Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet411/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


250  

  

nazariyalar  tashkil  etadi.  Ular  –  tabiat  estetikasi,  turmush  estetikasi,  mehnat  estetikasi,  texnika 



estetikasi  va  sport  estetikasi.  San’at  estetikasini  alohida,  keyingi  boblarda  ko‘rib  chiqishimizni 

nazarda tutib, hozir nosan’at ob’ektlar estetikasi qatoridagi estetik nazariyalar turlarini  qisqacha 

nazardan o‘tkazamiz.   

 

 

Tabiat haqida gap ketganda, «tabiatni asrash», hatto «tabiatni qutqarish» degan so‘zlarni tez-



tez eshitamiz. Xo‘sh, tabiatni kimdan asrash va qutqarish kerak? Odamdan, jamiyatdan. Demak, 

odam,  markschilar  ta’riflaganidek,  tabiatning  bir  qismi  emas,  uni  odam  bir-birini 

bo‘ysundirganidek bo‘ysundirishi, «olamni tubdan o‘zgartirishi» mumkin emas. Aks holda, oxir-

oqibat insoniyat, hayvonot va nabotot dunyosi halokatga mahkum etilishi muqarrar.  

Keyingi  bir  asr  mobaynida  inson  tafakkurining  qudrati,  fan-texnika  taraqqiyoti  jahonning 

deyarli  barcha  sivilizatsiyalashgan  mintaqalarida  landshaftning  (er  yuzi  manzarasining) 

o‘zgarishiga,  buzilishiga  olib  keldi.  Masalan,  birgina  suv  omborlarini  olib  ko‘raylik.  Hozirgi 

paytda  minglab  kvadrat  kilometr  takrorlanmas  landshaft  suv  ostida  qolib  ketdi.  Vaholanki, 

landshaft hayvonlar, qushlar, o‘simliklar, suv, tuproq kabi qit’aviy  xazinalarning uyg‘unligidir. 

Biz  esa,  tabiatga  bo‘lgan  xudbinlarcha  munosabatimiz,  unga  qornimizni  to‘ydiradigan, 

hayotimizni  farovon  qiladigan  vosita  deb  qarashimiz  tufayli  ana  shu  uyg‘unlikni  muntazam 

ravishda buzib kelmoqdamiz.  

Biz  tabiatni  nutqlarimizda,  she’rlarimizda,  maqolalarimizda  «Ona-tabiat»  deb  ataymiz. 

Darhaqiqat,  tobimiz  qochsa,  shifokorlar  bizga  bahavo,  shaffof  suvli  tabiat  qo‘ynida  joylashgan 

oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat 

tashvishlardan  forig‘  yashashni  tavsiya  etadilar.  SHahar  shovqinlaridan,  mehnatdan,  axborotlar 

siquvidan  charchaganimizda,  jamoa  bilan  yoki  oilaviy  tarzda  shanba  yo  yakshanba  kuni  tabiat 

qo‘yniga  chiqib  dam  olamiz.  Toliqsak,  doim  «onamiz»  qo‘yniga  intilamiz,  ona-tabiat  bizni 

davolaydi,  go‘zalligi  bilan  hayratlantiradi,  ruhlantiradi.  Lekin  bir-ikki  kundan  so‘ng  yana 

hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni 

tushunmaymiz,  uni  bilmaymiz.  SHu  sababli  biror  bir  odamning  yaxshi  yoki  yomonligiga  asl 

sabablar  nimaligini,  uning  mohiyatini  bilmaganimiz,  tushunmaganimiz  uchun  «falonchining 

tabiati  o‘zi  shunaqa»,  yoki  muayyan  hayvon  yoxud  o‘simlikning  sir-sanoatidan  bexabarligimiz 

tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami 

kubromi  (katta  olammi),  olami  sug‘romi  (kichik  olammi),  ya’ni,  odammi,  u  –  sirli,  uni  lozim 

darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida 

zo‘r  berib  o‘qitmaylik,  baribir  tabiatni  tushunishimiz  qiyin,  zotan  ekologiya  tabiatni  asrashni, 

qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning 

ekologiya  bilan  hamkorligi  orqali  erishish  mumkin.  CHunki  estetika  insonga  tabiatni  sevishni, 

uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun 

yaratilgan  deb  emas,  uni  jamiyatdan  tashqaridagi  umumolamiy  mustaqil  qadriyat  sifatida  idrok 

etishni taqozo qiladi.  

Ha, tabiat go‘zallik va ulug‘vorlik manbai, lekin faqat inson uchungina shunday emas. Masalan, 

bulbul tunda, odamlar uxlaganda sayraydi, namozshomgul va ba’zi boshqa gullar faqat qorong‘u 

tushayotgan paytdan boshlab ochiladi. Demak, hayvonlarni, o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, 

tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb tushunishimiz lozim.  

Buyuk  Kant  tabiatni  axloqiylik  bilan  bog‘laydi:  «Kimniki  bevosita  tabiat  go‘zalligi 

qiziqtirsa,  bu  uning  fikrlash  tarzida,  yo‘q  deganda,  axloqiylikka,  ezgulikka  qobiliyati 

mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.

57

 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u 



ikkinchi  darajali  go‘zallik  turi,  degan  fikri  estetikada  hukmronlik  qilib  keldi,  ayniqsa,  bu  fikr 

tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq 

                                                

57

 



Кант И.

 

Сочинения в 6 т. Т. 5. М., «Мысль», 1966. С.314.



 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish