11-mavzu: XXI asr bolasini qanday tarbiyalash kerak? Reja


 XXI asrda yosh avlodni tarbiyalashning ahamiyati va prinsiplari



Download 410,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana01.01.2022
Hajmi410,56 Kb.
#292063
1   2   3   4
Bog'liq
43co0PCuiUAqkZOdh4LRZb4MfKTu9XnyOkBlItGi

3. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalashning ahamiyati va prinsiplari. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Shavkat  Mirziyoevning  Oliy  Majlisga 

Murojaatnomasida  maktab  o‗quv  dasturlarini  ilg‗or  xorijiy  tajriba  asosida 

takomillashtirish,  o‗quv  yuklamalari  va  fanlarni  qayta  ko‗rib  chiqish,  ularni 

xalqaro standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarurligi 

ta‘kidlandi.  Kasblar  soni  chegaralangan,  inson  qobiliyatining  bugun  egallangan 

sarhadlari hali noma‘lum bo‗lgan davrlarda, maktabning vazifasi odamlarni savodli 

qilishdan,  ularga  bilim  berishdan  iborat  bo‗lgan.  Bugun  esa  har  birimiz  hayot 

tarzimiz,  ishlashimiz  va  o‗zaro  munosabatimizni  tubdan  o‗zgartirgan  texnologik 

inqilob  jarayoniga  guvoh  bo‗lyapmiz.  Bu  jarayon  ko‗lami,  maqsadi  va 

murakkabligiga ko‗ra, insoniyat shu vaqtgacha boshidan o‗tkazgan o‗zgarishlarga 

o‗xshamaydi. Natijada, bugungi o‗zgarishlarga moslashish, o‗zgarishlarni boshlab 

berish uchun savodli bo‗lishning o‗zi kifoya qilmaydi.  

Bugun  ta‘lim  kontseptsiyasini  ishlab  chiqishda  maktabni  savodli  inson 

tayyorlovchi  institutdan,  ko‗nikma  shakllantiruvchi  institutga  aylantirish 

tamoyiliga  tayanilmoqda.  Natijada,  maktab  jamiyat  XXI  asr  mutaxassisidan  talab 

qilayotgan  ko‗nikmalar  shakllanadigan  hal  qiluvchi  maskanga  aylandi.  O‗tgan 

yillar  mobaynida  xalq  ta‘limi  tizimida  yo‗l  qo‗yilgan  kamchiliklardan  biri  – 

maktab ta‘limini qamrab oluvchi va  mazmunini yaqqol ifodalaydigan yaxlit dastur 

ishlab  chiqilmagan.  O‗quvchi  maktabni  bitirguniga  qadar  egallaydigan 

ko‗nikmalari, bilimlari bilan birga, o‗qituvchilarga o‗quvchilarning o‗zlashtirishini 

kuzatishlari  va  yordamlashishlari  uchun  me‘yorlar  jam  qilingan  yagona  ta‘lim 

dasturining samaradorligi qator mamlakatlar tajribasida o‗zini oqlagan.     



Shuni  hisobga  olib,  ayni  paytda  O‗zbekiston  Respublikasi  Xalq  ta‘limi 

vazirligi  boshchiligida  Milliy  o‗quv  dasturining  loyihasi  ishlab  chiqilmoqda. 

Mazkur hujjat zamonaviy o‗quvchi egallashi kerak bo‗lgan to‗rt muhim jihatning 

rivojlanishini ta‘minlaydi. Bular 



– 

tanqidiy  fikrlash,  ijodiy  yondashish,  hamkorlik 

o‗rnatish  va  muloqot    qilish  ko‗nikmalari.  Milliy  o‗quv  dasturida  maktab 

bitiruvchisiga  talablar,  o‗quv  yuklamalari,  o‗qitish  metodikasi  va  baholash  tizimi 

belgilab beriladi.   

Bugungacha  maktab  o‗quvchisi  o‗zlashtirayotgan  21  ta  fanlarga  oid  51  ta 

kompetentsiyani egallashi lozim bo‗lgan. Ularning aksariyati bir-birini takrorlagan, 

aniq  ifodalanmagan  edi.  Xalqaro  tajribani  hisobga  olib,  xususan  Buyuk 

Britaniyaning  Kembrij  universiteti  mutaxassislari  ishtirokida  bu  talab  qayta 

ko‗rildi.  Milliy  o‗quv  dasturida  fanlarning  maqsadidan  kelib  chiqib,  o‗quvchiga 

beshta:  filologiya,  ijtimoiy-gumanitar,  aniq,  tabiiy  va  iqtisodiy  va  amaliy  fanlar 

yo‗nalishlari bo‗yicha yagona talab qo‗yiladi. Milliy o‗quv dasturini tayyorlashda 

yana  bir  muhim  jihat  hisobga  olindi  –  endi  har  bir  sinf  bo‗yicha  o‗quvchining 

o‗quv  faoliyati  natijalariga  qo‗yiladigan  talablar,  ya‘ni  o‗quv  yili  yakunida 

o‗quvchi  qanday  ko‗nikmaga  ega  bo‗lishi  belgilanadi.  Amaldagi  ta‘lim 

standartlarida  bu  ko‗zda  tutilmagan  bo‗lib,  bitiruvchiga  nisbatan  umumiy  talab 

qo‗yilgan. Bu esa o‗quvchidagi rivojlanishni baholashda qiyinchilik tug‗dirgan. 

Har bir sinf kesimida mavzularning aniq-tiniq belgilab berilishi o‗qituvchida 

o‗quvchining  o‗zlashtirishini  baholashga,  yangi  mavzuga  o‗tganda  avvalgi 

mavzuni  tushunmaganlik  ehtimolini kamaytirishga  yoki bir xil  mavzuni bir necha 

marotaba  takrorlamaslikka  xizmat  qiladi.  Bu  yo‗nalishda  xorijiy  tajriba 

o‗rganilganida,  rivojlangan  davlatlar  ta‘lim  standartlarida  fanga  oid  darslikning 

muayyan qismida o‗quvchining nima o‗rganishi ham tasvirlangani ma‘lum bo‗ldi. 

Kelgusida bu tajribani ham faoliyatimizda tatbiq etish rejasi mavjud.     

Tadqiqotlar  maktab  o‗quvchisi  uyga  vazifa  uchun  ikki  soatdan  ortiq 

sarflamasligi  zarurligini  ko‗rsatmoqda.  O‗quv  yuklamalarining  ko‗payishi 

o‗quvchida  tushkunlik,  zo‗riqish,  jismoniy  nosog‗lomlik  hamda  o‗zlashtirishida 

muvozanatning buzilishiga, dars sifatining pasayishiga sabab bo‗ladi.  

O‗quv  yuklamalarining  maqbullashtirilishi  o‗quvchining  fanni  yaxshi 

o‗zlashtirishiga xizmat qiladi. Amaliyotda 5-sinf o‗quvchilariga 17 tagacha fanning 

o‗qitilgani  kuzatilgan.  Bugun  maktablarimizdagi  fanlar  soni  ham  qayta  ko‗rib 

chiqilmoqda.  Aksariyat  rivojlangan  davlatlarda  o‗quvchilar  o‗rtacha  12  ta  fanni 

o‗zlashtiradilar.  Shuni  hisobga  olib,  2019-2020  o‗quv  yilining  3-choragidan 

boshlab,  10-11-sinflarda  variativ  o‗quv  reja  tajriba-sinovi  boshlandi.  Bunda 

o‗quvchi majburiy fanlarni rejali o‗qishdan voz kechib, qiziqishlariga ko‗ra tanlov 

yo‗nalishiga  kiritilgan  fanlarni  o‗qiydi.  Natijada,  o‗quvchilar  yaxshi  ko‗rgan, 

qiziqqan  fanlarni  o‗qiydi,  o‗qishga  motivatsiyasi  oshadi  va  shu  bilan  birga 



bitiruvchilarning  oliy  o‗quv  yurtiga  kirish  imtihonlari  uchun  tayyorgarlik 

ko‗rishlariga imkoniyat yaratiladi. 

Maktabni  tamomlayotgan  bolaning  xotirasida  bu  yerda  olgan  bilimlarining 

bir  qismigina  qoladi.  Ammo  o‗n  bir  yillik  ta‘lim  mobaynida  orttirilgan 

ko‗nikmalardan  har  bir  inson  umri  davomida  foydalanadi.  Albert  Eynshteyn 

aytgani  kabi,  ta‘lim  –  maktabda  o‗rganganlarimizni  unutgach,  yodimizda 

qoladigan  ko‗nikmadir.  Yangilik  va  kashfiyotlar  eng  ko‗p  qilinayotgan  davlat 

fuqarolari  "yaratuvchan  nou-hau  ko‗nikmalari"ga  ega,  ya‘ni  ular  innovatsion 

fikrlab, yangilik kiritish ishtiyoqi bilan yashashadi.    

Tadqiqotlar  bugungi  o‗quvchilarda  ko‗rib  tushunish  qobiliyati  rivojlanib 

borayotganini  ko‗rsatmoqda.  Yangi  darsliklarda  tuzuvchilardan  bilimlarni  vizual 

ma‘lumot  orqali  yetkazishga  e‘tibor  berish  so‗ralmoqda.  2019  yildan  boshlab 

darsliklarga "QR-kod" funktsiyasi joriy qilindi. Bu orqali o‗quvchi mavzu batafsil 

yoritilgan internet manbalarga yo‗naltiriladi. Shuningdek, yangi avlod darsliklarida 

"to‗ldirilgan  borliq"  texnologiyasidan  foydalanish  ko‗zda  tutilgan.  Endi  smartfon 

yoki  boshqa  devayslardan  ta‘lim  olishda  samarali  foydalanish  mumkin  bo‗ladi. 

Interaktiv raqamli darsliklar o‗quvchining diqqatini saqlashga, ko‗rib tushunishga 

yordam beradi. 

Bugun mamlakatimiz ta‘lim tizimi oldiga yaratuvchan va ijodiy fikrlaydigan 

insonni voyaga yetkazish, unda tadbirkorlik ko‗nikmasini, shuningdek zarur paytda 

mas‘uliyatni  zimmasiga  olish  fazilatini  shakllantirish  talabi  qo‗yilmoqda.  Bu 

fuqaro  yangi  g‗oyalarni  olg‗a  suradi,  yangi  xizmat  va  mahsulotlarni  yaratadi, 

shuning  barobarida,  odamlarni  ish  bilan  ta‘minlab,  o‗ziga  va  jamiyatga  naf 

keltiradi.  Xalq  ta‘limi  tizimida  zamonaviy  ta‘lim  mazmunini  ishlab  chiqishda 

aynan ana shu fuqaro portreti mo‗ljalga olingan, nazarda tutilgan.       

 

    



 

Download 410,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish