Politexnika instituti



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

mahsulotlarni  ishlab  chiqarish  va  sotishdan  keladigan  foyda  O’zbekiston  xazinasiga  tushmas 
edi"
(Karimov I.A. Biz kelajagimizni
 
o’z qo’limiz bilan quramiz. 7-j. -T.:
 
O’zbekiston, 1996.
 
B. 
371).  Faqat  sovet davrining  so’nggi 15 yili  ichida  kamida  35  milliard dollarlik  boylik paxta va 
oltin  Markaz  ehtiyoji  uchun  olib  chiqib  ketilgan.  Ular  O’zbekistonning  milliy  manfaatlariga 
xizmat qilmas edi, albatta.
 
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz o’zining ko’plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi 
mavjud  yetishmovchiliklarni  o’z  bo’ynidan  soqit  qilish  maqsadida,  oziq-ovqat,  xalq  iste‘moli 
mollari  va  moddiy  resurslar  bilan  ta‘minlashni  ittifoqdosh  respublikalar  zimmasiga  majburan 
yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xo’jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash 
tadbirlarining  natura  (mahsulot  bilan  ayirboshlash)  shakliga  o’tishiga  olib  keldi,  mintaqaviy 
xo’jalik yuritish g’oyasini vujudga keltirdi va g’ayriintegratsion jarayonlarga turtki bo’ldi.
 


103 
Yillar  davomida  to’planib  qolgan  va  hal  etilmagan  ana  shunday  ijtimoiy-iqtisodiy  va 
ekologik  muammolar  oxir-oqibatda  respublikada  tanglik  holatini  yuzaga  keltirdi. 
"Bugun  ochiq
 
aytaversak ham bo’ladi, 1991 yilning oxiri va 1992 yilning boshida ko’p narsalarda uzilish bo’lib, 
juda  og‟ir  ahvolga  tushib,  naq  ocharchilik  ostonasida  turar  edik" 
(Karimov  I.A.
 
O’zbekistoi: 
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-j. -T.: O’zbekiston, 1996. B. 3).
 
O’zbekistonni  bunday  iqtisodiy  tanglikdan  taraqqiyot  yo’liga  chiqarish  uchun  mamlakat 
iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga o’tish taqozo 
etilardi.  Shunday  o’ta  og’ir  vaziyatda,  Islom  Karimov  O’zbekiston  rahbari  etib  saylanganining 
ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq so’zlab, respublikada vujudga kelgan 
murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  vaziyatga  obyektiv  baho  beradi  va  uning  kelib  chiqish  sabablarini 
chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: 
"Biz bundan buyon eskicha yasholmaymiz
 
va bunday yashashga zamonning o’zi yo’l qo’ymaydi” 
(Karimov I.A.
 
O’zbekiston
 
mustaqillikka 
erishish ostonasida. -T.: O’zbekiston, 2011. B. 32-45).
 
O’zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. 
O’zbekistonning  yangi  tarixida  birinchi  dastur  1990  yil  oktabr  oyida,  O’zbekiston  SSR  Oliy 
Sovetining  uchinchi  sessiyasida  qabul  qilindi,  u  "O’zbekiston  xalq  xo’jaligini 
barqarorlashtirishning asosiy yo’nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb 
nomlanadi.
 
Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
 
-
 
aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;
 
-
 
respublika 
fuqarolarining 
hamjihatligini 
ta‘minlash, 
millatlararo 
do’stona 
munosabatlarni mustahkamlash;
 
-
 
O’zbekistonning boshqa respublikalar bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng 
huquqli va o’zaro manfaatli asosda qayta qurish;
 
-
 
boshqarishdagi  buyruqbozlik  usulidan  voz  kechib,  iqtisodiy,  ya‘ni  manfaatni  hisobga 
oladigan boshqarish usullariga o’tish;
 
-
 
moliya-kredit va soliq tizimini qayta ko’rib chiqib, iqtisodiy taraqqiyotni ta‘minlovchi 
yangi moliyaviy vositalarni ishga solish;
 
-
 
turli mulkchilik shakli va xo’jalik yuritishga o’tish;
 
-
 
suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni o’rnatish;
 
-
 
o’z  tabiiy  va  moddiy  resurslariga  tayangan  holda  ishlab  chiqarishning  bir  yoqlama 
rivojlanishiga chek qo’yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.
 
Dasturda  yuqorida  sanab  o’tilgan  chora-tadbirlarni  3  bosqichda  amalga  oshirish 
mo’ljallangan edi:
 
birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni 
amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qo’yish (1990-1992 yillar);
 
ikkinchi  bosqich  bozor  iqtisodiyotining  asosiy  belgilarini  shakllantirish,  unga  asos  solish 
(1992-1993 yillar);
 
uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xo’jalik yuritish usullarini keng quloch 
yoydirish (1994-1996 yillar),  
Bu dasturda yetti yil davomida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda 
tutilgan bo’lib, uni siyosiy mustaqillik yo’lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy 
tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. 
Ushbu dastur amalga oshmagan bo’lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O’zbekiston 
rahbariyatining mavjud holat yuzasidan o’z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari 
kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining 
manfaati ustuvorligi alohida ko’rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy 
ahamiyati ham ana shundadir. 
O’zbekistonning  eng  yangi  tarixida  mamlakatning  aniq  va  puxta  rivojlanish  strategiyasi 
mustaqillikka  erishilganidan  so’ng  ishlab  chiqildi  va  izchillik  bilan  amalga  oshirilmoqda. 
Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan so’ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, 
ko’plab  yangi,  o’tish  davri  bilan  bog’liq  muammolar  ham  yuzaga  qalqib  chikdi.  Bu,  albatta, 


104 
ijtimoiy-iqtisodiy  sohada  qator  dolzarb  muammolarni  hal  qilish,  bozor  munosabatlariga  mos 
infratuzilmani  shakllantirish,  iqtisodiyotda  chuqur  tuzilmaviy  o’zgarishlarni  amalga  oshirish, 
aholinish  ijtimoiy  himoyasini  kuchaytirishni  talab  qilar  edi.  Ijtimoiy-iqtisodiy  jarayonlarni 
boshqarishning  ma‘muriy  buyruqbozlik  tizimidan  erkin  bozor  munosabatlariga  asoslashgan 
modeliga o’tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.
 
Ushbu  modelning  asosiy  tamoyillari,  uni  amalga  oshirish  yo’llari,  bosqichlari  Islom 
Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda o’z aksini topdi. 
Bu  tamoyillar  umumlashgan  holda  1993  yilda  Islom  Karimovning  "O’zbekiston:  bozor 
munosabatlariga o’tishning o’ziga xos yo’li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat:
 
Birinchidan,  iqtisodiyotni  mafkuradan  batamom  xoli  qilish.  Iqtisodiyot  siyosatdan  ustun 
turmog’i  lozim.  Aynan  iqtisodiyot,  uni  yanada  rivojlantirish  muammolari  davlat  siyosatining 
asosiy mazmuniga aylandi.
 
Ikkinchidan, davlatning o’zi eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish davrida bosh islohotchisi 
bo‘lishi zarur. Davlat butun xalqning manfaatlarini ko’zlab, islohotlar jarayonining tashabbuskori 
bo‘lishi,  iqtisodiy  taraqqiyotining  yetakchi  yo’nalishlarini  belgilashi,  iqtisodiyotda,  ijtimoiy 
sohada  va  suveren  davlatimizning  ijtimoiy-siyosiy  hayotida  tub  o’zgarishlarni  amalga  oshirish 
siyosatini ishlab chiqishi va izchil ro’yobga chiqarishi kerak.
 
Uchinchidan,  Qonunning  ustuvorligi,  yangilanish  va  taraqqiyot  jarayoni  qonunlarga 
asoslanmog’i  zarur.  Iqtisodiy  o‘zgarishlar  amaliy  kuchga  ega  bo‘lgan  qonunga  tayangandagina 
sezilarli natija berishi mumkin.
 
To’rtinchidan,  bozor  iqtisodiyotiga  o’tishda  kuchli  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirish, 
davlatning  aholini  ijtimoiy  nochor  guruhlarini  qo‘llab-quvvatlash  borasida  mas‘ul  bo‘lishidir. 
Iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlarida demografiya sohasidagi real ahvolni, aholini mavjud 
turmush  darajasini  hisobga  olgan  holda  odamlarni  ijtimoiy  himoyalash  sohasida  kuchli  chora-
tadbirlarni  oldindan  amalga  oshirish  kerak.  Ijtimoiy  himoyalash  mexanizmi  mavjud 
bo‘lganidagina ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlash mumkin.
 
Beshinchidan, islohotlarni, bozor munosabatlarini shakllantirishni puxta o’ylab, bosqichma-
bosqich amalga oshirish lozim.
 
O’z. Rning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ishlab chiqqan milliy model o’ziga xos bo’lib, 
unda  bozor  iqtisodiyotining  ma‘lum  bir  turi  yoki  muayyan  bir  davlat  yo’li  to’g’ridan-to’g’ri 
ko’chirib  olingani  yo’q.  Uni  tanlashda  mamlakatimizning  iqtisodiy  ijtimoiy  sharoiti  va 
salohiyatidan,  xalqimizning  tarixi,  milliy  urf-odatlari,  diniy  e‘tiqodidan  kelib  chiqildi.  Bunda 
ko’plab rivojlangan davlatlar tajribasi mukammal o’rganildi va inobatga olindi.
 
Dunyo  amaliyotida  o’tish  davri  uchun  mukammal  modelning  o’zi  yo’q.  Negaki,  bir 
davlatning yo’li boshqalar uchun mutlaqo to’g’ri kelmasligi mumkin. Xar bir mamlakat o’ziga xos 
siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  geopolitik  va  tabiiy-geografik  sharoitga  ega.  Shu  ma‘noda,  har  bir 
davlat o’z iqtisodiy rivojlanish modeliga ega bo’lishi kerak.
 
Amalda  "O’zbek  modeli"  atamasi  O’zbekistonning  Markaziy  Osiyoda  barqaror 
rivojlanayotgan  davlatlardan  biriga  aylanishi  bilan  bog’liq  tarzda  paydo  bo’ldi.  Mutaxassislar 
tomonidan ushbu atama 1993 yildan qo’llana boshladi, chunki shu davrdan boshlab O’zbekistonda 
olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar o’zida iqtisodiy o’sish bilan hamohang tarzda 
ijtimoiy-siyosiy  barqarorlikni  mujassamlashtirgan  edi.  Bu,  ayniqsa,  sobiq  Ittifoq  parchalangan 
davrning dastlabki yillarida ko’zga tashlanardi.
 
Tahlillar  hozirgi  davrgacha  o’zbek  modeli  o’z  rivojlanishida  bir  necha  bosqichni  bosib 
o’tganini ko’rsatmoqda.
 
Birinchi bosqich o’z ichiga 1989-1991 yillarni qamrab oladi, ya‘ni bu davrda sobiq Ittifoq 
tarkibiga  kirgan  har  bir  respublika  o’z  imkoniyati  va  umumittifoq  taqsimotidan  kelib  chiqib, 
mintaqaviy xo’jalik hisobiga o’tmoqda edi. Bu boradagi asosiy muammo majburan joriy etilgan 
sotsialistik  munosabatlar  va  O’zbekistonning  real  imkoniyatlari  o’rtasidagi  ziddiyatlarda  o’z 
ifodasini topdi.
 
Ikkinchi bosqich mustaqillikning ilk davri (1991-1993 yillar), ya‘ni o’z istiqlol va taraqqiyot 
yo’lini  izlashning  eng  murakkab  va  qiyin  pallasi  hisoblanadi.  O’z  taraqqiyot  yo’lini  topish 


105 
O’zbekiston uchun yana shu bilan murakkab ediki, ko’plab Yevropa davlatlaridan farqli o’laroq, 
xalqimiz o’ziga xos eksperiment obyektiga aylangan edi. Nokapitalistik munosabatlar xukmronlik 
qilgan davr respublika iqtisodiyotining rivojlanishida salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi, chunki 
buning natijasida pishib yetilmagan, majruh holatdagi ishlab chiqarish munosabatlari shakllandi.
 
Uchinchi  bosqich  1993-1995  yillar,  ya‘ni  o’zbek  modeli  amalga  oshirilishining  dastlabki 
davri.  Ushbu  bosqichda  bozor  infratuzilmasi  vujudga  keldi,  xususan,  uning  normativ-huquqiy 
bazasi,  xususiy  sektor,  bank-kredit  mexanizmi  uchun  xizmat  ko’rsatish  sohasi,  soliq  siyosati 
shakllanib bordi. Shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, uy-joy fondi, ijtimoiy soha 
tarmoqlaridagi korxonalarni (umumiy ovqatlanish, savdo, pullik xizmat ko’rsatish kabilarda) faol 
xususiylashtirish  jarayoni  boshlandi  hamda  yirik  korxonalarni  aksiyadorlik  jamiyatlariga 
aylantirishga tayyorgarlik ko’rildi. Eng muhimi, O’zbekiston xalqaro iqtisodiy munosabatlarning 
to’laqonli subyektiga aylandi.
 
To’rtinchi bosqich 1995-1999 yillarni o’z ichiga oladi. Bu davrda aholi tanlangan yo’lning 
to’g’riligini,  olib  borilayotgan  islohotlar  real  yo’nalish  va  shaklga  ega  ekanligini  anglab  yetdi. 
Chunki o’zbek modeli islohot o’tkazish usullari hamda dasturlarni amalga oshirish mexanizmlari 
talab darajasida ekanligini ko’rsatdi. Yangi tovarlar va texnologik taraqqiyotga ehtiyojning o’sishi 
iqtisodiyotda  yuqori  texnologik  tarmoqlar  ulushining  oshishiga  olib  keldi.  Bu  davrda,  ayniqsa, 
kimyo va neft-kimyo, farmatsevtika sanoatining jadal sur‘atlar bilan rivojlanishi ko’zga tashlandi. 
Qator strategik sohalar, xususan, don va energetika mustaqilligi ta‘minlandi. Bozor iqtisodiyoti 
infratuzilmasi shakllandi.
 
Beshinchi  bosqich  1999  yildan  boshlanib,  2010  yilgacha  davom  etdi.  Import  o’rnini 
bosuvchi  va  ommaviy  eksportga  yo’naltirilgan  iqtisodiy  tizimni  to’la  hajmda  shakllantirish, 
nufuzli  xalqaro  tashkilotlar  bilan  hamkorlikning  faollashuvi  bu  davrda  amalga  oshirilgan 
islohotlarning asosiy belgisi bo’ldi. Avvalgi bosqichlar doirasida mamlakat iqtisodiyotini tubdan 
tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya  qilish, qisqa muddatda mutlaqo yangi,  lokomotiv rolini 
bajaradigan  tarmoqlarning  barpo  etilishi,  ishlab  chiqarishni  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 
texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish 
borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlar o’z 
natijasini  berdi.  Ayniqsa,  mamlakat  qishloq  xo’jaligida  to’liq  fermerlik  tizimiga  o’tish  g’oyasi 
aynan  shu bosqichda amalga  oshirildi.  Muhimi  shundaki,  ushbu bosqichda  mamlakatda  amalga 
oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlar  sinovdan  muvaffaqiyatli  o’tdi.  2008  yilda  boshlangan  jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazmadi. Ushbu bosqichda 
«Inqirozga  qarshi  choralar  dasturi»  va  unda  ko’zda  tutilgan  tadbirlar  milliy  modelning  yanada 
takomillashishiga xizmat qildi.
 
Oltinchi bosqich 2010 yildan boshlandi va uning tub mohiyati, ustuvor yo’nalishlari Islom 
Karimovning O’z R Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010 yil 27 yanvarda bo’lib 
o’tgan qo’shma majlisidagi "Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati 
barpo  etish  ustuvor  maqsadimizdir"  nomli  ma‘ruzasida  o’z  aksini  topdi.  Ushbu  yondashuv 
rivojlanishning «o’zbek model»ini nazariy va amaliy jihatdan yanada boyitib, milliy iqtisodiyotni 
modernizatsiya qilish va liberallashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga 
ko’tarish imkonini berdi.
 
Istiqlol  yillarida  mulkchilik  tarkibida  tub  o’zgarishlar  yuz  berdi,  amalda  ko’p  ukladli 
iqtisodiyot  shakllandi.  Uning  tarkibida  xususiy  mulk  salmoqli  o’rin  egalladi.  YAIM  tarkibida 
nodavlat sektorining ulushi 80 foizdan oshishiga erishildi.
 
Sobiq  itgifoqdosh  respublikalar  orasida  faqat  O’zbekistonda  1996  yildan  boshlab  izchil 
iqtisodiy o’sish sur‘atlari ta‘minlandi. Agar 1996-2003 yillarda o’rtacha o’sish sur‘ati 4,3 foizni 
tashkil etgan bo’lsa, 2004 yildan boshlab bu jarayon yangi bosqichga ko’tarilib, yuqori darajada 
yiliga o’rtacha 7,5-9 foiz o’sishni tashkil etdi.
 
Mustaqillikning 
dastlabki 
yillaridan 
rahbariyat 
oziq-ovqat 
muammosini  o’z 
imkoniyatlarimiz  hisobidan  hal  qilish,  ayniqsa,  don  mustaqilligini  ta‘minlash  masalasini  kun 
tartibiga  qat‘iy  vazifa  qilib  qo’ydi.  Puxta  o’ylab  yuritilgan  iqtisodiy  siyosat  natijasida  ekin 
maydonlari tarkibi, qishloq xo’jaligi ekinlarini joylashtirish ichki talab va shart-sharoitlardan kelib 


106 
chiqqan  holda,  qayta  ko’rib  chiqildi.  Mamlakatda  paxta  yakkahokimligiga  barham  berildi. 
Natijada, oziq-ovqat xavfsizligi, g’alla mustaqilligi ta‘minlandi. O’tgan yillarda g’alla yetishtirish 
hajmi 7 barobar, hosildorlik esa 3 barobardan ko’proq oshdi. Yalpi ichki mahsulotda kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlikning salmog’i 54 foizdan oshib ketdi.
 
