59
boshqa fan sohalari singari o‘z ichki qonuniyatlariga ega. Leksik, uslubiy,
grammatik va semantik xususiyatlariga ko‘ra, matn murakkab til birligi
hisonlanadi. Matn ustida ishlash, uni tahrir qilish, qisqartirish, kengaytirish
matnshunoslikning asosiy vazifalaridandir.
Matnni zarur hollarda qisqacha bayon qilish, qayta yozish mumkin. Yoki
aksincha batafsil tushuntirish, matn maqsadini bor detallari bilan, atroflicha qayta
ishlash ehtiyoji tug’iladi. Shu paytda muharrir yoki yozuvch matnni tahrir qilishi
mumkin. Matn tahriri uni yozishdan ham murakkab jarayon bo‘lib, tahrir paytida
matnda nima qolishi yoki qaysi ma’lumot, fikrlar qo‘shilishini bilish zarur.
Matn tahriridan oldin matn nima maqsadda yoziliganini, qanday fikrlar
bildirilgani, asosiy g’oya qaysi ekanligi aniqlab olinadi. Buning uchun muharir
(tahrir qiluvchu kishi) matn bilan yaxshilab tanishib chiqishi shart. So‘ng undagi
asosiy maqsadni aniqlaydi. Asosiy(bosh) g’o‘ya odatda sarlavhada beriladi. Ba’zi
hollarda esa asosiy goya matn mazmuniga singdirib yuborilgan bo‘ladi. Shuning
uchun avval matn boshdan oyoq diqqat bilan o‘qib chiqiladi. So‘ng uning asosiy
fikri aniqlanadi. Ana shu asosiy fikrni ochib berayotgan gaplar, so‘z birikmalari,
ifodalar ajratib qo‘yiladi. So‘ng matnni qisqartirih amalga oshiriladi. Tahrir uchun
odatda matn ikki nusxa bo‘lishi kerak. Bir nusxa ustida ish olib boriladi. Ikkinchi
nusxa esa asl manbaa sifatida saqlanadi. Qisqartirish uchun olingan matnda
qatorlar orasi iloji boricha 1,5 yoki 2.0 intervalda bo‘lsa, maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Buning iloji bo‘lmagan taqdirda har bir sahifa uchun alohida oq qog’oz
olib, unga zarur qaydlar qilinadi. Masalan, O‘rta asrlarda matn ustida ishlash bilan
maxsus xattotlar shug’ullanishgan. Ular har bir sahifaning lozim joyiga alohida
belgi qo‘yib, oq qog’ozga ham shu belgini qayd etishgan. Asl manbadagi
qisqartirish yoki kengaytirish lozim deb topilgan gap yoki matn parchasiga
o‘zgartirish oq qog’ozga yozilgan. Bu yozuvchiga hurmat va tahrirning sifatini
belgilash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunda matn orasini kengaytirib yozish imkoniyati borligi uchun
aksariyat hollarda tahrirga tayyorlanadigan matnlarning orasi yuqorida qayd
etilganidek, 1,5 yoki 2,0 oraliqda yoziladi. O‘zgartirish to‘g’ridan to‘g’ri o‘sha
joyning o‘ziga kiritiladi. Ammo lozim paytda alohida qog’ozga qo‘shimcha ilova
ham qilinadi. Ilovalar maxsus raqamlanadi. Masalan, 1-betga o‘zgartirish 1a,1b
kabi raqamlanadi.
Matnni quyidagi yo‘llar bilan qisqartirish mumkin:
– matnning asosiy gaplarini ajratib olish;
–
gaplardagi uuyushiq bo‘laklarni, kiritmalarni, ilovalarni, eslatmalarni
qisqartiriladi;
–
so‘z birikmalarini sinonim so‘zlarga
almashtiriladi;
–
yoyiq gaplarni yig’iq gaplarga aylantirladi;
–
qo‘shma gaplarni sodda
gaplarga aylantiriladi;
–
ko‘chirma gaplarni o‘zlashma gaplar bilan qayta
yoziladi;
–
matnning qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, takrorlarini tushurib
qoldiriladi;
–
badiiy –tasviriy ifodalar soddalshtiriladi;
–
kirish va xulosa qismlar ejtiyojga
qarab olib tashlanishi mumkin;
60
–
muallifning shaxsiy mulohazalari, qarashlari olib tashlanadi;
–
matnning asosiy mazmunni ifodalamaydigan xatboshilar yozilmaydi.
Bundan tashqari o‘quvchi matnni o‘z so‘zi bilan qayta yozib chiqsa ham matn
qisqaradi. Ammo, bunda muallifga nisbatan hurmatsizlik qilinadi, degan qarashlar
ham mavjud. Shuning uchun aksariyat hollarda matn yuqoridagi usullar bilan
qisqartiriladi. Shundan so‘ng qisqargan matnni qayta ko‘rib chiqiladi. Leksik,
uslubiy, mazmuniy xatolar tuzatiladi hamda oq qog’ozga ko‘chiriladi.
Matnni kengaytirishga tayyorlash ham qisqartirish kabi tahrir
oldi jarayonlarini
o‘z ichiga oladi. Faqat bunda matn qisqartirilmaydi. Balki, kengaytiriladi. Matnni
kengaytirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
–
matnning bosh fikri, g’oyasini shakllantiruvchi tayanch so‘z va iboralar,
gap yoki mikromatn aniqlab olinadi.
–
matn mazmuniga mos kiritma, ilova, izoh, eslatma, lirik chekinishlar
kiritiladi;
–
lozim joylarga mazmunga mos bo‘lgan frazeologik birliklar
qo‘shishiladi;
–
yig`iq gaplarni yoyiq gaplarga, sodda gaplarni qo‘shma gaplarga,
qo‘shma gaplarni murakkab ko‘rinishli qo‘shma gaplarga, o‘zlashma
gaplarni ko‘chirma
gaplarga aylantirib yoziladi;
–
so‘z so‘z birikmalari, sifatdoshlar, o‘xhsatish kabi vositalar bilan
almashtiriladi;
–
turli stilistik usullar, ritorik so‘roq, ruhiy paralellizm, murojaat,
undovlar qo‘shiladi;
–
muharrir matnga kirish, xulosa va o‘z qarash, mulohazalarini ham
kiritish evaziga kengaytirishi mumkin.
–
matn mazmunini ochish uchun xizmat qiladigan tushuntirish va
qo‘shimcha detallar qo‘shish;
–
muharir muallif bilan kelishgan holda matnnig qismlarini o‘zgartishi
mumkin.
Shundan so‘ng matn qayta o‘qib chiqiladi, xato va kamchiliklari tuzatiladi.
Lozim topilgan joyga asosiy g’oya va maqsad saqlangan holda, qo‘shumchalar
kiritiladi. So‘ng oq qog’ozga sarlavha qo‘yib ko‘chiriladi.
Umuman matn ustida ishlash murakkab jarayon hisoblanadi. Shung uchun
uning boshqa yo‘llari ham bor. Masalan quyidagi yo‘llar bilan matnni qisqartirish
mumkin.
1. Matnning mazmunini qayta yozish. Avval asosy maqsd, g’oya belgilab
olinadi, so‘ngra shu go‘yani ochish uchun kerak bo‘ladigan fikr va mulohazalar
qog’ozga tushuriladi. Bunda albatta so‘zlarni zarur ma’nolarda tanlash, gaplarni
grammatik jihatdan to‘g’ri bo‘lishiga alohida e’tibor beriladi .
2. Mаtngа yaqinlаshtirib bаyоn yоzish. Bundа muаllifgа xоs so‘z vа
ibоrаlаrdаn fоydаlаnish tаlаb qilinаdi. Buning uchun til хususiyati bilаn аjrаlib
turаdigan аsаrlаr tаvsiya еtilаdi. Bundаy mаtn yuzаsidаn bаyоn yоzishdаn оldin
o‘quvchilаr muаllifning hаr bir fikri, ibоrаsi vа uslubini аniq tushunib оlishi vа
uni o‘z joyidа qo‘llаshi zаrur.
61
Matn tahriri, uni qisqartirish va kengaytirish alohida yo‘nalish bo‘lib, uni
ommaviy axborot vositalarida, kitob ishlab chiqishda, matnshunoslikda keng
qo‘llash mumkin.
Har qanday matn tahriri ham o‘z uslubi va mazmunidan kelib chiqib,
qisqartirilishi yoki kengaytirilishi mumkin. Masalan, rasmiy hujjat matnlariga
qo‘yilаdigan еng muhum tаlаblаrdаn biri xоlislikdir. Matnni qisqartirish yoki
kengaytirishda xolislik buzilmasligi shart.
Hujjаt mаtni аniqlik, iхchаmlik, lо’ndаlik, mаzmuniy to‘liqlik kаbi
tаlаblаrgа hаm jаvоb bеrishi kеrаk. Mаtnning qisqа, xоlis, mаzmuniy to‘liqligidаn
ibоrаt zаruriy sifаtlаri hujjаtchilik tilining o‘ziga хоs uslubidir. Mаtnni
tuzishdа
turg’unlаshgаn, qolinlаshgаn so‘z birikmаlаridаn ko‘prоq fоydаlаnish lоzim.
Mаtnning o‘ziga xоs, bеtаkrоrligi hаmishа hаm bir аndоzаdа bo‘lmаsligi хususiy
hujjаtlаrning аsоsiy bеlgilаridir.
Do'stlaringiz bilan baham: