Testlar
1. Qaysi bozor monopolist bo’lishi mumkin ?
a) don bozori;
b) gullar bozori;
v) shokolad mahsulotlari bozori;
g) qishloqdagi benzin quyish shoxobchasi;
d) non bozori.
2. Birjada tovarlar oldi-sottisini amalga oshirilishi uchun:
a) sotuvchi va xaridorning qatnashishi shart;
b) tovar naqd bo’lishi kerak;
v) xaridor oladigan tovarini sifatini o’zi ko’rib, tekshirishi kerak;
g) tovardan namuna bo’lishi shart emas;
d) tovardan namuna, sertifikati etarli.
3. Doiraviy aylanish modeli jihatidan qarasak bozor…. .
a) ikki: resurslar va tovar, xizmatlar bozoridan;
b) uch: resurslar, ishlab chiqarish omillari , ishlab chiqarish vositalari bozoridan;
v) ikki: tovar,xizmatlar va kapital bozoridan ;
g) to’rt: er, kapital, mehnat, tadbirkorlik omillari bozoridan;
d) uch: tovarlar, xizmatlar, kapital bozoridan iborat.
4. Doiraviy aylanish modeli nuqtai nazaridan bozorda qatnashuvchi sub’ektlar:
a)ikki guruh: uy xo’jaligi, individual faoliyat yurituvchi oilaviy xo’jalik;
b)ikki guruh: firma(korxona)lar, uy xo’jaligi;
v)uch guruh: savdo muassasalari, birjalar, savdo shoxobchalari;
g)uch guruh: firma, korxona,savdo muassasalari;
d)ikki guruh: uy xo’jaligi, savdo tashkilotlari.
5. Mehnar bozori boshqa bozorlardan….
a)mehnat omili egasi, ish kuchi bilan unga muhtoj o’rtasidagi munosabati bilan;
b)ish kuchi uning egasini mulki bo’lib qolaverishi va ishga yollanishida mehnat
shartnomalari tuzilishi bilan;
v)ishga vaqtinchalik mehnat shartnomalari asosida yollanish bilan;
g)ish kuchining boshqa tovarlardan farq qilib ishga yollanishi bilan;
d)sotib olingandan so’ng mehnat omiliga aylanishi bilan farqlanadi.
6. Birlamchi va ikkilamchi bozorlar…
a) ssuda kapitali bozoriga;
b) valyuta bozoriga;
v) sug’urta bozoriga;
g) qimmatli qog’ozlar bozoriga;
d) pul ( pul majburiyatlari ) bozoriga xos.
7. Mehnat birjalari…
a) ishsizlarni ro’yxatga olish, ularni o’qitish, ishga joylash, otlaviy sharoitini o’rganish
bilan;
b) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, korxonalardagi bo’sh o’rinlarni aniqlash;
v) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, zarur kasbga qayta tayyorlash, ijtimoiy
himoya qilish;
g) ishsizlarni ro’yxatga olish, ishga joylash, farzandlari sonini aniqlash;
d) ishsizlarin ishga joylash, yangi kasbga o’rgatish, ishsizlik nafaqasini tayinlash.
8. Hozirgi paytda birjalarning asosiy roli …
a) tovarlar narxi va kotirovkasini aniqlash, narx oshkoraligini ta’minlash, real talab va
taklifni aniqlash, narxlar tebranishini sug’urta qilish;
b) tovar narxlarni kotirovkasi, tovarlarni bitim bo’yicha etkazib berishni ta’minlash;
v) narxlarni aniqlash va katta partiyada bitimlar tuzish, bitim asosida tovarni etkazib
berish;
g) tovarlar narxi kotirovkasi real talab va taklifni aniqlab, ularni muvozanatga keltirish;
d) tovarlarga real talab va taklifni aniqlash, ularni reklama qilish, narx tebranishlarida
sug’urta qilish.
Tarqatma materiallardan namunalar
Oligopogiya
ko’rsatkichlar
Mukammal
raqobat
Monopolistik
raqobat
Bir xil mahsulot
bilan
oligopogiya
Tabaqalashgan
mahsulot bilan
oligopogiya
Monopoliya
Firmalar soni
Juda ko’p
Ko’p
Uncha ko’p
bo’lmagan
etakchi firmalar
Uncha ko’p
bo’lmagan
etakchi firmalar
Bitta
Tabaqalashgan
yoki bir xil
mahsulot
Bir xil
Tabaqalashgan
Bir xil
Tabaqalashgan
Noyob, yaqin
o’rinbosar yo’q
Tarmoqqa kirish
osnligi
Oson, to’siqlar
yo’q
Nisbatan oson,
to’siqlar kam
Qiyin to’siqlar
mavjud
Qiyin to’siqlar
mavjud
Bozorga kirish
to’silgan
Narx belgilash
imkoniyati
Yo’q
Mahsulotni
tabaqalashtiril
ganda ayrim
paytlarda , ba’zi
bir holatlarda
Narx belgilashda
etakchilik va
bitim tuzish
imkoniyatiga
ko’ra ma’lum
darajada ta’sir
ko’rsatadi.
Narx belgilashda
etakchilik va
bitim tuzish
imkoniyatiga
ko’ra ma’lum
darajada ta’sir
ko’rsatadi
Katta, talabga
bog’liq
Baxosiz raqobat
Yo’q
Ma’lum bir
darajada
Ma’lum bir
darajada
Kata
Reklama,
jamoatchilik
bilan aloqalar
Misollar
Qishloq
xo’jalik
mahsulotlari,
baliq, akyiya
va
obligatsiyalar
Chakana
savdodagi kichik
magazinlar
kiyim-kechak,
poyafzal ishlab
chiqarish
Po’lat, pivo,
alyuminiy, mis
Avtomobil,
alkogolsiz
ichimliklar,
sovun, don,
maishiy
elektronika
Suv, gaz, elektr
ta’minoti, telefon
va boshqa
komunal
xizmatlar
Bozorning funktsiyalari
Chizmadagi bo’sh kataklarni to’ldiring.
Ijtimoiy infratuzilmani rivojlanishi
Ishga tushirildi
Qurilgan tarmoqlar
Yilla
r, chora
klar
Turar joy ming.
kv. m.
Maktablar,
o’quvchi
o’rin
lari
Akademik
lits
eyla
r,
o’quvchi
o’rin
lari
Kasb-hunar
kolle
jla
ri
o’quvchi
o’rin
lari
Kasalxona,
o’rinjoy-lari
Poliklinika
la
rga
tashr
if
buyuruvchilar
soni
Suv quvurlari,
km.
Gaz quvurlari,
km.
02/I 1116,5 352
600
7050
-
200 303,5 511,2
02/I-II 3783,7 5243
1200
9950
80
2905 1044,5
1730,2
02/I-III 6178,1 11674
2250
59155
80
9940
1521,4
2994,0
02/I-IV 7572,0 18932
5175
86610 300
16845 1960,6
3380,2
03/I 1131,4 1430
-
-
-
340 282,2 506,1
03/I-II 3436,3 4553
-
12600 160
8260 1352,4
2090,8
03/I-III 5466,4 14172
2725
62660 160
8260
1352,4
2090,8
03/I-IV 6739,7 22127
4375
94190 160
15460 1747,5
2982,9
Manba: O’zR Davlat statistika qo’mitasi
Javoblar:
Asosiy tayanch tushunchalar:
J 1b); 2v); 3a); 4d; 5g; 6j); 7yo); 8e); 9z);
Masala va mashqlar:
1. Bozorning vujudga kelishining asasiy ikki sharoiti bu: ijtimoiy mehnat taqsimoti va
xususiy mulkka asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilarni iqtisodiy jihatdan alohidalashuvi.
2. Birinchi bozorning bir kunlik savdo oboroti 120 mln so’mlik, ikkinchisiniki esa 139,5
mln so’mlik , oylik savdo oboroti muvofmq ravishda birinchi bozorni 3120 mln so’mlik ,
ikkinchi bozorniki 3627 mln so’m . Ikkinchi bozorda savdo o’rinlari 100 taga kam bo’lishiga
qaramay ko’proq oldi-sotti qilingan. Ikkinchi bozorning hajmi katta.
3. a),yo),i) – uy xo’jaligi
Bozor
funktsiyalari
Narxni
shakllantirish
Sog’lomlashtiri
Axborot berish
Vositachilik
Resurslarni
samarali
taqsimlash
Nazorat qilish
b),v),d),j),z) – firma, korxona
g),e) – davlat(hukumat)
y),k) – moliyaviy institut
4. a, g, e, j – bozor faoliyati
b, v, d – nobozor faoliyati
5. a) 1,3,4,6,9,13
b) 2,5,8,11,12,14,16
v) 7,10,15
T/N
1T; 2N; 3T; 4T; 5T; 6N; 7N; 8T; 9T; 10T; 11N; 12N;
Testlar
Javob: 1g, 2d, 3a, 4b, 5b, 6g, 7v, 8a.
X BOB. TALAB VA TAKLIF NAZARIYASI
«Talab va taklif» degan so’zni to’tiqushga o’rgatsangiz bo’ldi, qarabsizki oldingizda
iqtisodchi turibdi. Bu zaxarxanda hazilda jon (xaqiqat) bor deya boshlashadi talab va taklifni
tadqiq etishni Makkonnell K.R. va Bryu S.L. Haqiqatdan ham iqtisodiyotda eng ko’p
takrorlanadigan, diqqat qaratiladigan tushuncha-bu talab va taklif. Aynan talab va taklif ayrim
iqtisodiy muammolarnigina emas, balki butun iqtisodiy muammoni qamrab oladi. Talab va
taklif, ularning nisbatiga ko’ra soha, tarmoqlar qolaversa butun mamlakat miqyosida resurslar
taqsimlanadi, ishlab chiqarish tarkibi shakllanadi.
Shuning uchun ham talab va taklifni alohida diqqat bilan o’rganishimiz zarur. Bu bobda
biz talab va taklif mazmuni, ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar, talab va taklif elastikligi
nima, bu iqtisodiy ko’rsatkichdan qanday maqsadda foydalaniladi, iste’molchi tanlovida naflilik,
baho qanday rol o’ynaydi bozor muvozanati qanday tarzda o’rnatiladi, u ishlab chiqarishga
qanday ta’sir qiladi va boshqa savollarga javob topishni o’rganamiz.
Resurslarni taqsimlanishi bozor orqali narx asosida yuz beradi. Ana shu jarayon qanday
yuz berishini ko’rib chiqamiz.
1-§. Talab va uning o’zgaruvchanligi.
Talab elastikligi
Bozor, eng avvalo iste’molchi bilan ishlab chiqaruvchi, xaridor bilan sotuvchi o’rtasidagi
ayirboshlash oldi-sotdi munosabati sifatida maydonga chiqadi. Xaridorning bozordagi harakati
talab, sotuvchiniki esa taklif shaklida namoyon bo’ladi.
Bozor iqtisodiyotida «talab» bilan «taklif» fundamental, asosiy tushunchadir.
Talab — bu pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon
bo’lishidir. Boshqacha aytganda talab to’lov qobiliyatiga ega bo’lgan ehtiyojdir. Ko’ylak
olgingiz keldi, lekin pulingiz bo’lmasa, u xohishligicha qoladi, pul bo’lgandagina u talabga ay-
lanadi.
Talab o’z ichiga aholining iste’mol buyumlari va xizmatlarga, tovar ishlab
chiqaruvchilarning iqtisodiy resurslarga talabi, turli tashkilot, muassasalar talablarini oladi.
Ayrim xaridor, turli iste’molchilar, guruhiy yoki butun mamlakat miqyosida xarid qilib olishni
xohlayotgan aniq turdagi tovar hajmi talab qilingan tovar miqdori deyiladi. Iste’molchilar xarid
qilishni xohlayotgan tovarlar bilan xaridorlar tomonidan real sotib olingan tovarlar miqdorini
farqlash kerak. Chunki, ular mos kelmasligi mumkin. Sababi, xohlaganlariga qaraganda kamroq
sotib olishlari mumkin. Bu shu tovarni sotib olish uchun zarur miqdorda pulga ega emasliklarini
ko’rsatadi.
Odatda, talab deganda eng avvalo, aholi talabi nazarda tutiladi. U yuqori darajada
dinamizm — o’zgarishi bilan ajralib turadi. Aholi talabiga ko’ra ishlab chiqarish talabi
shakllanadi.
Umuman iste’molchilar talabini ikkiga bo’lish mumkin:
1. Individual talab — ayrim alohida xaridorning talabi.
2. Bozor talabi — xaridorlarning turli xil tovarlarni sotib olishga bo’lgan talablarining
yig’indisi. Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talablarni xarakteri va boshqa jihatlaridan qarab turli
guruhlarga bo’lish mumkin. Jamiyat miqyosida talabni, o’z navbatida iste’molning maqsadiga
ko’ra ikki guruhga bo’lish mumkin: iste’mol mollariga talab, iqtisodiy resurslarga talab. Iste’mol
mollari aholini ehtiyojini qondirsa, resurslar esa ishlab chiqarish ehtiyojini qondiradi. Qanday
ehtiyojlarni qondirishlariga ko’ra talab quyidagi guruhlarga bo’linadi:
1. Fiziologik talab — oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar joy, shunga o’xshashlar.
2. Ijtimoiy-psixologik talab — obro’-e’tibor, moda va boshqalar.
3. Iqtisodiy talab — daromad, narx-navo va shunga o’xshashlar.
4. Sotsial talab — turmush darajasi, jamiyatdagi muhit va bosh-qalar.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning qondirilish darajasiga qarab:
qondirilishi kechiktirilgan talab, barqaror qondirilgan talab, normal talab, aynigan
talablarga bo’linadi.
Kechiktirilgan talab nosog’lom iqtisodiyot va muvozanati buzilgan bozorga xos. Uning
ortib borishi iqtisodiy tanglikni, inqi-rozni yanada chuqurlashtiradi, inflyatsiyani kuchaytiradi.
Korxona, tashkilot, aholi qo’lida to’plangan pul bozorga tazyiq o’tkazadi.
Talab borgan sari o’sib boradi. Buning sababi:
— ehtiyojlar o’sib boradi;
— daromadlar o’sadi;
— mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish o’sadi. Muvofiq ravishda taklif o’sadi;
— madaniyat yuksalib boradi.
Talab odatda tez o’zgaradi. Talab o’zgarishi deganda u yoki bu tovarga bo’lgan talabning
absolyut miqdorining o’zgarishi tushuniladi.
Tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi.
Ularning barchasini sanab o’tish qiyin. Lekin asosiylarini ko’rsatish mumkin.
1.Talabga, eng avvalo narx ta’sir qiladi. Talab bilan narx o’zaro funktsional bog’langan
bo’lib, birining o’zgarishi, albatta ikkinchisida namoyon bo’ladi. Ko’p omillarning o’zgarishi
oxir-oqibat narx o’zgarishi orqali yuzaga keladi.
2.O’rinbosar tovarlarning narxi. O’rinbosar yoki bir-biriga bog’liq tovarlarning bo’lish
yoki bo’lmasligi talabga katta ta’sir ko’r-satadi.
Asosiy tovarning narxi yuqori bo’lib, o’rinbosar tovarlarni narxi arzon bo’lsa, o’rinbosar
tovarlarga talab ortadi yoki aksincha. Masalan, sariyog’ bilan margarin, qo’y go’shti bilan mol
go’shti va h.k.
Yana shunday tovarlar borki, ular bir-birini to’ldiruvchi hisoblanadi. Aytaylik, benzinning
narxi past bo’lsa, mashinada ko’p yuriladi, u o’z navbatida motor moyiga bo’lgan talabni
ko’paytiradi. Aksincha, benzin narxining oshishi motor moyiga bo’lgan talabni kamaytiradi.
Demak, benzin va motor moyiga bo’lgan talab bir-biriga bog’liq, bir-birini to’ldiradi.
3.Xaridor didi, ta’bi, moda o’zgarishi. Mavjud tovar turi uchun iste’molchilar didining
o’zgarishi yoki afzal ko’rish, ya’ni modaning xaridor didiga mos kelishi shu tovarga bo’lgan
talabning ortishiga sabab bo’ladi. Yoki aksincha holat yuz berishi mumkin.
4.Xaridor daromadi. Ta’kidlab o’tganimizdek, talab haqida gapirganimizda to’lov
qobiliyatiga ega bo’lgan talabni nazarda tutamiz. Shuning uchun uni hajmiga ta’sir qiladigan
muhim omil aholi daromadi.
Xaridorlar daromadining o’zgarishi kundalik ehtiyoj mollariga qaraganda uzoq muddat
foydalanish mumkin bo’lgan tovarlarga ko’proq ta’sir qiladi.
Boshqacha aytganda daromadning o’sishi sanoat tovarlariga mebel, gilam, changyutgich,
televizor, musiqa asboblari va boshqalarga bo’lgan talabni oshiradi.
5.Kutiladigan o’zgarishlar.
Hozirgiga nisbatan tovarlarning kelgusi narxi va bo’lg’usi daromad iste’molchilarning
talabini o’zgartiradi.
Kelajakda narxlar ko’tarilishi kutilsa, xaridorlar kelajakda daromadlarini yo’qotmaslik
uchun tovarlarni ko’proq sotib olishga harakat qiladilar. Talab ortadi. Aksincha, narx tushishi
yoki daromadning kamayishi kutilsa, joriy talab pasayadi.
6.Demografik omil.
Bozordagi talabga xaridorlar soni, yoshi, jinsi, ma’naviy ahvoli, mintaqaviy, milliy
psixologik omillar ham ta’sir qiladi.
Mintaqaviy omilga iqlim sharoiti, ishlab chiqarishning tuzilishi, mahalliy urf-odatlar,
milliy omilga mamlakat doirasida ehtiyojning yuksalish darajasi, umumiy iste’mol darajasi,
milliy-diniy an’analar va ko’nikmalar, xalqaro tovar reklamasi va axborotlarning mavjudligi va
boshqalar kiradi. Natijada bir mamlakatda yaratilgan tovarlarga talab, shu tovar yo’q, ya’ni
ishlab chiqarilmaydigan mamlakatda ham talab uyg’otadi.
Iste’molchilarning aniq mahsulot turlariga yoki firma markasiga munosabati.
Shunday firmalar borki, ularning mahsulotlariga talab yuqori. Bu firmalar doimo o’z
xaridorlarini yo’qotmaslikka, saqlab qolishga, yanada ko’paytirishga harakat qiladilar.
Bu omillarning ichida eng asosiysi narx. Chunki narx va xarid qobiliyatigina talabning tez
o’zgarishiga olib keladi. Bozorda talab xaridor sifatida gavdalanadi. Bozorda tarozining bir
pallasida talab tursa, ikkinchi pallasida taklif turadi. Talab bilan narxlar o’rtasidagi ta’sirni har
qanday tovar bozorida kuzatish mumkin.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganishni abstrakt uslubidan foydalanib, narxdan boshqa hamma
omillar o’zgarmaydi, deb faraz qilib, narxning o’zgarishi talabga qanday ta’sir qilishini ko’rib
chiqamiz.
Ma’lumki, aholining daromadi cheklangan. Shuning uchun zarur tovar (xizmat)larni sotib
olar ekan, har bir kishi o’z manfaatidan kelib chiqib, turli muqobil variantlar ichidan narxi arzon
tovar sotib olishga harakat qiladi. Natijada sifati o’zgarmagani holda narx pasayishi bilan tovarga
talab miqdori ortadi.
Biron-bir A tovarga talab narx o’zgarishi quyidagicha deylik.
Yakka talabning narxga bog’liqligi
Bir birlik tovar narxi R
Talab qilingan tovar
Miqdori Q
600 10
500
450
400
350
15
18
20
25
Jadvaldagi raqamlardan tovarning narxiga qarab sotib olish miqdori o’zgarayotganini
ko’rish mumkin. Bu ma’lumotlarni grafikda tasvirlasak quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi.
x o’qi bo’ylab talab miqdorini, u o’qi bo’ylab narxni joylashtirib, jadval bo’yicha
nuqtalarni birlashtirib, talab egri chizig’i yo’nalishiga ega bo’lamiz. Ko’pchilik, Rossiya
iqtisodchilari sal bosh-qacharoq, x o’qiga narx, u o’qiga miqdor qo’yishadi. Bunda narxning
o’zgarishini talabga ta’siri ko’rsatiladi.
Mashhur iqtisodchi Alfred Marshall esa o’zining «Siyosiy iqtisod printsiplari» asarida x
o’qida miqdor, u o’qida narxni joylashtirgan. Bunga sabab talabning o’zgarishi narxga, narxning
o’zgarishi talab miqdoriga ta’sir qilishini hisobga olib funktsional bog’lanishni shunday tarzda
tasvirlagan.
Shunday qilib, tovar qancha qimmat bo’lsa, shuncha kam miqdorda xarid qilinadi
yoki aksincha. Bu sabab-oqibatli, funktsional bog’lanish talab qonunini ifodalaydi. Demak,
boshqa omillar ta’sir qilmagani holda tovarga bo’lgan talab narxning ortishi bilan qisqaradi.
Matematik nuqtai nazardan qarasak, tovar va xizmatlarga bo’lgan talab ularning narxi bilan
teskari proportsional bog’lanishda bo’ladi. Albatta, real hayotda bu jarayon juda murakkab
kechadi, lekin umumiy tarzda olganda talab qonuni bosh yo’nalish tendentsiyasini ifodalaydi.
Talab qonuni grafik tarzda talab egri chizig’i tarzida namoyon bo’ladi.
Talabning narxga bog’liqligi:
1.Tovarning narxi qancha yuqori bo’lsa, haqiqatan ham kishilar kamroq xarid qiladi.
2. Xaridor birinchisini zarur sotib oladi, ikkinchisini narxi arzon bo’lsa, oladi.
3.Narxning pasayishi xaridorni real xarid qobiliyatini oshiradi. Xaridor olmoqchi bo’lgan
tovarining bittasini o’rniga ikkita oladi. Boshqacha aytganda yuqori narx iste’molchilarda xarid
qilish xohishini so’ndiradi, past narx esa bu xohishni kuchaytiradi. Masalan: 1000 so’m pulimiz
bor. 3 kg guruch va 1 kg makaron xarid qilmoqchimiz. Guruch narxi o’ylaganimizdek 280 so’m
Miqdor Q
Narx
P
emas 200 so’mga tushibdi. U holda endi 3 kg emas 4 kg guruch xarid qilishimiz mumkin.
Iqtisodiy nazariyada boshqa tovarlarni sotib olish miqdori o’zgarmagani holda narxi tushgan
tovarni xarid qilishni ko’paytirish imkoni daromad effekti deb ataladi.
Agar guruchni narxi 350 so’mga ko’tarilsa endi makaronni ko’proq sotib olamiz.
Xaridorni narxi ko’tarilgan tovar o’rniga nisbatan arzonroq tovar sotib olishi o’rin bosish effekti
deyiladi Aynan daromad effekti bilan o’rin bosish effekti talab egri chizig’ining yo’nalishini
ifodalaydi.
Lekin iqtisodiyotda shunday holat yuz berishi mumkinki, bunda narxlar ortishi bilan talab
kamayishi o’rniga ortib boradi. Bu vaziyat Giffen effekti deb ataladi. Bunday tovarlar esa bu
holni tasvirlagan ingliz iqtisodchisi R o b e r t G i f f e n (1837 — 1910) nomi bilan Giffen
tovarlari deb ataladi. Ayrim paytlarda tovarni narxi yuqori ko’tarilsa, sifati yaxshilanadi degan
nuqtai nazardan avvaliga qaraganda ko’proq sotib olishlari mumkin. Yoki Giffen kambag’al
oilalar kartoshka narxi ko’tarilishiga qaramay uni ko’proq sotib ola boshlaganlarini kuzatib,
buning sababini shunday izohlaydi. Bu oilalar boshqa mahsulot iste’molini ko’paytirish
imkoniyatiga ega emas. Shuning uchun go’sht iste’mol qilishni kamaytirish hisobiga kartoshka
iste’molini ko’paytiradilar.
Lekin ayrim iqtisodchilar: jumladan amerikalik Jorj Stigler (1911 y.) Giffen tovarlari
tushunchasiga ishonchsizlik bilan qarashadi. Uning fikricha Giffen effekti tushunchasi Alfred
Marshall yordami bilan iqtisodiy nazariyaga kirgan. Uning o’zini esa bu hodisani kuzatganiga
shubha bildiradi.
Ayrim iste’molchilar esa tovarning narxi pasaygani bilan uni sotib olishmaydi. Ular
hammaga o’xshashni hohlashmaydi. Ular qimmat baholigi, boshqalarnikidan ajralib turadigan
sifatlarga ega, eksklyuziv tovarlarni sotib olishga urinishadi. Natijada bunday tovarlarga talab
o’sishi mumkin. Iqtisodiyotda bu ko’rinish Veblen effekti deb yuritiladi.
Talab o’zgarishi bu xaridorlarni mahsulot sotib olishga bo’lgan niyatlarini o’zgarishini
ifodalaydi. Sababi bir yoki bir necha omil (determinant)lar o’zgaradi. Bu omillarni yuqorida
ko’rib o’tganmiz. Bunday o’zgarish butun shkalani, o’z navbatida narx va miqdor egri
chizig’ining surilishini bildiradi.
Bu erda talabni o’zgarishi bilan talab miqdori yoki hajmini o’zgarishi tushunchasi bilan
aralashtirib yubormaslik kerak.
Talab miqdorini o’zgarishi talab egri chizig’ida ma’lum bir narx va miqdor
kombinatsiyasidan ikkinchi kombinatsiyaga o’tishni bildiradi. Grafikda tasvirimiz bo’yicha talab
miqdorini o’zgarishi DD chiziqda A dan V ga qarab yo’nalishini bildiradi.
Miqdor
Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi
talab egri chizig’i bo’yicha narxning
o’zgarishiga qarab siljiydi
Talabning o’zgarishi talab egri
chizig’i narxdan boshqa bir ëki bir
necha determinantlarni o’zgarishi
natijasida siljiydi
Talabning
kamayishi
Talabning
ko’payishi
Narx
Talabni o’zgarishi esa talab egri chizig’ini o’ngga (talab ko’paysa) D1D1 ga yoki chapga
(talab kamaysa) D2D2 ga siljishini ifodalaydi.
Talab miqdorining (hajmining) o’zgarishi talab egri chizig’i bo’yicha narxni o’zgarishiga
qarab siljiydi.
Talabning o’zgarishida esa talab egri chizig’i narxdan boshqa bir yoki bir necha
determinantlarni o’zgarishi natijasida (talabni ko’payishi yoki kamayishi) o’ngga yoki chapga
siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |