Oz tilim – o‘zbek tilim



Download 0,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/89
Sana01.01.2022
Hajmi0,85 Mb.
#291138
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
ozbek tilining boyligi

Savol va topshiriqlar: 
1.  Tinish belgilarining qo‘yilishiga e’tibor bering.  
2.  Tinish belgilarini almashtirish orqali matn mazmunini 
o‘zgartirish mumkinmi? Fikringizni isbotlang. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
49 
 
O`n yettinchi mashg`ulot  
 
17.Sh sh harflar birikmasi:
 
 
Sh sh harflar birikmasi shahar, shisha, shodlik; ishq, pishiq; bosh, tosh kabi 
so‘zlarda til oldi jarangsiz sirg‘aluvchi undoshini ifodalash uchun yoziladi. 
S,  h harflari ikki tovushni ifodalasa, ular orasiga (’) tutuq belgisi qo‘yiladi: 
Is’hoq, as’hob  kabi. 
 
Quyidagi so‘zlarni ko‘chirib yozing: 
 
Shariat 
shahodatnoma 
shimpanze 
shrift 
shpris 
she’riyat 
sher 
tashabbus 
olqish 
qo‘shoyoq 
tashviqot 
tushkun 
vahshiy 
xushovoz 
shalabbo 
qishin-yozin 
pishillamoq 
hashtak-pashtak 
beshiktervatar 
bashariyat 
ishtiyoq 
sharoit 
shikast 
maosh 


 
50 
Matnni o‘qing. Unga sarlavha toping. 
 
Mustaqillik va ezgulik monumenti  –  Toshkent shahridagi Mustaqiilik 
maydonida  O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti  I. Karimov g‘oyasi bilan 
bunyod etilgan  me’moriy-badiiy majmua. O‘zbekiston  istiqlolining dastlabki 
yillari(1992)da maydonda o‘rnatilgan obida Mustaqillik I monumenti deb atalgan. 
Ramziy ravishdagi yer sharida O‘zbekiston Respublikasi  xaritasi aks etgan ushbu 
obida jahon  xaritasida mustaqil O‘zbekiston mamlakati mustahkam o‘rin olganini 
ifodalaydi. 2005-yil 28-dekabrda ushbu monument oldiga farzandini bag‘riga 
bosib turgan munis o‘zbek ayoli  siymosi  –  Baxtiyor ona haykali    o‘rnatildi 
(haykaltarosh  I.  Jabborov). 
     Mustaqiilik monumenti va Baxtiyor ona  haykali Ezgulik arkasi,  oq  
poyondoz  shaklidagi keng yo‘lak bilan birga yaxlit  ansamblni tashkil qiladi. 
Mustaqiilik va  ezgulik tushunchalarini ramziy tarzda uyg‘un  ifodalovchi  ushbu 
yodgorlik Mustaqiilik va ezgulik monumenti deb ataldi.  2004–2005-yillarda 
Mustaqiilik maydoni  va unga tutash hududda keng ko‘lamdagi    qurilish va 
obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Vazirlar Mahkamasi binosi tubdan qayta 
ta’mirlandi, Senat binosi, Ezgulik arkasi,    Tasviriy san’at galereyasi kabi 
muhtasham me’moriy inshootlar, yashil maydon va xiyobonlar barpo etildi. Yangi 
Ma’muriy bino,  Biznes markazi qurilishlari nihoyasiga yetdi.  Bunday katta 
bunyodkorlik ishlari tufayli  maydonning faqat qiyofasi emas, uning  vazifasidagi 
mazmun-mohiyati ham o‘zgardi.  Mustaqillik maydonining ijtimoiy-siyosiy 
hayotimizda   tutgan   muhim   o‘rni   va  ahamiyatini inobatga olib hamda 
xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga istiqlol g‘oyalarini,    milliy   g‘urur   
va   iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada chuqurroq singdirish     maqsadida     
O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2006-yil 3-fevralda “Mustaqillik va 
ezgulik monumenti  to‘g‘risida”  qarori qabul qilindi. Qarorga  ko‘ra,  O‘zbekiston 
Respublikasi umumxalq bayramlari hamda davlat miqyosidagi boshqa tantanali 
marosimlarda, shuningdek, mustaqil taraqqiyotimiz, milliy qadriyatlarimiz bilan 
bog‘liq muhim sanalar, kasb bayramlarini nishonlash, tantana va anjumanlar 
o‘tkazish munosabati bilan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar 


 
51 
qo‘yish rasmiy marosimini belgilangan tartibda amalga oshirish joriy etildi va 
boshqa tadbirlar belgilandi. (“Bolalar ensiklopediyasi”dan) 

Download 0,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish