Politexnika instituti


  3. Qishloq xo’jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishning asosiy



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

114 
3. Qishloq xo’jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tishning asosiy 
yo’nalishlari va bosqichlari.
 
 
O’zbekiston  mustaqillikka  erishgach,  xalq  xo’jaligining  barcha  sohalarida  tub  islohotlar 
o’tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xo’jaligi sohasiga ham xos bo’lib, natijada soha, 
mulk egalari o’zgarib, yangi istiqbolli xo’jalik yuritish shakllari paydo bo’ldi.
 
Mamlakat  rahbari  tomonidan  mustaqillik  arafasi  va  uning  ilk  yillaridayoq  agrar  sohadagi 
islohotlarning  ustuvor  yo’nalishlari  belgilab  berilgan  edi.  Jumladan,  qishloq  xo’jaligini 
diversifikatsiyalash,  paxta  yakkahokimligidan  voz  kechish,  qishloqda  turli  xo’jalik  yuritish 
shakllarini joriy qilish asosida ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan, fermer 
xo’jaliklari tashkil etishni qo’llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 
yaratish,  aholini,  avvalo,  mahalliy  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta‘minlash,  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini 
oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
 
O’zbekiston o’tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 
bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga qaraganda, 1990 yilda 
aholi  iste‘moli  uchun  zarur  bo’lgan  g’allaning  82  foizi,  kartoshka,  go’sht  va  go’sht 
mahsulotlarining  50  foizi,  sut  va  sut  mahsulotlarining  60  foizga  yaqini  chetdan  keltirilar  edi. 
Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan.
 
Paxta  monopoliyasi  tufayli  respublikada  go’sht  va  sut  yetishtirish  imkoniyatlari  cheklab 
qo’yildi,  ilmiy  asoslangan  almashlab  ekishning  buzilganligi  yer  eroziyasiga  sabab  bo’ldi,  suv 
manbalarining  imkoniyatlari  tobora  kamayib  borishi  qishloq  xo’jaligini  halokat  yoqasiga  olib 
keldi.  Jumladan,  qishloq  xo’jaligida  ekstensiv  rivojlanishni  "moliyalashtirish"  oqibatida  1971-
1985  yillarda  birgina  O’zbekistonda  1,6  mln.  gektar  sug’oriladigan  yerlar  xo’jalik  oborotiga 
qo’shimcha  kiritilgan  edi.  Bu  esa  Markaziy  Osiyoda  Orol  dengizi  qurishini  jadallashtirdi  va 
ekologik  inqirozni  keltirib  chiqardi.  Shu  bilan  birga,  respublika  iqtisodiyoti  paxtaga  qanchalik 
bog’liq  bo’lmasin,  uni  qayta  ishlash  va  undan  tayyor  mahsulot  tayyorlash  markaz  tomonidan 
monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining 
faqat  4-5  foizi  O’zbekistonda  qayta  ishlangan.  Ya‘ni  4,5-5  mln.  tonna  paxta  xom  ashyosi 
yetishtirilgani  holda,  pecpublikadagi  korxonalar to’la  quvvat  bilan ishlab, atigi  150 ming tonna 
paxtani qayta ishlardi.
 
Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yo’q, 1,8 milliondan ko’proq hovli 
esa uy-joy kurilishi va qishloq xo’jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda muhtoj 
edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bo’lgan shaxsiy yordamchi 
xo’jaliklar  qishloq  xo’jaligi  yalpi  mahsulotining  to’rtdan  bir  qismini  ishlab  chiqargan. 
Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, go’shtning yarmidan ko’prog’i va sutning uchdan ikki 
qismi ular hissasiga to’g’ri kelgan.
 
Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga kelgan 
ijtimoiy-siyosiy  keskinlikning  oldini  olishga  qaratilgan  chora-tadbirlar  ishlab  chiqish  dolzarb 
ahamiyat kasb etdi.
 
Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda hal 
qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq-ovqat 
masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa 
bilan ta‘minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish 
haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir kishiga o’rtacha 25 
sotixdan  yer  ajratib  berish  va  tomorqa  maydonlarini  qariyb  4,5  barobar  ko’paytirish  ko’zda 
tug’ilgan  edi.  Bu  boradagi  amaliy  ishlar  natijasida  1989-1990  yillarda  bir  yarim  milliondan 
ko’proq oilaga qo’shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bundan 
tashqari,  yuz  minglab  gektar  sug’oriladigan  yer  texnik  ekinlar  oborotidan  chiqarildi,  paxta 
yetishtirish  rejasi  700  ming  tonnaga  kamaytirildi.  Bu  paxta  yakkahokimligini  bartaraf  etish 
yo’lidagi dastlabki, ammo o’ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy, iqtisodiy, qolaversa, 


115 
siyosiy tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki o’rtacha 10 mln.dan ziyod 
qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi.
 
Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish 
va mahsulotlarni ko’paytirish yo’lidagi ilk qadamlardan biri bo’ldi.
 
Haqiqatan  ham  ko’p  yillar  davomida  iqtisodiyotda  bir  tomonlama  siyosat  olib  borilishi 
natijasida  qishloq  xo’jaligi  respublika  iqtisodiyotining  eng  muhim  tarmog’iga  aylangan  edi. 
Chunonchi,  mustaqillik  arafasi  va  uning  dastlabki  yillarida  sanoatning  aksariyat  qismi 
iqtisodiyotning agrar tarmog’iga bog’liq edi.
 
Mustaqil  O’zbekiston  boshidan  og’ir  kunlarni  kechirganida,  qishloq  xo’jaligidan  olingan 
mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bo’ldi. Islom Karimov 90-yillar 
boshida  Samarqand  viloyati  faollari  bilan  bo’lgan  uchrashuvda  respublika  aholisini  faqat  oziq-
ovqat  mahsulotlari  bilan  ta‘minlash  uchun  har  oyda  55  ming  tonna  paxta  tolasini  iste‘mol 
mahsulotlariga almashtirishga to’g’ri kelayotganligini ta‘kidlagan edi.
 
Keyingi  davrda  ham  qishloq  xo’jaligi  o’z  mavqeini  yo’qotmadi.  Chunki  mamlakat  yalpi 
ichki mahsulotining to’rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog’iga to’g’ri kelar edi. Bundan 
tashqari,  respublika  ishlab  chiqarish  va  intellektual  salohiyatining  yarmidan  ziyodi  qishloq 
xo’jaligi bilan bog’liq bo’lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50 foizdan ortig’i 
qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarining  eksportidan tushdi.  Ijtimoiy  nuqtai  nazardan  olib  qaraganda, 
respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog’i) qishloq aholisi tashkil qilib, ularning 
turmush darajasi va moddiy-ma‘naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq bilan bog’liq edi.
 
Shu  bilan  birga,  iqtisodiyotning  ushbu  muxim  tarmog’ida  yillar  davomida  to’plangan  va 
yechimini  kutayotgan  muammolar  qishloq  xo’jaligiga  nisbatan  davlat  siyosatini  tubdan 
o’zgartirishni talab kilardi. Shu o’rinda bir misol keltirish o’rinli. Gollandiyada bir nafar fermer 
80 kishiga yetadigan qishloq xo’jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya‘ni, bu mamlakat fermerlari o’z 
mamlakatining  aholisini  boqibgina  qolmay,  Yevropaning  ko’pgina  mamlakatlariga  oziq-ovqat 
mahsulotlarini eksport ham qiladi. O’zbekiston davlat va jamoa xo’jaliklarida esa bir dehqon ko’pi 
bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq xo’jaligi mehnat 
unumdorligining pastligini ko’rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa yangicha iqtisodiy 
munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi.
 
Ayni  paytda,  qishloq  xo’jaligiga  nisbatan  davlat  siyosatida  ikki  xil  holat  kuzatildi: 
birinchidan, qishloq xo’jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga 
asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bo’lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan, sanoat 
bilan qishloq xo’jaligining uyg’unlikda rivojlanib borishini ta‘minlash, ya‘ni agrar sohani sanoat 
asosiga qo’yish orqali mamlakatning siyosiy-ijtimoiy,  iqtisodiy-ma‘naviy  istiqbolini  ta‘minlash 
chora-tadbirlarini ko’rishga alohida e‘tibor berish va qo’llab-quvvatlash (mustaqillik davri).
 
Dunyo  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  davlat  siyosatida  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirishning 
ikkinchi yo’lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda katta 
yutuqlarga  erishish  mumkin.  Shundan  kelib  chiqqan  holda,  qishloqqa  nisbatan  siyosati  ilg’or 
bo’lgan mamlakatlar tajribasini o’rganish va ularning respublika uchun ma‘qul tomonlarini olish, 
o’zbek xalqining qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy ananalariga, milliy 
va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi.
 
Albatta, respublika qishloq xo’jaligining holati keskin choralar ko’rish o’rniga, bosqichma-
bosqich,  keng  qamrovli,  islohotlarning  bevosiga  mavjud  shart-sharoitlar  hisobga  olingan  holda 
amalga oshirilishini taqozo etar edi.
 
Shu nuqtai nazardan ham qishloq xo’jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
 
Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohada rivojlanishning "o’zbek modeli asosida olib 
borilayotgan  tub  islohotlarning  huquqiy  poydevorini  yaratishga  katta  e‘tibor  qaratildi,  qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va 
normativ  hujjatlar  qabul  qilindi.  1991  yil  21  dekabrda  qabul  qilingan  "Dehqon  (fermer) 
xo’jaliklarini  yanada  mustahkamlash  va  tadbirkorlik  faoliyatini  davlat  tomonidan  qo’llab-
quvvatlash to’g’risida"gi Farmon, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xo’jaligi to’g’risidagi 
Qonun,  shuningdek,  O’z  R  Vazirlar  Mahkamasining  1994  yil  fevraldagi  "Chorvachilikda 


116 
islohotlarni  takomillashtirish  va  dehqon  (fermer)  xo’jaliklari  hamda  xususiylashtirilgan 
fermalarning manfaatlarini himoya qilish to’g’risida"gi Qarori va boshqa hujjatlar qishloqda yangi 
huquqiy  munosabatlarni  joriy  etish,  ko’p  ukladli  iqtisodiyotni  shakllantirish,  tadbirkorlik, 
fermerlik va shaxsiy tomorqa xo’jaliklarini rivojlantirish imkonini berdi.
 
Ushbu  bosqichda  qishloq  xo’jaligida  ishlab  chiqarish  samaradorligini  oshirish  borasidagi 
muhim  chora-tadbirlardan  biri  sohaga  rahbarlikni  yaxshilash  edi.  Ushbu  jarayon  1991-1996 
yillarda  amalga  oshirildi.  Bu  davrda  qishloq  xo’jaligi  kompleksiga  raxbarlikni  yaxshilash, 
qishloqda  o’tkazilayotgan  islohotlarning  huquqiy  asosini  yaratish  choralari  ko’rildi. 1992  yilda 
Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o’rinbosari boshchiligida qishloq 
xo’jaligi  masalalari  bilan  shug’ullanuvchi  kompleks  tashkil  qilindi.  Sohaga  rahbarlikni 
takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bo’ldi.
 
1994-1995-yillarda  Vazirlar  Mahkamasining  qishloqda  islohotlar  o’tkazishga  doir  10  dan 
ortiq  qarori  qabul  qilindi.  Ularda  qishloq  xo’jaligi  kompleksiga  raxbarlikni  yaxshilash, 
zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda O’z. 
R  Vazirlar  Mahkamasining  "O’z  R  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligi  faoliyatni  tashkil  etish 
masalalari to’g’risida"gi Qarori bilan Qishloq va Suv xujaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana 
shu siyosatning mantiqiy davomi bo’ldi.
 
Bundan  tashqari,  barcha  qishloq  xo’jalik  korxonalari  bilan  teng  sharoitda  fermer 
xo’jaliklarining  traktorlar,  asbob-uskunalar,  yoqilg’i  moylash,  qurilish  materiallari,  mineral 
o’g’itlar  va  boshqa  resurslar  bilan  ta‘minlanishi  hamda  dastlabki  ikki  yil  mobaynida  foyda 
(daromad)  solig’idan  ozod  qilinishi,  ularga  chorva  mollari  sotib  olish  uchun  kredit  ajratilishi, 
jamoa, davlat va boshqa qishloq xo’jalik korxonalari tomonidan ularni zarur mineral va organik 
o’g’itlar bilan ta‘minlash ko’zda tutildi.
 
Fermer xo’jaliklarining dastlabki shakllanish davrida bunday shart-sharoitlar yaratilishi va 
qo’llab-quvvatlashlar  natijasida  qishloq  xo’jaligida  tadbirkorlikni  rivojlantirishda  qo’shimcha 
imkoniyatlar bo’ldi.
 
Qishloq  xo’jaligidagi  islohotlarning  dastlabki  bosqichida  yangidan  shakllanayotgan 
xo’jaliklarning  faoliyat  yuritish  mexanizmini  takomillashtirish  jarayonlari  muntazam  ravishda 
amalga oshirildi. Ularni o’z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning xo’jaliklar 
faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Ikkinchidan, 
qishloq  xo’jaligi  xodimlari  moddiy  manfaatdorligi  hamda  turmush  sharoitini  yaxshilash  uchun 
dehqonchilik  va  chorvachilik  mahsulotlarining  xarid  narxlari  muttasil  oshib  bordi.  Kartoshka, 
meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorako’l teri va jun mahsulotlariga 1995 yil boshiga 
kelib  erkin  (kelishilgan)  narxlar  joriy  qilindi.  Doimiy  ravishda  qishloq  xo’jaligining  asosiy 
mahsuloti  hisoblangan  paxta  yetishtirishni  qo’llab-quvvatlashga  e‘tibor  qaratildi.  O’z  R 
Prezidentining  1992  yil  22  oktabrdagi  "Paxta  xom  ashyosiga  xarid  narxlarini  oshirish 
to’g’risida"gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992 yil hosilidan boshlab 
1,5 martaga oshirildi.
 
Uchinchidan, davlat ehtiyojlariga qishloq xo’jalik mahsulotlari yetkazib berish uchun davlat 
buyurtmasi  tizimi  ham  muntazam  ravishda  qayta  ko’rib  borildi.  Bunda  davlat  buyurtmasi  va 
qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  yetishtirish  uchun  ekin  maydonlari  va  mahsulot  yetishtirish 
miqdorini  nazorat  qilishni  cheklash,  ya‘ni  ma‘lum  qishloq  xo’jalik  ekinlari  ekish  uchun 
xo’jaliklarga  qat‘iy  talablar  qo’yishdan  voz  kechish  va  yetishtirilgan  mahsulotlarning  ma‘lum 
qismiga bo’lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi.
 
Davlat  buyurtmasini  bosqichma-bosqich  bekor  qilishda  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarining 
aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularni yetishtirayotgan xo’jalik shakllarining davlat tasarrufida 
ekanligi  inobatga  olindi.  Dastlab,  1994  yildan  boshlab  sabzavot,  poliz,  kartoshka, meva,  uzum, 
kanop,  tamaki,  jun,  pilla,  qorako’l  teriga,  1995  yiddan  boshlab  go’sht,  sut  va  guxumga  davlat 
buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan paxta bo’yicha ham davlat buyurtmasi 
1991  yilda  95  foizdan  1995  yilda  60  foizgacha  va  don  bo’yicha,  mos  ravishda  100  foizdan  50 
foizgacha  qisqartirildi.  Bunday  jarayon  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarini  bozor 
iqtisodiyoti tamoyillariga ko’nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi.
 


117 
Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq g’alla mustaqilligiga erishilishidir. Birgina 1994 
yilda mamlakat "Don mustaqilligi Dasturi"ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari maydoni 
1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 martaga oshib, aholi jon boshiga don ishlab 
chiqarish bir necha barobar ortdi, bir vaqtning o’zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni 
hal qilish imkonini berdi.
 
Mustaqil  O’zbekistonning  mavjud  salohiyat  va  imkoniyatlarni  to’liq  hisobga  oladigan, 
samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish va mutanosib rivojlantirish, eng avvalo, mamlakatimiz 
xavfsizligiga  taxdid  solib  turgan  aholining  oziq-ovqat,  xususan,  un  mahsulotlariga  bo’lgan 
ehtiyojini qondirishni taqozo etar edi. Shunga ko’ra, qishloq xo’jaligida paxta yakkahokimligiga 
barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop 
g’alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g’alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 
4003  ming  tonna  miqdordagi  don  mahsulotini  import  qilishga  majbur  bo’lgan  bo’lsak, 
mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 baravar qisqartirishga, 
keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi.
 
Shunday qilib, qishloq xo’jaligini  isloh qilish amaliyoti va maqsadlarining  hukuqiy asosi 
zamon  talablaridan  ortda  qolayotganligini  inobatga  olib,  bu  soha  bo’yicha  yaqin  yillarga 
mo’ljallangan  dastur  ishlab  chiqish  zarurati  yuzaga  keldi  va  1998  yil  18  martda  1998-2000 
yillardagi davrda qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi to’g’risida"gi 
Prezident Farmoni qabul qilindi. O’z Rning yangi tahrirdagi "Fermer xo’jaligi to’g’risida"gi va 
"Dehqon  xo’jaligi  to’g’risida"gi  Qonunlari  hamda  1998  yil  22  apreldagi  "Dehqon  va  fermer 
xo’jaliklari  faoliyatini  tashkil  etish  to’g’risida"gi  Qarori  ushbu  dasturni  amaliyotga  kiritishda 
muhim asos bo’lib xizmat qildi.
 
Mamlakat qishloq xo’jaligi sohasida islohotlar o’tkazishda yerni xususiy mulk qilib berish 
mulkdorlar  sinfini  shakllantirishning  boshlanishi  edi.  Bu  yo’nalishda  quyidagi  chora-tadbirlar 
amalga oshirildi:
 
-
 
sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xo’jalikning yil davomidagi ish natijalariga ko’ra, har 
bir  a‘zoga  dividend  olish  imkoniyatini  beruvchi  kooperativ  paychilik  xo’jaliklariga  aylantirila 
boshlandi. 1999 yilda 898 ta xo’jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi;
 
-
 
davlat tomonidan qishloq xo’jalik korxonalariga cheksiz muddatga taqdim etilgan yer 
maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xo’jaligi korxonalari a‘zolari o’rtasida 
ijara pudratining turli ko’rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etildi. 1998 yilda yer pudrat 
jamoalariga  1  yilga  berilgan  bo’lsa,  1999  yildan  boshlab  3  yildan  kam  bo’lmagan  muddatga 
topshirildi;
 
-
 
ko’p sonli xususiy fermer xo’jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga yer 
uzoq  muddatli  ijaraga,  ya‘ni  50  yildan  ko’p  bo’lmagan,  lekin  kamida  10  yillik  muddatga 
beriladigan bo’ldi. 2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541 mln.ta 
dexqon  (oilaviy  dehqon)  xo’jaliklari  faoliyat  ko’rsatdi.  Fermer  va  dehqon  xo’jaliklariga 
biriktirilgan  yer  maydoni  1996-2000  yillarda  18,7  ming  gektardan  21,4  ming  gektargacha 
kengaydi.  1998  yilda  fermer  xo’jaliklarining  hissasi  ishlab  chiqarilgan  qishloq  xo’jaligi 
mahsulotining  umumiy  hajmida  3,5  foizni  tashkil  qilgan  bo’lsa,  bu  ko’rsatkich  1999  yilda  4,4 
foizga yetdi.
 
Bundan tashqari, hukumat ko’plab xo’jaliklarning moliyaviy ahvolini o’nglash maqsadida, 
xo’jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA‘ni O’z Rning "Bankrotlik to’g’risida"gi va 
"Qishloq  xo’jalik  korxonalarini  sanatsiya  qilish  to’g’risida"gi  Qonunlari  orqali  sanatsiya 
tadbirlarini  amalga  oshirishning  tashkiliy-huquqiy  asoslari  yaratilgan  bo’lsa,  Respublika 
Prezidentining  qator  farmonlari  va  hukumat  qarorlari  asosida  sanatsiyani  amalga  oshirish 
mexanizmlari ishlab chiqildi.
 
Qishloq  xo’jaligi  sohasida  olib  borilgan  islohotlar  yuzasidan  qilingan  tahlil  hamda 
respublika hukumatining bu sohada olib borgan siyosati natijalari fermer xo’jaligining afzalligini 
isbotladi. Yangi asr boshiga kelib hukumat miqyosida zarar bilan faoliyat ko’rsatayotgan shirkat 
va  jamoa  xo’jaliklari  negizida  fermer  xo’jaliklari  tashkil  etish  tadbirlariga  katta  e‘tibor  berila 
boshladi.
 


118 
Shu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xo’jaligida olib borilayoggan islohotlarning yangi 
uchinchi  bosqichi  boshlandi.  Bunga  qishloq  xo’jaligida  amalga  oshirilayotgan  iqtisodiy 
islohotlarni 
yanada 
chuqurlashtirish, 
qishloqda 
ishlab 
chiqarish 
munosabatlarini 
takomillashtirishga  qaratilgan  O’z  R  Prezidengining  2003  yil  24  martdagi  "Qishloq  xo’jaligida 
islohotlarni  chuqurlashtirishning  eng  muhim  yo’nalishlari  to’g’risida"gi  Farmoni  huquqiy  asos 
bo’lib xizmat qildi. Mazkur Farmonda fermer xo’jaliklarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil 
qilish  jarayonida  O’z  R  Qishloq  va  suv  xo’jaligi  vazirligi,  Yer  resurslari  davlat  qo’mitasi, 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari amal qilishi zarur bo’lgan 
asosiy qoidalar qat‘iy belgilab berildi. 2004 yilda "Fermer xo’jaligi to’g’risida" yangi tahrirdagi 
qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, fermer xo’jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat 
resurslari bo’lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladigan bo’ldi. Fermer xo’jaliklariga yer 
uchastkalari  zahira  yerlaridan,  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  berilmagan,  qishloq  xo’jaligiga 
mo’ljallangan  yerlardan,  qayta  tashkil  etilayotgan  va  tugatilayotgan  qishloq  xo’jaligi 
kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) hamda boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilishi belgilab qo’yildi.
 
Natijada,  qishloq  xo’jaligining  tarmoq  tuzilishida  anchagina  tarkibiy  siljishlar  yuz  berdi, 
mamlakatning qishloq xo’jaligida butkul yangi institusional tuzilma vujudga keldi.
 
Mulkdorlarning  fermerlik  sinfi  yaratildi,  xo’jalik  yuritish  va  mulkchilikning  tashkiliy-huquqiy 
shakllari  tubdan  o’zgartirildi;  chorvachilik  va  dehqonchilikda  faoliyat  yuritish  tizimi,  qishloq 
xo’jaligi  va  unga  xizmat  qiluvchi  sohalar  o’rtasidagi  iqtisodiy  munosabatlar  takomillashtirildi; 
faoliyat  turini  tanlashda  fermerlarning  huquqi  va  mustaqilligi  kengaytirildi,  fermer  xo’jaliklari 
tasarrufidagi yer uchastkalari maydoni maqbullashdi; fermer xo’jaliklari faoliyatini tartibga solish, 
qo’llab-quvvatlashning bozor tamoyillariga mos mexanizmlariga asoslangan Respublika fermerlar 
kengashi va uning hududlardagi tuzilmalari tashkil etildi.
 
Prezidentning 2006 yil 9 yanvardagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy 
islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  Farmoni  va  ushbu  farmon  ijrosini 
ta‘minlash  maqsadida  O’z  R  Prezidentining  "Meva-sabzavotchilik  va  uzumchilik  sohasida 
iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish  chora-tadbirlari  to’g’risida"gi  Qarorining  qabul  qilinishi 
respublikamizda  meva-sabzavotchilik  sohasini  rivojlantirishga  keng  miqyosdagi  e‘tibor 
qaratilayotganidan  dalolat  berdi. 
Yangidan  tashkil  etilgan  bog’dorchilik  yo’nalishidagi  fermer 
xo’jaliklari yagona yer solig’i to’lashdan 5 yil muddatga, fermer xo’jaliklari, qayta ishlash va xizmat 
ko’rsatish  sohasi  korxonalari  ishtirokida  ixtiyoriylik  asosida  yangidan  tashkil  etilgan  agrosanoat 
firmalari  esa  daromad  (foyda)  solig’i,  yer  solig’i,  mulk  solig’i,  qo’shilgan  qiymat  solig’i  (importga 
qo’shilgan qiymat solig’idan tashqari), yagona soliq to’lovi to’lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi.
 
O’z  R  Prezidentining  2006  yil  23  martdagi  "Shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer 
xo’jaliklarida  chorva  mollarini  ko’paytirishni  rag’batlantirish  chora-tadbirlari  to’g’risidagi 
Qarorida  kam ta‘minlangan,  ijtimoiy  muhofazaga muhtoj oilalarga mol  berish,  chorvachilik  va 
infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
 
2006-2010  yillar  davrida  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklarida  chorva 
mollari, birinchi navbatda, qoramollar sonini ko’paytirishni rag’batlantirish dasturi ishlab chiqildi. 
Dasturga  muvofiq,  mintaqalar  bo’yicha  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fermer  xo’jaliklarida 
qoramollar  sonini  ko’paytirish,  zooveterinariya  punktlari  va  chorva  mollarini  suniy  urchitish 
punktlari  tarmog’ini  kengaytirish,  zotdor  mollarni  shaxsiy  yordamchi,  dehqon  va  fer-mer 
xo’jaliklariga  auksionlar  orqali  sotish,  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi, 
viloyatlar hokimliklari, O’z R Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, "O’zdonmahsulot" aksiyadorlik 
kompaniyasi  bilan  birgalikda  don  mahsulotlari  korxonalari  tomonidan  ishlab  chiqariladigan 
omuxga yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklariga berishni kengaytirish chora-tadbirlari 
amalga  oshirilishi,  tuman  markazlari  va  yirik  aholi  punktlarida  ixtisoslashtirilgan  savdo 
shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalar tayyorlash ko’zda tutilgan edi.
 
Qoraqalpog’iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  va  viloyatlar  hokimlari,  homiylar  va 
nodavlat  xayriya  tashkilotlari  mablag’i  hisobiga  kam  ta‘minlangan  oilalarga  sigir  tarqatish 
evaziga, faqatgina 2007 yilning o’zidayoq, barcha toifadagi xo’jaliklarda qoramollar soni 6571,4 


119 
ming boshdan 7042,5 ming boshga, shu jumladan, dehqon xo’jaliklarida 6061,3 ming boshdan 
6537,0  ming  boshga  hamda  fermer  xo’jaliklarida  332,3  ming  boshdan  374,7  ming  boshga 
ko’paydi.
 
2008  yilga  kelib  dastlab  tashkil  topgan  aksariyat  fermer  xo’jaliklarida  yer  maydoni 
hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining o’sishiga va barqaror foyda olishga 
to’sqinlik  qilishi,  iqtisodiy  ahvoli  nochor  bo’lgan  fermer  xo’jaliklari  o’zlarini  zarur  texnika 
vositalari  va  aylanma  mablag’  bilan  ta‘minlashga,  bankdan  kredit  olish  uchun  garov  ta‘minoti 
qo’yishga  imkoniyati  yetmayotganligi,  olingan  qarz  majburiyatlarini  qoplash  uchun  to’lovga 
qobillik (likvidlik) darajasining pastligi ma‘lum bo’lib qoldi.
 
Shundan  kelib  chiqqan  xolda,  O’z  R  Prezidentining  2008  yil  6  oktabrdagi  "Fermer 
xo’jaliklari  tasarrufidagi  yer  uchastkalari  maydonini  maqbullashtirish  chora-tadbirlari 
to’g’risida"gi  hamda  2009  yil  22  oktabrdagi  "Fermer  xo’jaliklari  tasarrufidagi  yer  uchastkalari 
maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi farmoyishlari qabul qilindi.
 
O’zbekiston agrar sohasining muammolaridan biri sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini 
yaxshilash masalasi edi. Xususan, 2008 yilga kelib sug’oriladigan yerlarning qariyb 8 foizi meliorativ 
jihatdan yomon holatga kelib qolgan bo’lib, bu avvalo, tuproqning sho’rlanish darajasi yuqoriligi va 
yer osti suvlarining ko’tarilishi bilan bog’liq edi. Salkam 330 ming gektar yer meliorativ holatiga ko’ra 
qoniqarsizligi tufayli qishloq xo’jaligi uchun yaroqsiz hisoblanardi.
 
Mazkur muammoni hal etish maqsadida O’z R Prezidentining 2007 yil 31 oktabrdagi 718-
sonli Qarori asosida "2008-2012 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash 
davlat dasturi"ni amalga oshirish boshlandi. Ushbu Davlat dasturi doirasida jami 130 mlrd. so’m 
ajratilgan  bo’lib,  shu  hisobdan  2009  yilda  102  ta  loyiha  bo’yicha  702  kilometr  uzunlikda  kol-
lektor-drenaj tarmog’i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 ta tik quduq, 6 ta meliorativ nasos 
stansiyasi hamda 485 ta kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, ta 
loyiha bo’yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog’i tozalandi, 1311 kilometr yopiq-
yotiq drenaj qazildi, 1249 ta vertikal drenaj, 57 ta meliorativ nasos agregatlar ta‘mirlanib, mlrd. 
142 mln. so’mlik (101,8 foiz) mablag’ o’zlashtirildi. Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xo’jaliklari 
tasarrufidagi  yer  maydonlarining  yaxshilanishi  va  samaradorligining  oshishiga  ijobiy  ta‘sir 
ko’rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g’alla esa 9,5 
sentnerga ko’tarildi.
 
Respublika  qishloq  xo’jaligining  moddiy  texnika  bazasini  mustahkamlash,  soha  ishlab 
chiqarishini  kompleks  mexanizatsiyalash  maqsadida  yangi  turdagi  yuqori  unumli  texnika 
vositalarini  ishlab  chiqarish,  ularning  ta‘minotini  yo’lga  qo’yish,  mashina  va  mexanizmlarning 
chidamliligini  oshirish  va  ulardan  samarali  foydalanishga  qaratilgan  bir  qator  chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. O’tgan davrda respublika olimlari va konstruktorlari tomonidan 82 turdagi yangi 
texnika yaratildi va 144 ta mashina yanada takomillashtirildi.
 
Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy 
texnologiyalarga  asoslangan  qo’shma  korxonalarda  bir  necha  turdagi  yangi  qishloq  xo’jaligi 
traktorlari  va  mashinalari  ishlab  chiqarilib,  mashina-traktor  parklari  va  fermer  xo’jaliklariga 
yetkazib berilmoqda.
 
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  zamonaviy  texnikalardan  foydalanish  salmog’i  yildan-yilga 
oshmoqda. Masalan, 1998 yilda jami haydalgan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi, 2010 
yilda esa 80 foizdan oshiqrog’i yuqori unumli zamonaviy g’ildirakli va zanjirli haydov traktorlari 
bilan shudgor qilindi.
 
G’alla hosilini unumli kombaynlar bilan o’rib-yig’ib olishda yanada yuqori ko’rsatkichlarga 
erishildi. Agar 1998 yilda g’alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi ana shunday kombaynlar 
yordamida o’rib olingan bo’lsa, 2010 yilda o’rib olingan g’allaning 98 foizi ular ulushiga to’g’ri 
keldi. Shu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularga yuqori 
saviyada texnik servis xizmati ko’rsatishni yo’lga qo’yish maqsadida respublikamiz hududida chet 
el texnikalariga xizmat ko’rsatadigan 22 ta servis markazi tashkil etildi.
 
Uchinchi bosqichning o’ziga xos xususiyati sifatida o’sish sur‘atlarining barqarorlashgani 
natijasida don maydoni 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka, sabzavot 
va  poliz  ekinlari  maydoni  237  ming  gektarga,  yem-xashak  32,4  ming  gektarga  ko’paydi. 


120 
Shuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon boshiga qishloq 
xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish bo’yicha yuqori ko’rsatkichlarga erishildi.
 
2016-2017  yildan  boshlab  mamlakatimizda  qishloq  xo’jaligi  sohasiga  tamomila  yangicha 
yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar ro’y-rost aytilib, uni bartaraf 
qilish choralari ko’rila boshlandi.
 
Chorvachilikda  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirishga  doir  qo’shimcha  chora-tadbirlar 
to’g’risidagi  PQ-2841,  (16.03.2017)  Respublika  ipakchilik  tarmog’i  korxonalarini  yanada  qo’llab-
quvvatlash  chora-tadbirlari  to’g’risidagi  F-4881  (24.03.2017),  Baliqchilik  tarmog’ini  boshqarish 
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PQ-2939 (01.05.2017), O’z 
R
 
Moliya  vazirligi  huzurida  Qishloq  xo’jaligini  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasini  tashkil  etish  to’g’risidagi  PF-5095  (27.06.2017),  «Ilg’or  fermer»,  «Mehnatkash 
dehqon» va «Namunali tomorqachi» ko’krak nishonlarini ta‘sis etish chora-tadbirlari to’g’risidagi 
PQ-3803  (26.06.2018),  O’z  R  qishloq  xo’jaligini  rivojlantirishning  2020-2030  yillarga 
mo’ljallangan  strategiyasini  tasdiqlash  to’g’risidagi  PF-5853  (23.10.2019),  Respublika 
hududlarini  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  yetishtirishga  ixtisoslashtirish  bo’yicha  qo’shimcha 
chora-tadbirlar  to’g’risidagi  PQ-4709  (11.05.2020)  O’z  R  Prezidentining  Qarorlari,  Farmon  va 
Farmoiyshlari qishloq xo’jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga ko’tarishga xizmat 
qilmoqda. 
2017 yil holatiga ko’ra yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashasada qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmagan. Agrar 
soha  mahsulotlarini  qayta  ishlash  hajmi  esa  10  foizga  ham  yetmaydi.  Holbuki,  rivojlangan 
davlatlarda bu ko’rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi. 
O’zbekiston  2017  yilda  1,5-2  milliard  dollar  miqdorida  meva-sabzavot  mahsulotlarini 
eksport qilgan. Lekin O’zbekistonda ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport 
qilish  imkoniyati  mavjud.  So’nggi  yillarda  qishloq  xo’jaligi  sohasida  fermer  va  dehqonlarning 
manfaatdorligini  oshirish  maqsadida  2018  yildan  sohaga  ilg’or  texnologiyalar  va  klaster  tizimi 
joriy etila boshlandi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  14  dekabrdagi  PF-5285-sonli 
To’qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risidagi Farmoni 
bilan keng turdagi sifatli to’qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil 
etish,  mahalliylashtirishni  chuqurlashtirish,  mahalliy  ishlab  chiqaruvchilarning  eksport 
salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi. 
Xujjat  3-ilovasi  bilan  paxta-to’qimachilik  klasterlarini  o’rta  muddatli  istiqbolda  rivojlantirish 
konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bo’yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi. 2019 yilda 
klaster  usulida  paxta yetishtirishni kamida  52 foizga  yetkazish  uchun 48 ta  paxta-to’qimachilik 
klasterini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilindi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  7  dekabrdagi  O’zbekiston  qishloq 
xo’jaligi  xodimlariga  tabrigida  bu  borada  erishilgan  yutuqlar  sarhisob  qilindi  va  ...biz  keyingi 
yildan boshlab paxta yetishtirishni to’liq  100 foiz klaster usuliga o’tkazishga qaror qildik.  Shu 
bilan  birga,  g’allachilik,  meva-sabzvotchilik,  parrandachilik,  chorvachilik,  baliqchilik  va 
pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz, degan so’zlari bilan tegishli 
yo’nalishlar rahbar va mutaxassislariga qator vazifalar yuklatildi. 2020 yilda mamlakatimizning 
paxta-to’qimachilik yo’nalishidagi klasterlari soni 75 taga yetdi
 
2019 yil 23 oktabrda O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasni tasdiqlash to’g’risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
 
Sohada  erishilgan  yutuqlar  Prezident  SH.Mirziyoyevning  2019  yil  6  dekabrdagi  Qishloq 
xo’jaligi  xodimlari  kuniga  bag’ishlangan  tabrik  so’zida  batafsil  yoritib  berildi.  Unda  qayd 
qilinishicha,  mazkur  yilda  qishloq  qo’jaligi  xodimlari  fidokorona  mehnatlari  tufayli 
respublikamizda 7 mln 130 ming tonna g’alla, 2 mln 845 ming tonna paxta, 19 ming tonna pilla, 
21 mln tonna meva-sabzovot, 400 ming tonna sholi, 2 mln 600 ming tonna go’sht va 11 mln tonna 
sut maxsulotlari 8,1 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.
 


121 
Natijada qishloq xo’jaligi maxsulotlaridan 217 trln 700 mlrd so’m yoki 2018 yilga nisbatan 
12 % ko’p foyda olingan.
 
Joriy  yil  paxta  xosilining  73  %  paxta-to’qimachilik  klasterlari  hissasiga  to’g’ri  kelgan.  Hozirgi 
kunda meva-sabzavot maxsulotlarining 3,5 mln tonnasi qayta ishlanib, 350 mln
 
dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda eksportni 5 mlrd dollarga yetkazish 
rejalashtirilgan.
 
2019 yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy ko’llarda 200 ming tonna baliq 
yetishtirildi. Asalarichilik ushmasi a‘zolari soni 14 mingdan oshib, 2019 yil 19 ming tonna asal 
yetishtirildi (Qarang: Asarlar. 4-jild. 387-392 betlar.).
 
Qishloq xo’jaligidagi islohotlardan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek, – 
iqtisodiy  foyda  ko’rish  bilan  birga,  oziq-ovqat  xavfsizligini  ta‘minlash,  xalq  farovonligini 
oshirishdan  iboratdir.  Buni  hech  qachon  esimizdan  chiqarmasligimiz  zarur.  2019-2024  yillarda 
mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy dasturi qabul qilindi.
 
Respublikamizning  umumjahon  xo’jalik  tizimiga  bosqichma-bosqich  va  samarali 
integratsiyalashuvi  mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  agrar  siyosatning  strategiyasi  va 
taktikasini  oqilona  belgilashga  ko’p  jihatdan  bog’liq.  Shuningdek,  agrar  sohaning  barqarorligi, 
samaradorligi  va  yangi  iqtisodiy  munosabatlarning  joriy  etilishi  mamlakat  kelajagi  va  uning 
iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omildir.
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish