlar  saylash  bo’yicha  o’tkazilgan  konferensiyalarda 
ekologik siyosiy partiya tuzish bo’yicha tashabbuskorlar, ekologiya va sog’liqni saqlash sohasida 
faoliyat olib borayotgan jamoat tashkilotlari vakillari, olimlar va ekspertlar, ta‘lim muassasalari 
professor-o’qituvchilari,  talabalar,  OAV  va  keng  jamoatchilik  vakillari  orasidan  muqobillik 
asosida saylab olingan 250 nafar delegatlar, ya‘ni ommaviy axborot vositalari va umuman keng 
jamoatchilik  vakillari  ishtirok  etishdi.  2019  yil  24  yanvarda  Adliya  vazirligi  tomonidan 
O’zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro’yxatidan o’tkazildi.
 
Yangi  partiyaning  asosiy  maqsadi  barqaror  rivojlanishga,  ekologik  xavfsizlikka  erishish, 
hozirgi  va  kelajak  avlod  uchun  tabiiy  resurslarni  saqlash  va  qulay  atrof  muhitni  yaratishga 
yo’naltirilgan davlat siyosatini ro’yobga chiqarishni ta‘minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va 
tabiiy  resurslarni  saqlash  davlat,  jamiyat  va  mamlakat  har  bir  fuqarosining  vazifasi  bo’lishiga 
erishishga ko’maklashishga qaratilgan.
 
O’zbekiston  Respublikasining  Siyosiy  partiyalar  to’g’risidagi  qonunining  6-moddasiga 
asosan  ekologik  partiya  tashkil  etish  bo’yicha  mamlakat  fuqarolaridan  iborat  tashabbuskorlar 
guruhi shakllandi.
 
O’zbekiston  Respublikasida  siyosiy  partiyalarning  o’tgan  yillar  davomidagi  faoliyatiga 
nazar  tashlaydigan  bo’lsak,  ularning  rivojlanishi  uchun  huquqiy  asos  yaratilganini  ko’ramiz. 
Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Siyosiy partiyalar to’g’risida"gi, "Siyosiy 
partiyalarni  moliyalashtirish  to’g’risida"gi  hamda  "Davlat  boshqaruvini  yangilash  va  yanada 
demokratlashtirish  hamda  mamlakatni  modernizatsiya  kilishda  siyosiy  partiyalarning  rolini 
kuchaytirish  to’g’risida"gi  Konstitutsiyaviy  qonuni  shular  jumlasidan.  Tabiiyki,  siyosiy 
partiyalarning  jamiyatda  qanchalik  mavqega  ega  ekanligini  belgilovchi  asosiy  mezon  ularning 


90 
davlat  hokimiyati  vakillik  organlariga  bo’ladigan  saylovlarda  qanday  natijalarga  erishganligi 
hisoblanadi.
 
2004  yil  30  aprelda  O’zbekiston  Respublikasining  "Siyosiy  partiyalarni  moliyalashtirish 
to’g’risida"gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Ushbu  Qonunning  maqsadi  siyosiy  partiyalarni 
moliyalashtirish  sohasidagi  munosabatlarni  tartibga  solishdan  iborat  bo’lib,  unda  siyosiy 
partiyalarni moliyalashtirish manbalari, davlat tomonidan moliyalashtirish tartibi, xayriya yordami 
olish qoidalari hamda moliyaviy mablag’lardan belgilangan tartibda foydalanishi ustidan nazorat 
qilish tartiblari mustahkamlab qo’yilgan. Ta‘kidlash joizki, ushbu Qonunda ilk marotaba siyosiy 
Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish