Oz tilim – o‘zbek tilim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

 
 O`n beshinchi mshg`ulot  
15. Z z harfi: 
1) zar, zamon; toza, o‘zbek; yoz, g‘oz kabi so‘zlarda til oldi jarangli 
sirg‘aluvchi undoshni ifodalash uchun yoziladi; 
2) iztirob, izquvar, bo‘zchi, tuzsiz kabi so‘zlarda jarangsiz undoshdan oldin s 
aytilsa ham, z yoziladi. 
1. Z z harfining o‘qilishi va yozilishiga e’tibor bering
zambarak 
za’faron 
zootexnik 
ziroat 
zaxira 
zalvarli 
zajigalka 
zaharxanda  
zaryadka 
zanjabil 
zamburug‘ 
zeriktirmoq 
zuluk 
zurriyot 
zohir 
zotiljam  
 
2. Quyidagi uchtadan so‘zlarni qatnashtirib gap tuzing: 
Zambarak, za’faron, zootexnik;   ziroat,  zaxira, zalvarli;  zajigalka, zaharxanda, 
zaryadka;  zanjabil, zamburug‘zeriktirmoq.  
 
 
3. Matnni   o‘qing. 
ATIRGUL  ZAHARLAYDIMI? 
 
Atirgulni xalqimiz dildan sevadi, uning rang-barang nozik gullariga boqib, 
dillarini xushnud etadi. O‘zbekistonda hovlisiga atirgul ekmagan oila yo‘q desak, 
ehtimol, xato qilmagan bo‘larmiz. O‘zbek xalqi atirgulni juda ham e’zozlaydi. Eng 
quvonchli damlarda uni yor-do‘stlariga hadya etadi. To‘ylarida esa unga davra 
to‘ridan joy beradi. Respublikamizda bu go‘zal  o‘simlikning juda ko‘p navlari 
mavjud. Atirgul – deyarli barcha kitobxonlarga tanish o‘simlik. 
Tegishli asarlarda saqlanib qolgan ma’lumotlarga qaraganda, atirgul uzoq 
o‘tmishga ega. Uni ekish bir vaqtlar ko‘hna Eronda keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 
yunonlar uni shu yerdan olib ketishgan. Qadimgi yunonlar atirgullardan tuzilgan 
grilyandlar bilan saroylarni, xudo haykallarini bezatganlar, qahramonlarni, yosh 
kelin-kuyovlarni qutlaganlar, murdalar ustiga, go‘r ustidagi toshlarga qo‘yganlar. 


 
46 
Qadimgi Rim davlatida o‘lganlarni xotirlash uchun yoz boshida atirgul kuni 
o‘tkazilgan. Qadimgi Rim imperiyasining so‘nggi davrlarida atirgul bezak sifatida 
haddan tashqari ko‘p ishlatilgan. Obro‘ning yuqoriligi atirgulning mo‘lligi bilan 
belgilanadigan bo‘lib qolgan. Masalan, Neron qasridagi bir yig‘inda mehmonlar 
ustidan minglab atirgul tojbarglari yog‘dirib turilgan. Neron Shimoliy Afrikadan 
keltirilib sochilgan atirgullar uchun (qullarning tekin xizmati inobatga 
olinmaganda) oltin hisobida 45 ming so‘m pul sarf qilgan. Atirgulning xushbo‘y 
hidi uning tojbarglari tarkibidagi efir moylarga bog‘liq. Efir moyining ozginasigina 
kishilarni xushnud qilishi mumkin, ko‘pi esa, albatta, zaharli ta’sir qiladi. Shuning 
uchun ham kishilarning tarixda atirguldan o‘ldiruvchi qurol sifatida foydalanish 
holatlari ham bo‘lgan. Chunonchi imperator Geliogabal o‘ziga yaqin kishilar 
orasida dushman bor, degan shubha ostida barcha yaqin kishilarini mehmonga 
taklif etgan. Mehmonlar zalga kirganlaridan so‘ng barcha eshiklar berkitilib, 
ularning ustidan behisob atirgul tojbarglari yog‘dirib turilgan. Natijada mehmonlar 
zaldagi atirgul hidi bilan to‘yingan havodan halok bo‘lgan. 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish