16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
242
I.Kant fikricha, go‘zallik ham, ulug‘vorlik ham qo‘pol, sof foyda ma’nosidagi manfaatdan
xoli bo‘lib, hamma uchun umumiy ahamiyatli, maqsadga muvofiqlik va zarurlik tasavvurlarini
o‘zida mujas-samlashtirgandir.
Ular o‘rtasidagi farqlar: agar go‘zallik sifatdan olingan qoniqish orqali vujudga kelsa,
ulug‘vorlikning zaminida miqdor tasavvuri yotadi; go‘zallik hamma vaqt jozibali, ulug‘vorlik esa
goh o‘ziga tortadi, goh o‘zidan qochiradi va nisbiy his-tuyg‘ular qo‘zg‘aydi.
CHernishevskiy fikricha, ulug‘vorlik tabiiy hodisalarga ham xos estetik tushunchadir.
Masalan, oddiy shamoldan bir necha yuz marta kuchli bo‘ron ulug‘vordir, pastkash hisob-kitob va
intilishlardan yuz karra kuchli bo‘lgan sevgi ulug‘vordir.
Ulug‘vorlik ko‘lami go‘zallik ko‘lamidek cheksizdir. Tabiatda ulug‘vorlik timsollari:
okeanlar, osmon, dengizlar, sharsharalar, tog‘lar. Ularning umumiyligi-ulkanligida, keng
ko‘lamligida. Ulug‘vorlik quvonch, hayratlanish, tan berish, shuningdek, ba’zida qo‘rquv hissini
uyg‘otadi.
Ijtimoiy hayotda ulug‘vorlik qahramonlik va mardlik bilan qo‘shilib ketadi, ularni alohida-
alohida mushohada etish qiyin. Ulug‘vorlikka xos estetik va axloqiy sifatlar mavjuddir. Fidoyilar,
qahramonlarning qiyofalari bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlikni, ham mardlikni namoyon qiladi.
Ulug‘vorlik va pastkashlik qiymatlari ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Insonning tabiat
ustidan hukmronligi – yaqin kunlargacha ulug‘vorlik timsoli sifatida in’ikos etilardi. Bunday
munosabat ekologiya buzilishi, Orolning qurishi, kishilar sog‘lig‘ining yomonlashishiga olib
keldi.
Tabiat ustidan hukmronlik qilish emas, balki u bilan hamohang bo‘lish, ijtimoiy faol,
tashabbuskor, ijodkor shaxsni shakllantirish – ulug‘vorlik orzusining asosiy mazmuni.
Ulug‘vorlik san’atda har tomonlama ifodalanadi, chunki u san’atning asosiy mavzularidan
biridir. Qahramonlik dostonlari, lirik dostonlar, qahramonlik musiqa asarlari, me’morchilikda
ulug‘vorlik turlicha tasvirlanadi.
Me’morchilikda ulug‘vorlik alohida ahamiyat kasb etadi. Me’morchilikda ulug‘vorlik
faqat miqyos o‘lchovi bilan o‘lchanmaydi. Masalan, ayrim obidalar o‘zlarining keng ko‘lami bilan
ulug‘vorlik kasb etsalar, boshqalari o‘ta nafisligi, nozik ifodasi, hamohangligi, atrof-muhit bilan
uzviy qo‘shilib ketganligi bilan katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, Bobil minorasi, Minorai
Kalon, Misr piramidalari, Toj Mahal keng ko‘lami bilan ulug‘vorlik kasb etsa, Amir Temur
dahmasi, Shohizinda, Registon maydoni, Mir Arab mad-rasasi, Ismoil Somoniy maqbarasi o‘ziga
xosligi bilan ulug‘vorlik hissini uyg‘otadi.
San’atda ulug‘vorlik ba’zida fojialilik bilan yonma-yon namoyon bo‘ladi. Masalan,
Shekspir asarlari, Shashmaqom, ba’zi me’moriy obidalar bir vaqtning o‘zida ham ulug‘vorlik, ham
fojialilik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘ladi. Lekin har doim ham emas. Masalan, Registon – ulug‘vor,
lekin fojiali his uyg‘otmaydi, Makbet xonim fojiali, lekin ulug‘vor emas.
Fojialilik va kulgililik estetik kategoriyalari yordamida hayot ziddiyatlari va to‘qnashuvlari
baholanadi va mushohada qilinadi. Fojialilik va kulgililik ijtimoiy xususiyatga ega
tushunchalardir. Ular yolg‘iz insonga xosdir, faqat ijtimoiy munosabatlar jarayonidagina namoyon
bo‘ladi.
Fojialilik va kulgililik o‘zaro bog‘liqligi hayotning murak-kabligi, ziddiyatliligi,
harakatchanligidan kelib chiqib, ularni san-’at yordamida yaxshiroq anglaymiz. San’at asarlarida
fojialilik va kulgililik yaxlit namoyon bo‘ladi. Ko‘p hollarda fojialilik va kulgililikning uzviy
chirmashib ketishi ildizlari ijodkor iste’dodiga borib taqaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |