10. Yer aylanishining parametrlaridan foydalanib Quyosh massasini Yer massasi
birliklarida hisoblang.
11. Markaziy jism yo‘ldosigacha O‘rtacha masofa k marta, aylanish davri n
marta ortsa, xususan k=n bo‘lsa, markaziy jismning massasi qanday ozgarisi
kerak?
12. Yer quyosh atrofida hozirgidek davr bilan, lekin ikki barobar uzoqlikda
aylansa, Quyoshning massasi qanday bo‘lishi kerak? Bunda Mars va Saturnlarning
aylanish davrlari, agar ulargacha masofa o‘zgarmasdan qolsa, qanday o‘zgaradi?
Bu sayyoralarning hozirgi paytdagi aylanish davri mos ravishda 1,881 yil va 29,46
yilga teng.
13. Quyosh sirtida va uning sirtidan u va sakkiz Quyosh radiusiga teng
masofalarda aylanma va parobolik tezliklar nimaga teng? Quyosh massasi Yer
massasidan 333 000 marta ortiq, radiusi esa 109,1 Yer radiusiga teng.
14. Yer atrofida uning sirtidan yarim va ikki Yer radiusiga teng balandlikda
aylanma orbita bo‘ylab harakatlanayotgan sun’iy yo‘ldoshgning boshlang‘ich
tezligi va aylanish davrini aniqlang.
15. Oldingi masalani Mars va Yupiter sun’iy yo‘ldoshlari uchun hal qiling.
Massalari v radiuslari Yerniki bilan solishtirilgan : Mars – 0,107 va 0,553, Yupiter
– 318 va 10,9.
16. Aylanish davrlari
90
𝑚
, 150
𝑚
, 𝑣𝑎 3
ℎ
bo‘lgan sun’iy yo‘ldoshlar Yer
sirtidan qanday balandlikda va qanday tezlik bilan aylanma orbitalar bo‘ylab
harakatlanadi? Yer radius 6370 km ga teng, deb qabul qiling.
17. Yer ekvatori ustidan harakatsiz bir nuqtada osilib turadigan yo‘ldosh, ya’ni
statsionar yo‘ldoshning yer sirtidan balandligi va tezligini hisoblang.
18. Merkuriy va Venera atrofida sun’iy yo‘doshlar
2
ℎ
𝑣𝑎 8
ℎ
davr bilan aylanishi
uchun ularni qanday minimal balandlikka va qanday tezlik bilan ekssentrisiteti
0,100 va 0,600 bo‘lgan elliptik orbitaga olib chiqish zarur, sayyoralarning
massalari yerniki bilan solishtirilganda mos ravishda 0,055 va 0,815, radiuslari esa
2440 km va 6050km?
87
19. Agar < > orbital stansiyasi (1976 y. 22 iyunda orbitaga
chiqarilgan) 258 km dan 283 km gacha chegaraviy balandlikda, << Molniya -2>>
aloqa yo‘ldoshi (1973 y. 25 dekabrda orbitaga chiqarilgan) esa katta yarim o‘qi
27 030 km va apogey balanligi 40 860 kmli orbita bo‘ylab harakatlansa, ular
perigey va apogeyli yarim sharlarni qancha vaqtda uchib o‘tadi?
20. <> avtomatik sayyoralararo stansiya (1975 y. 25 oktabrda
Veneraning ikkinchi yo‘ldoshiga aylangan), shu kuni Venera sirtidan 1400 km dan
114 000 km gacha chegaraviy balandlikda 49
h
23
m
davr bilan sayyorani aylanib
chiqdi. Venera massasini, uning radiusini 6050 km ga teng, deb olib, hisoblang.
21. Insoniyat tarixida birinchi marta sobiq ittifoq qahramoni Yu.A.Gagarin <<
Vostok>> kosmik kemasida 1961 y. 12 aprelda, Yer sirtidan 181 km dan 327 km
gacha chegaraviy balandlikda Yer atrofida aylanib chiqdi. Kema orbitasining katta
yarim o‘qi va ekssentrisitetini, uning Yer trofida aylanib chiqish davrini, o‘rtacha
chegaraviy tezliklarini, shuningdek yo‘ldoshning perigey va apogey yarimsharlari
ustidan uchib o‘tish davomiyligini aniqlang.
22. Agar Marsning o‘rtacha geliosentrik masofasi 1,524 a.b. ga teng bo‘lsa,
kosmik kemani oddiy elliptik orbitasining katta yarim o‘qi va ekssentrisitetini,
Yerdan Marsgacha uchish davomiyligini va Yerdan uchirish tezligini aniqlang.
Yerning o‘rtacha orbital tezligi 29,8 km/s ga teng, deb qabul qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |