p
ED = Q1 : P1 ; yoki Q1 ; Q0 ; yoki Q o’zgarish foizi;
Q0 P0 P1 ; P0 P o’zgarish foizi
i
ED = Q1 : I1 ;
Q0 I0
Taklif elastikligi – bozorda narxlarning o’zgarishi sotuvchiga ishlab chiqaruvchiga
qanday ta’sir kilishini, reaktsiyasini ko’rsatadi. U taklif elastikligi koeffitsienti orqali ifodalanadi.
Qanday
ehtiyojlarning
qondiri-lishi
Talab elastikligiga ta’sir etuvchi omillar
Tovarlarni turli maqsadlarda
ishlatish imkoni.
Ehtiyojni to’yinish
darajasi.
O’rinbosar
tovarlar-ning
ko’p yoki
kamligi
O’rinbosar
tovarlar-
ning sifati
Iste’mol
byudjetida
shu tovar-
ning qan-
day ulush-ga
egaligi.
Umumiy
iste’mol-da
shu
tovarning
ulushi.
O’rinbosar
tovarlar-
ning
narxi.
Vaqt omili
Talab elastikligi bozorda narxning o’zgarishi haridorga qanday ta’sir qi-
lishi(reaksiyasi)ni ko’rsatadi.U elastiklik koeffitsenti orqali ifodalanadi.
Elastiklik koeffitsenti (narxga
ko’ra,daromadga ko’ra hisoblanadi).
Narxga ko’ra elastiklik
koeffitsenti tovar narxining 1%
ga o’zgarishi talabni necha foizga
o’zgarishini ko’rsatadi.
Daromadga ko’ra elastiklik
koeffitsenti daromadning
1% ga o’zgarishi talabni necha
foizga o’zgarishini
ko’rsatadi.
p
Es = Q1 ; P1 ; yoki Q1 ; Q0 ;
Q0 P0 P1 ; P0
Javoblar:
Asosiy tayanch tushunchalar:
1b), 2g), 3v), 4d), 5e), 6j), 7yo), 8z), 9)a, 10m), 11y), 12l), 13k), 14i).
Masala va mashqlar:
1. O’tgan yili 5mln. so’m bu yilgi 6 mln. so’mga to’g’ri keladi. 5mln x 120 = 6mln so’m.
Yil davomida eskirganini hisobga olsak aytaylik, amortizatsiya 10% bo’lsa, 50000 desak 5,95
mln. so’m bo’ladi. O’tgan yilga qaraganda arzon sotdi.
2. Ikkinchi xaftada talab elastikligi koeffitsienti 1,4ga, birinchi haftaga nisbatan uchinchi
haftada E = 1ga, to’rtinchi xaftada esa E = 0,46 ga teng. Bozor bunday kostyui-shimlarga
to’yinib borayapti, xarajatlarni pasaytirib, yana narxini tushirish, buning iloji bo’lmasa ishlab
chiqarish hajmini qisqartirish va boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o’tish kerak
3. Narx, so’m Talab, dona, bilet Tushum, so’m Talab Normal
elastikligi foyda
700 300 210000 - -15000
600 400 240000 1,14 15000
500 500 250000 1,19 25000
400 600 240000 1,14 15000
300 700 210000 1,00 -15000
Umumiy xarajatlar 225000 so’m. Eng optimal varianti 500 so’mdan narx belgilash
4.
Tovar
turlari
Narx,
so’m
Taklif
hajmi,
dona
Narxga
ko’ra
taklif
elastikligi
koeffitsienti
Elastikligi
A 12 24 E=1
Yagona
elastik
B 44 610 E=0,6 Noelastik
V 810 125 E=1,44 Elastik.
5. Kordinalizm naflilikni absolyut miqdorini o’lchash yo’llarini qidirsa, ordinalizm
naflilikni nisbatan tarzda o’lchashni taklif qiladi.
6.
Omil (boshqa
Talab
Talab
Taklif Taklif Taklif
Taklif elastikligiga tasir etuvchi omillar
Vaqt omili
*nihoyatda
qisqa bozor
* qisqa muddatli davr
*uzoq muddatli davr
Ishlab chiqarish
Jarayonining
xususiyatlari
Tovarlarni saklash mum
kinligi va saqlash
arajatlari
shartlar teng)
egri
chizig’i
siljishi
egri
chizig’i
bo’yicha
egri
chizig’i
siljishi
egri
chizig’i
bo’yicha
egri
chizig’i
bo’yicha
1.Raqobatdosh
tovarlarga baho
o’zgarishi
+
+
+
2.Yangi
texnologiya joriy
qilindi
+
+
3.Tovarga moda
o’zgardi
+
+
+
4.Daromad
o’zgardi
+
+
+
5.Homashyoning
bahosi o’zgardi
+
+
7. Echish:
Iste’molchining cheklangan daromadi (puli) bo’yicha olish mumkin bo’lgan mahsulot
Kombinatsiya
(variant)
Ko’y
go’shti
kg
Mol go’shti
kg
Byudjet, so’m
A
B
V
G
D
4
3
2
1
0
0
1.25
2.5
3.75
5
2500·4=10000
3·2500+1.25+2000=10000
2·2500+2.5·2000=10000
1·2500+3.75·2000=1000
5·2000=10000
Byudjet chizigi (A,D)iste’molchi
Qo’y go’shti Mol go’shti bilan qo’y go’shtini
tanlashda murosali tanlovni ko’rsatadi.
. . . . Mol go’shti
8. b) javob to’g’ri;
T/N
1T; 2N; 3N; 4T; 5T; 6T; 7N; 8T; 9T; 10N;
Testlar:
1v); 2a); 3b); 4d); 5b); 6g); 7a); 8b); 9g); 10d); 11v); 12g); 13a); 14b); 15v); 16b); 17v;
18g; 19d;
В
V
G
D
А
III-BO’LIM. MIKROIQTISODIYOT NAZARIYASI ASOSLARI
XI BOB. BOZOR IQTISODIYOTIDA
TADBIRKORLIK. TADBIRKORLIK
KAPITALINING HARAKATI
Iqtisodiyot murakkab, ko’p bosqichli tizim. Uning barcha bo’g’inlari o’zaro bog’liq va
bir-birini taqozo qiladi. Firma, korxona tarmoqlar, uy xo’jalik yuritish printsiplari iqtisodiyotni
bir butun tizim sifatida rivojlanishi qonunlaridan farq qilishi mumkin emas. Shuning uchun ham
iqtisodiyot nazariyasi cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini
mikrodarajada o’rganadi.
Rusurslarni etishmasligi, extiyojlarni esa cheksizligi iqtisodiyot nazariyasi fanining bosh
masalasi, aynan ana shu muammo bizni tanqis resurslardan samarali foydalanish metodlarini
qidirishga majbur qiladi. Uni ikki yo’l bilan hal qilishga harakat qilinadi:
1. Mavjud resurslarni to’la bandligi, ishlatilishini ta’minlash. U makroiqtisodiy tadqiqot
predmeti.
2. Ishlatilayotgan resurslarni tejab, tergab samarali foydalanish, unga mikroiqtisodiy
darajadagi tahlil yordam beradi.
Mazkur bo’limimiz mikrodarajadagi muammolarni o’rganishga bag’ishlangan bo’lib, u
tadbirkorlik nazariyasini o’rganishdan boshlanadi.
Aynan bozor iqtisodiyotining muhim afzalliklaridan biri ham uning tadbirkorlikka
asoslanishidir. Mavzuni o’rganishni eng avvalo tadbirkorlik deganda nimani tushunamiz,
tadbirkorlik birinchidan iqtisodiy kategoriya sifatida, ikkinchidan xo’jalik yuritish metodi,
uchinchidan, iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak nimalarni ifodalaydi,
tadbirkorlik faoliyati turlarini chuqur o’rganishdan boshlaymiz.
Bozor iqtisodiyotining asosiy iqtisodiy sub’ektlari firma, korxonalar ekan, ularning
turlarini turli jihatidan yondashgan holda kichik, individual xususiy korxona, sherikchilik asosida
tashkil etilgan o’rta korxona, yirik korporatsiyalarning afzalliklari va kamchiliklarini ko’rib
chiqamiz. O’zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash qanday amalga
oshirilayotganiga diqqat qaratamiz.
Bu bob yana shu bilan ajralib turadiki, unda tadbirkorlik kapitali va uning harakatini ham
tahlil qilamiz.
1-§. Tadbirkorlik va uning iqtisodiyot nazariyasida
talqin etilishi
Bozor iqtisodiyoti tadbirkorlikka asoslanadi. Tadbirkorlik (ing. entrepreneur) insonning
xislati, uning erkin, tavakkal qilib foyda yoki boshqa iqtisodiy naf ko’rish uchun o’z mulkidan
ham ayrilib qolish xavf-xataridan qo’rqmay faoliyat yuritish, puxta o’ylab, natijasini ko’z
o’ngiga keltirib ish tutish qobiliyati. Ana shu qobiliyatga ega kishilar tadbirkor deyiladi.
Tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning namoyon bo’lishini g’arbda
biznes (business — ish, faoliyat, mashg’ulot) deb ataladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni esa
biznesmen (business — ish, man — odam) deyiladi. Biznes bilan shug’ullanuvchilarni, ya’ni
biznesmenlarni harbiy qo’mondon bilan qiyoslash mumkin. U o’z ishini tamal toshini qo’yar
ekan, uning potentsialini vujudga keltiradi, oldindan strategiyasini ishlab chiqadi, taktikasini
belgilaydi.
Biznesni tashkiliy shaklini g’arbda uchga bo’lishadi: individual (xususiy) korxona,
sherikchilik, korporatsiya.
O’zbek tilida, odatda tadbirkorlik deganda faqatgina insonning qobiliyati emas, balki uni
namoyon qilish (yuzaga chiqarish), faoliyat yuritishning tashkiliy shakli ham tushuniladi. Lekin
keyingi paytda biznes so’zi ham tez-tez ishlatilmoqda.
Bizning yurtimizda tadbirkorlik faoliyati bozor iqtisodiyotiga o’tish bilan yana qayta
jonlandi. Yurtimizda tadbirkorlik uzoq tarixga ega. Bu avvalo, savdogarlik shaklida rivoj topgan.
Buyuk ipak yo’li savdo-sotiqning o’z navbatida tadbirkorlikning rivojlanishida nihoyatda katta
ahamiyatga ega bo’lgan. Qolaversa, islom aqidalari ham tadbirkorlikning rivojlanishida muhim
rol o’ynagan. Chunki, islom dinida mehnat qilmay topilgan daromadni harom deyiladi. Har bir
inson, albatta biron faoliyat, ish bilan shug’ullanishi darkor. Buning natijasida turli-tuman
hunarmandchilik, kulolchilik, temirchilik, tikuvchilik, to’quvchilik, qandolatchilik va hokazolar
rivojlangan. Bu xususiy tadbirkorlikning naqadar rivojlanganidan darak beradi. Shu bilan birga
me’morchilik va sug’orish inshootlarining qurilishi o’z navbatida jamoatchilikka asoslangan
tadbirkorlikni ham rivojlanishiga olib kelgan deya olamiz. Tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrga
xos bo’lib, bu atamani iqtisodiy nazariyaga ingliz iqtisodchisi R. Kantilon olib kirgan. Uning
fikricha tadbirkor bu noaniq daromadga ega kishilar (dehqon, hunarmand, savdogar va
boshqalar). Ular boshqalarning tovarlarini ma’lum narxlarda sotib oladilar. O’z tovarlarini
qanchaga sotishlari esa noma’lum. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkin: tavakkalchilik
xatari tadbirkorlikning bosh farqlanuvchi xususiyatidir.
A. Smit tadbirkorni tijorat bilan shug’ullanib, foyda olish uchun iqtisodiy tavakkalchilik
qiluvchi mulk egasi deb ta’riflaydi.
J. B. Sey tadbirkorlikni kengroq ma’noda talqin etadi. Tadbirkor o’z foydasi uchun faol
iqtisodiy agent sifatida ishlab chiqarish omillarini o’z tajribasi va bilimi asosida tavakkalchilik
xataridan qo’rqmay ishga soluvchi kishi sifatida ta’riflaydi. Sey fikricha, tadbirkorning daromadi
uning tadbirkorlik faoliyati evaziga olingan.
Tadbirkorlik haqidagi nazariyaga nemis olimi V. Zombert va Avstriya iqtisodchisi Y.
Shumpeter katta hissa qo’shganlar. Zombert fikricha tadbirkor bu «zabt etuvchi», g’alaba uchun
kurashuvchi (xatarga tayyor, ruhan erkin, g’oyalarga boy, irodali, tirishqoq) tashkilotchi, ya’ni u
birgalikda ishlash uchun kishilarni birlashtira oladi. U haqiqiy savdogar, tovarlarini sotish uchun
odamlarni jalb qila oladi, ularni ishontira oladi. Zombert tadbirkorning maqsadi foydaning
o’sishiga erishish bo’lib, buning uchun u o’z ishini o’sishi, ravnaq topishiga intiladi, harakat
qiladi.
I. Shumpeter esa tadbirkorni novatorligiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha
tadbirkor deb, ishlab chiqarish omillarini yangi nisbatlarini (kombinatsiyasini) izlovchi, vujudga
keltiruvchi, shu bilan iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi kishi tushuniladi. Shumpeterning fikricha
tadbirkor ishlab chiqarishda individual xususiy mulk egasi bo’lishi shart emas. U bank
boshqaruvchisi bo’lishi yoki aktsioner jamiyatining boshqaruvchisi bo’lishi ham mumkin.
Tom ma’nosi bilan mulk egasi va tadbirkorni yagona kishi sifatida qarash kredit vujudga
kelishi bilan buzila boshladi. Tadbirkorlikni mulkdan ajralishi aktsionerlik jamiyatlarida nisbatan
osongina ko’zga ko’rinadi. Korporativ mulk aktsionerlik jamiyatida har bir aktsiya egasi o’zi
alohida mulkni tasarruf qilish huquqini yo’qotadi. Bu yuridik fakt. Ishlab chiqarishda hokimiyat
mulk egasidan ishlab chiqarishni tashkil etuvchiga o’tadi. Mulk egasining roli passivlashib
boradi. An’anaviy mulk sifatida tushunilgan aniq buyumlar o’rniga aktsioner bir parcha qog’oz,
mulk tituli — aktsiyaga ega xolos.
Korxona ishi yuzasidan aktsiya egasi shartli nazorat o’rnatadi. U korporatsiya faoliyati
yuzasidan javobgar emas. Bunday javobgarlik mulk egasi bo’lmagan tadbirkor — menejer
zimmasida bo’ladi. Shunday qilib, kredit munosabatlarining rivojlanishi boylikni individual
xususiy mulk shaklidan korporativ xususiy mulk shakliga o’tishi tadbirkorni tasarruf etishini
egalik qilishdan ajralishiga olib keladi. Bundan shunday nazariy xulosa chiqarish mumkin:
tadbirkorlik bilan mulk egaligi o’rtasida qat’iy aloqa yo’q. Tadbirkorlik bu faqat mulk egasiga
xos xislat emas.
Iqtisodiy nuqtai nazardan tadbirkorlik deganda nimani tushunish mumkin? Ilmiy
adabiyotlarda uni uch jihatdan qarash tavsiya etiladi.
1.Iqtisodiy kategoriya sifatida qarash. Buning uchun uning ob’ekti va sub’ektlarini
aniqlash zarur.
Tadbirkorlik ob’ekti maksimal darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish
omillari (kapital, er, mehnat) ni eng samarali nisbatini topib ishga tushirishdir.
I. Shumpeter fikricha tadbirkorning asosiy ishi iqtisodiy resurslarni ishlatishning eng
optimal-maqbul variantini va ularni eng ratsional nisbatlarini qidirishdir. Aynan ana shu xislati
bilan tadbirkor oddiy xo’jalik yurituvchidan farq qiladi. Tadbirkor iste’molchilarga ma’lum
bo’lmagan ne’matlar ishlab chiqarish, ishlab chiqarishning yangi usuli (texnologiyasi)ni yaratish,
yangi bozorlarni egallash, yangi xom ashyo manbalarini o’zlashtirish va hokazolarga intiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlari, eng avvalo jismoniy shaxslar (yakka hol, oilaviy) bo’lishi
mumkin. Bunda ular o’z mehnatlari asosida, shu bilan birga chetdan ishchi yollab ish yuritishlari
mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati bir guruh shaxslar tomonidan o’zaro shartnoma va iqtisodiy
manfaatdorlik asosida bog’langan kishilar jamoasi tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Jamoaviy tadbirkorlik sub’ektlari sifatida aktsionerlik jamiyatlari, ijara jamoalari, kooperativ,
shirkat va boshqalar, alohida tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat, uning tashkilotlari (organlari)
ish olib borishi mumkin.
2.Tadbirkorlikka xo’jalik yuritish uslubi (metodi) sifatida qarasak, uning bosh
xususiyati, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning mustaqilligi va erkinligidir. Tadbirkorning
mustaqilligi huquqiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Eng avvalo, tadbirkorlik faoliyat turini
tanlash, ishlab chiqarish dasturini ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini tanlash, resurslarni
sotib olish, mahsulot sotish, ularga narx belgilash, foydani tasarruf qilish va hokazo.
Tadbirkorlik erkinligi ma’nosida uni faoliya-ti ustidan rahbarlik qiluvchi, ya’ni nima faoliyat
bilan shug’ullanishi kerak, nima ishlab chiqarishi, qancha xarajat qilishi, kimga sotishi, necha
puldan sotishi, qancha ishlab chiqarishini ko’rsatadigan, belgilab beradigan tashkilot — organ
yo’q. Lekin, tadbirkorning faoliyati doimo bozor, undagi talab va taklif nisbati, narx bilan
chambarchas bog’liq.
Tadbirkorlikning ikkinchi xususiyati natija qanday bo’lishidan qat’i nazar qabul qilingan
qarorga javobgar bo’lish. Tadbirkorning faoliyati doimo tavakkalchilik xatari bilan bog’liq. U
esa doimo noaniqlik, bilib bo’lmaydigan natija bilan bog’liq. Nihoyatda aniq hisob-kitob ham,
uni asosida qilingan taxmin (prog-noz) ham nazariy jihatdan to’g’ri bo’lishiga qaramay, amalda
hammasi puchga chiqishi mumkin. Tadbirkorning oldindan qilgan mo’ljali oqibatining
noaniqligi uning doimiy yo’ldoshidir.
Tadbirkorlikning uchinchi xususiyati uning faoliyatini muvaffaqiyatga erishishga
yo’naltirilganligi, foydani ko’proq olishga intilishidir. Hozirgi paytda esa shu maqsaddagina
faoliyat yuritish emas, balki jamiyatda sotsial muammolarni hal qilish, madaniyat, fan, sog’liqni
saqlash, maorif, atrof-muhitni muhofaza qilish va hokazolarda faol qatnashishi ham ko’zda
tutiladi.
3.Tadbirkorlikni iqtisodiy fikr yuritishning o’ziga xos tipi sifatida qarasak, tadbirkor
o’z faoliyatidagi turli muammo va masalalarni echishda o’ziga xos kutilmagan yondashuvi,
original echimlar topishi, ya’ni yo’llarini qidirishi, xullas tinmay izlanishi bilan xarakterlanadi.
Bunda asosiy o’rinda tadbirkor shaxsi turadi.
Har qanday bozor xo’jaligining asosini iqtisodiy faol sub’ektlar —tadbirkorlar tashkil
etadi. Insonning tabiat in’om etgan eng muhim xususiyatidan biri uning qanday moddiy va
ijtimoiy mavqega ega bo’lishidan qat’i nazar, o’zining qobiliyatini tatbiq etishga harakat qilishi,
imkon qidirishidir.
O’z maqsadiga muvofiq biron ishni yo’lga qo’yish xuddi o’z eriga ishlov berishga
harakat qilish kabi insonning tug’ma intilishidir.
Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy jarayonning markaziy omili tadbirkordir. Bozor
iqtisodiyotini tadbirkorsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Tadbirkorlar sinfi erkin, bozor iqtisodiyotiga
tayangan demokratik jamiyatdagi o’rtacha tabaqa, ular iqtisodiy faol, qonunga rioya qilishga
harakat qiluvchi qatlam hisoblanadi. Ular ikki qutb: boylar va kambag’allar hisobidan ortib
boradi.
Tadbirkorlik bu biron ish bilan oddiygina mashg’ul bo’lish emas, u insonning o’ziga xos
fikrlashi, dunyoqarashi, shaxsiy intuitsiyaga ega bo’lishi, xislatidir. Tadbirkor bo’lish — demak
bosh-qalar qilmagan ishni qilishdir, deb hisoblaydi Shumpeter. Uzoqni ko’ra bilish, tasavvur
qilish, doimo qoloqlik, eskilikka, to’siqlarga, chetdan ko’rsatiladigan bosimlarga dosh berish,
qarshi tura bilish kabi xislatlarga ega bo’lish kerak. Tavakkal qilishni bilish, noaniqlik oldidan
qo’rquvni engishi, yuz beradigan jarayonlarga qarab ish tutish emas, balki ana shu jarayonlarni
izmiga bo’ysundirishga harakat qilishi kerak. Tadbirkorni g’alabaga bo’lgan intilishi olg’a
undaydi. Bu uning o’ziga xos mehnati va shu mehnatining iqtisodiy xarakterga ega ekanligidir.
Har bir kishi tadbirkor bo’lishi uchun eng avvalo o’zidagi xislatlarga to’g’ri baho bera
olishi kerak. Tashkil etiladigan turli kichik firmalarning 15 — 20% i qolib, qolganlari kasodga
uchrashining asosiy sabablaridan biri ham shunda. Tadbirkorlik iste’dod va maxsus
tayyorgarlikni talab etadi. Bizni adabiyotlarimizda tadbirkorlik ko’proq xo’jalik yuritish nuqtai
nazaridan qaraladi.
Respublikamizda qabul qilingan tadbirkorlik to’g’risidagi qonunda tadbirkorlikka
shunday ta’rif berilgan: «Tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida,
tavakkalchilik va mulkiy javobgarligi asosida amaldagi qonunlar doirasida tashabbus bilan
iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir».
Jahon adabiyotida tadbirkorlikning uchta funktsiyasi ajratib ko’rsatiladi.
Birinchi funktsiyasi — resurs bilan ta’minlash. Har qanday xo’jalik faoliyatining asosini
resurslar tashkil etadi. Chunki, resurslarsiz hech nima qilib bo’lmaydi. Ishlab chiqarishning
ob’ektiv (ishlab chiqarish vositalari, ya’ni er, kapital) hamda sub’ektiv (zarur bilim, kasb, tajriba
va mohirlikka ega kishilar) omillari birlashgandagina biron ishlab chiqarish yoki xizmat
ko’rsatish, umuman olganda biron faoliyat yuritish mumkin.
Ikkinchi funktsiya — tashkilotchilik. Buning ma’nosi — biron faoliyat uchun zarur
bo’lgan ishlab chiqarish omillarini birlashtirish va kombinatsiyalashning maqsadga tez va
samarali tarzda olib boradigan yo’llarini topish va shu asosda ish olib borish.
Uchinchi funktsiya — ijodkorlik, tashkiliy xo’jalik novatorligi, yangilikka intilishi bilan
bog’liq. Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida, ayniqsa, narxsiz raqobat kurashi uslublari
kuchaygan sharoitda biznes uchun bu funktsiyaning ahamiyati yanada kuchayadi. Natijada
innovatsiya bilan bog’liq tadbirkorlik uchun yangi sharoit yaratiladi, ilmiy-texnikaviy
ishlanmalar, venchur biznesi (texnika-texnologiya yangiliklarini qo’llashga asoslangan biznes)
bozori rivojlanadi. Tadbirkorlikning axborot infrastrukturasi takomillashadi. Davlat
tashkilotlarining foydali axborotlaridan foydalanish imkoni, patent-litsenziya xizmatlari, elektron
hisoblash mashinalari, kompyuterlar yordamida ma’lumot to’plash, internet orqali axborot olish
imkonlari kengayadi.
Shunday qilib, tadbirkorlik risk qilgan holda, mablag’larni samarali sarflab, ishlab
chiqarish omillarini eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda
olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyatdir.
2-§. Tadbirkorlik faoliyatining asosiy turlari
Tadbirkorlik faoliyati nihoyatda xilma-xil bo’lib, unga turli nuqtai nazardan qarash
mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqiy maqomiga ko’ra:
a) jismoniy shaxslar, ya’ni yuridik shaxs tashkil qilmay faoliyat yuritadiganlar. Ular
patent, litsenziya asosida faoliyat yuritishadi;
b) huquqiy shaxslar, ya’ni yuridik shaxs maqomiga ega holda tadbirkorlik qilish. Ular
asosan turli shakldagi firmalar, korxonalar bo’lib, qabul qilgan nizomlari asosida ish yuritadilar.
Mulkchilik maqomiga ko’ra tadbirkorlik faoliyati, asosan individual, oilaviy-xususiy,
korporativ-xususiy, jamoa, davlat, qo’shma mulkchilikka asoslangan tadbirkorlikka bo’linadi.
Ulardan har biri xo’jalik yuritish tizimida o’z o’rnini topadi.
Tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, xarakteri, takror ishlab chiqarish jarayoni,
Do'stlaringiz bilan baham: |