San’at turlari
San’at – estetik tadqiqot ob’ektining umumiy nomi, mushtarak tushuncha. Xususiy
tushuncha sifatida u voqelikni go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik kabi qadriyatlar va
aksilqadriyatlar orqali muayyan xil, tur hamda janrlar doirasida in’ikos ettiradigan badiiy ijod
mahsulini anglatadi. SHu bois san’atni xil, tur va janrlarga bo‘lib, estetik tadqiq etish odat tusiga
aylangan. Biroq ana shu «bo‘lib o‘rganish», ya’ni tasniflashtirish, turkumlashtirish bir qarashda
osondek ko‘rinsa-da, aslida estetikadagi murakkab va chalkashliklarga to‘la muammo sanaladi.
Bu borada o‘nlab nuqtai nazarlar bor.
Tasniflashtirish avvalo san’atni xillashdan boshlanadi. San’at an’anaviy tarzda uch xilga
bo‘lib kelinadi: 1. Epos. 2. Lirika. 3. Drama.
Do'stlaringiz bilan baham: |