Davlat tilida ish yuritish



Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/135
Sana01.01.2022
Hajmi1,94 Mb.
#294372
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish

Adabiy so‘zlashuv uslubi
  xalq adabiy tilining keng tarqalgan turi bo‘lib, 
barcha  sohalarda  undan  keng  foydalaniladi.  U  adabiy  til  normalariga  mos, 
ishlangan,  tartibga  solingan  tildir.  Kundalik  o‘qish,  ish,  ta’lim-tarbiya  joylarida 
shu uslubga murojaat qilinadi.  Bu uslub ham og’zaki shaklda uchraydi.  


 
44 
Publitsistik  uslub. 
Bu  uslubning  ommaviy  uslub,  aralash  uslub  degan 
nomlari  ham  bor.
 
Ommaviy  deyilishiga  sabab  unda  davrning  ijtimoiy-siyosiy, 
ma’naviy-madaniy,  mafkuraviy  masalalari  jo‘shqinlik  bilan  yoritiladi.  Unda 
ko‘tarilgan muammo ko‘pchilikka tegishli bo‘ladi. Aralash deyilishiga sabab esa 
bu  uslub  ommaviy  axborot  vositalarining  tili  ekanligida.  Gazeta,  jurnal, 
televideniya  va  targ’ibot-tashviqot  ishlarida  shu  uslubdan  foydalaniladi.  Unda 
o‘rni bilan badiiy uslub, ilmiy uslub yoki rasmiy-idoraviy uslub ham bir matnda 
ketishi  mumkin.  Lekin  uslubning  asosiy  nomi  publitsistik  uslub  bo‘lib,  ijtimoiy  
faoliyatga bog’liq degan ma’noni anglatadi.  
Nutqiy  faoliyatimizda  so‘zlashuv  va  ommabop (publitsistik) uslubdan  boshqa 
nutq  uslublariga    qaraganda  ko‘proq  foydalanamiz.  Jumladan,  ommaviy  axborot 
vositalarida,  ommaviy  madaniy  tadbirlarda,  targ’ibot  va  tashviqot  ishlarida 
publitsistik  uslub  ishlatiladi.  Publitsistik  uslubning  bosh  xususiyatlaridan  biri 
aralash  uslub  ekanligidir.  Bu  uslubda  shakllangan  matnlar  obrazlilik, 
ta’sirchanlik,  tasviriy  vositalar  ko‘pligi  bilan  badiiy  uslubga  yaqin.  Masalan, 
ocherk,  maqola,  esse  kabi  janrlar  badiiy  uslubga  juda  yaqin  turadi.  Ayni  paytda 
ixchamlik, aniqlik, lo‘ndalik va atamalar ko‘pligi bilan ilmiy uslubga o‘xshashdir. 
Shuningdek,  shevaga  xos  so‘zlar,  noestetik  so‘zlar,  argo  va  jargonlari  bilan 
so‘zlashuv uslubiga mos kelishi mumkin. Lekin publitsistik uslub ijtimoiy-siyosiy 
doiradagi  munosabatlar  uchun  xizmat  qilishi,  targ’ibot  va  tashviqot  ishlarida 
qo‘llanishi,  zamonasozligi,  hozirjavobligi  kabi  xususiyatlari  bilan  boshqa 
uslublardan  farq  qiladi.  Shuning  uchun  bu  uslub  tilida  ritorik  murojaat,  ritorik 
so‘roq,  undov  kabi  stilistik  usullardan  keng  foydalaniladi.  Masalan,  ijtimoiy 
hayotdagi  nuqson  va  kamchilikni  ochib  berish  uchun  publitsistikaning  fe’leton 
janri  juda  qulaydir.  Boshqa  uslublarda  bunday  imkoniyat  yo‘q.  Ijtimoiy-siyosiy 
voqelikka  munosabatni  ifodalash  uchun  esa  maqola  qo‘l  keladi.  Masalan: 
Vaqt 
oliy  hakam  deymiz.  U  voqea-hodisalar,  ijtimoiy  jarayonlar  ustidan  hamisha 
o‘zining  odil  hukmini  chiqaradi.  Shu  ma’noda  mustaqilligimizning  o‘n  olti  yili 
mobaynida bosib o‘tilgan yo‘llarimizga bir nazar tashlasak, tarixan qisqa davrda 
taraqqiyotning qanday darajasiga erishganimiz ko‘z o‘ngimizda yaqqol namoyon 
bo‘ladi.  
Bu  haqda  o‘ylaganda  yurtboshimizning  o‘n besh  yil  muqaddam  aytgan  mana 
bu qat’iy va ilhom baxsh da’vatlari esga tushadi: “Bugungu kunda xalqni yakdil 
qila  oladigan  ishlar  va  g’oyalar  oz  emas.  Ularning  ichida  eng  ulug’i,  eng 
olijanobi  –  O‘zbekiston  Respublikasning  mustaqilligini  ta’minlash.  Ana  shu 
maqasad,  ana  shu  g’oya  atrofida  birlashsak,  aslo  xor  bo‘lmaymiz,  aziz 
vatandoshlar”. (
 O‘zAS gazetasi. 2007 yil. № 37.14.09.Normurod Mamatov maqolasidan)
    

Download 1,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish