O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/122
Sana01.01.2022
Hajmi2,97 Mb.
#297994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122
Bog'liq
wzzVRtjXaqtawYSsjn36umLR9G9UQozSJRDSuvji

XULOSA 
154 
ADABIYOTLAR 
155 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
KIRISH 
 Vazifasi  har  xil  bo‟lgan  mashinasozlik  mahsulotlarni  ishlab  chiqishi  va 
ishlatilishi  mashina  detallarni  va  shu  bilan  butunlay  buyumni  uzoq  muddat  va 
ishonchli  ishlashdagi  ko‟rsatkichlariga  sirt  qatlamining  holat  parametrlarini  ta‟sir 
qilishi  isbotlab  kelmoqda.  Yuklanishlarni,  tezliklarni,  temperaturalarni,  agressiv 
muhit  va  boshqa  ishlatishdagi  ta‟sirlarni  doim  oshib  borishi  konstruktor  va 
texnologlarga  alohida  majburiyatlarni  yuklaydi.  Bugungi  kunda  yar  xil  detall  va 
ularning birikmalari ishlaydigan ko‟plab sharoitlarni aytib chiqish mumkin. 
Detallarning sirt qatlamlari quyidagi ekspluatatsion xossalarga ta‟sir qiladi: 
mustahkamlikka  (statik,  siklik,  zarbali),  yeyilishga  chidamlilikga,  korroziya 
bardoshligiga,  eroziyaga,  kavitatsiyaga,  qo‟zg‟almas  birikmalarning  aniqligiga  va 
ishonchligiga.  Yuza  qatlamining  g‟adir-budurligi  va  to‟lqinsimonligi,  strukturasi, 
sirt qatlamining fazaviy va kimyoviy tarkibi detallarning ekspluatatsion xossalariga 
har xil ta‟sir qiladi. 
Birorta  texnologik  operatsiyadan  keyin  shakllangan  detalning  sirt  qatlami 
asosiy  materialga  qaraganda  o‟zgartirilgan  o‟ziga  xos  strukturaga,  fazaviy  va 
kimyoviy tarkibga ega bo‟ladi. 
Qattiq  jismning  sirti  uning  ichki  tuzilishiga  qaraganda  bir  qator  o‟ziga  xos 
xususiyatlarga ega. Qattiq jismning ideal kristall panjara ichidagi har qanday atom 
turg‟un  muvozanatda  bo‟ladi,  chunki  bunday  atomga  ta‟sir  qilayotgan  kuchlar 
muvozanatlangan.  Jism  sirtida  joylashgan  atomlarning  holati  boshqacha  bo‟ladi. 
Ular  faqat  jism  hajmdagi  atomlar  bilan  bog‟langan,  shuning  uchun    nostabil 
holatda  bo‟ladi  va  ularning  energiyasi  jism  ichidagi  atomlarning  energiyasidan 
yuqori bo‟ladi. Ushbu energiyaning solishtirma qiymati sirt energiyaning qiymatini 
belgilaydi. 
Mashina  detallarni  ishlatishdagi  xossalari  ko‟p  holatlarda  materialning 
makroskopik mustahkamligi bilan emas, balki sirt qatlamning holati va uning fizik-
mexanikaviy xossalari bilan belgilanadi. Birinchidan, bu holat buyumni geometrik 
ko‟rsatkichlari  loyihalanganda  hisoblarga  ma‟lum  zaxira  koeffitsienti  kiritilishi 
bilan  izohlanadi.  Ikkinchidan,  ishlatish  jarayonida  mashina  detallarining  sirt 
qatlami eng kuchli mexanikaviy, issiqlik, magnitli, elektr, nur va boshqa ta‟sirlarga 
duch  keladi.  Detal  o‟z  vazifasini  yo‟qotib  boshlashi  va  vayron  bo‟lishi  sirt 
qatlamidan  boshlanadi,  masalan  toliqish  darzlarni  paydo  bo‟lishi  va  rivojlanishi, 
korroziya, eroziya, yeyilish va boshqalar.  
 
Sirtlarni puxtalash texnologiyalarning ko‟pchiligi materialga tabiati turlicha 
bo‟lgan  energiya  yoki  modda  oqimi  ta‟siriga  asoslangan.  Bugungi  kungacha 
barcha  ma‟lum  bo‟lgan  energetik  ta‟sirlar  u  yoki  bu  darajada  sirt  qatlamlarni 
puxtalash  modifikatsiyalash  (yaxshilash)  usullari  sifatida  tekshirib  ko‟rilgan. 
Ularning  ko‟pchiligi  ma‟lum  bo‟lgan  lazerli,  elektruchqunli,  puxtalash,  ionlarni 
singdirish  (implantatsiya  qilish)  texnologiyalarda,  himoya  va  yeyilishga  chidamli 
qoplamalarni  hosil  qilishda,  sirtni  plastik  deformatsiyalash  va  shu  kabi  usullarda 
amalga oshirilgan.  
 
O‟quv  qo‟llanmada  puxtalash  jarayonni  fizikaviy  asoslari,  sirtlarga  ishlov 
berishning  zamonaviy  usullari  yoritilgan.  Materialni  yoritishda,  nafaqat  sirtlarga 



 
ishlov  berishning  asosiy  usullarini  keltirish,  balki  bu  jarayonlarning  fizikaviy 
asoslarini ochib berish ham qo‟lanmani  asosiy vazifasi bo‟lgan.   
Tavsiya  qilinayotgan  ishlanma  “Materialshunoslik”  fanini  o‟qiyotgan  oliy 
ta‟lim  muassalar  talabalari  hamda  materialshunoslik,  materiallarga  ishlov  berish, 
mashinasozlik  buyumlarning  sifatini  oshirish  sohasida  mutaxassislar  uchun 
mo‟ljallangan.    
O‟quv  qo‟llanma  “Metallar  texnologiyasi”,  “Materialshunoslik  va 
konstruktsion  materiallar  texnologiyasi”  fanlarni  o‟rganayotgan  talabalar  uchun 
ham foydali bo‟lishi mumkin. 
 
 
 



 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish