11-mavzu: XXI asr bolasini qanday tarbiyalash kerak?
Reja:
1. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash usullari.
2. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash vositalari.
3. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalashning ahamiyati va prinsiplari.
1. XXI asrda yosh avlodni tarbiyalash usullari.
Bolalarning murg‘ak qalbiga hech bir narsa ibratdek kuchli ta’sir etmaydi
va barcha ibratlar ichida ota-ona ibratidan kuchliroq va mustahkamroq o‘rin
oladigan ibrat yo‘q.
N.I.Novikov
Rivoyat qiladilarki, bir ona donishmand oldiga kelibdi va bolasining
tarbiyasiga qachon kirishish kerakligi haqida surabdi. Donishmand bolaning necha
yoshga kirganini so‗rabdi. Besh yoshga to‗lganini bilib onaga xitob qilibdi:
- Tezda uyga qayt!
Bola tarbiyasida eng kerak bo‗lgan besh yilni sen boy berib qo‗yibsan!
Shunday, bola dastlabki yillarda tez va ko‗p qabul qiladi va tarbiyaning asosiy
qismini qabul qiladi. Tarbiya keyin ham davom etaveradi. ―Lekin siz mevani keyin
ko‗ra boshlaysiz, — deydi bir donishmand — bu o‗zingiz bir vaqtlar, bolangiz
besh yoshigacha bergan tarbiyangiz gulining mevasidir‖ bu davrda bolaning
olamni bilishi odamni bilishi orqali kechadi. Yaxshilik va yomonlik degan katta
tushunchalar ota va onasining bir-biriga munosabati, ovozi, qarashi, harakati orqali
borligiga singib boraveradi.
Donishmandlar kishi keyin umr bo‗yi o‗zi yashaydigan yaxshilik va
yomonliklarning qariyb 90% ni aynan bolalikning ilk davrida olishini, besh yoshli
bala bilan keksalik o‗rtasi bir qadam ekanligini tan olishadi.
Bugungi bolakayning ertaga qanday inson bo‗lishi ko‗p jihatdan bolalik deb
atalgan bu davrning qanday o‗tgani, uning ongi va qalbiga atrof-muhitdan
nimalarni olib kirganiga bog‗liqdir. Bolaga munosabatda avvalo uning yosh
darajasini inobatga olish kerak, uni yoshiga ko‗ra taxminan quyidagicha taqsimlash
mumkin:
Tarbiyaning yoshga bog‗liq jihatlari:
1. Uch yoshgacha
2. Uchdan yetti yoshgacha
3. Yettidan o‗n yoshgacha
4. O‗ndan – o‗n to‗rt yoshgacha
5. O‗n to‗rtdan-o‗n sakkiz yoshgacha
Bolaning bir yoshidayoq rivojlanishi jadallashadi: tana vazni uch hissa
oshadi, bo‗yi 25 sm o‗sadi, tishlari chiqadi, ovqat chaynashni o‗rganadi, emishdan
to‗xtaydi, bola oyog‗ida turishni, kattalar qo‗lini ushlab yoki o‗zi mustaqil yurishni
biladi. 3 yoshgacha bu ko‗rsatkich oshib boradi, qo‗llar harakati takomillashadi,
mustaqil kiyinadi, echinadi, yuvinadi, qo‗li bilan nozik harakatlarni qiladi, u endi
qalam bilan rasm soladi, tugmasini qadaydi, gapirishga o‗rganadi, shuning uchun
ota-onalar juda sezgir va ehtiyotkor bo‗lishlari kerak. Tana a‘zolarining to‗g‗ri
rivojlanishi aniq-ravon so‗zlashga o‗rganishi, ota-onalarni sabr-toqatli, aqlirasolik
bilan ish tutishlariga bog‗liqdir.
Bolaning 3-7 yosh oralig‗i alohida ahamiyatga ega. Bu davrda bolada zamon
tushunchasi haqida to‗g‗ri tushunchalarni shakllantirish uchun unga yolg‗on
gapirmaslik, savollariga to‗g‗ri, jiddiy javob berish kerak. Bundan tashqari
bolalarda gigienik ko‗nikmalarni go‗dakligidanoq shakllantirish kerak 2-2, 5
yoshidan yuz-qo‗l yuvishni eslatib turish, nazorat qilish va ko‗maklashish zarur.
Tozallikka rioya qilish faqat bolaning sog‗lig‗ini saqlash uchungina emas balki uni
kelajakda ham pokiza bo‗lishining omilidir. Bolani 2 yoshidan tishlarini tozalashga
o‗rgatish kerak. Buning uchun kichkintoyga bolalar tish cho‗tkasi, pastasi berish
lozim.
To‗g‗ri uyushtirilgan kun tartibi katta ahamiyatga ega. Bolani aniq
belgilangan vaqtda ovqatlantirish kerak, pala-partish ovqatlantirish bolalar
salomatligiga yomon ta‘sir qiladi. Yosh bolalarning nerv sistemasi juda ta‘sirchan
bo‗ladi. Bolalar darrov cbarchab qoladilar va dam olishga ehtiyoj sezadilar. Dam
olishning eng muhim turi uxlash bola har doim bir vaqtda uxlashi lozim. Tungi va
kunduzgi, uyqu muddati bolaning yoshiga bog‗liq nimjon bolalar ko‗proq uxlashi
lozim, uyqudan oldin ochiq havoda sayr qilish foydali, kechki ovqat yotishdan 1-
1,5 soat oldin berilishi kerak.
Bola sog‗lig‗ini saqlash, mustahkamlash va uni har tomonlama
rivojlantirishda chiniqtirish muhim rol o‗ynaydi. 2-3 yashar bolalarning toza havo
bilan chiniqishi muhimdir. Bundan tashqari quyosh vannalari suv bilan chiniqtirish
ham juda foydali. Yosh bolalarni maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida
tarbiya qilish, ularni oilada tarbiyalashga qaraganda bir qator o‗ziga xos
xususiyatlarga ega. Bola uchun yasli-bog‗cha tanlashda ―moda orqasidan
quvmaslik, sportni yoki diet tilini o‗rgatadigan bog‗chani qidirmaslik kerak.
Uyingizga yaqin bo‗lgan yasli-bog‗cha eng qulay va hammasidan yaxshi bo‗ladi.
Uy sharoitida ba‘zi bir ko‗nikmalarni o‗zlashtirgan bola bog‗chaga borganda
qiynalmaydi. Qoshiqdan mustaqil foydalanishni bilgan, o‗zlari kiyinadigan va
echinadigan bolalar bog‗chada o‗zlarini dadil his qiladilar va tez ko‗nikadilar.
Bundan tashqari bola hayotini o‗yin va o‗yinchoqlarsiz, ertaklar va musiqasiz —
fantaziyasiz va ijodiyotsiz tasavvur etib bo‗lmaydi. O‗yin va o‗yinchoqlar olamida
yayrab yashagan bolaning hayotini ma‘naviy to‗laqon deyish mumkin. Bolaga
o‗yinchoq tanlayotganda uning yoshi, qiziqishi va sharoiti ko‗zda tutiladi.
Yoshi katta bo‗lishi bilan o‗g‗il bolalar texnikaga oid ayniqsa transport va
shu kabi o‗yinchoqlarga qiziqishi ortadi, bu o‗yinchoqlar bolalarda turli kasb va
mutaxassisliklarga qiziqish tug‗diradi, ota-ona bu qiziqishni vaqtida payqab,
rag‗batlantirishi kerak. Qo‗g‗irchoqlar qizlarning sevimli o‗yinchoqlaridir, 1-2
yoshli qizchalar ko‗zi ochilib yumiladigan, ―Ingalaydigan qo‗g‗irchoqlarni yaxshi
ko‗radilar. 1-4 yoshli qiz bolalarga plastmassadan qilingan kiyimsiz qo‗g‗irchoqlar
ma‘qul, qizlar ularni o‗zlari cho‗miltiradilar, kiyintiradilar, yo‗rgaklaydilar. Sport
o‗yinchoqlari (koptok, arg‗imchoq, kabilar) bolalarni jismoniy baquvvat qilishga
xizmat qiladi.
Musiqa o‗yinlari bolalarni badiiy qobiliyatlarini o‗stiradi. Umuman olganda
bolalar o‗yinchoqlari shartli ravishda 3 ta guruhga ajiratiladi:
1. Syujetli o‗yinchoqlar
2. Quruvchilik o‗yinchoqlari
3. Turli materiallar agar bolani yoshlikdan o‗yinchoqlarini toza tutish,
ehtiyot qilishga o‗rgatib borilsa ular uy anjomlariga ehtiyotkorlik bilan
munosabatda bo‗lishni o‗rganadilar.
Oilada bolaga tarbiya berishning qator o‗ziga xos prinsiplari borki, ularga
amal qilish tarbiya ishining samarali bo‗lishini ta‘minlaydi. Ular quyidagicha:
tarbiyada ota-onaning ma‘suliyati, tarbiyadagi birlik, ota-ona obro‗si, mehnat
tarbiyasi, ota-onaning bola tarbiyasini bog‗cha, maktab va jamoatchilik bilan
hamkorlikda olib borishi, ota-onaning barcha bolalarni teng ko‗rishi, ularga
adolatli munosabatda bo‗lishi, tarbiyada bolaning o‗sish va rivojlanish
xususiyatlarini hisobga olish, bola shaxsini hurmat qilish, unga talabchan bo‗lish
kabilardir. Buning uchun ba‘zi tarbiya usullarini bilib qo‗yish foydadan xoli emas.
Bola tarbiyasi prinsiplari.
Masalan: ibrat – namuna usuli, yaxshi xulq-atvorga o‗rgatish, odatlantirish,
o‗rni kelganda nasihat qilish, tarbiya berish, unga munosabatni o‗zgartirish,
ishontirish, rag‗batlantirish, qoralash kabi usullar.
Tarbiyada maqsadning aniqligi muhim o‗rin tutadi maqsadimiz — barkamol
avlodni tarbiyalash uni Vatanga muhabbat ruhida xalqning eng yaxshi urf-odatlari
va oilaviy an‘analari ruhida, jamiyat uchun bilimdon va madaniyatli shaxs qilib
tarbiyalashdir. ―Agar siz fuqaroni tug‗ib qo‗yib, uni o‗z mehringizdan benasib
qilsangiz, marhamat qilib jamiyatni bu razil niyatingizdan ogoh etib qo‗ying –
deydi A.C.Makarenko ―ota-ona mehridan benasib bolalar ko‗pincha mayib kishilar
bo‗lib yetishadilar‖.
Hamma bolaga bir ko‗zda qarash.
Oilada bolalarni to‗g‗ri tarbiyalashning shartlaridan biri tarbiyadagi birlikdir.
Hamma narsada bolaga muomalada, jazolashda, ta‘sir o‗tkazishda, birlik bo‗lishi
zarur. Ko‗pincha bolaning onasi yoki buvisi ruxsat bergan narsani dadasi ta‘qiqlab
qo‗yadi. Bolalar talabchan otasi bilan kam talabchan onasi va umuman talabchan
bo‗lmagan buvisi o‗rtasida o‗zlaricha yo‗l topadilar. Kattalar o‗rtasidagi
kelishmovchilikni ko‗rib bolalar mug‗ombirlik, aldamchilik, xushomadgo‗ylikka
o‗rganadi. Ayrim ota-onalar bolaga haddan tashqari mehribonlik qilib, girgitton
bo‗ladilar, uning hamma vazifalarini o‗zlari bajarishadi, barcha injiqlik va
o‗jarliklarini ko‗tarishadi, natijada bola noshud, bemehr bo‗lib o‗sadi. Ota-onaning
hamma bolalariga bir xil bo‗lishi, tarbiyaning muhim shartlaridan bo‗lib, opa
ukalarning ahil, bir-biriga mehribon, oqibatli bo‗lishiga olib keladi, bola nazarida
ota-onaning obro‗si oshadi, odamlar bilan hisoblashishga, ularning ko‗nglinii
ranjitmaslikka, odamlarni qadrlashga o‗rgatadi. Bir ota, bir onaning farzandlari
fe‘l-atvori jihatdan bir-biriga o‗xshamaydi, ota-ona bolalarning sho‗xini ham,
qobilini ham bir xil mehr bilan sevishi, kattasini katta, kichigini kichik o‗rnida
bilib har birini o‗ziga qarab muomala qilishi lozim. Birini ikkinchisidan ortiq
ko‗rish yaramaydi. Tarbiya avvalo oilada, bog‗chada, so‗ng maktabda,
jamoatchilik tomonidan muntazam ravishda olib boriladi, tarbiyalashning muhim
xususiyatlaridan biri, uni uzluksiz olib borishdir. Ba‘zan onalar ikkinchi farzandni
ko‗rishgach kattasi g‗ashlik qilayotganini aytib qolishadi, buning oldini olish
uchun to‗ng‗ichga endi aka, opa bo‗lganini aytish, ukasini boqishda
yordamlashishi kerakligini tushuntirish lozim. Tarbiyada har bir bolaga alohida
muomala, munosabat, e‘tibor kerak. ―U bolaku, bolaga bo‗laveradi‖, ―yumalab,
sumalab katta bo‗lsa rizqini topib yer‖, ―hammasiga keyin o‗zi o‗rganib ketadi‖,
kabi fikrlarni qo‗yib, bolani tug‗ilganidan voyaga yetkuncha tarbiyalab borish
kerak. Bolaning tabiiy ehtiyoji bo‗lgan narsalarni taqiqlash yaramaydi, bolani tez
o‗sayotgan organizmni harakat qilib turishni talab qiladi. Bola o‗jarlik bilan gapga
quloq solmaydi, yig‗laydi va asabiylashadi. Keyinchalik esa vazmin, uyatchan
bolaga qo‗pol muomala qilinsa u juda qo‗rqoq bo‗lib qoladi, hayotda mustaqil
yashashga qiynaladi.
So‗nggi yillarda o‗zbek oilasida yuz bergan o‗zgarishlar.
Respublikamizda yangi asrning birinchi yili — ―Onalar va bolalar‖ yilida
amalga oshirilgan ishlarning ijobiy ta‘siri yurtimizda yashayotgan barcha insonlar
taqdirida, har bir oila, har bir xonadon hayotida o‗z aksini topdi. Bu esa
mamlakatimizda Sog‗lom avlod — Sog‗lom oila — Sog‗lom jamiyat g‗oyasining
izchillik bilan amalga oshirayotganligidan dalolat beradi.
―Ona va bola‖ Davlat dasturiga ko‗ra tug‗ish yoshidagi ayollarning deyarli
99% to‗liq tibbiy ko‗rikdan o‗tkaziladi va zarur hollarda davolashga yo‗naltirilishi
tashkil qilindi.
Uzoq tarixiy va mustahkam poydevorga ega bo‗lgan o‗zbek oilasi, uning
o‗ziga xos milliy xususiyatlarini butunlay yo‗q qilish, insoniyat xotirasidan
o‗chirib tashlash uchun o‗zgalar hech qanday kuch topa olmadi. Tarixan qisqa 14
yil ichida o‗zbek oilasi hayotida mislsiz o‗zgarishlar yuz berdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |