Savol va topshiriqlar:
1.Harbiylarga xos bo‘lgan asosiy fazilatlarni aytib bering.
2.O‘zingizdagi qaysi nuqsonlarni e’tirof qilasiz? Ularni qay tarzda
bartaraf qilmoqchisiz?
3. “Qutadg‘u bilig” asarida lashkarboshi haqida alohida bob
mavjud. Uni topib o‘qing.
40
O`n uchinchi mashg`ulot
13. D d harfi:
1) dala, odat, bunyod, modda, jiddiy kabi so‘zlarda til oldi jarangli portlovchi
undoshni ifodalash uchun yoziladi;
2) obod, savod, marvarid; zavod, pud, sud; badqovoq, badxo‘r kabi so‘zlarda t
aytilsa ham, d yoziladi.
1. Quyidagi so‘zlarning o‘qilishi va yozilishiga e’tibor bering:
admiral
tavallud
tadbirkorlik
tahdidlarga
dallol
do‘ngalak
donishmand
duet
dispetcher
defitsit
dastyor
maddoh
Samarqand
mard
Moturud
gard
2. Navoiy hikmatlarini o‘qing. Ularni izohlang.
Shogird agar shayx ul-islom, agar qozidur, agar ustod andin rozidur – tengri
rozidur. Dehqonki dona sochar, yerni yormoq bila rizq yo‘lin ochar. Himmatsiz
kishi er sonida emas, ruhsiz badanni kishi tirik demas. Har ko‘ngulnikim vafo
maskan qilur, hayo ham qilur va har maskandakim, ul topilur, bul ham topilur.
Vafosizda hayo yo‘q, hayosizda vafo yo‘q.
3. Jadvalni tegishli so‘zlar bilan to‘ldiring:
d
d
d
d
d
d
d
d
d
d
d
d
d
d
Matnni ifodali o‘qing.
. . .
Unashtirish marosimi tugagach, mehmon bo‘lib kelgan sovchilar qudalar
bilan xayr-xo‘sh qilib, to‘yga taraddud ko‘rish uchun o‘z yurtiga qaytib ketishdi.
Tayyorgarlik boshlanib ketdi. Hammasi ko‘ngildagiday bo‘layotgan edi. Urf-odat
va an’analarga ko‘ra hamma-hammasi boshqa o‘tovlardan nariroqda ko‘rinarli
joyda kelin-kuyov birinchi kechasi tunaydigan to‘y o‘tovidan, shuningdek, quda-
41
andalar hamda qarindosh-urug‘lar uchun mo‘ljallangan o‘tovlardan tortib sovg‘a-
salomlar hamda ziyofatlar hozirlashgacha – barcha-barchasi shay qilib qo‘yildi.
Oqinlarning aytishuvlari, yoshlarning qo‘shiqlari va o‘yin-kulgilari ham nazarda
tutilgan va rejalashtirilgan edi. O‘sha zamonlarda to‘y barcha qabilalarning
umumiy ishi bo‘lgan.
Mehmonlar keladigan va to‘y boshlanadigan kun ham yaqinlashib qoldi.
Hurmatli mehmonlar uchun yangi ov go‘shti va quda-andalarga tortiq qilish uchun
qimmatli mo‘ynalar olib kelish niyatida ovchi kuyov ikkita ukasi bilan ovga
jo‘naydilar. Ko‘ngildagiday ov bo‘ldi. Biroq tush paytiga uzoq-yaqindan ovozlar
eshitiladi – ovchi kuyovni qarindosh-urug‘lari qidirib yurishgan ekan. Bir to‘p
kishilarning hammasi hayajonda. “Sho‘rimiz qurib qoldi! To‘xta! Orqaga qayt!” –
deb qichqirishdi va dod-faryod solib shum xabar keltirishdi: unashtirib qo‘yilgan
kelin sevib yurgan yigiti bilan shu bugun kechasi qochib ketib qolibdi, ko‘pchilik
uni katta shaharga olib ketishgan deyishyapti.
Shundan so‘ng nima bo‘ldi deng? Osmonni g‘ubor qopladi, dovul ko‘tarildi,
yoz kunida xuddi qishdagiday qor-bo‘ron quturdi. Qarindosh-urug‘lar:
“Sharmandalik!” – deb baqirib qichqirishar, o‘zlarini yerga otishar va ko‘kka
yolvorishar edi. – Bu isnod qayerdan keldi, shunisi bormidi?! U ablahni o‘ldirish,
uyatsizni topib olib, o‘sha joyning o‘zida kallasini olish kerak. Hamma qidirib
ketishga tayyor edi. Lekin ovchi kuyov miq etmas edi. U tildan qolganday turgan
joyida qotib qoldi.
–Yo tavba! Yo tavba! Bu qanday dahshat?! – dildan kuyganidan pichirlar edi
Aydana.
–Men aytyapman-ku! – dedi Arsen Somanchin. – Bularning hammasi opera
sahnasida ko‘rsatilsa-chi? Shunga yarasha musiqa, ovozlar bo‘lsa, sahna naqadar
hayajonli chiqar edi. Aya, o‘shandan so‘ng yanada dahshatli voqealar bo‘lib
o‘tgan.
Qarindosh-urug‘lar kelinni quvib topish uchun shosha-pisha tayyorlanar
ekanlar, ovchi kuyovni tezroq otga min deb zo‘rlasha boshladilar, jim turgan
kuyov birdan tilga kirdi. “Bas qilinglar, jim bo‘linglar! Men hech qayoqqa
42
bormayman! Mening shunday qarg‘ishga qolganim rost bo‘lsa, men ham o‘sha
yaramasni qarg‘ayman. Butkul odam zotini qarg‘ayman! Odam bo‘lgandan ko‘ra
hayvon bo‘lganim yaxshi, endi jo‘nab qolinglar. Dunyoda bironta odamni ko‘rgani
ko‘zim yo‘q va bundan buyon meni ham hech kim ko‘rmaydi. Eshitdilaringmi?
Ko‘zimdan yo‘qolinglar! Meni axtarmanglar!” Shunday dedi-da, otidan sakrab
tushdi va piyoda yurib tog‘dan oshib ketdi. Qarindosh-urug‘lari bu voqeadan so‘ng
turgan joylarida qotib qolishdi, lekin u nom-nishonsiz yo‘qoldi. Shundan so‘ng uni
hech kim ko‘rgan emas. (Ch.Aytmatov)
Do'stlaringiz bilan baham: |