Ўзбекистон республикаси ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш вазирлиги муҳаммад ал-хоразмий номидаги


MOBIL ALOQA TARMOQLARIDA TARMOQ FUNKSIYASINI



Download 7,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/260
Sana25.02.2022
Hajmi7,67 Mb.
#291106
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260
Bog'liq
2-qism-toplam-4-5-mart

MOBIL ALOQA TARMOQLARIDA TARMOQ FUNKSIYASINI 
VIRTUALLASHTIRISH TEXNOLOGIYASINI QO’LLASHNING 
AFZALLIKLARI VA USULLARI 
S.Sh.Sotvoldiyev (magistrant, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU) 
Bugungi kunda uyali aloqa tarmoqlari tomonidan ko’rsatiluvchi xizmatlar 
maxsus tarmoq qurilmalari va jihozlariga tayangan holda taqdim etiladi. Ushbu 
bog’liqlik tarmoqqa doir dasturiy ta’minotlarning ko’payib borishi va ularning 
yangilanish suratlari tezlashishi jarayonida mobil operatorlar uchun qator 
qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda. Tarmoqda yangilanishni olib borish va 
qo’shimcha xizmatlarni qo’shish ulkan moliyaviy harajatlarni talab etadi. Mobil 
tarmoqlarda yangi tarmoq xizmatlarini amalga oshirish talab etilganda qo’shimcha 



yoki yangi tarmoq qurilmalarini o’rnatish kerak bo’ladi va bu o’z navbatida vaqt 
talab etadigan va ma’lum xarajatlar asosida bo’ladigan jarayon hisoblanadi. 
Yuqorida aytib o’tilgan muammolarning asosiy yechimi sifatida hozirgi kunda 
mobil 
aloqa 
tarmoqlarini 
rivojlantirish 
sanoatida 
Tarmoq 
funksiyasini 
virtullashtirish (Network function virtualization-NFV) texnolgiyasani jorish qilish 
ko’rilmoqda. 
Umumiy olib qaralganda tarmoq funksiyasini virtualizatsiyalash barcha 
tarmoq qurilmalari amalga oshiradigan tarmoq xizmatlarini virtuallashtirishni 
nazarda tutadi. ETSI ta’rifi bo’yicha NFV - virtual qurilma abstraksiyasi 
texnologiyasidan foydlangan holda tarmoq infrastrukturasi funksional bloklarini 
ajratish prinsipi hisoblanadi. [ETSI (2013c)] [ETSI (2014a)] 
1-rasm. Ana’naviy tarmoq qurilmalari va tarmoq funksiyalarini 
virtualizatsiya qilish usuli. 
Tarmoq virtualizatsiyasi orqali ko’p sonli tarmoqlar bir xil qurilmaviy tarmoq 
elementi resusrlaridan birgalikda foydalanadi va bu tarmoq xizmatlarini qurilmaviy 
ta’minotdan ajralishiga olib keladi. 
NFV ning asosiy maqsadi sifatida dasturiy va qurilmaviy ta’minotlar 
orasidagi bog’likni ajratish va bu orqali tarmoq operatorlariga turli qurilmaviy va 
dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilari mahsulotlaridan birgalikda foydalanishga 
imkon yaratish, shuningdek tarmoq kengayuvchanligi va moslashuvchanligini 
oshirish hisoblanadi. 
Uyali aloqa tarmoqlari ikki asosiy qism yadro tarmog’i va radio kirish 
tarmoqlariga bo’linadi. Masalan LTE(Long Term Evolution) tarmog’ining yadro 
qismi HSS, MME, PGW, SGW kabi tarmoq elementlarini o’z ichiga oladi. 
2-rasm. LTE yadro tarmog’i elementlari 
LTE yadro tarmog’ida NFV joriy qilinganda yuqorida sanab o’tilgan tarmoq 
qurilmalari funksiyalari ma’lumotlar markazlari serverlarida virtuallashtirilariladi 
va natijada ushbu qurilmalarning virtual tarmoq funksiyalari hosil bo’ladi.
3-rasm. Virtualizatsiyalangan paketli yadro tarmog’i 


10 
Mobil tarmoq paketli yadro qismida virtualizatsiya texnologiyalarini 
qo’llashning ikkita asosiy arxitektural usuli mavjud: 
- To’liq virtualizatsiyalash: Bu usulda tarmoqning barcha boshqaruv va 
foydalanuvchi sathlari funksiyalari virtual mashinalarda virtuallashtiriladi va ishga 
tushiriladi; 
- Qisman virtualizatsiyalash: Bu usulda faqatgina boshqaruv sathi funksiyalari 
virtual mashinalarda virtualizatsiya qilinadi. Foydalanuvchi sathi ma’lumotlari 
yuqori samaradorlikka ega kommutatorlar orqali uzatiladi; 
Uyali 
aloqa 
tarmoqlari 
yadro 
qismi 
NFV 
texnologiyasi 
asosida 
loyihlanaganda tarmoq operatorlari uchun quyidagi afzalliklar hosil bo’ladi: 
- Dasturiy va qurilmaviy ta’minotlarning bog’liqligi bartaraf etilishi hisobiga 
tarmoq komponentlari narxlarining pasayishi; 
- Yangi tarmoq xizmatlarini joriy qilishning tezlashishi va yengilashishi; 
- Ma’lum dasturiy yoki qurilmaviy ta’minot ishlab chiqaruvchiga qaramlikni 
kamayishi; 
- Tarmoq monitoringini yaxshilanishi; 
- Tarmoq qurilmalari uchun energiya safining qisqarishi; 
- Tarmoqning moslashuvchanligi va yangilanishlarga moyilligi ortishi; 
- Tarmoqning kengayuvchanlik samaradorligi ortishi va egiluvchanlik 
hususiyati paydo bo’lishi; 
4-rasm. Mobil tarmoq paketli yadro qismida virtualizatsiya texnologiyalarini qo’llash usullari 
Uyali aloqa tarmog’ining radio kirish tarmog’ining asosini foydalanuvchi 
mobil telefoniga radio signallarni uzatuvchi va ulardan signallarni qabul qilib, 
qayta ishlab tarmoqning yadro qismi bilan aloqani ta’minlovchi aloqa stansiyasi 
tashkil qiladi. Taqsimlangan aloqa stansiyasiyalari ikki asosiy funksional qism 
BBU(Base Band Unit) va RRH/RRU(Remote Radio Head/Unit) larni o’z ichiga 
oladi.
5-rasm. Taqsimlangan aloqa stansiyasi umumiy strukturas 
Hozirgi kunda ko’plab mobil operatorlar o’zning Radio kirish tarmog’i 
infrastrukturasini kengaytirishda texnologiyalarning shiddat bilan yangilanib 
borishi va qurilma narxlarining ko’tarilib borishi hisobiga qator qiyinchiliklarga 
duch kelmoqdalar. Operatorlar uchun esa foydalanuvchilari talablarini qondirish, 
tarmoq qamrovini yaxshilash, ortib boruvhi tarmoq yuklamalarni kamaytirish 
jihatdan radio kirish tarmog’ini kengaytirish muhim hisoblanadi. Radio kirish 
tarmoqlarida virtualizatsiya texnologiyasini qo’llash BBU virtual maydonlarini 


11 
hosil qilishni nazarda tutadi va bu usul C-RAN(Cloud/Centralized Radio Access 
Network) bulutli radio kirish tarmog’i usuli yoki markazlashgan radio kirish 
tarmog’i usuli deb ataladi. C-RAN usulida markazlashgan virtual BBU maydonlari 
optik tolali kabellar orqali RRH/RRU qurilmalari bilan bog’lanadi va bu tarmoqni 
kengayuvchanligini oshiradi. 
2G, 3G, 4G tarmoqlar uchun bulutli va markazlashgan hisoblash yechimlarini 
ta’minlovchi bu usul arxitekturasi dastlab Hitoy mobil tadqiqiqotlar insituti 
tomonidan 2010 yil aprel oyida taklif etilgan.[5] 
6-rasm. Bulutli radio kirish tarmog’i umumiy strukturasi 
C-RAN usuli mobil opertorlarga quyidagi afzallik va imkoniyatlarni taqdim 
etadi: 
- Radio kirish tarmoqlari qurilmalarini sotib olishga ketadigan sarf xarajatlarni 
kamaytirish; 
- Radio kirish tarmoqlaridagi tarafik yuklamalarini muvozanatlashning 
markazlashgan boshqaruvi imkoniyati; 
- Kirish tarmoq sig’imi va xususiytalarini samarali boshqarish imkoniyati; 
- Enrgiya tejamkorlik; 
- Interferensiyani boshqarish va tarmoq qamrovini oshirishni yengillashtirish 
imkoniyati;
- Aloqa stansiyalarining qurilmalari turishi uchun maxsus xonalarga ehtiyoj 
qolmasligi; 

Har bir aloqa stansiyasi uchun alohida litsenziya talabi yo’qolishi;
Mobil aloqa tarmoqlarida tarmoq funksiyasini virtuallashtirish texnologiyasini 
joriy qilish keyingi avlod mobil aloqa tarmoqlarini qurishda asosiy usul hisoblanib, 
kelajak avlod tarmoqlarini rivojlantirishda ustuvor yo’nalish sifatida qabul 
qilinmoqda.

Download 7,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish