17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI
253
qiladi. Bu yaxlitlik konstruksiyaga bo‘ysunsa-da, o‘zini badiiy ijod sifatida namoyon etadi.
SHunday qilib, konstruktor-injener mazmunni, dizaynchi-injener shaklni yaratadi, ya’ni birinchi
mutaxassis – texnik, ikkinchisi – estetik. Ikkala faoliyatning uyg‘unligi tufayli zamonaviy xaridor
talabiga javob beradigan mashina vujudga keladi va unda, istaymizmi-istamaymizmi, estetik
ko‘rinish yaxlitlik sifatida ustuvorlikka, xaridorgirlik ahamiyatiga ega bo‘ladi. Zotan, eslaylik,
Shiller aytganidek, shakl insonga butunisicha, mazmun – uning muayyan qismigagina ta’sir
ko‘rsatadi. Xaridor esa, eng avvalo inson.
Biroq, bu – dizaynda hamma narsa shakl bilan bog‘liq ekan, degani emas.
Unda ham san’atdagidek shakl va mazmun uyg‘unligi asosiy omil hisoblanadi. Bunday
uyg‘unlikka birdan erishish qiyin, u bir necha texnikaviy bosqichlarning hosilasi sifatida vujudga
keladi. Masalan, «Zinger» rusumli tikuv dastgohi XX asr davomida rivojlanib, dastlabki qo‘pol
ko‘rinishidan «xohlasang ham, xohlamasang ham ishlaging keladigan» darajada go‘zallashib,
noziklashib, insonni o‘zida ishlashga chaqirib turadigan mashinaga aylandi. Yoki o‘zimizdagi
«Daewoo» korporatsiyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqarilayotgan «Matiz» avtomobiliga e’tibor
qiling. U dizayn nuqtai nazaridan o‘zidan avvalgi kichik mashinalardan, xususan, «Tiko»dan
keskin farqlanadi. Uning yo‘lda engil borishi kishida xuddi suzib ketayotgandek tassurot
uyg‘otadi, asosiy chiroqlari (faralari) ana shu taassurotingizga mos: ulkan baliqning ko‘zlariga
o‘xshaydi, oldindagi pastki ikki chiroq esa, sizga bodomqovoq – SHarq go‘zallariga yarashib
turadigan qiyiq ko‘zlarni eslatadi. Bunda avtomobilning tashqi ko‘rinishi bilan mohiyati nihoyatda
muvaffaqiyatli moslashtirilgan: «Matiz» – baliqdek silliq olg‘a intiladigan, «epchil», go‘zal,
SHarqda ishlangan, sharqona mashina.
Qisqasi, bugungi kunda biz dizayn tufayli atrofimizdagi texnikaviy olamni odamiylashtirib,
o‘zimizga, estetik didimizga moslashtirib borishga erishdik va erishmoqdamiz; hozir
qalamimizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan tortib, ko‘ylagimizgacha – hammasi
bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‘rgazmali amaliy san’atga (xalq amaliy
san’atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik xususiyatiga ega, ya’ni ular
maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat qiladi. Lekin xalq amaliy san’atiga asos bo‘lgan
hunar, aytib o‘tganimizdek, san’atga aylanishi mumkin, dizayn esa, – dizaynligicha qoladi. Sababi
shuki, hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg‘onga, xontaxtaga yoki naqshin
qutichaga o‘z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya’ni hunarmand-usta yasagan o‘nta mis
laganda ustaning o‘n xil ruhiy holatini, kechinmalarini ilg‘ash mumkin. Dizaynda esa, o‘n minglab
yoki yuz minglab ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizatsiya qilinishi mumkin, lekin unda ham yana bir
xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‘ladi, usta esa, doimo yangi narsa yasaydi va mana
shu yangilik rangbaranglik, individuallik hunar mahsulini san’at darajasiga olib chiqishga xizmat
qiladi. Bundan tashqari hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida
olib qaraydi va ishlab chiqaradi. YA’ni unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo va «bir
qo‘lning» mehnati. Dizaynda esa, ashyolar «turli qo‘l» ishlagan qismlarni bir mutaxassisning –
dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‘zini butunisicha namoyon qiladi. SHu sababli,
hunarmandning mahsuloti – san’at, dizaynerning ishi nosan’at estetik faoliyat hisoblanadi. SHunga
qaramay, dizayn va dizaynerning ijodiy mehnati Er yuzida tobora ko‘payib borayotgan inson
zotining zamonaviy iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma’naviy talablarini qondirishi
bilan muhim hamda e’tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa, dizayn nazariyasi sifatida estetikaning
o‘ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‘liq tasavvur qilib bo‘lmaydi.
San’at – estetik faoliyatning o‘ziga xos turi, sehrli ma’naviy ko‘zgu. Sehri shundaki, san’at
asarini idrok etayotgan odam unda ham shu asarni yaratgan inson dunyosini, ham o‘z dunyosini
qadriyatlar prizmasi orqali ko‘radi; o‘zining qandayligini va qaerdaligini, yutuqlarini va
nuqsonlarini, aqlini va hissiyotlarini aniqlashtirib oladi. Uning estetik mohiyati makon va
Do'stlaringiz bilan baham: |