Ijtimoiy aloqachilik (kommunikativlik) faoliyati - san’atning o‘ziga xos vazifasi.
Haqiqiy san’at asari idrok etuvchini muayyan makonda va zamonda «birga olib yuradi», biz uchun
yangi bo‘lgan voqelik bilan «tanishtiradi», hozirgi zamon odamini boshqa bir zamonga, boshqa
tarixiy voqealar joyiga, boshqa mintaletetga, boshqa mintaqaga «olib boradi», M., SHekspirning
«Romeo va Juletta» asari orqali O‘rta asrlar Italiyasidagi voqealar bilan bog‘lanamiz. Zamonaviy
san’at asarida ham shunday holatni ko‘rishimiz mumkin. Bundan tashqari, san’at ijodkor va
jamiyat, ijodkor va asar, asar va uni estetik idrok etuvchi orasidagi uch yoqlama aloqani ham
amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |