Zamonaviy san’at turlari.
Texnikaviy yutuqlar asosida vujudga kelgan zamonaviy san’at
turlari insonning har qanday qulay sharoitdan yangi san’at turi yoki asarlarini yaratish uchun
foydalanishini ko‘rsatadi, insondagi san’atga bo‘lgan azaliy va abadiy intilishidan dalolat beradi.
Bir paytlar, o‘ta ratsional, san’at bilan sig‘ishmaydigan, qo‘pol deb hisoblangan texnikadan hozirgi
paytda inson ildizi noratsionallikka borib taqaladigan badiiy qiyofa yaratish uchun
foydalanmoqda. SHuning natijasi o‘laroq, keyingi bir yarim asr ichida bir necha zamonaviy
(texnikaviy) san’at turlari paydo bo‘ldi va rivojlandi.
Fotosan’at.
XIX asrning 20-30-yillarida fransuzlar J.Nens, L.Dager, ingliz U.Tolbot
tomonidan shahar manzaralari, mevalarning rassomlik san’atidagi ko‘rinishlarini optika va kimyo
yordamida suratga ko‘chirish amalga oshiriladi. Uni dastlab «fotogeniya», «fotogenik san’at» deb,
keyinroq esa, uni rassomlik san’atidagi rangtasvir va grafikaga yaqinligi nazarda tutib,
«fotografiya» degan nom bilan atashdi. Muhimi shundaki, suratga tushirishni badiylashtirish,
fototexnika asosida san’at asari yaratish boshlandi. Ayni paytda, endi rangtasvirning kuni bitdi,
degan, shoshib aytilgan fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.
Badiiy suratkashlikning, ya’ni nurtasvirning rangtasvirdan farqi va eng muhim belgisi – bu
uning hujjatlilik xususiyati, undagi har bir suratga olingan hodisa real asosga ega. Rassom o‘zi
tanlagan syujet tasvirida tasavvur va xayolotga keng o‘rin beradi, fotosan’atkorda bu imkoniyat
yo‘q, u tasvir ob’ektini real, hayotdagi holatida qanday bo‘lsa, shunday suratga tushiradi. Lekin u
ob’ektning «yalt» etgan jonli ko‘rinishini topa bilishi va o‘sha jonlilikni saqlab qoladigan nuqtadan
turib ijod qilishi, ba’zan ob’ektning ishiga aralashishi, uni muayyan ruhiy yoki manzaraviy holatga
kelishi uchun ko‘maklashishi kerak bo‘ladi. Biroq u rassomning erkin aralashuvi imkoniga ega
emas. SHu bois biz fotosan’atda eng yuksak darajadagi jonlilikni ko‘ramiz, tom ma’nodagi real
borliqning qo‘shig‘ini tinglaymiz.
Fotosan’atda montaj katta ahamiyatga ega. Montaj orqali badiiy qiyofa yaratish imkoni
nihoyatda keng. Fan va texnikaning ravnaqi tufayli u «mo‘‘jizaviy» darajaga ko‘tarildi.
Kino.
E
ng miqyosli zamonaviy san’at turi hisoblanadi. Bugungi kunda u hamma erda
«hoziru nozir». Uni kinoteatrlarda jamoaviy, televidenie va videomagnitafon orqali esa oilaviy
yoki individual tomosha qilish mumkin. Hozirgi paytda kino o‘zining dastlabki «harakatdagi
fotografiya» holatidan shu qadar uzoqlashib ketganki, endi uning ovozsiz davridagi montaj
dramaturgiyasiga suyanib qolgan san’at sifatida tasavvur ham qilish qiyin. Hozir aktyorlar
yaratgan, murakkab psixologizmga asoslangan badiiy qiyofalar, adabiy ssenariy zaminida
ekranlashtirilgan real hayotni badiiy aks ettiradigan davomli, ko‘pchiziqli syujet birinchi o‘rinda
turadi. Kinoda teatrdagidek dinamik dramatizm hamda uning asosini tashkil etgan harakat, harakat
va yana harakat (bunda fikriy harakat ham nazardan qochirilmasligi lozim) asarning moyasini
tashkil etadi. Biroq kino, teatrdan farqli ravishda, kadrlar orqali zamondan-zamonga «sakrab»
o‘tish imkoniga ega, biroq bu «sakrash», agar film rejissurasi puxta bo‘lsa, tomoshabinga
Do'stlaringiz bilan baham: |