Toshkent moliya instituti d. Tojiboeva iqtisodiyot


- §. Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 1,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/41
Sana07.12.2019
Hajmi1,81 Mb.
#28806
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi 3e87e-разблокирован


3- §. Taklif va unga ta’sir etuvchi omillar. 
Taklif elastikligi
 
 
Taklif bozor iqtisodiyotining muhim kategoriyasi bo’lib, talab bilan chambarchas bog’liq. 
Taklif talab bilan qarama-qarshi turadi. Bozorda talab xaridor tarzida namoyon bo’lsa, unga 
qarama-qarshi sotuvchi o’z taklifi bilan turadi. Taklif bu bozorda mavjud yoki bozorga olib 
kelinishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar yig’indisidir. Taklif ishlab chiqarish bilan 
aniqlansa-da, aynan uning o’zi emas. Tovarlar taklifi yaratilgan mahsulotlar miqdoriga teng 
bo’lmasligi mumkin, ya’ni tovarlarni taklif qilish va ne’matlar ishlab chiqarish hajmlari bir xil 
bo’lmasligi mumkin. Yaratilgan mahsulotni faqat bozorga chiqariladigan qismi tovar deyiladi, 
uning bozorga chiqarilmaydigan qismi taklifni yuzaga keltirmaydi. Masalan, fermer, jamoa, 
dehqon xo’jaliklari etishtirgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining bir qismini o’zi iste’mol qiladi. 
Masalan, etishtirgan kartoshkasining bir qismini o’zi iste’mol qiladi, urug’likka ishlatadi va 
hokazo. Agar shu maqsadlarga jami etishtirilgan kartoshkaning 20% i sarflansa, 80%i tovar 
bo’lib sotiladi, ya’ni taklifni yuzaga keltiradi. Undan tash-qari, agar uni bir qismi chirishi 
mumkinligini hisobga olsak, yana ham kam bo’ladi. 
Rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida taklif talab bilan muvofiqlashgan yoki talabga 
nisbatan ko’p bo’ladi. Bu o’z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida raqobat kurashini 
kuchaytiradi. 
Taklif qilingan tovar miqdoriga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Taklifga eng avvalo, narx 
ta’sir qiladi. Talabni o’rganganimizda boshqa omillarni o’zgarmaydi deb narxni o’zgarishi 
talabni o’zgarishiga qanday ta’sir etishini ko’rib chiqdik. Endi xuddi shunday tarzda taklifni 
ko’rib chiqaylik. Xuddi talab kabi taklifni ham xususiy va umumiy takliflarga ajratish mumkin. 
Dastlab, tovar narxi o’zgarganda ayrim sotuvchi qanday ish tutishini ko’rib chiqaylik. 
Bir kg tovar narxi 100 so’m bo’lsa, taklif 10 kg, narx 120 ga ko’tarilsa 12 kg va hokazo 
tarzida taklif etiladi. Ana shu narx bilan miqdor o’rtasidagi bog’lanishni shartli ma’lumotlarimiz 
asosida grafikka o’tkazamiz. Nuqtalarni birlashtirsak taklif egri chizig’i hosil bo’ladi. Bu egri 
chiziq taklif qilingan tovar va xizmatlar miqdori bilan ularning narx o’rtasidagi bog’lanishini 
ko’rsatadi. Tovar uchun narx qancha yuqori bo’lsa, bozorga ishlab chiqaruvchilar tomonidan shu 
tovarni shuncha ko’p miqdorda taklif etiladi, negaki tovar sotuvchi olayotgan puli (tushumi) 
tovarning narxi oshishi bilan ko’payib boradi. Bu holat ularni mavjud tovar ishlab chiqarish 
hajmini o’stirishga undaydi. Demak, narxni o’sishi taklifni o’sishiga, pasayishi taklifni 
pasayishiga olib keladi. Bu matematik nuqtai nazardan to’g’ri proportsional bog’lanishdir. Mana 
shu bog’lanish, ya’ni narxni ortishi taklifni ham ortishiga, aksincha pasayishi taklifni ham 
pasayishiga olib kelishi taklif qonuni deb ataladi.  
Albatta, taklifni ko’payishi xarajatlarni ham ko’paytiradi. Agar qo’shimcha tovarlarni 
sotishdan tushgan daromad (tushum) ularni ishlab chiqarish va bozorga keltirish xarajatlarini 
qoplamaydigan bo’lsa, narx oshishiga qaramay, taklif ko’paymaydi. Boshqa tomondan, agar 
narx pasaygan holda ishlab chiqarish va sotish 
 
  
 
 
  
xarajatlari yanada ko’proq 
kamaysa, unda tovarni taklif qilish 
ko’-payishi mumkin. Ayrim bir 
tadbirkor faoliyatiga to’g’ri 
keladigan taklif qonuni jami 
tadbirkorlar, biznesmenlar 
faoliyatiga nisbatan ham o’z kuchini 
saqlab qoladi. Shu sababli jami taklif 
asosan xususiy takliflarga oid omillarning amal qilishiga bo’ysunadi. Narx osha boshlasa, uni 
ishlab chiqarishga shuncha ko’p tadbirkorlar jalb etiladi. Natijada taklif qilinadigan tovarlarning 
miqdori ancha ko’payadi. Agar narx yanada oshib boraversa, payti kelib «narxlar tushishi» 
R, narx 
Q, taklif 
100 
120 
150 
180 
200 

12 
15 
20 
25 

 
 
boshlanadi. Ishlab chiqarishni kengaytirishning zarurati tugaydi va ishlab chiqarilgan tovar 
miqdori ma’lum darajada narxga bog’liq bo’lmagan ravishda barqarorlashadi. 
Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga nafaqat uning narxi, balki boshqa qator omillar 
ham ta’sir qiladi. 
1.Ishlab chiqarishda ishlatiladigan tovarlar va xizmatlar narxining o’zgarishi. 
Agarda muayyan tovarni ishlab chiqarish uchun sarf qilinayotgan xarajatlarni kamaytirishga 
erishilsa, bunday tovarlar bozorga ko’plab chiqariladi. 
Ularga ham o’z navbatida, qator omillar ta’sir etadi: 
a) resurslar narxi. Resurslar narxining pasayishi xarajatlarni kamaytirib, tovar ishlab 
chiqarishni ko’paytirishga olib keladi. Taklif ko’payadi. Natijada urug’likning va o’g’itning, 
yonilg’ining narxi pasaysa (ob-havo qulay bo’lib) kartoshkaga bo’lgan taklifning ortishini kutish 
mumkin. Temir rudasi, kokslanadigan ko’-mirning narxi pasayishi po’lat ishlab chiqarishni 
ko’paytirishi mumkin. Bu o’z navbatida taklifni ko’paytiradi. Aksincha, resurslarning narxi 
ortsa, po’lat ishlab chiqarishni qisqartirib, taklifni kamayishiga olib keladi; 
b) ishlab chiqarish texnologiyasi. Avvalgisiga nisbatan takomillashgan texnologiya 
mehnat unumini oshiradi. Tovarlar va xizmatlar sifatini yaxshilaydi hamda resurslarni tejash 
imkonini beradi. Bularning hammasi sarf-xarajatni kamaytirib, mahsulotni ko’paytirishga olib 
keladi. Bu tovar taklifini ko’paytiradi; 
v) soliqlar va subsidiyalar. Daromadga, mol-mulkka, resurslarga, xarajatlarga 
qo’shiladigan soliqlarning ortishi xarajatlarni ko’paytiradi. Taklifning qisqarishiga olib keladi. 
Aksincha, biror tovar ishlab chiqarishga subsidiya imtiyozlari berilsa u xarajatlarning bir qismini 
qoplab, tadbirkor uchun ularni umumiy miqdorini pasaytiradi va tovar taklifini ko’paytiradi. 
2.Boshqa tovarlar narxi. Boshqa tovarlar narxining o’zgarishi ham taklifni o’zgarishiga 
olib keladi. Bug’doy narxining pasayishi fermerni ko’proq jo’xori etishtirishga undashi yoki 
aksincha, bug’doy narxining oshishi jo’xoriga bo’lgan taklifning qisqarishiga olib kelishi 
mumkin. 
3.Narx oshish ehtimoli. Kelajakda mahsulot narxining o’zgarish ehtimoli ham mahsulot 
ishlab chiqarishga ta’sir etishi mumkin. Fermerlar joriy yil hosilini bozorga chiqarishni narx 
oshish ehtimolini kutib to’xtatib turishi mumkin. Bu joriy taklifning qisqarishini keltirib 
chiqaradi. Ayniqsa, qayta ishlov beradigan sanoatning ko’p tarmoqlarida narx oshishi ehtimoli 
firmalarni ishlab chiqarish quvvatini oshirishga undaydi va bu taklif ko’payishiga sabab bo’ladi. 
4.Tovar ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar soni. Muayyan turdagi tovar ishlab 
chiqaruvchilar qanchalik ko’p bo’lsa, taklif qilinadigan tovarlar miqdori shunchalik ko’p bo’ladi. 
Tarmoqdagi firmalar soni ortib borishi taklifni ko’paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish 
ko’payadi. 
5.Foyda olishning boshqa manbai mavjudligi. Agarda muayyan tovar ishlab 
chiqarishga qaraganda boshqa tarmoq sohalarida ko’proq foyda olish mumkin bo’lsa, ishlab 
chiqarish xizmat ko’rsatishga o’tishlari mumkin. Bu o’z navbatida shu turdagi tovarlar, xizmatlar 
taklifini ko’paytiradi. 
6.Fan-texnika sohasida qilingan ixtirolar va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish. 
Ixtirolar bir tomondan umuman yangi tovarlar, xizmat ko’rsatish turlari taklifini vujudga 
keltirishi, ikkinchi tomondan, mavjudlarini ishlab chiqarishda tub o’zgarishlar qilishi mumkin. 
Bular ham taklifni o’zgarishiga ta’sir qiladi. 
7.Ishlab chiqarilgan mahsulotning tovarlik darajasi, bozorga etkazib berish. 
Pomidor yoki baliqni olsak achitmay, chiritmay, yo’qotmay, sifatini buzmay bozorga etkazish 
ham taklifga ta’sir etadi. 
8.Tashqi savdo. Taklifga tashqi savdo ham katta ta’sir ko’rsatadi. Mamlakatimizda ishlab 
chiqarilgan yoki kam ishlab chiqarilgan mahsulotlarni chetdan xarid qilish yoki aksincha, 
daromad topish uchun chetga chiqarish mumkin. Buning natijasida taklif ko’payishi yoki 
aksincha, kamayishi mumkin. Eksport ichki bozorda tovar taklifini qisqartirsa, import uni 
ko’paytiradi. Bundan tashqari, yana qator omillarni sanab o’tish mumkinki, ular ham taklifning 
o’zgarishiga ta’sir etadi. 

 
 
Taklifning o’zgarishiga ta’sir qiluvchi bir yoki bir necha omil (determinant)larni 
o’zgarishi xuddi talab egri chizig’ini o’rnini o’zgarishiga o’xshab butun shkalani, o’z nav-batida, 
butun taklif egri chizig’ini ham siljishiga olib keladi. 
Taklif miqdori va taklifni o’zgarishini quyidagi chizmada ko’rish mumkin. 
Shuni eslatib o’tish joizki, ayrim tovarlarga taklif o’zgarmaydi. Masalan, noyob san’at 
asarlari: Behzod miniatyuralari, Leonardo da Vinchi rasmlari, Mikelandjelo haykallari kabilar. 
Ijodiy kasb sohiblari — shoirlar, rassomlar, musiqachilar mehnati mahsulini taklif qilish ham 
noo’zgaruvchan hisoblanadi. Deh-qonchilik qilishga yaroqli erlar miqdorining cheklanganligi 
tufayli uni taklif qilishni oshirib bo’lmaydi. 
O’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, iqtisodiy resurslarga talab va taklifni 
birgalikda alohida ko’rib chiqamiz. Iqtisodiy resurslarga talab ham tovarlarga bo’lgani kabi 
shakllanadi. Lekin, iqtisodiy resurslarga talab birinchi navbatda shu resurslarni qo’llagan holda 
ishlab chiqariladigan tovarlarga bo’lgan talabga bog’liq. Masalan, stanok ishlab chiqarish 
kengaysa, resurs bo’lmish metallga talab ortadi. 
Iqtisodiy resurslarga talabning o’zgaruvchanligi uch omil bilan belgilanadi: 
a) pirovard mahsulotga talabning o’zgarishi; 
b) resurslar o’rnini almashtirish. Bir resurs narxi oshganda o’rniga boshqasini qo’llash. 
Masalan, gaz o’rniga ko’mir, benzin o’rniga dizel yonilg’isi yoki umuman resurs tejaydigan 
texnologiya modellarini ishlab chiqarishga undaydi; 
v)umumiy sarf-xarajatlarda har bir resurs hissasi. Resursga talab o’zgaruvchanligi, 
tayyor mahsulot ishlab chiqarish sarf-xarajatlarida uning hissasi qancha ekanligiga bog’liq. 
Ishlab chiqarishning umumiy xarajatlari tarkibidagi bir resurs boshqa resurslarga nisbatan 
taqqoslanganda katta hissa egallasa, ayni shu resurs narxining oshishi xarajatlarni ko’paytiradi. 
Masalan, poyabzal tikadigan firma xarajatida charm xarajati 50%, bo’yoq xarajati 10% bo’lsin. 
Charm narxini 10% oshishi narxni 5% ortishiga olib keladi. Bo’yoq 10% ga oshsa, narx 1% ga 
ortadi. 
Bu o’z navbatida talabning ham shu darajada pasayishiga olib kelishi mumkin. 
Iqtisodiy resurslar taklifi. Resurslarning jami taklifi muayyan bir davrda tamoman aniq 
bo’ladi. Masalan, ma’lum bir yilda ish kuchi «A» mln kishi, sug’oriladigan er «B» mln ga va 
hokazo. Respublikamizda qidirib topilgan gaz zaxiralari 2 trillion kubometr, ko’mir 2 mlrd 
tonna, 4,28 mln ga sug’oriladigan er maydoni mavjud. Albatta, resurslar miqdori keskin 
bo’lmasa-da, o’zgarishlarga uchraydi. Shubhasiz, ko’plab tabiiy resurslar cheklangan. Biroq, bu 
bilan ular qat’iy, o’zgarmas degan ma’no bermaydi. Yangi konlar qidirib topilib ishga solinadi. 
Respublikamizda 900 dan ortiq kon qidirib topilgan bo’lib, ularning tasdiqlangan zaxiralari 970 
mlrd AQSh dollarini tashkil etadi. Shu bilan birga umumiy mineral xom ashyo potentsiali 3,3 
trillion AQSh dollaridan ortiq baholanmoqda. Demak, ular ishga tushirilgach taklif ham 
o’zgaradi. Erning taklifini ham irrigatsiya, melioratsiya va boshqa tadbirlar bilan ko’paytirish 
mumkin. 
Mehnat resurslari ham cheklangan bo’lsa-da, qator omillar tufayli o’zgaradi. Mehnat 
taklifini aholining mehnatga layoqatli qismi cheklaydi. Ammo ish haqi, ish kuni, ish haftasi 
uzunligi, mehnat sharoiti va boshqalarga qarab mehnat taklifi ham o’zgaradi. 
Shunday qilib, resurslar taklifini ko’paytirish mumkin. Lekin ma’lum bir davr mobaynida 
mavjud imkoniyat darajasida resurslar doimo cheklangan. Resurslar taklifini ehtiyojlar o’sishiga 
ko’ra ko’paytirib bo’lmaydi. 
 Taklif elas - Iqtisodchilar iqtisodiy nazariyaga talab tikligi  elastikligi kabi taklif 
elastikligi tushunchasini ham kiritishgan. U tovar miqdorining o’zgarishi raqobatli narxlarning 
qanday o’zgarishiga olib kelishini ko’rsatadi. Talab elastikligi narxning tebranishiga xaridorning 
reaktsiyasini ko’rsatsa, taklif elastikligi esa ishlab chiqaruvchining reaktsiya-sini ko’rsatadi. U 
taklif miqdorining nisbiy o’zgarishi narxning nisbiy o’zgarishiga nisbati sifatida hisoblanadi. 
 
 ES = Q1 : P1 ; yoki Q1 ; Q0 ; yoki Q o’zgarish foizi;  
 Q0 P0 P1 ; P0 P o’zgarish foizi  

 
 
  
 
  
Masalan, muzqaymoq 100 so’m bo’lsa, taklifi 25 dona deylik. Uning narxi 150 
so’mgacha ko’tarildi, lekin taklif 25 donadan ortmadi. U holda taklif elastikligi 25/25: 150/100 = 
1/1,5 = 0,66; E=0,66; Bunday taklif noelastik taklif bo’ladi. 
 Muzqaymoqning narxi ko’tarilib 200 so’m bo’lsa, bozorga endi 50 dona keltirilsa, 50/25: 
200/100 = 2/2 = 1; E=1; Taklif yagona elastik. 
 Agarda muzqaymoq narxi 150 so’mga ko’tarilib, sotishga 75 dona keltirilsa, E>1 bo’ladi. 
Chunki: 75/50 : 150/100 = 3/1,5 = 2; E= 2; Taklif elastik. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 Agar taklif narxning har qanday o’zgarishidan qat’i nazar o’zgarmasa qat’iy elastik taklif 
bo’ladi. Asosan, noyob buyumlar taklifi elastikligi shunday bo’ladi.  
Taklif elastikligi talab elastikligiga o’xshab umumiy tushum bo’yicha hisoblanmaydi. 
Sababi narx bilan taklif o’rtasidagi bog’lanish to’g’ri proportsional bo’lgani uchun taklifning 
elastik yoki noe-lastiklik darajasidan qat’i nazar narx bilan umumiy tushum (daromad) bir 
yo’nalishda bo’ladi. 
Agarda narxning ozgina o’zgarishi uni qimmatlashuvi yoki arzonlashuvi taklifni haddan 
ziyod ko’payishiga yoki aksincha, qisqarishiga olib kelsa, bunday taklif absolyut elastik taklif 
bo’ladi. 
Har ikkisining o’rtasida, ya’ni qat’iy elastik taklif bilan absolyut elastik taklif o’rtasida 
tutgan o’rniga qarab, taklif elastik yoki noelastik bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti birdan qancha 
kichik bo’lishiga ko’ra noelastik taklif qat’iy elastiklik tomon, aksincha, birdan qancha katta 
bo’lsa, elastiklik yuqori bo’lib, absolyut elastiklikka yaqinlasha boradi. Uni yuqoridagi 
misolimiz asosida grafikda tasvirlasak yuqoridagi ko’rinishda bo’ladi. 
Taklif elastikligiga ta’sir qiladigan eng muhim omil bu vaqt omilidir. U ishlab 
chiqaruvchilarni narx o’zgarishiga moslashish imkonini beradi. 
Vaqt omili. Ishlab chiqaruvchi narxlarni o’zgarishiga tezda moslashish imkoniyatiga ega 
emas. Buning uchun ma’lum vaqt kerak. Sabab, asbob-uskuna, xom ashyo, qo’shimcha ish kuchi 
yoki aksincha, ishchilarni bo’shatib, bank kreditlarini to’lash kerak. Shunday vaziyat ham 
bo’ladiki, taklif noelastik. Unda talabning o’sishi taklif o’sishiga emas, narx o’sishiga — 
inflyatsiyaga olib keladi. 
 
 
 
 
 
 
E<1 
            E=1 
 
            E>1 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Vaqt omilini taklif elastikligiga ta’sirini tahlil etar ekanmiz, ko’p iqtisodchilar e’tiborni 
eng qisqa bozor davri, qisqa va o’rta davrlar o’rtasidagi farqqa qaratish zarurligini ta’kidlashadi: 
a) nihoyatda qisqa bozor davri. Bu shunday muddatki, bunda ishlab chiqaruvchilar 
talab va narxlarni o’zgarishiga, reaktsiya qi-lishga ulgurmaydi. Masalan, dehqon — fermer 
bozorga bir mashina pomidor olib keldi. Bu uning bir yillik hosili. Uning uchun taklif tamomila 
noelastik. U narxning qanday bo’lishidan qat’i nazar arzonmi, qimmatmi sotadi. Agarda 
kutganidan qimmatroq bo’lsa ham bozorga qo’shimcha pomidor olib kela olmaydi. Chunki, bir 
kechada pomidor 
o’stirib bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan uni kutganidan past, arzon bo’l-sa ham, olib kelgan 
pomidorini sotadi. Chunki, achisa umuman hech narsa ololmaydi. Bu faqat bir fermer emas, 
boshqalarga ham tegishli. Chunki, bozordagi talabga qarab taklifni ko’paytirish uchun vaqt yo’q. 
Narxning o’sishi faqat iste’molni nor-mallashtiradi. 
Lekin uni ishlab chiqarishni ko’paytirmaydi; 
b)  qisqa muddatli davr. Bu davr mobaynida 
alohida ishlab chiqaruvchilar va umuman butun 
tarmoqning quvvati o’zgarmaydi. Lekin, korxona o’z 
quvvatini intensiv tarzda ishga solishi uchun etarli vaqtga 
ega. Misolimizdagi fermer intensiv uslublardan 
foydalanib, erga qo’shimcha o’g’it-pestitsid, mehnat 
sarflab, suv quyib pomidor hosildorligini oshi-rib, 
evaziga taklifni ko’paytirishi mumkin. Natijada 
nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda taklif ortadi. 
Lekin narx nihoyatda qisqa muddatli davrga qaraganda 
pastroq bo’ladi;  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
S – taklif (supply) 
D – talab (demand) 
Nihoyatda qisqa muddatly davr 
S
D
2
 
D
1
 
P
Q
Qisqa muddatli davr
 
S

 
 
S


 
 
 
 
v) uzoq muddatli davr. Bunda firmalar bozordagi vaziyatga moslashishlari uchun vaqt 
etarli. Ayrim firmalar o’z quvvatini kengaytirishi, oshirishi, yangi firmalar tarmoq tarkibiga 
kirishi, ayrimlari chiqib ketishi mumkin. Misolimizdagi fermerimiz pomidor etishtirish uchun 
qo’shimcha er uchastkasi, mashina, uskuna va boshqalarni jalb qilib pomidor taklifini 
ko’paytiradi. Undan tashqari, boshqa fermerlar pomidor etishtirishni ko’paytiradi. U holda taklif 
yanada elastik bo’ladi.  
 
 Uzok muddatli taklif davri Q 
 Taklif  elastikligiga vaqtdan tashqari tovarlarni u z o q s a q- l a sh mumkinligi hamda 
saqlash sarf-xarajatlari ta’sir qiladi. Uzoq muddat saqlab bo’lmaydigan tovarlarning taklif 
elastikligi past bo’ladi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari, qayta ishlanmagan qishloq xo’jalik 
mahsulotlari. 
 I sh l a b ch i q a r i sh j a r a yo n i x u s u s i ya t l a r i ham katta rol o’ynaydi. Agar 
korxona, firma, umuman tovar ishlab chiqaruvchilar narx ko’tarilishi bilan shu turdagi xaridorgir 
mollarni ishlab chiqarishni ko’paytirish, narx tushib ketsa boshqa mahsulot ishlab chiqarish 
imkoniyatiga ega bo’lsa, tovarlar taklifi elastik bo’ladi. Masalan, kostyum-shim deylik. Talab 
oshsa korxonada qo’shimcha ish smenasi tashkil etib, kostyum-shim tikishni ko’paytirish 
mumkin yoki aksincha. 
 Taklif elastikligi ahamiyati talab elastikligiga qaraganda ikkinchi darajali ko’rsatkich. 
Talab elastikligining ustunligi shundaki, u umumiy tushgan daromad (tushum) qanday 
o’zgarishini ko’rsatadi, lekin taklif elastikligi ham muhim bir faktni, unda vaqt omili asosiy rol 
o’ynashini, qisqa muddatga qaraganda, nisbatan yuqori narxga hamma o’rganib bo’lgach, uzoq 
muddatli bozor davrida taklif elastikligi yuqori bo’lishini ko’rsatadi. Shunday qilib, talab va 
taklifning o’zgarishi narxning o’zgarishiga, o’z navbatida narxning o’zgarishi talab va taklifning 
o’zgarishiga olib keladi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu bog’lanish talab va taklif qonunida 
ifodalanadi. 
 Talab va taklif qonunining amal qilishi asosida bozorda narx shakllanadi: 
 — u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish rag’batlantiriladi; 
 — mamlakat miqyosida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini taqsimlashga, ishlab 
chiqarish strukturasini shakllanishi va o’zgarishiga olib keladi; 
 — tovar sifatini qanday bo’lishini belgilaydi, uning sifati ustidan nazorat qiladi; 
 
— talab va taklifni faqat miqdoran emas, balki tarkibi jihatidan ham bir-biriga 
moslashtiradi. 
 Talab va taklif bozorda xaridor va sotuvchi tarzida uchrashar ekan, ularning bog’lanishi 
narx orqali amalga oshadi. Talab va taklifning mos kelishi bozor iqtisodiyotining eng muhim 
talabidir, chunki faqat shunday sharoitda iqtisodiy o’sish yuz beradi. 
 

 
 
4- §. Talab va taklif, bozor muvozanati 
 
 Ma’lumki, har bir xaridor muayyan pul summasi evaziga ko’p-roq va sifatli tovar olishni, 
ko’proq naf ko’rishni o’ylaydi, ya’ni mumkin qadar arzon sotib olishga intiladi. Sotuvchi esa 
bunga teskari maqsad, mumkin qadar qimmat sotishga intiladi. U tovar ishlab chiqarish uchun 
qilgan xarajatlarini qoplab, ma’lum miqdorda foyda olishni o’ylaydi. 
 Shu sababli, bozorda sotuvchi narxi va xaridor narxi mavjud bo’ladi. Biroq, sotib olish va 
sotishdan iborat har qanday aniq faoliyat sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi bitim natijasi 
bo’lmish bitta narx bo’yicha amalga oshiriladi. Buni qanday amalga oshirishni quyidagi jadval 
yordamida ko’rish mumkin. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, talab va taklifning narxga 
bog’liqligini ifodalovchi ma’lumotlarni jadvalda keltiramiz.  
 
1-birlik tovarning 
narxi, R 
Shu tovarga  
talab, D 
Shu tovarga  
taklif, S 
Talab va taklifning 
fark kilishi 
100 
120 
150 
180 
200 
25 
20 
15 
12 


12 
15 
20 
25 
17 


-8 
-17 
 Jadvaldan ko’rinadiki, tovar narxi 150 so’m bo’lgandagina talab bilan taklif miqdori teng. 
Narx ortgan sari talab kamayib taklif ortib boryapti, narx pasayishiga qarab talab ortib, taklif 
kamayib boryapti. Buning natijasida bozorda shu tovarga bo’lgan talab va taklif asosida narxga 
tazyiq o’tkaziladi. Narx 100 so’m bo’lganda, talab 25 birlik, taklif 8 birlik. Talab 7 birlik ortiq, 
aksincha narx 200 birlik bo’lganda taklif 25, talab esa 8, bozorda 17 birlik tovar ortiqcha. Bu 
nimaga olib keladi? Qandaydir favqulodda hodisa yuz bermasa 8 birlik tovar sotilganidan so’ng 
qolganini narxini tushira boradi, bo’lmasa sotilmay qoladi. Narxga yuqoridan tazyiq 
o’tkaziladi.  Shunga o’xshash talabning oshib ketishi narxga quyidan tazyiq o’tkazadi. Talab 
ko’pligi, taklif qilingan tovar etishmasligi 
tufayli narx o’sib boradi.  
 
Agar narx 150 so’m bo’lsa, talab 
qilingan, ya’ni xaridor sotib oladigan tovar 
miqdori bilan taklif qilingan tovar miqdori teng 
bo’ladi. Bu talab bilan taklifning muvozanati 
deyiladi. Bozorda taklif qilingan tovar miqdori 
bilan talab miqdori teng bo’lgan sharoitdagi 
narx  muvozanat narxi deyiladi. Shu narx 
bo’lgani holda talab qilingan tovar hajmi 
miqdoriy muvozanatni bildiradi. 
 Talab va taklifning muvozanatini tahlil 
qilishda asrimizning yirik iqtisodchisi, Kembrij 
maktabi namoyandasi Alfred Marshall (1842— 
1924) katta rol o’ynagan. Marshall 
muvozanatga vaqt nuqtai nazaridan qarab, uni 3 
xil:  lahzalik, qisqa muddatli, uzoq muddatli 
muvozanatga bo’ladi. 

 
 
 
Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish