86
4. Ko’ppartiyaviylik tizimi. Jamiyatning demokratlashuvida siyosiy
partiyalar, nodavlat va jamoat tashkilotlarining roli.
O’zbekiston siyosiy tizimi zamonaviy siyosiy munosabatlar shart-sharoitlari va omillariga
moslashish hamda uyg’unlashish sifatlariga ega. Mazkur jarayonning tarkibiy qismlaridan biri
bo’lgan ko’ppartiyaviylik tizimi bugungi kunda izchil rivojlanmoqda. Siyosiy partiyalarning
jamiyatni yangilash va modernizatsiya qilish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdagi
roli va ahamiyati ortib borayotir. Partiyalar faoliyatining tashkiliy-xuquqiy, mo-liyaviy shart-
sharoitlari mustahkamlanmoqda, ularning xalq orasidagi obro’si ortib, davlat ahamiyatiga molik
qarorlar qabul qilishdagi ta‘siri tobora kuchayib bormoqda.
Siyosiy plyuralizm va ko’ppartiyaviylik mamlakatimizda jamiyat ijtimoiy hayotining
ajralmas qismiga aylandi. Ushbu qoidaning Konstitutsiya darajasida mustahkamlanishi siyosiy
partiyalarning fuqarolik jamiyati va davlat o’rtasidagi vositachilik roli, Konstitutsiyaviy-huquqiy
maqomi oliy darajada e‘tirof etilganligini anglatadi.
Jamiyatda siyosiy partiyalarning erkin faoliyat ko’rsatishi demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovidir. Partiyalarning demokratiyani
shakllantirishdagi bevosita ta‘siri ularning jamoat tashkiloti ekanliklaridan kelib chiqadi, ya‘ni
siyosiy partiya xalq hokimiyatchiligini amalga oshirish maqsadida aholining ijtimoiy fikrini
ifodalovchi yirik ijtimoiy tashkilot sifatida namoyon bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlaganidek,
"Partiya
degani bu mansab
uchun, lavozim uchun kurash emas, balki muayyan g’oya uchun, uning
jamiyatda ustuvor bo’lishi va ro’yobga chiqishi uchun kurash demakdir. Agar partiya ma‟nosini
mana shu nuqtai nazardan tushunar ekanmiz, qancha partiya bo’lsa bo’laversin, ularning
faoliyatiga tegishli sharoit yaratib beriladi
"
(Karimov
I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.
2-
j.T.:
O’zbekiston. 1996. B.351.).
O’tgan asrning 20-yillari boshlariga kelib, mamlakatimiz hududida yakka partiyaviylik bilan
bir qatorda yakka hokimlik o’rnatildi. Turli nom va ko’rinishdagi barcha partiyalarning faoliyati
tugatildi. Bolsheviklar partiyasi hamma jabhaga kirib borib, asosiy boshqaruv jilovini qo’lga oldi.
Hukmron partiya davlat va hukumatning asosiy funksiyalari mazmun-mohiyatini belgilab
beruvchi kuchga aylana bordi. Bunday sharoitda demokratiya va uning asosiy institutlaridan
nishon ham qolmasdi. Kommunistik partiyaning g’oyasiga ko’ra, har bir insonning dunyoqarashi
kommunistik mafkura asosida shakllanishi kerak edi. Kommunistlar tub aholining manfaati,
mentaliteti hamda davlatchilik tarixi bilan umuman hisoblashmasdi.
Komunistik partiya faoliyatining asosiy qoidalari demokratik sentralizm deb atalsa-da, aslida
o’taketgan markazlashuv (avtoritar, byurokratik boshqaruv)ni anglatardi. Fikrlar xilma-xilligiga
yo’l qo’ymaslik, siyosiy tashkilotga xos bo’lmagan ma‘muriy-xo’jalik masalalari bilan
shug’ullanish, davlat idoralari, shuningdek, jamoat birlashmalari ishlariga aralashish va boshqalar
Do'stlaringiz bilan baham: |