Istiqlol  yillarida  Buxoro  neftni  qayta  ishlash  zavodi,  Sho’rtan  gaz-kimyo  majmuasi, 
Qo’ng’irot  soda  zavodi,  Dehqonobod  kaliyli  o’gitlar  zavodi,  Asakadagi  yengil  avtomobillar, 
Samarqanddagi yuk avtomobillari va avtobuslar ishlab chiqaradigan zavodlar, yuzlab zamonaviy 
yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishga tushirildi. Natijada, 1991-2013 yillarda mamlakatda 
sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  hajmi  3,4  barobar  oshdi.  Ishlab  chiqarilayotgan  sanoat 
mahsulotlarining salkam 40 foizi eksport qilindi.
 
Davlat statistika  qo’mitasi  uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlari  ma‘lumotlariga ko’ra 2019 
yilda o’rtacha har 100 ta uy xo’jaligiga 47 ta yengil avtomobil to’g’ri kelgan. Shuningdek, 100 ta 
uy  xo’jaligiga  to’g’ri  keladigan  televizorlar  soni  160  ta,  kompyuterlar  soni  esa  55  tani  tashkil 
etgan. 100 ta uy xo’jaligidagi aholiga 282 ta telefon apparati to’g’ri kelgan.
 
Eng  og’ir,  keskin  ijtimoiy-iqtisodiy  muammolar  girdobida  turgan  o’tish  davrida  ijtimoiy 
yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish vazifasi qo’yildi. Shu bois ham, milliy modelning 
o’ziga xos jihatlaridan biri taraqqiyotning barcha bosqichlarida kuchli ijtimoiy siyosat yuritilib, 
aholining kam ta‘minlangan qatlami ishonchli ijtimoiy himoyaga ega bo’ldi. Bu o’tish davrining 
eng og’ir bosqichlarida ham jamiyatimizda ijtimoiy adolat va barqarorlikni ta‘minlash imkonini 
berdi.
 
Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. 
Xususan,  dunyodagi  nufuzli  nashrlardan  biri  –  Ekonomist  jurnali  O’zbekistonni  2019  yilda 
islohotlarni  eng  jadal  amalga  oshirgan  davlat  –  Yil  mamlakati  deb  e‘tirof  etdi.  Bunday  baho 
barchamizga cheksiz g’urur, iftixor va kuch bag’ishlaydi, yangi marralarga ruhlantiradi.
 
O’zbekiston  Prezidenti  Sh.Mirziyoyevning  Oliy  Majlisga  Murojaatnomasida  qayd 
etilganidek, Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini 
egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini beradi. 
Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda.
 
Yurtimiz Xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo’yicha 
2019  yilda  8  pog’onaga  ko’tarilgan  bo’lsa-da,  hali  juda  ham  orqadamiz.  Aksariyat  vazirlik  va 
idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
 
Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko’p  mablag’ va mehnat 
resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo’lmasin, bu ishga bugun 
kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo’ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol 
o’tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo’ladi.
 
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni 
kamaytiradi. Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va bezovta qiladigan eng og’ir 
illat – korrupsiya balosini yo’qotishda ham ular samarali vositadir. Buni barchamiz teran anglab 
olishimiz darkor.
 
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, 
natijadorlikni  oshirish,  bir  so’z  bilan  aytganda,  odamlar  turmushini  keskin  yaxshilash  mumkin 
(Oliy Majlisga Murojaatnomadan. 24.01.2020.).
 
Mamlakatimizda  ilm-fanni  yanada  ravnaq  toptirish,  yoshlarimizni  chuqur  bilim,  yuksak 
ma‘naviyat  va  madaniyat  egasi  etib  tarbiyalash,  raqobatbardosh  iqtisodiyotni  shakllantirish 
borasida  boshlagan  ishlarimizni  jadal  davom  ettirish  va  yangi,  zamonaviy  bosqichga  ko’tarish 
maqsadida yurtimizda 2020 yilga “Ilm, ma‟rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb 
nom berildi.
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish