Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf


-§.  O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

3-§.  O‘zini o‘zi barbod qilayotgan shaxs  
axloqining psixologik tahlili 
 
 
Subyektning  ruhan  o‘zini  o‘zi  yemiruvchi  axloqini  tushunish 
uchun  uning  dunyoga  nisbatan  bo‘lgan  ratsional  va  irratsional 
munosabatlari  xususiyatini  hisobga  olish  zarur.  Inson  o‘z  axloqini 
mavjud  hayotda  rejalashtira  va  bashorat  qila  turib,  ongsiz  ravishda 
o‘zini  maqsadga  erishish  yo‘lida  kutib  turgan  taxminiy  energetik 
sarflariga umid qiladi. Maqsadiga erishish jarayonida inson ish bajarish 
uchun  zarur  bo‘lgan  energiya  miqdorini  chiqarishga  qodir  bo‘lmay 
qolsa,  u  holda  unda  charchoq  holati  paydo  bo‘ladi  va  qo‘shimcha 
ravishda  zarur  energiya  ishlab  chiqarish  uchun  ishni  to‘xtatib  turish 
istagi paydo bo‘ladi. Agar kishining rejalari va bashoratlari xato bo‘lib 
chiqsa va u talab qilinganidan ko‘proq energiya sarflagan bo‘lsa, unda 
hayajonlanish  holati  paydo  bo‘ladi.  Kishi  o‘zini  deyarli  har  narsaga 
qodir  deb  his  qiladi.  Buni  odamda  kutilmaganda  shunchalik  ko‘p  pul 
paydo  bo‘lgan  va  u  bu  pullarni  qayerga  sarflashni  bilmayotganligi 
holati bilan tenglashtirish mumkin. Shuning uchun, ko‘pgina individlar 
iloji boricha ko‘proq shunday holatga tushishga harakat qiladilar. Unga 
ruhiy faol moddalar deb ataluvchi vositalar yordamida erishiladi. Ruhiy 
faol  modda  –  bir  marta  qabul  qilishning  o‘zida  kayfiyatni,  jismoniy 
holatni, o‘zini his qilishni o‘zgartirish, uni o‘rab turgan olamni, axloqni 
o‘zlashtirish yoxud boshqa ruhiy-jismoniy samaralar berish, uzoq vaqt 
davomida  qabul  qilishda  esa  ruhiy  va  jismoniy  tobelikni  keltirib 
chiqaruvchi har qanday kimyoviy moddaga aytiladi. 
Ruhiy  tobelik  -  doimiy  yoki  davriy  ravishda  ruhiy-faol  moddani 
astoydil izlash bilan tavsiflanuvchi o‘rganib qolishdir. Jismoniy tobelik 
esa  –  tolerantlikning  ortishi,  ya’ni  bekor  qilish  sindromi  yuzaga 
kelishini  bartaraf  qilish  uchun  moddaning  o‘sib  boruvchi  dozalarini 
qabul  qilish  zaruriyati  bilan  tavsiflanadi.  Bekor  qilish  sindromi 
(abstinensiya)  –  ruhiy  faol  moddalarni  iste’mol  qilishni  to‘xtatish 
natijasida yuzaga keluvchi va xavotir, vahima, affektli zo‘riqish, ichki 
notinchlik,  achchiqlanuvchanlik  va  kayfiyat,  yurak  urishining 
pasayishi,  titrash  yoki,  aksincha,  terlashda  namoyon  bo‘luvchi  o‘ziga 
xos sindromdir. 
  Tolerantlik  (barqarorlik)  –  narkotikli  ta’sir  qiluvchi  moddaning 
ma’lum  dozasiga  bardosh  berish  qobiliyatidir;  istalgancha  samara 
beruvchi minimal doza bilan belgilanadi. 


 
65 
  Ruhiy-faol  moddalar  orasida  narkotiklar,  zaharli  va  psixotrop 
ta’sir  ko‘rsatuvchi  dori  vositalari  alohida  ajralib  turadi.  Narkotik 
deganda,  odatda,  quyidagi  mezonlarga  mos  keluvchi  modda  tushu-
niladi: 
-  ruhiy  jarayonlarga  o‘ziga  xos  –  sedativ,  rag‘batlantiruvchi, 
gallyutsinogen va shu kabilar (tibbiy mezon) ta’sir ko‘rsatadi; 
-  moddani  oqibati  ijtimoiy  ahamiyatga  ega  bo‘lgan,  ulkan  ko‘-
lamlarga yetadigan darajada notibbiy iste’mol qilish (ijtimoiy mezon); 
Narkotiklar  guruhiga  kiritilmagan  ruhiy  faol  moddalar  odatda 
zaharli moddalar hisoblanadi. Ularda narkotiklarning barcha psixotrop 
xossalari  mavjud  bo‘lib,  tobelik  shakllanishining  umumiy  qonuniyat-
lariga  egadirlar.  Buning  ustiga,  tobelik  shakllanishi  natijasidagi 
buzilishlar  hatto  o‘ta  og‘ir  ham  bo‘lishi  mumkin.  Biroq  ularni 
suiiste’mol qilishning ijtimoiy xavfi hozircha uncha katta emas. Ruhiy 
faol  vositalarga  alkogol,  ko‘knori  mahsulotlari,  kannabis,  sedativ  va 
uxlatuvchi  moddalar,  kokain,  kofein,  gallyutsinogenlar,  tamaki, 
uchuvchan  erituvchi  moddalardan  iborat  kuchaytiruvchi  moddalar 
kiradi. 
Giyohvandlik  –  narkotiklar  ro‘yxatiga  kiritilgan  moddalarni 
muntazam  ravishda  iste’mol  qilish  oqibatida  yuzaga  kelgan  kasallik 
(tobelik).  Zaharvandlik  (toksikomaniya)  –  narkotiklarning  rasmiy 
ro‘yxatiga  kiritilmagan  moddaga,  ba’zan  ruhiy,  ba’zan  esa  jismoniy 
bog‘liqlikda  namoyon  bo‘ladigan  tobelik.  Ularga  bog‘liq  bo‘lmagan 
holda narkotiklar  yoki  ruhiy-faol  zaharli  moddalarni  suiiste’mol  qilish   
giyohvandlik  yoki  toksikomaniya  deb  hisoblanmaydi.  Bunday  axloqni 
narkotizm  yoki  toksikomanik  axloq,  epizodik  suiiste’mol  qilish  va 
boshqalar  deb  atash  taklif  etiladi.  Psixologlar  bu  holda  «addiktiv 
axloq»  (inglizcha  addiction)  -  halokatli  odat,  nuqsonli  moyillik 
atamasini qo‘llaydilar. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish