Seminar mashg’ulotlari
292
vositasi.
Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol
toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam
ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan
mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi. Shuning uchun inson va tabiat o'rtasidagi
munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi vaqtda bu muammoni chetlab o'tish
maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Ma'lumki, inson o'zining ma'naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish
maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go'zalliklardan bahramand
bo'lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o'zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf
qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o'n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit
sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo'ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat
o'rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo'yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr
o'rtalariga kelib inson faoliyati yerdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi
xavfi yana ham aniqroq namoyon bo'lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o'zgarish yer atmosferasida
yuz berayotganligi barchamizga ayon. Bu ayniqsa, karbonat angidrid va azot okisi singari “parnik”
gazlariga taalluqlidir... Bu xolning insoniyatga qanday ta'sir ko'rsatishini ilgaridan aytib berish qiyin,
chunki global iqlim g'oyatda murakkab tizimdir. Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib kelgan
va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar miqdorini
o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf– hatar tug'dirib
dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib ketgan va borgan
sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu
qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik
kerak. Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan munosabati estetik jihatdan to'g'ri
yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga
keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan talofotlarni solishi mumkin. Ushbu muammoni
bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab
qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng
asosiysi inson genofondining yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: