Politexnika instituti


  5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/169
Sana01.01.2022
Hajmi3,09 Mb.
#300461
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169
Bog'liq
УМК Ўзб.энг янги тарихи

126 
5. Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi.  
 
Mazkur  soxada  ham  jiddiy  islohotlar  amalga  oshirildi.  Chunonchi,  respublika  mustaqillikka 
erishganidan keyin transportning iqtisodiyotga va aholiga xizmat ko’rsatish sifatini tubdan yaxshilash 
va  sohani  boshqarish  tizimini  takomillashtirish  maqsadida  "O’zbekiston  havo  yo’llari"  milliy 
aviakompaniyasi (1992 yil 28 yanvar), "O’zbekiston avtomobil transporti"  ("O’zavtotrans") davlat-
aksiyadorlik korporatsiyasi (1993 yil 8 yanvar, 1998 yil 11 iyuldan O’zbekiston avtomobil va daryo 
transporti agentliti); "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (1994 yil 7 noyabr) 
kabi  idoralar  tashkil  etildi.  Mamlakatda  transport  korxonalari  davlat  ishtirokidagi  aksiyadorlik 
kompaniyalari,  korporatsiyalari,  ochiq  turdagi  aksiyadorlik  va  masuliyati  cheklangan  jamiyatlarga, 
jamoa korxonalariga aylantirildi.
 
Mustaqillikning  dastlabki  yillarida  xalqaro  talablarga  javob  beradigan  avtomobil  yo’llari 
qurish,  mavjudlarini  xalqaro  andozalarga  moslashtirish,  yo’llarni  saqlash  va  ta‘mirlash,  yangi 
barpo  etilayotgan  sanoat  hududlarini  xalqaro  magistrallar  bilan  bog’laydigan  yo’llar  qurish 
masalalariga  e‘tibor  kuchaydi.  O’z  R.ning  Markaziy  Osiyoda  tutgan  o’rni,  sanoat  va  boshqa 
sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish maqsadida 
1995-2010 yillarga  mo’ljallangan milliy dastur ishlab  chiqildi.  Bu dastur  doirasida 1996 yildan 
Toshkent-Andijon-O’sh  magistralining  100  km.dan  ortiq  tog’li  uchastkalarida  qurilish  ishlari 
boshlandi.  Qamchiq  va  Rezak  tonellari  foydalanishga  topshirildi.  Almati-Bishkek-Toshkent-
Termiz  va  Samarqand-Buxoro-Ashxabod-Turkmanboshi  avtomobil  yo’li,  Yevropani  Kavkaz 
orqali Osiyo bilan bog’laydigan avtomobil yo’li (Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo’lagi)ning 
respublika  hududidan  o’tadigan  qismini  ta‘mirlash  ishlari  amalga  oshirildi.  O’zbekistonni 
Qozog’iston  orqali  Rossiya  Federatsiyasi  bilan  bog’laydigan  340  kilometrli  Qo’ng’irot-Beynov 
avtomobil yo’li qurilishining birinchi bosqichi yakunlandi.
 
Fuqaro aviatsiyasini rivojlantirish borasida strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. 1993 yil 7 
mayda O’z R.ning Havo kodeksi qabul qilindi.
 
O’zbekistonning yagona temir yo’l tarmog’ini vujudga keltirish bo’yicha 1994-2001 yillarda 
uzunligi 700 kilometrga yaqin Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qurib bitkazildi.
 
Respublika  hududida  barcha  transport  turlarining  yuk  va  yo’lovchilar  tashish  ishlarini 
maqbul  holga  keltirish,  samaradorligini  oshirish,  kommunikatsiyalarni  jadal  rivojlantirish, 
transportda yuk va yo’lovchilarni tashish sohasidagi hamkorlikni kentaytirish hamda transmilliy 
transport yo’laklarini rivojlantirish borasidati faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 2004 yil 11 
oktabrda  "O’zbekiston  transport  va  transport  kommunikatsiyalari  uyushmasi"  tashkil  etildi. 
Uyushma tarkibiga "O’zbekiston temir yo’llari" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, "O’zbekiston 
havo  yo’llari"  milliy  aviakompaniyasi,  O’zbekiston  avtomobil  va  daryo  transporti  agengligi, 
"O’zavtoyo’l"  kompaniyasi,  transport  kommunikatsiyalari  qurilishi  bilan  shug’ullanuvchi 
respublika loyiha va qurilish tashkilotlari kiritildi.
 
1995-2005  yillarda  O’zbekistonda  2500  km.  umumiy  foydalanishdagi  avtomobil  yo’llari 
qurildi, 1435 km. avtomobil yo’llari rekonstruksiya qilinib, yuqori toifaga o’tkazildi, 47046 km. 
yo’l ta‘mirlandi hamda 460 dan ortiq ko’prik qurildi.
 
Bu  davrda  "O’zbekiston  havo  yo’llari"  belgisi  bilan  parvoz  qilayotgan  samolyotlar  turli 
davlatlarda  joylashgan  40  dan  ziyod  aeroportga  muntazam  qatnay  boshladi.  Aviatsiya  sohasida 
amalga  oshirilgan  chuqur  o’zgarishlar  mamlakatimiz  iqtisodiyotini  mustahkamlashda,  uning 
dunyo miqyosidagi obro’-etiborini yanada oshirishga xizmat qildi.
 
2003  yildan  boshlab  ishlab  chiqarish  infratuzilmasini  isloh  qilish,  qo’shni  davlatlar 
hududidan  o’tmaydigan,  mamlakat  hududlarini  bog’lovchi  yangi  temir  va  avtomobil  yo’llari 
qurish  ishlarini  davom  ettirish,  ba‘zi  ishlab  chiqarish  infratuzilma  obyektlarini  dunyo  talablari 
darajasiga  yetkazish,  transport-kommunikatsiya  sohalarining  barqaror  rivojlanishini  taminlash 
vazifalari  ustuvor  ahamiyat  kasb  etdi.  Bu  bosqichda  respublika  temir  yo’l  tarmog’ini  yanada 
takomillashtirish maqsadida yangi G’uzor-Boysun-Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi amalga 
oshirildi.
 


127 
2007  yil  24  avgustda  O’z.Rning  Birinchi  Prezidenti  Islom  Karimov  Toshg’uzor-Boysun-
Qumqo’rg’on  temir  yo’lining  tantanali  ochilishida  nutq  so’zlab,  "Asriy  tog’u  toshlar,  dashtu 
biyobonlar  bag’rida  tunu  kun  mardona  mehnat  qilib,  223  kilometrdan  iborat  bo’lgan  bu  temir 
yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining 
o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, 
ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz", deb ta‘kidlagan edi.
 
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi 
o’z kuch-qudrati, nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr 
balandlikda,  qattiq  qoya  toshlardan  iborat  tog’li  hududlar  bo’ylab,  yozning  jazirama  issig’i, 
garmsellari,  qishning  izg’irin  shamollari  ostida  temir  yo’l  izlari  yotqizilgani,  Toshg’uzor  va 
Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi 
platformalariga  ega  bo’lgan  9  ta  bekat  barpo  etilgani  misolida  ham  ko’rish  mumkin.  Barcha 
stansiyalarda  yo’l  xavfsizligini  ta‘minlaydigan  ishlab  chiqarish  obyektlari,  maktab,  tibbiyot 
maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning 
eng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi.
 
Yangi temir yo’l foydalanishga topshirilishi bilan Qashqadaryo viloyatidagi Tubagat kaliy 
tuz koni asosida Dehqonobod kaliy o’g’itlar zavodining qurilishi loyihasini tayyorlash va unga 
xorijiy  mamlakatlarning  investitsiyalarini  jalb  etish  bo’yicha  ishlar  boshlandi.  Surxondaryo 
viloyatida  Xonjiza  polimetall,  Sharg’un  va  Boysun  toshko’mir  konlarini  o’zlashtirish,  yangi 
sement zavodlari qurish yuzasidan tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Temir yo’l tarmog’ining 
ishga  tushirilishi  natijasida  yuk  tashish  va  yo’lovchilar  qatnovini  tashkil  qilish,  temir  yo’llarga 
xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta‘minlash uchun 2-2,5 ming qo’shimcha yangi ish o’rni 
yaratildi. Yangi tashkil etilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va 
xususiy  tadbirkorlik  sohalarida  qo’shimcha  3-4  mingta  ish  o’rniga  ega  bo’lingani  ulkan 
muvaffaqiyatdir.
 
Bu  yo’l  O’zbekistonning  chet  davlatlarga,  avvalo,  Transafg’on  temir  yo’l  yo’lagi  orqali 
yaqin  kelajakda  to’g’ridan-to’g’ri  Hind  okeani,  Janubiy  va  Janubi-sharqiy  Osiyo  mamlakatlari 
portlariga chiqish imkoniyatini kengaytiradi. Shu bilan birga, respublikaning tranzit salohiyatini 
keskin oshiradi.
 
Respublikada  2011-2015  yillarda  transport  va  kommunikatsiya  infratuzilmasi  qurilishini 
jadal  rivojlantirish  dasturining  amalga  oshirilishi  ishlab  chiqarish,  transport  va  muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasi tarmog’ini yanada rivojlantirish imkonini berdi.
 
2012  yilning  5  yanvarida  temir  yo’llarni  elektrlashtirish  va  zamonaviy  texnologiyalarni 
qo’llash  asosida  yo’lovchi  va  yuk  tashish  samaradorligini  oshirish,  sifatli  xizmat  ko’rsatishni 
ta‘minlash  maqsadida  Osiyo  Taraqqiyot  banki  ishtirokida  "Maroqand-Qarshi  temir  yo’l 
uchastkasini  elektrlashtirish"  loyihasini  amalga  oshirish  chora-tadbirlari  to’g’risida»  Prezident 
Qarori qabul qilindi.
 
2017 yil 13 martda Buxoro-Miskin temir yo’l liniyasini qurish chora-tadbirlari to’g’risidagi (PQ-
2827),  shu  yil  26  mayda  esa  Islom  taraqqiyot  banki  ishtirokida  «M39  Toshkent-Termiz  avtomobil 
yo’lini  rekonstruksiya  qilish»  hamda  «Saudiya  taraqqiyot  jamg’armasi  va  Quvayt  arab  iqtisodiy 
taraqqiyot  jamg’armasi  ishtirokida  «4R87  G’uzor-Chim-Ko’kdala  avtomobil  yo’lini  rekonstruksiya 
qilish» loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezident  Qarorlarining  qabul  qilinishi  mamlakatimiz  transport-
kommunikatsiya tizimini yaxshilash yo’lidagi navbatdagi qadam bo’ldi. 
Mamlakatimizda  faoliyat  yuritayotgan  "Navoiy"  xalqaro  intermodal  logistika  markazi  va 
"Angren"  logistika  markazining  imkoniyatlari  juda  keng.  Ta‘kidlash  joizki,  Mustaqil  Davlatlar 
Hamdo’stligi  hududida  yagona  bo’lgan  ushbu  markazda  tovarlarni  yuklash  va  tushirish,  ularni 
tarqatish  va  omborlarga  joylash  ishlari  zamonaviy  texnika  vositalari  yordamida  tezkorlik  bilan 
amalga oshiriladi.
 
2012  yilga  kelib  aviakompaniya  zamonaviy  havo  kemalari  bilan  ta‘minlandi.  Jumladan, 
O’zbekiston hukumati yordamida aviakompaniya parki "Boing-757", "Boing-764", A-310, RJ-85 
samolyotlari bilan to’ldirildi. "O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi dunyoning 25 dan ortiq 
mamlakatiga parvozlarni amalga oshirib, yiliga qariyb 75 ming tranzit yo’nalishini boshqarmoqda. 


128 
Shuningdek,  aviakompaniya  tarkibida  faoliyat  ko’rsatayotgan,  so’nggi  avlod  aviatsiya 
texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta‘mirlash bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida 
yagona  bo’lgan  markazning  xizmatlaridan  320  ta  xorijiy  aviakompaniya  samolyotlariga 
aeronavigatsiya xizmati ko’rsatilayotir.
 
"O’zbekiston havo yo’llari" aviakompaniyasi tarkibida 11 ta (Toshkent, Nukus, Samarqand, 
Buxoro,  Urganch,  Termiz,  Qarshi,  Namangan,  Andijon,  Farg’ona,  Navoiy)  zamona-viy 
aeroportlar  jahon  andozalari  darajasida  modernizatsiya  qilindi.  Toshkent  aeroporti  Markaziy 
Osiyodagi  eng  yirik  xalqaro  aeroport  hisoblanadi.  Buxoro,  Samarqand  va  Urganch  aeroportlari 
xalqaro aeroport maqomini oldi.
 
"Navoiy" xalqaro aeroporti negizida tashkil etilgan va zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari 
bilan jihozlangan xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo’lishidan qat‘i 
nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga ega bo’ldi.
 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2019  yil  1  fevraldagi  Transport  sohasida  davlat 
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi PF-5647-son Farmoni 
bilan  O’zbekiston  avtomobil  transporti  agentligi  negizida  O’zbekiston  Respublikasi  Transport 
vazirligi tashkil etildi.
 
Vazirlik  avtomobil,  temir  yo’l,  havo,  daryo  transportlari,  metropoliten,  shuningdek,  yo’l 
xo’jaligini  rivojlantirish  sohasidagi  yagona  davlat  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish 
bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
 
Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi 
hududiy bo’linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
 
Keyingi yillarda qurilish sohasi iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylandi.
 
2019  yilga  kelib  bu  sohaning  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi  6  foizdan  oshgani  ham  bu  fikrni 
yaqqol tasdiqlab turibdi.
 
Xalqaro ekspertlarning xulosasiga ko’ra, infratuzilmani yaxshilash, moslashuvchan tariflar 
qo’llash va yangi istiqbolli yo’nalishlarni shakllantirish hisobidan bizda tranzit salohiyatini hozirgi 
7 million tonnadan 16 million tonnaga yetkazish imkoniyati mavjud.
 
Iqtisodiy  yuksalishni  ta‘minlash  uchun  barcha  qulayliklarga  ega  bo’lgan  zamonaviy 
infratuzilma barpo etish nihoyatda zarur. Prezidentimizning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga 
Murojaatnomasida  qayd  qilinishicha  keyingi  3  yilda  yo’l  qurilishiga  –  9,8  trillion  so’m,  suv 
tarmoqlariga – 4,6 trillion so’m, elektr tarmoqlariga – 18,2 trillion so’m, tabiiy gaz ta‘minotiga – 
1,2  trillion  so’m  mablag’  ajratilgan.  Bu  raqamlar  ushbu  tarmoqlar  uchun  so’nggi  10  yilda 
sarflangan  mablag’lardan  bir  necha  barobar  ko’pdir.  Lekin,  shunga  qaramasdan,  zamonaviy 
infratuzilma yaratish, mavjud tizimni modernizatsiya qilish uchun bundan bir necha o’n barobar 
ko’p mablag’ talab etiladi.
 
2020  yil  noyabr  xolatiga  ko‘ra  mamlakativiz  hududida  42  869  km.  uzunlikdagi  yo’llar 
mavjud. Shundan xalqaro ahamiyatdagi yo’llar 3 993 km, davlat ahamiyatidagi yo’llar 14 203 km. 
va mahalliy ahamiyatdagi yo’llar 24 673 km. ni tashkil qiladi.
 
2020 yil 1 oktabr holatiga jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan avtotransport vositalari soni 
3.083.849  tani  tashkil  qiladi.  Shundan  eng  ko’p  avtotransport  vositalari  soni  Toshkent  shahri 
(487.507 ta), Samarqand viloyati (366.558 ta) hamda Toshkent viloyati (299.801 ta) hududlariga 
to’g’ri kelmoqda.
 
Respublikadagi yo’l patrul xizmat maskanlarida davlat raqamini aniqlovchi kameralar 91 ta, 
kuzatuv  kameralari  95  ta,  onlayn  rejimda  ishlovchi  fotoradarlar  183  ta,  chorrahalardagi 
qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar 386 ta, kuzatuv kameralari esa 1154 tani tashkil qilgan.
 
 
 
 



Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish