16-MAVZU. ESTETIKA: ESTETIKANING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
240
barchasi qandaydir umumiy belgiga egadir. Mana shu umumiy belgi tufayli hodisalarni go‘zallik
tushunchasi bilan ifodalaymiz. Go‘zal narsalar inson amaliy faoliyatiga, manfaatlariga mos bo‘lib,
ularni idrok etish hayrat va quvonch bag‘ishlaydi, shaxsning uyg‘un hamohang rivojlanishiga,
unda eng yaxshi insoniy xislat-fazilatlar tarkib topishga ko‘maklashadi.
Inson hamma erda va har qanday darajada mavjud tabiiy hamohanglik bilan to‘qnashar
ekan, u albatta tabiat go‘zalligidan zavq-shavq oladi, ma’naviy boylik orttiradi. Hamma vaqt ham
tabiatga estetik munosabat va tabiatni estetik o‘zlashtirish, uni «insoniylashtirish», tabiat
hodisalariga inson talab-ehtiyojlarini, maqsad-orzularini o‘tkazib tatbiq etish bilan bog‘lanib
ketgan.
Insonda tabiatga qanday munosabatda bo‘lish tuyg‘usi sekin-asta, inson zoti va tabiatda
rivojlanish yuz bergani sari shakllanib borgan. Masalan, ibtidoiy san’at manzarali tasvirlarni
bilmagan, tabiat hodisalarining go‘zal yoki xunuk ekanligini baholamagan. Ular o‘z
diqqate’tiborlarini hayotning asosiy manbai bo‘lgan narsalar voqea-hodisalarga (hayvonlarga)
qaratganlar.
Keyinchalik, ovchilik o‘rniga (yoki u bilan yonma-yon) dehqonchilik kirib kelishi,
insonning ishlab chiqarish faoliyati atrofidagi tabiatni o‘zlashtira boshlashi bilan, tabiatning o‘zi
ijtimoiy orzu mezonlari bilan baholanadi, inson uchun tabiatning xunuk va go‘zal tomonlari ayon
bo‘la boshlaydi. Go‘zallikni yuksak darajadagi foydalilik tarzida in’ikos etish go‘zallik
ko‘rinishlaridan faqat bittasini o‘z ichiga oladi. Hozirgi davrda insoniyat ulkan vayron qilish
qudratiga ega bo‘lgan ishlab chiqarish kuchlariga ham ega bo‘lib qoldi. Tabiatga «o‘zlashtirish»
nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish yovuzlikdan boshqa narsa emasdir. Inson tabiat haqida
qayg‘urib, undan oqilona foydalanib, ayni vaqtda tabiiy hamohanglik sirlari ichiga yanada chuqur
kirib bormoqda.
v) San’atda go‘zallik ifodasining tahlili tabiatdagi, ijtimoiy hayotdagi, turmushdagi
go‘zallikni tushunish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘taydi. San’at go‘zallikning
mujassamlashgan ifo-dasi bo‘lib, xuddi shu ma’noda uni «nafosat qonunlariga ko‘ra ijod qilish
sohasi» deb atash o‘rinli bo‘ladi. Inson faoliyatining boshqa sohalarida go‘zallik qonunlariga rioya
qilganda go‘zallik «yordamchi vazifa»ni bajaradi. San’at sohasida esa unga rioya qilmaslik
san’atning o‘zini bema’ni, mohiyatsiz qilib qo‘yadi.
San’atdagi go‘zallik – hayotdagi go‘zallikning in’ikosi bo‘lib, go‘zallik yaratuvchi
ijodkorlarning boshqa odamlardan farqi shunda-ki, u boshqalar fahmlay olmagan go‘zallikni
hamma erda ko‘ra olish, fahmlash, sezish, his qilish qobiliyatiga egadir. San’at voqelikning barcha
estetik qirralari va sifatlarini qamrab oladi, hatto mudhish va xunuk hodisalarni tasvirlayotganida
ham go‘zallikni tark etmaydi.
O‘rta asrning juda ta’sirli oqimlaridan biri Yevropa klassitsizmi ijodkorlari yuksak san’at
aslida takomil va go‘zal bo‘lgan, ijobiy estetik qiymatga ega bo‘lgan hodisalarni aks ettirishi
kerak, deb qaragan edilar. Uning vakillari, shubhasiz, juda ko‘p badiiy qadriyatlar yaratganlar.
Jahon san’ati xazinasiga ulkan hissa qo‘shganlar (Kornel, Rasin, Bajenov va boshqalar). Lekin
san’at taraq-qiyotini faqat chiroyli va yuksak mavzu tomon yo‘naltirish uning ko‘lamini cheklab
qo‘ydi. Natijada voqelikdagi mavjud bo‘lgan go‘zallikning kichik bir bo‘lagi qirollar va
sarkardalar siymolari orqali hayot go‘zalligi bir tomonlama tasvirlandi. Oddiy odamlar hayotining
badiiy ifodasi esa yuksak san’atga loyiq topilmadi.
San’atda go‘zal qiyofani aks ettirish boshqa, qiyofani nafis tasvirlash boshqa narsa.
Chernishevskiy voqelik go‘zalligi san’atdagi go‘zallikdan yuqori turishini uqtiradi. U hayotdagi
go‘zallik birlamchi, san’atdagi go‘zallik ikkilamchi deydi. CHunki hayotda go‘zallik bo‘lmasa,
Do'stlaringiz bilan baham: |