11-mavzu: XXI asr bolasini qanday tarbiyalash kerak? Reja



Download 410,56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana01.01.2022
Hajmi410,56 Kb.
#292063
  1   2   3   4
Bog'liq
43co0PCuiUAqkZOdh4LRZb4MfKTu9XnyOkBlItGi



11-mavzu: XXI asr bolasini qanday tarbiyalash kerak? 

 

Reja: 

1. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash usullari.  

2. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash vositalari.  

3. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalashning ahamiyati va prinsiplari. 

 

1. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash usullari.  

Bolalarning  murg‘ak  qalbiga  hech  bir  narsa  ibratdek  kuchli  ta’sir  etmaydi 

va  barcha  ibratlar  ichida  ota-ona  ibratidan  kuchliroq  va  mustahkamroq  o‘rin 

oladigan ibrat yo‘q.

 

N.I.Novikov

 

Rivoyat  qiladilarki,  bir  ona  donishmand  oldiga  kelibdi  va  bolasining 



tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha 

yoshga kirganini so‗rabdi. Besh yoshga to‗lganini bilib onaga xitob qilibdi: 

- Tezda uyga qayt! 

Bola  tarbiyasida  eng  kerak  bo‗lgan  besh  yilni  sen  boy  berib  qo‗yibsan! 

Shunday,  bola  dastlabki  yillarda  tez  va  ko‗p  qabul  qiladi  va  tarbiyaning  asosiy 

qismini qabul qiladi. Tarbiya keyin ham davom etaveradi. ―Lekin siz mevani keyin 

ko‗ra  boshlaysiz,  —  deydi  bir  donishmand  —  bu  o‗zingiz  bir  vaqtlar,  bolangiz 

besh  yoshigacha  bergan  tarbiyangiz  gulining  mevasidir‖  bu  davrda  bolaning 

olamni  bilishi  odamni  bilishi  orqali  kechadi.  Yaxshilik  va  yomonlik  degan  katta 

tushunchalar ota va onasining bir-biriga munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali 

borligiga singib boraveradi. 

Donishmandlar  kishi  keyin  umr  bo‗yi  o‗zi  yashaydigan  yaxshilik  va 

yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli 

bala bilan keksalik o‗rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi. 

Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo‗lishi ko‗p jihatdan bolalik deb 

atalgan  bu  davrning  qanday  o‗tgani,  uning  ongi  va  qalbiga  atrof-muhitdan 

nimalarni  olib  kirganiga  bog‗liqdir.  Bolaga  munosabatda  avvalo  uning  yosh 

darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko‗ra taxminan quyidagicha taqsimlash 

mumkin: 

Tarbiyaning yoshga bog‗liq jihatlari: 

1. Uch yoshgacha 

2. Uchdan yetti yoshgacha 

3. Yettidan o‗n yoshgacha 

4. O‗ndan – o‗n to‗rt yoshgacha 

5. O‗n to‗rtdan-o‗n sakkiz yoshgacha 



Bolaning  bir  yoshidayoq  rivojlanishi  jadallashadi:  tana  vazni  uch  hissa 

oshadi, bo‗yi 25 sm o‗sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o‗rganadi, emishdan 

to‗xtaydi, bola oyog‗ida turishni, kattalar qo‗lini ushlab yoki o‗zi mustaqil yurishni 

biladi.  3  yoshgacha  bu  ko‗rsatkich  oshib  boradi,  qo‗llar  harakati  takomillashadi, 

mustaqil  kiyinadi,  echinadi,  yuvinadi,  qo‗li  bilan  nozik  harakatlarni  qiladi,  u  endi 

qalam  bilan  rasm  soladi,  tugmasini  qadaydi,  gapirishga  o‗rganadi,  shuning  uchun 

ota-onalar  juda  sezgir  va  ehtiyotkor  bo‗lishlari  kerak.  Tana  a‘zolarining  to‗g‗ri 

rivojlanishi  aniq-ravon  so‗zlashga  o‗rganishi,  ota-onalarni  sabr-toqatli,  aqlirasolik 

bilan ish tutishlariga bog‗liqdir. 

Bolaning 3-7 yosh oralig‗i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon 

tushunchasi  haqida  to‗g‗ri  tushunchalarni  shakllantirish  uchun  unga  yolg‗on 

gapirmaslik,  savollariga  to‗g‗ri,  jiddiy  javob  berish  kerak.  Bundan  tashqari 

bolalarda  gigienik  ko‗nikmalarni  go‗dakligidanoq  shakllantirish  kerak  2-2,  5 

yoshidan  yuz-qo‗l  yuvishni  eslatib  turish,  nazorat  qilish  va  ko‗maklashish  zarur. 

Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog‗lig‗ini saqlash uchungina emas balki uni 

kelajakda ham pokiza bo‗lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga 

o‗rgatish  kerak.  Buning  uchun  kichkintoyga  bolalar  tish  cho‗tkasi,  pastasi  berish 

lozim. 


To‗g‗ri  uyushtirilgan  kun  tartibi  katta  ahamiyatga  ega.  Bolani  aniq 

belgilangan  vaqtda  ovqatlantirish  kerak,  pala-partish  ovqatlantirish  bolalar 

salomatligiga yomon ta‘sir qiladi. Yosh bolalarning nerv sistemasi juda ta‘sirchan 

bo‗ladi.  Bolalar  darrov  cbarchab  qoladilar  va  dam  olishga  ehtiyoj  sezadilar.  Dam 

olishning eng muhim turi uxlash bola har doim bir vaqtda uxlashi lozim. Tungi va 

kunduzgi, uyqu muddati bolaning  yoshiga bog‗liq nimjon bolalar ko‗proq uxlashi 

lozim,  uyqudan  oldin  ochiq  havoda  sayr  qilish  foydali,  kechki  ovqat  yotishdan  1-

1,5 soat oldin berilishi kerak. 

Bola  sog‗lig‗ini  saqlash,  mustahkamlash  va  uni  har  tomonlama 

rivojlantirishda chiniqtirish muhim rol  o‗ynaydi. 2-3 yashar bolalarning toza havo 

bilan chiniqishi muhimdir. Bundan tashqari quyosh vannalari suv bilan chiniqtirish 

ham  juda  foydali.  Yosh  bolalarni  maktabgacha  yoshdagi  bolalar  muassasalarida 

tarbiya  qilish,  ularni  oilada  tarbiyalashga  qaraganda  bir  qator  o‗ziga  xos 

xususiyatlarga  ega.  Bola  uchun  yasli-bog‗cha  tanlashda  ―moda  orqasidan 

quvmaslik,  sportni  yoki  diet  tilini  o‗rgatadigan  bog‗chani  qidirmaslik  kerak. 

Uyingizga  yaqin  bo‗lgan  yasli-bog‗cha  eng  qulay  va  hammasidan  yaxshi  bo‗ladi. 

Uy  sharoitida  ba‘zi  bir  ko‗nikmalarni  o‗zlashtirgan  bola  bog‗chaga  borganda 

qiynalmaydi.  Qoshiqdan  mustaqil  foydalanishni  bilgan,  o‗zlari  kiyinadigan  va 

echinadigan  bolalar  bog‗chada  o‗zlarini  dadil  his  qiladilar  va  tez  ko‗nikadilar. 

Bundan  tashqari  bola  hayotini  o‗yin  va  o‗yinchoqlarsiz,  ertaklar  va  musiqasiz  — 

fantaziyasiz va ijodiyotsiz tasavvur etib bo‗lmaydi. O‗yin va o‗yinchoqlar olamida 



yayrab  yashagan  bolaning  hayotini  ma‘naviy  to‗laqon  deyish  mumkin.  Bolaga 

o‗yinchoq tanlayotganda uning yoshi, qiziqishi va sharoiti ko‗zda tutiladi. 

Yoshi  katta  bo‗lishi  bilan  o‗g‗il  bolalar  texnikaga  oid  ayniqsa  transport  va 

shu  kabi  o‗yinchoqlarga  qiziqishi  ortadi,  bu  o‗yinchoqlar  bolalarda  turli  kasb  va 

mutaxassisliklarga  qiziqish  tug‗diradi,  ota-ona  bu  qiziqishni  vaqtida  payqab, 

rag‗batlantirishi  kerak.  Qo‗g‗irchoqlar  qizlarning  sevimli  o‗yinchoqlaridir,  1-2 

yoshli  qizchalar  ko‗zi  ochilib  yumiladigan,  ―Ingalaydigan  qo‗g‗irchoqlarni  yaxshi 

ko‗radilar. 1-4 yoshli qiz bolalarga plastmassadan qilingan kiyimsiz qo‗g‗irchoqlar 

ma‘qul, qizlar ularni  o‗zlari cho‗miltiradilar, kiyintiradilar,  yo‗rgaklaydilar. Sport 

o‗yinchoqlari  (koptok,  arg‗imchoq,  kabilar)  bolalarni  jismoniy  baquvvat  qilishga 

xizmat qiladi. 

Musiqa o‗yinlari bolalarni badiiy qobiliyatlarini  o‗stiradi. Umuman olganda 

bolalar o‗yinchoqlari shartli ravishda 3 ta guruhga ajiratiladi: 

1. Syujetli o‗yinchoqlar 

2. Quruvchilik o‗yinchoqlari 

3.  Turli  materiallar  agar  bolani  yoshlikdan  o‗yinchoqlarini  toza  tutish, 

ehtiyot  qilishga  o‗rgatib  borilsa  ular  uy  anjomlariga  ehtiyotkorlik  bilan 

munosabatda bo‗lishni o‗rganadilar. 

Oilada  bolaga  tarbiya  berishning  qator  o‗ziga  xos  prinsiplari  borki,  ularga 

amal  qilish  tarbiya  ishining  samarali  bo‗lishini  ta‘minlaydi.  Ular  quyidagicha: 

tarbiyada  ota-onaning  ma‘suliyati,  tarbiyadagi  birlik,  ota-ona  obro‗si,  mehnat 

tarbiyasi,  ota-onaning  bola  tarbiyasini  bog‗cha,  maktab  va  jamoatchilik  bilan 

hamkorlikda  olib  borishi,  ota-onaning  barcha  bolalarni  teng  ko‗rishi,  ularga 

adolatli  munosabatda  bo‗lishi,  tarbiyada  bolaning  o‗sish  va  rivojlanish 

xususiyatlarini  hisobga  olish,  bola  shaxsini  hurmat  qilish,  unga  talabchan  bo‗lish 

kabilardir. Buning uchun ba‘zi tarbiya usullarini bilib qo‗yish foydadan xoli emas. 

Bola tarbiyasi prinsiplari. 

Masalan:  ibrat  –  namuna  usuli,  yaxshi  xulq-atvorga  o‗rgatish,  odatlantirish, 

o‗rni  kelganda  nasihat  qilish,  tarbiya  berish,  unga  munosabatni  o‗zgartirish, 

ishontirish, rag‗batlantirish, qoralash kabi usullar. 

Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim o‗rin tutadi maqsadimiz — barkamol 

avlodni tarbiyalash uni Vatanga muhabbat ruhida xalqning eng yaxshi urf-odatlari 

va  oilaviy  an‘analari  ruhida,  jamiyat  uchun  bilimdon  va  madaniyatli  shaxs  qilib 

tarbiyalashdir.  ―Agar  siz  fuqaroni  tug‗ib  qo‗yib,  uni  o‗z  mehringizdan  benasib 

qilsangiz,  marhamat  qilib  jamiyatni  bu  razil  niyatingizdan  ogoh  etib  qo‗ying  – 

deydi A.C.Makarenko ―ota-ona mehridan benasib bolalar ko‗pincha mayib kishilar 

bo‗lib yetishadilar‖. 

Hamma bolaga bir ko‗zda qarash. 




Oilada bolalarni to‗g‗ri tarbiyalashning shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir. 

Hamma  narsada  bolaga  muomalada,  jazolashda,  ta‘sir  o‗tkazishda,  birlik  bo‗lishi 

zarur. Ko‗pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani dadasi ta‘qiqlab 

qo‗yadi.  Bolalar  talabchan  otasi  bilan  kam  talabchan  onasi  va  umuman  talabchan 

bo‗lmagan  buvisi  o‗rtasida  o‗zlaricha  yo‗l  topadilar.  Kattalar  o‗rtasidagi 

kelishmovchilikni  ko‗rib  bolalar  mug‗ombirlik,  aldamchilik,  xushomadgo‗ylikka 

o‗rganadi.  Ayrim  ota-onalar  bolaga  haddan  tashqari  mehribonlik  qilib,  girgitton 

bo‗ladilar,  uning  hamma  vazifalarini  o‗zlari  bajarishadi,  barcha  injiqlik  va 

o‗jarliklarini ko‗tarishadi, natijada bola noshud, bemehr bo‗lib o‗sadi. Ota-onaning 

hamma  bolalariga  bir  xil  bo‗lishi,  tarbiyaning  muhim  shartlaridan  bo‗lib,  opa 

ukalarning  ahil,  bir-biriga  mehribon,  oqibatli  bo‗lishiga  olib  keladi,  bola  nazarida 

ota-onaning  obro‗si  oshadi,  odamlar  bilan  hisoblashishga,  ularning  ko‗nglinii 

ranjitmaslikka,  odamlarni  qadrlashga  o‗rgatadi.  Bir  ota,  bir  onaning  farzandlari 

fe‘l-atvori  jihatdan  bir-biriga  o‗xshamaydi,  ota-ona  bolalarning  sho‗xini  ham, 

qobilini  ham  bir  xil  mehr  bilan  sevishi,  kattasini  katta,  kichigini  kichik  o‗rnida 

bilib  har  birini  o‗ziga  qarab  muomala  qilishi  lozim.  Birini  ikkinchisidan  ortiq 

ko‗rish  yaramaydi.  Tarbiya  avvalo  oilada,  bog‗chada,  so‗ng  maktabda, 

jamoatchilik  tomonidan  muntazam  ravishda  olib  boriladi,  tarbiyalashning  muhim 

xususiyatlaridan biri, uni uzluksiz olib borishdir. Ba‘zan onalar ikkinchi farzandni 

ko‗rishgach  kattasi  g‗ashlik  qilayotganini  aytib  qolishadi,  buning  oldini  olish 

uchun  to‗ng‗ichga  endi  aka,  opa  bo‗lganini  aytish,  ukasini  boqishda 

yordamlashishi  kerakligini  tushuntirish  lozim.  Tarbiyada  har  bir  bolaga  alohida 

muomala,  munosabat,  e‘tibor  kerak.  ―U  bolaku,  bolaga  bo‗laveradi‖,  ―yumalab, 

sumalab  katta  bo‗lsa  rizqini  topib  yer‖,  ―hammasiga  keyin  o‗zi  o‗rganib  ketadi‖, 

kabi  fikrlarni  qo‗yib,  bolani  tug‗ilganidan  voyaga  yetkuncha  tarbiyalab  borish 

kerak.  Bolaning  tabiiy  ehtiyoji  bo‗lgan  narsalarni  taqiqlash  yaramaydi,  bolani  tez 

o‗sayotgan organizmni harakat qilib turishni talab qiladi. Bola o‗jarlik bilan gapga 

quloq  solmaydi,  yig‗laydi  va  asabiylashadi.  Keyinchalik  esa  vazmin,  uyatchan 

bolaga  qo‗pol  muomala  qilinsa  u  juda  qo‗rqoq  bo‗lib  qoladi,  hayotda  mustaqil 

yashashga qiynaladi. 

So‗nggi yillarda o‗zbek oilasida yuz bergan o‗zgarishlar. 

Respublikamizda  yangi  asrning  birinchi  yili  —  ―Onalar  va  bolalar‖  yilida 

amalga oshirilgan ishlarning ijobiy ta‘siri yurtimizda yashayotgan barcha insonlar 

taqdirida,  har  bir  oila,  har  bir  xonadon  hayotida  o‗z  aksini  topdi.  Bu  esa 

mamlakatimizda Sog‗lom avlod — Sog‗lom  oila — Sog‗lom jamiyat  g‗oyasining 

izchillik bilan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi. 

―Ona  va bola‖ Davlat dasturiga ko‗ra tug‗ish  yoshidagi ayollarning deyarli 

99% to‗liq tibbiy ko‗rikdan o‗tkaziladi va zarur hollarda davolashga yo‗naltirilishi 

tashkil qilindi. 



Uzoq  tarixiy  va  mustahkam  poydevorga  ega  bo‗lgan  o‗zbek  oilasi,  uning 

o‗ziga  xos  milliy  xususiyatlarini  butunlay  yo‗q  qilish,  insoniyat  xotirasidan 

o‗chirib tashlash uchun o‗zgalar hech qanday kuch topa olmadi. Tarixan qisqa 14 

yil ichida o‗zbek oilasi hayotida mislsiz o‗zgarishlar yuz berdi: 




Download 410,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish