3-§. Bozor infrastrukturasi
Infrastruktura (lot. infra — quyi, asos, structura — tuzilish, o’zaro joylashuv), milliy
xo’jalik ishlab chiqarish tarmoqlari va sotsial sferaning umumiy sharoitini ta’minlash uchun
xizmat qiladigan sohalar kompleksini ifodalaydi.
Bozor infrastrukturasi: milliy xo’jalik infrastrukturasining muhim qismi bo’lib, o’ziga
xos xususiyatlarga ega. Bozor infrastrukturasi turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida
ayirboshlash munosabatlarini normal amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Bozor infrastrukturasi ham murakkab tuzilishga ega. Ayrim soha, tuzilma, muassasalar,
tashkilot va xizmatlar faqatgina alohida turdagi bozorlarda ayirboshlashni normal bo’lishini
ta’minlashga xizmat qilsa (masalan, tovar birjalari, savdo uylari, auktsion kabilar tovarlar bozori
uchun mehnat birjalari mehnat bozori, fond birjalari qimmatbaho qog’ozlar bozoriga), boshqalari
barcha bozorlar turiga (chunonchi, reklama va boshqalar) xizmat qiladi.
Uchinchi turdagilari ishlab chiqarish, sotsial va qishloq xo’jaligi infrastrukturasiga ham
taalluqli. Bularga umumiy tarzda xizmat qiluvchi sektorlar (yo’l, transport, energetika, suv
ta’minoti, aloqa tizimi va boshqalar) kiradi.
Bozor infrastrukturasi — inson aql-zakovati bilan sinab ko’rishlar va xatoliklar usuli
orqali dunyoga keltirilgan, muttasil rivojlanib boradigan va o’zining murakkabligi bilan olimlar,
davlat arboblari va amaldorlar, tadbirkorlar va barcha fuqarolarning favqulodda e’tiboriga
muhtoj bo’ladigan ulkan tizimdirki, u inson mahsulot va xizmatlar iste’molchisi sifatida duch
keladigan deyarli barcha sohalarni qamrab oladi. Har birimiz iste’molchilar sifatida bu sohalarni
yaxshilanishidan manfaaatdormiz.
Bozor infrastrukturasi tovarlar va xizmatlar harakatini tartibga solishda qatnashadi.
Bozor infrastrukturasi turli tuzilmalar orqali kishilarning vaqtini tejaydi. Bozor
iqtisodiyotida «Vaqt-pul» bo’ladiki, o’zi shug’ullanib vaqtini ketkazmaslik uchun yakka tartibda
ko’rsatiladigan xizmatdan foydalanishni afzal biladilar.
Infrastrukturaning maqsadi — to’lovga qobil talab qilingan sharoitlarda o’zaro yon
berishlar asosida savdo-sotiq ishtirokchilari foydasini kuchaytirishdan iborat.
Infrastruktura «hazrati oliylari» — talabga bo’ysunadi, unga har tomonlama monand
bo’lishga intiladi.
Iste’mol ehtiyojining cheklanishi infrastruktura bo’g’inlarini bozor qoidalariga binoan
«raqsga tushishga» majbur qiladi, raqobatni kuchaytiradi, unga madaniy tus bag’ishlaydi.
Infrastruktura qanchalik rivojlangan bo’lsa, bozor o’yini qoidalarini buzish qiyinroq bo’la
boradi.
Albatta, infrastruktura tuzilmalari turli xizmatlar ko’rsatgani uchun xarajatlarni qoplashi,
foyda olish, soliqlar to’lashi kerak. Bu so’zsiz tovarlar va xizmatlar narxini ortishiga sabab
bo’ladi. Lekin o’z maqsadlariga erishish uchun:
— o’z ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirib boradi;
— bozordagi vaziyatdan kelib chiqib, ishlab chiqarishga bozor talabini etkazish orqali
ishlab chiqarish qoidalarini joriy tartibga solinishi ta’minlanadi;
— tovarlarni bozor narxini belgilaydi, shu maqsadda birja mexanizmidan foydalaniladi;
— tovarlar va xizmatlar bozorida marketing asosida buyurtmachi rolini bajarib, barcha
iste’molchilar nomidan ish olib boriladi.
Infrastrukturaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha: qabul qilish, yuvib-tozalash, quritish, saralash,
ajratish, qadoqlash, o’rash, paketlash, konteynerlash, saqlash, to’plash, sovitish va
iste’molchilarga bir maromda etkazib berish.
2.Sanoat mahsuloti bo’yicha: qabul qilish, o’rash, paketlash, saqlash, talabga binoan
iste’mol uchun etkazib berish.
3.Barcha turdagi mahsulotlar bo’yicha ulgurji iste’molchilarga etkazib berish uchun
tovarlarni to’plash va aksincha, katta turkumdagi tovarni chakana iste’molchilarga talabga
binoan etkazib berish uchun kichik turkumlarga bo’lish.
4.Qishloq xo’jaligi mahsulotlari etishtiruvchilar va qishloq xo’jalik xom ashyosini qayta
ishlovchilarning avans olishlarini ta’minlovchi f’yuchers va forvard bitishuvlari asosida
mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish.
5.Umumdavlat va regional miqyosda ishchi kuchiga talab va taklifni o’rganish va ishchi
kuchini qayta tayyorlash, ishsizlik nafaqalarini berish.
6.Tadbirkorlarni o’qitish, ishsizlarni, xususiy biznes shart-nomalarini ro’yxatga olish.
7.Tadbirkorlik faoliyatini kreditlash.
8.Tadbirkorlik — tavakkalchilikni (xatarni) sug’urtalash.
9.Tovar tashishni ta’minlash.
10.Tadbirkorlar manfaatini huquqiy himoyalash.
11.Tadbirkorlar ehtiyojiga konsalting, injiniring, auditor, loyiha-smeta va boshqa
xizmatlarni ko’rsatish va boshqalar.
Infrastruktura tarkibiga: chakana va ulgurji savdoni ta’minlovchi savdo shoxobchalari,
auktsion, tijorat do’konlari, dehqon bozorlari, tijorat-vositachi markazlari, savdo-sanoat
palatalari, savdo uylari, yarmarka pavilonlari ko’rgazmalari, tovar birjalari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, davlat tashkilotlari: davlat soliq inspektsiyalari, davlat kontrakt sistemasi
antimonopol qo’mitasi, baholarni nazorat qiluvchi inspektsiya, davlat sug’urta xizmati va
boshqalar kiradi.
Moliya bozori infrastrukturasi tarkibiga bank tizimi, jumladan: tijorat banklari, valyuta,
fond birjalari, brokerlik, sug’urta, xolding kompaniyalari boshqa turdagi moliya-kredit, xizmat
ko’rsatish, auditor firmalari kiradi.
Mehnat bozori infrastrukturasi mehnat birjalari, ishchi kuchi band bo’lishlik xizmati,
ishchi kuchi migratsiyasi bilan shug’ullanuvchi tashkilot va boshqalarni o’z ichiga oladi. Davlat
tomonidan kadrlarni tayyorlash markazlariga bandlik, nafaqa, xayriya-shafqat, tadbirkorlarni
qo’llovchi fondlar va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari, transport xizmati, omborlar tizimi, yuridik xizmat, axborot va reklama
bilan ta’minlovchi muassasalar kiradi.
Bozor infrastrukturasida birjalar va yarmarkalar alohida o’rin tutadi.
Bozor va xizmatlar bozorining rivojlanishida tovar birjalari va yarmarkalarining roli
katta.
Moliya bozorida esa fond birjalarining roli beqiyos.
Tovar, xom ashyo birjalari ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini o’tkazuvchi
tijorat korxonalaridir. Birja savdosini oddiy savdodan farqi bor.
Oddiy savdo-sotiqda tovarning naqd bo’lishi, xaridor uni ko’zi bilan ko’rishi, qo’li bilan
ushlab ko’rishi, sifati haqida shaxsan qanoat hosil etishi yuz beradi. Bu erda xaridor va sotuvchi
yuzma-yuz turadi.
Birjada holat boshqacha: operatsiyalarda tovar egasi va xaridorning o’zi qatnashishi shart
emas. Ular nomidan ishni maxsus shaxs-lar — brokerlar yuritishadi. Birjada savdo-sotiq naqd
turgan tovarlar bilan qilinmaydi. Tovar birjadan juda uzoq masofada, boshqa mamlakatda turgan
bo’lishi mumkin. Shu tovardan namuna va uning sifat sertifikati bo’lsa etarli.
Dastlab, birjalar bozorlar asosida vujudga kelgan, lekin evolyutsion jarayon natijasida
ular shunchalik o’zgardiki, hozirgi zamon birjasida tovarlar oldi-sotdisi birinchi darajali rol
o’ynamay qoldi.
Birjalar uchun:
a) kelajakda tovarlar narxini aniqlash, hamda narx oshkoraligini ta’minlash;
b) rejadagi real talab va taklifni aniqlash, moslashtirish;
v) narxlar kotirovkasini aniqlash;
g) baholar o’zgarishini (tebranishini) sug’urta qilish asosiy o’ringa chiqdi.
Birja savdosining ob’ekti bo’lib, asosan yalpi ishlab chiqariladigan bir turdagi va o’zaro
almashinadigan xom ashyo tovarlari yarim tayyor mahsulotlar hisoblanadi. Odatda, ular quyidagi
guruhlarga bo’linadi: don, oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, rangli va qimmatbaho metallar.
Birjada eng katta o’rin egallovchi tovarlardan biri kofe hisoblanadi.
Tovarlar birjasi savdo-sotiq operatsiyalarini bevosita predmeti bo’lib, maxsus kontrakt
hisoblanadi. Bunday kontraktlar o’z navbatida zudlik bilan bitim tuzish imkonini beradi. Bu
kontraktda faqat tovarlarning bahosi va uni etkazib berish vaqti kelishiladi, xolos. Birjani
prezident va kengash boshqaradi. Tovar birjasi daromadi birja muomilasi ishtirokchilari
to’laydigan xizmat haqidan tashkil topadi. Tovarlar birjasida mollar naqd bo’lishi shart emas.
Birja savdosida tashkil topgan narxlar birja kotirovkalari deb ataladi. Ular har kuni e’lon qilinib
boriladi.
Tashkil qilish printsipi bo’yicha TB ikki xil bo’ladi. Ochiq hamda yopiq birjalar:
Ochiq birjada birja a’zolari bilan bir qatorda boshqa sohibkor, tijorat bilan
shug’ullanuvchi, xohlovchilar qatnashishi mumkin.
Yopiq birjada — faqat birjaning a’zolari bo’lganlargina qatnashadi, savdo bitimi tuziladi.
Birja a’zolari uni tashkil etish uchun naqd pul qo’yishadi, ya’ni birja aktsioner jamiyati
singari tashkil topadi. Uning ustavi asosida ish yuritiladi.
Aktsionerlik jamiyatidan birja korporatsiyasining farqi, unda birja sertifikati divident
olish huquqini emas, shu birjada bitim tuzish imkonini beradi, xolos.
Birja bitimlarining 2 turi mavjud: real tovar va f’yuchers bitimlari.
Real tovarlar bitimida tovarlar birjaga keltirilgan bo’lsa yoki ular tayyor holda bo’lsa,
mavjud tovarlar bo’yicha kontrakt tuzilgandan keyin 14 kun ichida tovarlar sotib oluvchilarga
etkazilishi shart.
F’yuchers bitimi tovarlarni kelgusida etkazib berishni ko’zda tutuvchi savdo. Tuzilgan
shartnomada ko’rsatilgan narx bilan tovar xaridorga etkazib berilayotgan vaqtda narxi farq
qilishi mumkin. Uni qaysi tomonga farq qilishiga qarab broker yoki xaridor foyda ko’rishi
mumkin. Tovarlar xaridorga 6 oydan 14 oygacha bo’lgan muddatda etkazilishi mumkin.
Birjalar maxsus va universal bo’lishi mumkin. Amsterdam universal birjasi, Liverpul,
London maxsus birjalari. Maxsus birjalarda ayrim yoki bir guruh tovarlarga talab va taklif butun
bir mamlakat doirasi yoki dunyo miqyosida to’planadi. Oltin savdosi bo’yicha hech qanday birja
London birjasiga tenglasha olmaydi.
Birjaning yana bir belgisi — uning yuksak darajada tashkil etilgan va uyushgan
bo’lishidir. Bu erda tartibsiz, ko’r-ko’rona savdo-sotiq bo’lmaydi.
Tovarlar bozorida birjadan tashqari, yarmarkalar ham muhim o’rin tutadi.
Yarmarka so’zi nemischa so’z bo’lib, yillik bozor degan ma’noni anglatadi. Yarmarkalar
o’rta asrlarda o’arbiy Evropa (Jeneva, Lion, Leyptsig, Antverpen yarmarkalari va boshqalar)
iqtisodiy hayotida muhim rol o’ynagan.
Kapitalizm rivojlanishi bilan yarmarkalarning xarakteri o’zgaradi, u mavjud tovarlarning
yirik miqdori olib kelinadigan markazdan namunalar va standartlar sotiladigan yarmarkaga,
ko’rgazmaga aylanadi.
Xarakteri va mazmuniga ko’ra, yarmarkalar universal, ko’p tarmoqli, ixtisoslashgan
bo’ladi. Qatnashuvchilar tarkibiga ko’ra, jahon, regional, xalqaro, milliy, mahalliy yarmarkalar
mavjud.
Xalqaro yarmarkalar faoliyatini koordinatsiyalash maqsadida 1925 yili Parijda xalqaro
yarmarkalar ittifoqi tashkil etildi. Xalqaro va milliy yarmarkalar soni yil sayin ortib borayotir.
Xalqaro yarmarkalar jahon savdosining rivojlanishiga, turli mamlakatlar o’rtasida iqtisodiy
aloqalarni mustahkamlashga, ishlab chiqarish rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Rossiyada yarmarkalarning paydo bo’lishi 13- asr o’rtalariga to’g’ri keladi. Sobiq
Ittifoqda 1922 yildan boshlab yarmarkalar paydo bo’lgan.
O’zbekistonda birinchi milliy yarmarka (xalq iste’mol tovarlari ulgurji savdosi bo’yicha)
1995 yilda tashkil etildi. Hozirgi paytda tez-tez milliy turli-tuman yarmarkalar, ko’rgazmalar
o’tkazilib turilibdi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tilar ekan, respublikamizda ham hozirgi paytda bozor
infratuzilmasini jahon talablari darajasida shakl-lantirishga harakat qilinyapti. Chunki, keng
tarmoqli bozor infratuzilmasi — fond va ulgurji bozorlar, birjalar, kredit va moliya muassasalari,
lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilishi lozim bo’lgan boshqa
tuzilmalar tom ma’noda shakllantirilmas ekan, ular to’la kuch bilan ishlamas ekan, biz
iqtisodiyotimizni ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda haqiqiy bozor
iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz.
Buning uchun birinchi navbatda bozor infratuzilmasining huquqiy asoslari yaratilyapti.
1992 yil iyun oyida O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi «Birjalar va birja faoliyati
to’g’risida»gi Qonunini qabul qildi. Bu qonun bilan birja va birja faoliyati to’g’risidagi asosiy
qoidalar belgilandi.
O’zbekistondagi ulgurji va birja savdosi respublika aktsiyadorlik uyushmasi
«O’zulgurjibirja savdo» (1994) tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1995 yilning
9 fevralida «1995 yilda birinchi navbatda zarur bo’ladigan tovarlar bilan iste’mol bozorini
to’ldirishning qo’shimcha choralari to’g’risida»gi 42-sonli qarori asosida barcha viloyat
markazlari va Qoraqalpog’iston Respublikasida O’zbekiston tovar-xom ashyo birjasining
bo’limlari ochildi.
«Qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida», «Qimmatli qog’ozlar bozorining
faoliyat ko’rsatish mexanizmi to’g’risida», «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to’g’risida» va boshqa qonunlar qabul qilindiki, ularga mu-vofiq
ravishda infratuzilmaning zarur tizimlari shakllantirildi.
1996 yil 18 iyunda 220- sonli qarori bilan «Xususiylashtirilgan investitsiya fondlari
to’g’risidagi nizom» tasdiqlandi. Xususiylashtirilgan investitsiya fondlari (XIF) aholining keng
qatlamini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tuzildi.
1993 yil «Sug’urta to’g’risida» qonun qabul qilingach, «O’zbekinvest» milliy sug’urta
kompaniyasi «Madad» agentligi, keyinchalik «O’zagrosug’urta», 1996 yil mayida qimmatli
qog’ozlar bozori qatnashchilariga maslahat — auditorlik va axborot xizmati ko’rsatish uchun
maxsus agentlik «Konsauditinform» tashkil etildi. «Vaqt» milliy depozitariysi (1994, 8 iyun)
qimmatbaho qog’ozlarni hisobga olish, saqlash va harakatini boshqarish vazifasini bajarmoqda.
Respublika banklar faoliyati «Banklar va bank faoliyati to’g’-risida» qonuni asosida
amalga oshiriladi.
Hozirgi paytda Markaziy bank respublikaning bosh banki hi-soblanadi. Uning viloyat va
Toshkent shahrida boshqarmalari bor. O’zbekiston hududida 30 dan ortiq hissadorlik-tijorat
banklari faoliyat ko’rsatmoqda.
Bozor infratuzilmasining shakllanishi o’z navbatida milliy bozorning shakllanishini
ifodalaydi.
Xulosa
*Bozor deganda tovar va xizmatlarni ayirboshlash, oldi-sotdi qilish aloqalari, sotuvchi va
xaridor biri-biri bilan oldi-sodi qiladigan joy, va uning azaldan shakllanib kelgan qonun-
qoidalari tushuniladi. Iqtisodiyot nazariyasi uni nazariy jihatdan aynan ayirboshlash
munosabatlari jihatidan o’rganadi.
*Bozor iqtisodiyoti markazida bozor turadi. Bozor uy xo’jaligi va firma korxonalar
o’rtasida resurslar, tovar, xizmatlar va pul oqimi harakatini ta’minlaydi. Bozorning mazmuni,
ahamiyati u bajaradigan funktsiya va vazifalarda yanada to’laroq aks etadi. Bozor uchun uning
hajmi muhim ahamiyatga ega. U tovar oboroti hajmi bilan aniqlanadi. Bozorni tadqiq etishda
uning tuzilishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Bozorning tuzilishi murakkab, unga turli
jihatdan yondashash mumkin. Bozorni o’rganishdan qo’ygan maqsadimizga ko’ra uning
tuzilishini o’rganishga qay jihatdan yondashiishni belgilaymiz.
*Bozor aloqalarini o’rnatishda bozor infratuzilmasi, uning institutlari ishtirok etadi. Ular
yordamida bozor o’z funktsiyalarini bajaradi. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga o’tar ekan,
bozor o’z funktsiyalarini to’laqonli bajarishi uchun zarur bo’lgan bozor infratuzilmasini
shakllantirishga, uni jahon talalari darajasiga etkazishga alohida e’tibor berilmoqda.
ASOSIY TAYaNCh TUShUNChALAR
1. Bozor. 2. Bozorning to’ynish darajasi
3. Bozor tuzilishi 4. Bozor hajmi
5. Bozor infrastrukturasi 6. Tovar, xom ashyo birjasi
7. Milliy bozor 8. Jahon bozori
9. Bozor segmenti
a) har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash
b) nazariy jihatdan sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash
yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar, aloqalardir.
v) bozorning talabni qondirish darajasini ko’rsatadi.
g) turli-tuman bozor sub’ektlari o’rtasida ayirboshlashni normal amalga oshirilishini
ta’minlaydi
d) bozordagi tovaroborot hajmi bilan aniqlanadi.
j) ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini bajaruvchi korxonadir.
yo) har bir mamlakatning milliy chegarasi doirasidagi bozori.
e) mehnat orqali bir-biriga bog’langan turli mamlakatlar o’rtasida barqaror ayirboshlash
munosabatlaridir.
z) savdo-sotiqning shart-sharoitlariga ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab
bo’g’inlarga ajratish.
Takrorlash va munozara uchun savollar
1. Bozor deganda nimani tushunasiz? Bozor iqtisodiyoti deganda-chi?
2. Bozorning tuzilishini qaysi jihatlardan qarash mumkin?
3. Bozor segmenti nima?
4. Ko’chmas mulk bozori boshqa bozor turlaridan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi?
Mehnat bozori-chi?
5. Bozor infratuzilmasi bozor iqtisodiyotida qanday o’rin tutadi?
6. Infratuzilma qanday vazifalarni bajaradi?
7. O’zbekistonda bozor infratuzilmasini shakllantirishda nimalarga e’tibor qaratildi?
Masala, mashqlar
1.Bozorning vujudga kelishi shart-sharoitlariga quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
a) ijtimoiy mehnat taqsimoti
b) pulning vujudga kelishi
v) xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan
alohidalashuvi
g) markazlashgan davlatning vujudga kelishi
d) ayirboshlashning vujudga kelishi
e) xo’jaliklarda yaratilgan ortiqcha maxsulotni sotish zaruriyati Sizningcha to’g’ri javob
qanday bo’lishi kerak ?
2. Viloyat hududida ikkita bozor mavjud bo’lib, har ikkisining maydoni 5 ga ni tashkil
etadi.
Birida 1000 ta savdo o’rni bo’lib, 500 tasi kuniga o’rtacha 10 donadan o’rtacha narxi 12
ming so’mlik mol sotadi. 300 tasi 30 ming so’mdan 5 donadan mol sotsa, 100 tasi 5 ming
so’mdan 20 donadan qolgan 100 tasi o’rtacha 50 ming so’mlikdan oldi-sotti qiladi.
Ikkinchi bozorda esa 900 ta savdo o’rni bor bo’lib, rastalar o’rtasidagi yo’lak birinchi
bozorga nisbatan kengroq qoldrilgan. 400 ta savdo o’rnidan kuniga o’rtacha 11 ming so’mdan 15
donadan tovar sotiladi. 300 tasi esa 20 ming so’mdan 10 donadan, 100 tasi 4 ming so’mdan 20
donadan qolgan 100 tasi o’rtacha 55 ming so’mlik oldi-sotti qiladi. Qaysi bozor hajmi katta
aniqlang ? Bozor hajmiga savdo o’rni, tovar miqdoridan tashqari yana qanday omillar ta’sir
qiladi ko’rsating ?
3.Quyidagilarni diqqat bilan o’qing. Ulardan qay birini qaysi bozor iqtisodiyoti
sub’ektiga: uy xo’jaligi, firma(korxona), moliyaviy institut, davlat tarkibiga kiritiladi.
a) jismoniy shaxsning shaxsiy iste’moli uchun sarflashga mo’ljallangan bankdagi joriy
raqami;
b) aktsiya egasi;
v) fermer xo’jaligi;
d) metallar birjasi;
e) Moliya instituti professor o’qituvchilari;
yo) Yo’ldoshevlar oilasi byudjeti;
j) korxonaning bankdagi joriy scheti;
z) er ijarachisi;
i) ish qidirayotgan institut bitiruvchisi;
y) fond birjasi;
k) «Paxta bank» aktsionerlik tijorat banki.
4.Quyidagi sanab o’tilganlardan qaysi biri bozor, qaysi birlari nobozor aloqa faoliyatlarni
bildiradi ?
a) gazetaga reklama berish;
b) uy sharoitida ovqat tayyorlash davlat tomonidan;
v) ishsizlik nafaqasi tayinlash;
g) davlatning xarbiy texnika sotib olishi;
d) o’z extiyoji uchun tomorqada kartoshka, sabzavotlar etishtirish;
e) dehqon bozori;
yo) bozorda sotish uchun qulupnay etishtirildi.
5.Quyidagilarni diqqat bilan o’qib chiqing:
1)ayirboshlash orqali iste’mol bilan ishlab chiqarishni bog’lash;
2)iste’mol tovarlari va xizmat ko’rsatish bozori;
3)ishlab chiqarish vositalarini korxona tashkilotlprga etkazib berish orqali iqtisodiyotning
moddiy asosini takror yaratish va rivojlantirish;
4)jamiyat a’zolari talab extiyojlarini ishlab chiqaruvchilarga etkazish;
5)resurslar bozori;
6)tovar ishlab chiqarishga ketgan sarf xarajatlarni, ularni jamiyat tomonidan qay darajada
tan olinishini aniqlaydi, xarajatlarni pasaytirishga undaydi;
7)regional bozor;
8)qimmat baxo qog’ozlar bozori – fond birjalari;
9)narxlarni o’zgarishi orqali talab va taklifni moslashtirish, pulni tovarlar bilan ta’minlash
orqali pul muomalasini barqaror bo’lishini ta’minlash;
10)milliy bozor;
11)intelektual tovarlar bozori;
12)axborot bozori;
13)xalqaro va davlatlar o’rtasidagi bir-biriga bog’liqni kuchaytirish, teng xuquqli
iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mustaxkamlash;
14)mehnat bozori;
15)jahon bozori;
16)ko’chmas mulk bozori;
Sanab o’tilganlardan qaysi birlari: a) bozorning funktsiya, vazifalarini; b) ta’sir doirasi,
hududiy qamrovi jixatidan; v) ayirboshlash munosabatlarining ob’ekti jihatidan bozor tuzilishini
ifodalaydi, ko’rsating ?
T / N
1)Bozor resurslarni samarali taqsimlashni amalga oshiradi
2)Ishlab chiqarilgan tovar(xizmat)lar naqadar sifatli, talabga javob bera olishni bozorda
aniqlash qiyin. Uni ishlab chiqaruvchilar maxsus nazorat orqali aniqlab sortlarga ajratishlari
zarur.
3)Bzor resurslarni tejashga, xarajatlarni iqtisod qilishga undaydi.
4) Avtomashinalarga benzin quyish shoxobchasi – bozorga misol bo’la oladi
5)Ko’p qavatli uylar oldida kichkina bozorchalardagi maydachakovchilik , ko’pincha
tanqid qilinsa ham ixtiyoriy ayirboshlash asosida sotuvchi ham , xaridor uchun ham o’zaro
manfaatli.
6)Bozor maydoni qancha katta bo’lsa, bozor hajmi ham shuncha katta bo’ladi
7)Bozorni rivojlanishi uchun bozor infrastrukturasini shakllantirish shart emas.
8)Ikkilamchi bozorni shakllantirmay qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirib bo’lmaydi.
9) «Bozor» deganda odamlar gavjum savdo-sotiq qilinadigan joy, dehqon bozori, iste’mol
mollari ya’ni kiyim-kechak , uy-ro’zg’or uchun zarur narsalar sotiladigan joyni tushuniladi. Bu
bir yoqlamalilik, bozor bu faqat oldi-sotti qilinadigan maxsus joy emas.
10)Bozor deganda sotuvchi bilan xaridor o’rtasidagi ayirboshlash , oldi-sotti munosabati,
savdo amalga oshiriladigan joy, ayirboshlashni amalga oshirish tartibotlarini tushunamiz
11)Taqchil bozor tovarlar talabga etarli darajada bo’lgani uchun narxlar barqarorligi bilan
ajralib turadi
12)Ko’chmas mulk bozorida obligatsiyalar, valyuta, ssuda kapitali, tovar va xizmatlar
oldi-sotti qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |