δ
va H ... ning
vaziyatini hisoblang. Bu chiziqlarning normal to‘lqin uzunliklari mos ravishda
4861, 4102 va 3730 Å.
7. β Ajdar va γ Ajdar yulduzlari ekliptikaning shimoliy qutbida joylashgan.
Birinchi yulduzning spektrida λ = 5168 Å va λ = 4384 Å bo‘lgan temir chiziqlari
binafsha uchga tomon 0,34 Å va 0,29 Å ga siljigan, ikkinchi yulduz spektriga esa
0,45 Å va 0,40 Å ga siljigan. Bu yulduzlarning nuriy tezliklarini aniqlang.
8. Kuzatuv o‘tkazilayotgan kechada Quyoshning ekliptik uzunlamasi Kanopus
(α Kil) yulduzining ekliptik uzunlamasiga yaqin bo‘lib, yulduz spektrogrammasida
E(5270 Å) va G(4326 Å) temirning yutish chiziqlari spektrogrammaning birinchi
uchastkasida 20 Å /mm dispersiyada va ikkinchi uchastkada 15 Å /mm dispersiyada
140
qizil uchga tomon mos ravishda 0,018 mm va 0,020 mm ga siljigan bo‘lsa,
Kanopus yulduzining nuriy tezligini aniqlang.
9. Vega (α Lira) yulduzining spektrini rasmga tushirayotgan kechada uning
ekliptik uzunlamasi Quyosh ekliptik uzunlamasidan 180° ga farq qilib, H
β
(4861
Å) va H
γ
(4102 Å) vodorodning yutish chiziqlari, bu chiziqlar joylashgan
uchastkalardagi dispersiyalar 10 Å /mm va 5 Å /mm bo‘lganda spektrogrammaning
binafsha rang uchiga tomon mos ravishda 0,025 mm va 0,0380 mm ga siljigan
bo‘lsa, Vega yulduzining nuriy tezligini toping.
10. Qanday shartlarda yulduzlarning nuriy tezligini Quyoshga keltirish
tuzatmasi nolga teng va qanday shartlarda uning absolyut qiymati eng katta
bo‘ladi?
11. Jadvalda berilgan ma’lumotlar bo‘yicha yulduzlarning tangensial tezligining
pozitsion burchagini hisoblang.
Yulduz
Og‘ish
Yillik parallaksi
O‘ziga xos xarakat
komkomponentlari
O‘ziga xos xarakat
komponentalari
𝛼
𝛿
𝛼Egizaklar
+32°00'
0”, 072
-0
c
,0130
-0
n
,110
𝛾 Egizaklar
+16
°27
0,031
+0,0033
-0,046
𝜌 Egizaklar
+31
° 53
0,059
+0,0121
+0,154
𝛽 Tozilar
+41
°38
0,108
-0,0629
+0,284
12. Yulduzlarning parallaks va xususiy harakatlari ularning nomlaridan keyin
berilgan: Altair (α Burgut) O
",198 va 0",658; Spika (α Sunbula) 0",021 va 0",054
va ε - Xindiy 0", 285 va 4",69 . Bu yulduzlarning tangensial tezligini hisoblang.
13. Oldingi masaladagi yulduzlarning ekvatorial koordinatalariga ko‘ra o‘ziga
xos harakatlarining komponentalarini toping. Har bir yulduzning xususiy
harakatining pozitsion burchagi va og‘ishi uning nomlaridan keyin berilgan: Altair
54°,4 va +8°44' , va Spika 229°, 5 va -10°54' va 𝜀 - Xindiy 123°0 va -57°00'.
14. Axernar yulduzi (α Eridan)ning nuriy tezligi +19 km/sek ga, yillik parallaksi
0",032 ga va o‘ziga xos harakati 0",098 ga teng, Deneb ( α Oqqush) yulduzining
xuddi shunday kattaliklari mos ravishda — 5 km/sek, 0",004 va 0",003 ga teng. Bu
yulduzlarning fazoviy tezligining qiymati va yo‘nalishini toping.
15. Prosion yulduzi (α Kichik It) spektrida to‘lqin uzunligi 5168 Å va 4326 Å ga
teng bo‘lgan temirning yutish chizig‘i (Yer tezligini xisobga olganda) binafsha
uchiga tomon mos ravishda 0,052 Å va 0,043 Å ga siljigan. Yulduzning o‘ziga xos
harakatining komponentalari: to‘g‘ri chiqish bo‘yicha -0
s
,0473, og‘ish bo‘yicha
1",032 ga teng, uning parallaksi 0",288. Og‘ishi +5°29' ga teng bo‘lgan
Prosionning fazoviy tezligini va yo‘nalishini toping.
16. Kapella yulduzining (α Aravakash) spektrogrammasida to‘lqin uzunligi
4958 Å va 4308 Å ga, bu oraliqlarda dispersiyasi mos ravishda 50 Å /mm va 44 Å
141
/mm ga teng bo‘lgan temirning yutish chizigi qizil uchga tomon 0,015 mm ga
siljigan. Yulduzning og‘ishi +45°58' ekliptik uzunlamasi 81°10', ekliptik
kenglamasi +22°52' parallaks 0",73, o‘ziga xos xarakat komponentalari +0
s
,0083
va -0',427 kuzatuv o‘tqazilayotgan kechada Quyoshning ekliptik uzunlamasi
46°18'. Yulduzning fazoviy tezligi kattaligini va yo‘nalishini toping.
17. Hozirgi davrda Vega yulduzining (α Lira) ravshanligi +0
m
,14; o‘ziga xos
xarakati 0",345, parallaksi 0",123; nuriy tezligi 14 km/sek. Veganing Quyosh bilan
eng yaxshi yakinlashish davrini va undagi masofani o‘ziga xos xarakatini,
tangensial tezligi va yulduzning ravshanligini toping.
18. Oldingi masalani hozirgi davrda vizual ravshanligi +0
m
,06; o‘ziga xos
harakati 3",674; parallaksi 0"751 va nuriy tezligi 25 km/s bo‘lgan Toliman yulduzi
(α Stentavr) uchun yeching. Bu kattaliklar 10 ming yil avval qanday bo‘lgan va
eng yaqin joylashgan davrdan 10 ming yil keyin qanday bo‘ladi?
19. Uzoq galaktika va kvazarlar spektrida chiziqlarning qizil uchga tomon
siljishi (qizil siljish) kuzatiladi. Agarda bu hodisani Doppler effekti sifatida taxlil
qilsak, bu ob’ektlar spektr chiziqlarning 0,1; 0,5 va 2 ga teng to‘lqin uzunliklarida
qizilga siljishda qanday nuriy tezlikka ega bo‘ladi?
20. Oldingi masala berilishlariga ko‘ra Xabbl doimiysini 70 km/sek Mps deb
qabul qilib o‘sha ob’ektlar (uzoq galaktikalar va kvazarlar)ning ikki kosmologik
modeldagi masofalarini hisoblang.
Do'stlaringiz bilan baham: |