Gaplar his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra ikki turga bo ‘linadi: his-
hayajonsiz gaplar, his-hayajon (undov) gaplar. Darak, so ‘roq, buyruq va
103
istak gaplar his-hayajonsiz gaplardir. Agar bu gaplar kuchli his-hayajon bilan
aytilsa, undov gapga aylanadi.
His-hayajonsiz gap
His-hayajon gap
Darak gap
Ertaga maktabimizga
san’atkorlar keladi.
Ertaga maktabimizga
san’atkorlar keladi!
So‘roq gap
Ko‘rganmiding
ko‘zlarimda yosh?
Ko‘rganmiding
ko‘zlarimda yosh?!
Buyruq gap
Meni xafa qilgingiz
kelmasa, u yerga bormang.
Meni xafa qilgingiz
kelmasa, u yerga bormang!
Istak gap
Koshki, onamni qayta
ko‘ra olsam.
Koshki, onamni qayta
ko‘ra olsam!
Imlo belgilari
Hozirgi yozma adabiy tildagi imlo belgilari so‘zlarning to‘g‘ri yozilishida
xizmat qiladigan belgilar sanaladi. Ular quyidagilar:
1.
(‘) Ko‘chish (o‘tish) belgisi – bosma o‘ va g‘ harflarini o va g
harflaridan farqlash uchun yoziladi, yozma shaklda esa harfning tepasiga (~)
to‘lqinsimon chiziq chizish bilan ifodalanadi: O‘zbekiston, G‘afur G‘ulom,
mo‘jiza, g‘uncha.
2. (’) Tutuq belgisi (apostrof):
a) ba’zan, ma’yus, ta’zim, ra’y, ta’b, e’lon, e’tibor, e’tiqod, me’mor, ne’mat,
she’r, fe’l, Nu’mon, shu’la kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan keyin shu unli
tovushning cho‘ziqroq aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi; mo‘jiza, mo‘tabar,
mo‘tadil kabi so‘zlardagi o‘ unlisi cho‘ziqroq aytilsa ham, tutuq belgisi
qo‘yilmaydi;
b) in’om, san’at, qat’iy, mas’ul kabi o‘zlashma so‘zlarda unlidan oldin shu
unli oldingi undosh tovushdan ajratib aytilishini ifodalash uchun qo‘yiladi;
d) s va h harflari yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda, ular
orasiga tutuq belgisi (’) qo‘yiladi: Is’hoq, as’hob, mas’h, as’har.
3. (-) chiziqcha (defis):
a) juft va takror so‘zlar orasida: ota-ona, asta-sekin, baland-baland, shu-
shu;
b) tartib sonlar arab raqami bilan yozilganda -(i)nchi qo ‘shimchasi o‘rniga
chiziqcha qo‘yiladi: 9-sinf, 1989-yil, 1-oktabr, 30-yillar;
d) ayrim yuklamalar chiziqcha bilan yoziladi: -chi, -ku, -da, -a, -ya, -u,
-yu, -e, -ey, -yey. Masalan, bola-ya, kelgan-u, qo‘y-e, keldi-yey;
e) bilan, uchun ko‘makchilarining qisqargan shakllari (-la, -chun) chiziqcha
bilan yoziladi: sen-la, men-chun va hokazo.
4. (´) urg‘u:
104
a) so‘zdagi biror bo‘g‘in kuchliroq ohang bilan talaffuz qilinganda
qo‘yiladi: qishlo´q, bola´, ha´mma, te´xnika.
b) urg‘u ma’no farqlash vazifasini ham bajaradi: a´tlas(xaritalar to‘plami) –
atla´s (mato), gulla´r (manzarali o ‘simlik) – gu´llar (gullamoq), olma´ (daraxt va
uning mevasi) – o´lma (olmoq).
Tinish belgilari
Hozirgi yozma adabiy tilda 10 ta tinish belgisi qo‘llanadi: nuqta (.), so‘roq
belgisi (?), undov belgisi (!), ko‘p nuqta (...), qavs (), qo‘shtirnoq („ “), vergul (,),
nuqtali vergul (;), ikki nuqta (:), tire (–).
Do'stlaringiz bilan baham: |