Xalqchillik tamoyili.
San’at asari xalq uchun yaratiladi. Lekin xalq degani, bu – aholi
emas, aholining fikrlaydigan, milliy qadriyatlarga befarq qaramaydigan, afkor, tinglay olish,
tomosha qila bilish va o‘qish qobiliyatiga ega qismi. Asardagi xalqchillik ana shu ko‘pchilikning
shodligu qayg‘usini, dardlarini, intilishlarini, muammolarini qay darajada tushunarli tarzda
ifodalay olishi bilan belgilanadi. Xaqiqiy san’at asari «qoralar» (omma) uchun ham, «saralar»
(elita) uchun ham yaratilmaydi, tabaqaviylik, mahalliychilik, millatchilik singari salbiy
yo‘nalmalardan yiroq bo‘ladi, boshqacha qilib aytganda, podsholar haqidagi asarni – fuqarolar,
fuqarolar haqidagi asarni - podsholar tushunganida, unday asarni xalqchil deyish mumkin.
Masalan, Navoiyning «Farhod va SHirin», «Sab’ai sayyor» dostonlari podsholaru malikalar
Do'stlaringiz bilan baham: |