Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

4. Oligofreniya.  Oligofreniya  (aqli  zaiflik)  bir  qator  omillar: 
homilaning  ona  qornida  rivojlanishi  davrida  yuzaga  keluvchi  irsiy 
(onaning  homiladorlik davrida  yuqumli,  zaharli,  jarohatli  zararlanishi) 
omillar  yoki  homilaning  tug‘ish  vaqtida  jarohat  olishi,  shuningdek 
go‘daklik  vaqtidagi  (birinchi  2-3  yilda)  zararli  ta’sirlar  oqibatlari 
hisoblanadi.  Irsiy  oligofreniyaning  10  dan  ortiq  shakllari  mavjud. 
Ularning bir qismi xromosomali abberatsiya sababli (masalan, mashhur 
bo‘lgan  Daun  kasalligi)  yuzaga  kelgan.  Oligofreniyaning  ba’zi 
shakllari  ko‘rlik,  karlik,  qo‘l-oyoq  barmoqlarining  bitishib  ketganligi 
yoki  yo‘qligi,  shuningdek, bosh  suyagining  (mikrotsefaliya)  kichikligi 
tana disproporsiyasi bilan uyg‘unlashgan holda turli majruhliklar bilan 
rivojlanishni  o‘z  ichiga  oladi.  Aqli  zaiflikning  boshqa  o‘ziga  xos 
shakllari  kretinizm  -  jismoniy  va  aqliy  rivojlanmay  qolish  bilan 
kechadigan erta endokrinli buzilishlar bilan bog‘liq. 
Oligofreniyaning  uchta  asosiy  darajasini  ajratishadi:  idiotiya  (IQ 
20 dan kam); imbetsillik (IQ q 20-50); debillik (IQ q 50-70). 
Idiotiya.  Bemorlar  deyarli  gapirmaydilar,  ularda  nutqni  aniq 
talaffuz  qilish  rivojlanmagan,  fikrlash  doirasi  g‘oyat  chegaralangan, 
shu sababli, bu bemorlar eng oddiy bilimlarni olishga layoqatsizdirlar. 
Ko‘pincha  ular  mustaqil  yura  olmaydilar,  siydik  va  axlat  chiqarishni 
nazorat  qilolmaydilar  va  doimiy  qarovga  muhtojdirlar.  Ular  uchun 
jismoniy  rivojlanishning  turli  majruhliklari  xosdir.  Aksariyat  hollarda 
bu bemorlarda  tug‘ma  ehtiyojlar  to‘xtab  qolgan  bo‘ladi:  ular  ochko‘z, 
ochiqdan-ochiq 
onanizm 
bilan 
shug‘ullanadigan, 
badjahl 
va 
tajovuzkor,    yoxud  befarq  va  befahm  bo‘ladilar.  Yengilroq  holatlarda 
ular yaqin qarindoshlari va xizmat ko‘rsatayotgan xodimlarni tanishlari 
va  o‘z  tuyg‘ularini  xursandchilik,  qichqirish,  kulgi  yoki  yig‘i  bilan 
izhor qilishlari mumkin. 
  Imbetsillik.  Bemorlarda  nutq  mavjud,  biroq  g‘oyat  qashshoq  va 
poyma-poy  bo‘ladi.  Ular  mustaqil  harakatlanadilar,  ma’lum  doirada 
o‘zlariga  xizmat  ko‘rsatadilar,  qoloq  shaklda  buyumlarni  differen-
siallashtiradilar,  vaziyatni  anglaydilar,  atrofdagilarning  ismlarini 
biladilar  va  ko‘pincha,  ayrim  jo‘n  ma’lumotlarni  yodlay  oladilar.  Bu 
bemorlar oddiy jismoniy ishni bajarishga (masalan xonani yig‘ishtirish, 
kir yuvish, og‘irlik ko‘tarish va boshqalar) qodirdirlar. Aqliy jarayonlar 
ularda  g‘oyatda  chegaralangan  va  sekinlashgan,  his-hayajonli  ta’sirlar 
ibtidoiydir.  Imbetsillar  orasida  qo‘zg‘atuvchi,  notinch  –  erritiv  va 
tormozlangan, sekinlashgan – torpidli turlari ajratiladi. 


 
98 
  Debillik.  Kasallikning  yengil  holatlarida  bemorlarning  zakovat 
darajasi  aqliy  me’yorning  pastki  darajasi  bilan    chegaralanadi.  Ularda 
fikrlash va nutq imbetsillardan ko‘ra bir muncha yaxshiroq rivojlangan 
bo‘lib,  ma’lum  chegaralarda  o‘qishga  layoqatlidirlar,  tashabbus  talab 
etmaydigan va takrorlanuvchi elementlardan iborat bo‘lgan turli, uncha 
murakkab  bo‘lmagan  jismoniy  ishlarni  bajarishlari  mumkin.  Oilaviy 
yoki  jamiyatdagi  har  qanday  o‘zgarishda  ancha  qiyinchiliklarga  duch 
keladilar,  zero  ularda  ruhiy  faoliyat  juda  oddiy  va  stereotiplidir. 
Hayotiy vaziyatlarni uncha chuqur o‘zlashtirmaydilar. Buning oqibati-
da  bemorlar  ko‘p  hollarda  atrofdagilarning  ekspluatatsiya  obyekti 
bo‘lib qoladilar. Hissiy ta’sirlanish ularda differensiallashgan. Debillik 
bilan  kasallangan  shaxslar    ba’zan  juda  chuqur  bog‘lanib  qolishga 
qodirdirlar.  Kasallik  yengil  shaklga  ega  bo‘lgan  hollarda,  bemorlar 
hayotga  moslashadilar,  oila  quradilar.  Debillik  darajasidagi  oligofren-
larni  bolalik  yoshidan  boshlab  maxsus  o‘qitish  katta  ahamiyatga  ega. 
Maxsus  o‘qitishdan  maqsad  -  ularda  axloqning  ma’lum  me’yorlarini, 
ko‘nikma  va  mahoratni  paydo  qilishdir.  Aks  holda,  bunday  bemorlar 
jinoiy  elementlarning  ta’siri  osongina  ostiga  tushib  qoladilar,  daydi-
darbadarlar, fohishalar va shu kabilarning sonini ko‘paytiradilar. 
  Tug‘ma aqli zaiflik ruhiy jarayonlarning notekis rivojlanishi bilan 
birlashib  ketgan  holatlar  ham  bo‘lishi  mumkin.  Bu  bemorlarda 
qandaydir qobiliyatlar,  ba’zan umumiy aqliy rivojlanish ancha orqada 
qolgan bo‘ladi. Biroq noyob xotiraga ega bo‘lgan yoki dilida murakkab 
arifmetik hisob-kitoblar qilishga qodir bo‘lgan, musiqiy qobiliyati o‘ta 
kuchli  oligofrenlar  borligi  haqida  ma’lumotlar  mavjud.  Bunday 
hollarda,  miya  qobig‘ining  ma’lum  funksiyalarini  bajaruvchi  bir  yoki 
bir  nechta  bo‘linmalari  gipertrofik  rivojlangan,  uning  boshqa 
bo‘linmalari  yoki  miya  butun  qismlarining  uncha  rivojlanmaganligi 
yoxud notekis rivojlanishi kuzatiladi. 
  Klinik  amaliyotda  oligofreniya  bilan  kasallangan  bemorlar  va 
orttirilgan  aqli  zaiflik  –  demensiya  bilan  kasallangan  bemorlarni 
farqlash  zarur.  Ko‘rgazmali  tushuntirish  maqsadida  tug‘ma  aqli  zaif 
bemorni  hech  qachon  boylikka  ega  bo‘lmagan  kambag‘al  odam  bilan 
tenglashtirish qabul qilingan bo‘lib, dement bemorni esa bor-yo‘g‘idan 
ajralgan badavlat odamga qiyoslashadi. 
Demensiyani  haqiqiy  va  yolg‘on  –  psevdodemensiyaga  ajratiladi. 
Psevdodemensiya  «tentak»  axloqning  ruhiy  zarbaga  uchragan 
sharoitdagi  (qamoq,  urush,  og‘ir  hayotiy  vaziyatlar  va  hokazo) 


 
99 
simulyativ  yoki  namoyishkorona  affektiv  ko‘rinishni  namoyon  etadi. 
Haqiqiy  demensiya  turg‘un  yoki  o‘sib  boruvchi  aqliy  pasayish  bilan 
birga shaxsiyat buzilishlari, ko‘p hollarda, xotira buzilishini o‘z ichiga 
oladi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish