Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq


-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI



Download 7,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet407/596
Sana01.01.2022
Hajmi7,04 Mb.
#299388
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   596
Bog'liq
904c905561308df8123e757d91daf0b330868b1d

17-MAVZU. TABIAT VA TEXNOGEN SIVILIZATSIYA ESTETIKASI  

   


246  

  

hayotimizni  farovon  qiladigan  vosita  deb  qarashimiz  tufayli  ana  shu  uyg‘unlikni  muntazam 



ravishda buzib kelmoqdamiz.  

Biz  tabiatni  nutqlarimizda,  she’rlarimizda,  maqolalarimizda  «Ona-tabiat»  deb  ataymiz. 

Darhaqiqat, tobimiz  qochsa,  shifokorlar  bizga  bahavo,  shaffof  suvli  tabiat  qo‘ynida  joylashgan 

oromgohlarga borishni, kimsasiz daryo bo‘ylaridagi butazorlar orasida chodir qurib, bir muddat 

tashvishlardan  forig‘  yashashni  tavsiya  etadilar.  SHahar  shovqinlaridan,  mehnatdan,  axborotlar 

siquvidan  charchaganimizda,  jamoa  bilan  yoki  oilaviy  tarzda  shanba  yo  yakshanba  kuni  tabiat 

qo‘yniga  chiqib  dam  olamiz.  Toliqsak,  doim  «onamiz»  qo‘yniga  intilamiz,  ona-tabiat  bizni 

davolaydi,  go‘zalligi  bilan  hayratlantiradi,  ruhlantiradi.  Lekin  bir-ikki  kundan  so‘ng  yana 

hammasini unutamiz, tag‘in tabiatga bir xizmatkordek qaraymiz. Nega shunday? CHunki biz uni 

tushunmaymiz,  uni  bilmaymiz.  SHu  sababli  biror  bir  odamning  yaxshi  yoki  yomonligiga  asl 

sabablar  nimaligini,  uning  mohiyatini  bilmaganimiz,  tushunmaganimiz  uchun  «falonchining 

tabiati  o‘zi  shunaqa»,  yoki  muayyan  hayvon  yoxud  o‘simlikning  sir-sanoatidan  bexabarligimiz 

tufayli uni «tabiatan o‘zi shunday» deyish bilan muammoga nuqta qo‘yamiz. Zero, tabiat olami 

kubromi  (katta  olammi),  olami  sug‘romi  (kichik  olammi),  ya’ni,  odammi,  u  –  sirli,  uni  lozim 

darajada tushunmaymiz va bilmaymiz. Har qancha ekologiyaga e’tibor qilmaylik, uni fan sifatida 

zo‘r  berib  o‘qitmaylik,  baribir  tabiatni  tushunishimiz  qiyin,  zotan  ekologiya  tabiatni  asrashni, 

qutqarishni, boyitishni targ‘ib qiladi. Biroq ularning hammasiga faqat estetika yordamida, uning 

ekologiya  bilan  hamkorligi  orqali  erishish  mumkin.  CHunki  estetika  insonga  tabiatni  sevishni, 

uning go‘zalligiga beg‘araz munosabatda bo‘lishni o‘rgatadi, ya’ni, tabiatni faqat odamlar uchun 

yaratilgan  deb  emas,  uni  jamiyatdan  tashqaridagi  umumolamiy  mustaqil  qadriyat  sifatida  idrok 

etishni  taqozo  qiladi.  Ha,  tabiat  go‘zallik  va  ulug‘vorlik  manbai,  lekin  faqat  inson  uchungina 

shunday  emas.  Masalan,  bulbul  tunda,  odamlar  uxlaganda  sayraydi,  namozshomgul  va  ba’zi 

boshqa  gullar  faqat  qorong‘u  tushayotgan  paytdan  boshlab  ochiladi.  Demak,  hayvonlarni, 

o‘tloqlarni, daraxtlarni, daryolarni, tog‘larni faqat «biz uchun» deb emas, «biz uchun ham» deb 

tushunishimiz lozim.  

Buyuk  Kant  tabiatni  axloqiylik  bilan  bog‘laydi:  «Kimniki  bevosita  tabiat  go‘zalligi 

qiziqtirsa,  bu  uning  fikrlash  tarzida,  yo‘q  deganda,  axloqiylikka,  ezgulikka  qobiliyati 

mavjudligidan dalolat beradi», – deydi u.

54

 Ammo Hegelning, tabiatda ideal yo‘q, shu sababli u 



ikkinchi  darajali  go‘zallik  turi,  degan  fikri  estetikada  hukmronlik  qilib  keldi,  ayniqsa,  bu  fikr 

tabiatni «bo‘ysundirishni» targ‘ib qilgan markschilikning tegirmoniga suv quydi. Natijada uzoq 

yillar mobaynida tabiat estetikasiga e’tibor qaratilmadi. Biz me’moriy obidalarni asrash, tiklash 

haqida qayg‘urdik, ularni estetik qadriyatlar deb e’lon qildik, lekin landshaft estetikasini chetga 

chiqarib  qo‘ydik.  Hozirgi  kunda  shu  narsa  aniq  bo‘ldiki,  tabiatni  eng  ulug‘  va  mangu  estetik 

qadriyat deb  bilmaslik  borib turgan estetik savodsizlikdir. Aniqrog‘i,  bugun tabiatsiz  estetikani 

tasavvur qilish mumkin emas.   

Buning sababi, birinchidan, tabiatni nosan’at estetik ob’ekt sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri idrok 

eta olsak (bunga keyinroq bafurja to‘xtalamiz), ikkinchidan, u san’at uchun insondan keyin eng 

boy  material,  manba;  san’at  vositasida  in’ikos  ettirilgan  tabiat  estetik  qadriyat  sifatida 

ma’naviyatimizni  boyitib  yashaydi.  San’atda  aks  etgan  tabiat  o‘zining  g‘oyaviy-badiiyligi, 

abadiylikning  o‘chmas  lahzasi,  takrorlanmas  go‘zallik  yoki  ulug‘vorlik,  ba’zan  esa,  fojiaviylik 

sifatida bizni doimiy rom etishi bilan ajralib turadi. Nosan’at estetik ob’ekt sifatida esa, tabiat faqat 

go‘zallik  va  ulug‘vorlikni  ifodalaydi,  g‘oyaviy-badiiy  urg‘uga  ega  emas,  hissiyotlarimizga 

san’atdagidek kuchli ta’sir ko‘rsatolmaydi, ammo san’atda landshaftning  butun go‘zalligini aks 

ettirish imkoni yo‘q. Masalan, o‘tloqdagi giyohlar ranginligining o‘rnini hech bir rassom bo‘yog‘i 

bosa  olmaydi,  ranglarning  barchasini  aks  ettiraman  desa,  rassomning  rangtasviri  bir-biri  bilan 

nouyg‘un olachalpoq ranglar yig‘indisidan iborat bo‘lib qoladi, san’at asariga aylanmaydi. Rassom 

                                                

54

 



Кант И.

 

Сочинения в 6 т. Т. 5. М., «Мысль», 1966. С.314.



 

 




Download 7,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   596




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish