Birinchidan
— mustaqillik sharofati bilan oila va uning manfaatlarini
muhofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‗tarildi. Oila tarbiyasi kommunistik
g‗oyalardan tozalanib, milliy tarbiya mezonlari asosida amalga oshirila boshlandi.
Ikkinchidan
— qonun ustivorligini ta‘minlash oila, onalik va bolalikning
huquqiy
manfaatlarini,
oilaviy
munosabatlarning
huquqiy
asoslarini
takomillashtirish borasida muhim ishlar amalga oshirildi.
Uchinchidan
– oilaning
ijtimoiy-iqtisodiy
manfaatlarini
ta‘minlash,
nogironlar, yetim-yesirlar, yolg‗iz keksalarni ijtimoiy qo‗llab-quvvatlash.
To‗rtinchidan — Yurtboshimiz aytganidek, ―Ayolsiz oila, oilasiz davlat,
jamiyat bo‗lmasligi o‗z isbotini topdi‖.
Beshinchidan
— Birinchi Prezidentimiz tashabbuslari bilan 1998 yil ―Oila
yili‖, 1999 yil ―Ayollar yili‖, 2000 yil ―Sog‗lom avlod yili‖, 2001 yil ―Onalar va
bolalar yili‖, 2002 yil ―Qariyalami qadrlash yili‖ deb e‘tirof etilishi va shu
munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus davlat dasturlarining
qabul qilinishi.
Oltinchidan
— Muhtaram Birinchi Prezidentimizning 1995 yil 2 martdagi
farmonlariga binoan, Respublika xotin-qizlar qo‗mitasi raisligiga Bosh vazir
o‗rinbosari, tuman, shahar, viloyat xotin-qizlar qo‗mitalari, raislariga hokim
o‗rinbosarlari maqomlari berildi.
Yettinchidan
— oila, xotin-qizlar, bolalar manfaatlarini himoya qiluvchi 10
dan ortiq jamoat tashkilotlari tashkil etildi. Darhaqiqat, XXI asr o‗zbek oilasi
mustahkamligi, barqarorligi, farovonligi bilan yer kurrasidagi barcha oilalar uchun
namuna maktabi bo‗lmog‗i lozim.
Aytish joizki, agar ota-onalar o‗zlari baxtli bo‗lishmasa, hayotdan minnatdor
bo‗lgan bolani tarbiyalay olishmaydi.
Baxt meros bo‗lib o‗tadi.
Ko‗pchilik ota-onalar muammolar faqat farzandlarida deb, o‗zlarini esa
begunoh sanashadi.
Keyin esa bir xil vaziyatda bir-biriga zid ikki xil shaxs shakllanayotganidan
nolishadi: biri – muvaffaqiyatli va o‗ziga ishonadigan, boshqasi esa aksincha
komplekslarga to‗la, ―ichimdagini top‖ va agressiv. Axir bu kimgadir e'tibor va
muhabbat berilmagani, biroq bu faktni nazardan chetda qoldirilganini namoyish
etuvchi fakt-ku.
Bolani ovqatlantirish, kiyintirishning o‗zi yetarli emas.
Bu g‗amxo‗rlik xolos, tarbiya emas. Afsuski, ko‗pchilik ota-onalar buni
yetarli sanaydilar.
Nima eksang – shuni o‗rasan.
Farzandimiz qariganimizda biz unga bolaligida qanday munosabatda bo‗lsak
xuddi shunday munosabat bildiradi.
Maktab ta'limi standart fanlarni o‗rganish bilan cheklanmasligi lozim.
Bolalar nazariyani yodlagandan ko‗ra amaliyotda va katta hayotda amalga
oshirishi mumkin bo‗lgan bilimlarni olishi muhimroq. Masalan, mas'uliyatlilik,
qat'iylik, kelisha olish va o‗zgalarning vaqtini qadrlashni o‗rganish.
Bolaning yomon baho haqidagi kuchli xavotiri ota-onaning bahoga bo‗lgan
munosabatinigina aks ettiradi.
Agar ota-onalar bolaning o‗qish, sportdagi muvaffaqiyatsizliklariga xotirjam
munosabat bildirsa, bolalar ham xatolarini xuddi shunday qabul qiladi. Ular ham
xotirjam, o‗zlariga ishonadi, oson ta'lim olib, muvaffaqiyatli odamga aylanadi.
Bolani xarakteri uchun emas, xatti-harakati uchun jazolash kerak.
Agar farzandingiz siz so‗ragan ishni bajarmasa, ovozingizning boricha
baqirib, vaziyatga fojia tusini bermaslik kerak: «Sen kimga o‗xshayapsan?!»
Buning o‗rniga bolaga uning aybi nima ekanini tinchgina tushuntirish, planshet
yoki kompyuter kabi mukofotidan mahrum etish lozim. Ana shunda bolalar o‗z
xatti-harakatlari uchun mas'ul bo‗lishni o‗rganadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |