17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
245
17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
Reja:
1.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi.
2.
Tabiatning estetik jihatlari. Ekologik estetikaning qadriyatli maqomi.
3.
Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o‘rni.
4.
Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri.
5.
Zamonaviy shaharsozlik estetikasi. Dizaynning estetik xususiyatlari. Xalq amaliy
san’ati va dizayn.
Tayanch tushunchalar:
Ekoestetika, dizayn, san’at, Xalq amaliy san’ati, Tabiat, Ekologik
estetika.
Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi. Tabiatning estetik jihatlari.
Keyingi ikki asrdan ortiq vaqt mobaynida estetikani faqat san’at falsafasi sifatida talqin
qilish haqiqatga zid ekani ma’lum bo‘lib qoldi. CHunki asta-sekin «san’at estetikasi» yonida yana
boshqa «estetikalar» paydo bo‘la boshladi. Ularning ba’zilarini estetik faoliyat, estetik soha kabi
atamalar bilan nomlashga urinib ko‘rdik. Biroq bunday yondashuv doimo nazariy chalkashliklarga
olib keldi, hozir ham o‘shanday manzarani ko‘rish mumkin. Masalan, estetik faoliyat deganimizda
san’atni tushunamiz, boringki, unga dizaynni ham qo‘shish mumkin. Lekin tabiatni yoki sportni
estetik faoliyat deb aytolmaymiz, ularga taalluqli nazariyalarni estetika sohasi deyish ham qiyin.
CHunki mohiyatan ular estetik faoliyat emas, balki estetik xususiyatlar namoyon bo‘ladigan
voqelik va ular borasidagi nazariyalarni estetikaning qismlari deb atash ham ularga nisbatan to‘g‘ri
emas; bunday atama bilan biz estetika tarixi, estetika nazariyasi, estetik madaniyat singari fanning
«katta-kichik» bo‘limlarini nazarda tutamiz.
Ana shunday har xilliklar ko‘pgina adabiyotlarda, hatto estetika lug‘atida ham tez-tez uchrab
turadi
53
. Ulardan qutulish maqsadida biz estetikaning ikki qatordan iborat turlarga bo‘lgan holda
tasniflashtirishni maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Birinchi qatorni estetikaning eng miqyosli turi
– san’at estetikasi, ikkinchi qatorni esa, qolgan barcha, nosan’at estetik ob’ektga asoslangan estetik
nazariyalar tashkil etadi. Ular – tabiat estetikasi, turmush estetikasi, mehnat estetikasi, texnika
estetikasi va sport estetikasi. San’at estetikasini alohida, keyingi boblarda ko‘rib chiqishimizni
nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini qisqacha
nazardan o‘tkazamiz.
Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez-
tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak,
odam, markschilar ta’riflaganidek, tabiatning bir qismi emas, uni odam bir-birini
bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-
oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.
Keyingi bir asr mobaynida inson tafakkurining qudrati, fan-texnika taraqqiyoti jahonning
deyarli barcha sivilizatsiyalashgan mintaqalarida landshaftning (er yuzi manzarasining)
o‘zgarishiga, buzilishiga olib keldi. Masalan, birgina suv omborlarini olib ko‘raylik. Hozirgi
paytda minglab kvadrat kilometr takrorlanmas landshaft suv ostida qolib ketdi. Vaholanki,
landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy xazinalarning uyg‘unligidir.
Biz esa, tabiatga bo‘lgan xudbinlarcha munosabatimiz, unga qornimizni to‘ydiradigan,
53
Қаранг: Эстетика. Словарь. С. 35, 276, 421.