Originallik (yangilik)-ijodiylik tamoyili.
Har bir ma’naviy hodisada bo‘lganidek,
san’atda ham uning asosini tashkil etadigan, tamal toshi vazifasini o‘taydigan tamoyillar mavjud.
Ulardan birinchisi - san’atning yangilik (orginallik) yoxud ijodiylik tamoyili. CHunki ijod mahsuli,
ijod qilishi – kashf etish, shu kungacha mavjud bo‘lmagan narsani yaratish demakdir. Bunday
yangilik muayyan san’at asarining shakl, mazmun, uslub v.b. jihatlari bilan o‘zidan avvalgi
asarlarini takrorlamasligini, o‘sha asarlar bilan yonma-yon qo‘yganda, ulardan ijobiy o‘ziga
xosligi tufayli ajralib turishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |