Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet442/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


265  

  

birga  o‘zbek  xalq  amaliy  san’ati  –  naqqoshlik,  yog‘och  o‘ymakorligi,  ganch  o‘ymakorligi  va 



boshqalardan foydalanilayotganini ko‘ramiz.  

Ikkinchi  talab  serharakat  shahar  kishisining  vaqtini  tejash  hamda  unda  ma’lum  bir  voqealar, 

hodisalar  haqida  ta’surot  uyg‘otish,  fikr  shakllantirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  [2].  O‘sha  davrda 

hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura ko‘chalar, maydonlar va binolarga turli shiorlar, plakatlar 

ilishni an’anaga aylantirgan. Ularda asosiy e’tibor shriftga, ya’ni shior mazmuniga mos keluvchi 

shriftdan foydalanishga qaratilgan. SHiorlar ko‘pincha qizil alvonga uzoqdan ko‘zga tashlanuvchi 

kesma  shriftlar  bilan  yozilgan.  70-yillarga  kelib  katta  ko‘chalarda,  korxonalar  maydonchalar, 

istirohat  maskanlari  va  ma’muriy  idoralar  oldida  katta  plakatlar,  temir  konstruksiyalar  yoki  oq 

mramor bilan qoplangan  stendlar,  mozaika pannolar o‘rnatish keng tarqaladi. Mazkur stend  va 

pannolarni hozirgacha Toshkent shahrida uchratish mumkin.  

Shuni  qayd  etishimiz  kerakki,  mazkur  plakat,  stend  va  pannolar  asosan  ideologik  vazifani 

bajargan,  ularda  shaharning  badiiy-estetik  obrazini  yaratish,  san’at  asarlarini  dizayn  talablariga 

muvofiq loyihalashtirish, bezatish nazarda tutilmagan.  

Uchinchi  talab  shahar  –  inson  konsepsiyasi  yuzaga  kelgani  bilan  bog‘liqdir.  O‘sha  davrda 

o‘tkazilgan  maxsus  tadqiqotlar  ko‘rsatadiki,  shahar  shunchaki  makon,  kishilar  ishlaydigan  va 

istiqomat  qiladigan  muhitgina  emas,  u  insonning  dunyoqarashi,  badiiy-estetik  didi  va  hayotiy 

idealini  shakllantiradigan  ijtimoiy-tarbiyaviy  omildir.  SHahar  muhiti,  undagi  tarixiy-madaniy 

an’analar,  turmush  tarzi,  arxitektura,  ko‘chalar  va  istirohat  maskanlari  insonda  ma’lum 

etnostereotiplarni shakllantiradi. Mazkur tadqiqotlarda shaharni loyihalashtirishga dizayn san’ati 

nuqtan nazaridan yondashish lozim, degan fikr ilgari suriladi. To‘g‘ri, ularda hali «shahar dizayni» 

degan ibora ishlatilmaydi, ammo tadqiqotchilar shahar muhitini badiiy-estetik g‘oyalar va asarlar 

bilan bezatish konsepsiyasini ilgari suradilar. Masalan, S.B. Bazazyansning fikriga ko‘ra, shahar 

muhiti, ko‘chalar, inshoot va maydonlar musavvirga rang-barang san’at turlaridan foydalanishga 

imkon beradi, shuning uchun «har bir ijodkor shahar muhitini badiiy-estetik ta’sir ob’ekti, shahar 

kishisini esa retsipient» sifatida qabul qilishi mumkin.  

Shu  bilan  birga  shahar  muhitini  etnomadaniy  belgilarsiz  tasavvur  etish  ham  yuqoridagi 

izlanishlarda  ko‘zga  tashlanadi.  SHaharni  badiiy-estetik  bezatishda  o‘ziga  xoslik,  betakrorlik, 

etnomadaniy  an’analarga  muvofiqlikni  izlash  emas,  balki  nasl-  nasabsiz,  milliy  belgisiz 

«sotsialistik shaxs» va «sotsialistik san’at» yaratishga intilish ustun turadi.  

SHubhasiz, yuqoridagi uchta fundamental ahamiyatga ega talab shahar dizayni haqida tasavvurlar 

uyg‘otdi,  shahar-inson  aloqalarini  badiiy-estetik  mohiyat  bilan  boyitishga  etakladi.  Toshkentda 

Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn institutining ochilishi O‘zbekistonda 

dizayn san’atini alohida ilm-fan, ijodiy faoliyat sifatida o‘rganish imkonini berdi.  

Respublikamizda  dizayn  haqidagi  qarashlar  endi  shakllanmoqda,  «shahar  dizayni»  tushunchasi 

ham endi qo‘llanilmoqda. Bu borada olib borayotgan ilmiy izlanishlarimiz bizni quyidagi fikrlarni 

bildirishga undaydi.  

Shahar dizayni shaharsozlik, arxitektura, shahar infrastrukturasi va landshaftining tarkibiy kismi 

sifatida qaralishi, quriladigan har bir inshoot, shakllantiriladigan infrastruktura esa badiiy-estetik 

mohiyatga  betakror,  rang-barang,  qiziqarli  ko‘rinishiga  ega  bo‘lishi  lozim.  Buning,  uchun 

shaharsozlar, arxitektorlar dizaynerlar bilan ijodiy hamkorlik o‘rnatishi darkor.  





Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   438   439   440   441   442   443   444   445   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish