7
Natijaviy signal s(t)=x(t)+u(t) radiosignalga aylantiriladi va radiokanal orqali
uzatiladi. Bu usul axborotni tasodifiysimon signal bilan yopish orqali uni uzatishni
ma’lum darajada yashirinlashi uchun axborot signali
u(t) quvvati yopuvchi signal
x(t) quvvatiga nisbatan ancha kichik bo‘lishi kerak. Bundan tashqari
tasodifiysimon yopuvchi signal
x(t) ning ko‘rsatkichlari uni ma’lum vaqt davomida
kuzatish natijasida aniqlanishi mumkin, shuning uchun bu usul axborotni yetarli
darajada yashirin uzatishni ta’minlash imkoniyatini bermaydi.
Tasodifiysimon signallardan foydalanib “1” va “0”
ni uzatishda ular turli
tasodifiysimon statistik ko‘rsatkichlari bir-biriga o‘xshash signallardan
foydalaniladi (2-rasm). Tasodifiysimon signallarni almashtirib (“1” va “0” ga mos
ravishda) axborot uzatish aloqa tizimi tasodifiysimon impulslar ketma-ketligidan
foydalanib radiokanal orqali uzatiladigan spektr kengligini kattalashtirish usuliga
qaraganda nisbatan yuqori yashirinlikni ta’minlashi bilan birga,
texnik jihatdan
nisbatan oson amalga oshirilishi mumkin. Bu usulning asosiy kamchiligi axborot
signali
u(t) qiymati o‘zgarganda qabullash qurilmasi tarkibiga kiruvchi
tasodifiysimon generatori uzatilgan
x(t) tasodifiysimon signal bilan sinxron ish
rejimiga kirishi kerak, bu esa ma’lum vaqt o‘tishini talab qiladi. Shuning uchun bu
aloqa turining axborot signalini uzatish tezligi nisbatan kichik va chastotalar
spektridan foydalanish samaradorligi
ham uncha katta emas, axborot signali
spektrining aloqa kanali polosasi kengligiga nisbati kichik.
2- rasm. Tasodifiysimon signallarni almashtirib axborot uzatish tizimi
Nochiziqli aralashtirish usulida (3-rasm) axborot signali
u(t) avtotebranish
tizimida murakkab tasodifiysimon ishlash holatini shakllantirishda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri qatnashadi. Avtotebranish tizimida axborot signali avtogenerator
shakllantirayotgan signal bilan nochiziqli bog‘lanishda aralashtiriladi. Axborot
signali
u(t) avtotebranish tizimining teskari
musbat aloqa zanjirida u
shakllantirayotgan signal bilan nochiziqli ravishda aralashtiralidi. Qabullash
qurilmasida tasodifiysimon generatori uzatish tomoni generatoriga mos
generatorning teskari aloqa zanjirining uzib unga ayiruvchini qo‘shish orqali
amalga oshiriladi. Xulosa qilib aytganda qabullash tomonida axborot signali
u(t)
ni ajratib olish uchun umumlashtiruvchi nochiziqli filtrdan uzatish tomonida
nochiziqli o‘zgartirishni amalga oshirish kabi amalga oshiriladi (3-rasm).
Ushbu
axborot uzatish tizimidan uzatish va qabullashda foydalaniladigan tasodifiysimon
signal generatorlari bir-biriga to‘liq o‘xshash bo‘lgan holda foydalanish mumkin.
To‘g‘ri va teskari (dual) nochiziqli o‘zgartirishga asoslangan tizimlarda
uzatkich axborot signali
u(t) kiritiladigan tasodifiysimon signal generatoridan
iborat.
8
3- rasm. Axborotni nochiziqli aralashtirish usulida uzatish tizimi
Qabullash qurilmasida uzatkichda bajarilgan amallarning teskarisi bajariladi,
teskari va to‘g‘ri nochiziqli o‘zgartirishlardan foydalanishga
asoslangan aloqa
tizimlari tasodifiysimon signallarni “1” va “0” ga mos ravishda almashtirishga
asoslangan aloqa tizimiga nisbatan yuqori tezlikda axborot uzatishni ta’minlaydi,
to‘g‘ri va teskari nochiziqli almashtirishga asoslangan aloqa tizimida
generatorlarning sinxron ishlash holati butun axborot uzatish davrida saqlanib
qoladi, axborot signali u
(t) bitlari “1” yoki “0” lar almashishida ham saqlanib
qoladi. Dual nochiziqli o‘zgartirishga asoslangan aloqa
tizimlaridan analog va
raqamli axborot signallarini uzatishda foydalanish mumkin.
Axborot uzatishning yana bir usuli chastotali fazaviy tizim yordamida
sozlashga asoslangan. Bunday tizimlarda uzatiladigan axborot u
(t) fazani nazorat
qiluvchi past chastotali tasodifiysimon signal o‘tuvchi zanjirga kiritiladi.
Fazani avtomatik sozlashga asoslangan aloqa tizimining afzalliklari
quyidagilardan iborat:
a) past chastotali tasodifiysimon tebranishlar signali spektri tizimda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytiriladi;
b) bunday aloqa tizimini radiodiapazonda
texnik amalga oshirishning
nisbatan osonligi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tasodifiysimon signallardan foydalanib
axborot uzatish hozirda asosan nazariy tomondan o‘rganilgan bo‘lib, axborotni
samarali uzatish aloqa tizimlari yaratilmagan. Ammo elektronika va raqamli
integral mikrosxemotexnikaning jadallik bilan rivojlanishi yaqin yillarda uni
axborot uzatish radiotexnik tizimlari safidan o‘z o‘rnini topishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: