100
Savol va topshiriqlar:
1.
Bo‘g‘inga noto‘g‘ri ajratilgan so‘zlarni toping. Ularni
izohlang.
2.
Bo‘g‘inga ajraladigan, ammo ko‘chirilmaydigan so‘zlarni
aniqlab, daftaringizga yozing. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Qirq birinchi mashg`ulot
Gap.
Kesimlik
shakllari orqali ifodalanuvchi, ohang va fikr tugalligiga ega bo‘lgan
so‘z yoki so‘zlar qo‘shilmasi gap deyiladi. U biror
voqea-hodisa haqidagi xabar, so
‘roq, buyruq yoki istakni bildiradi. Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma’no
tomondan,
ham grammatik tomondan o‘zaro bog‘lanadi. Har bir gap biror maqsadni –
mazmunni ifodalaydi. Og‘zaki nutqda ana shu mazmunga mos
keladigan tugal
ohang bo‘ladi. Ohang ayni bir vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi.
Ohang va kesimlik gap uchun eng muhim belgilardir. Yozma nutqda ana shu
ohangga qarab
har bir gap oxiriga nuqta, so‘roq, undov yoki ko‘p nuqta qo‘yilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: