Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

                                           
2-§. Agressiv  xulq-atvor 
 
Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilar. Ushbu toifadagi jinoyatchilar-
ning asosiy psixologik xususiyatlari shundan iboratki, ma’lum odamlar 
bilan muloqot qilish ular uchun o‘ta muhim, aytish joiz bo‘lsa, hayotini 
ta’minlovchi  xususiyatga  ega  bo‘ladi.  Zo‘ravonlikning  psixologik 
«ildizi»  shundaki,  jinoyatchi  o‘z  qurboniga  (ko‘p  jihatdan  ongsiz 
ravishda)  ehtiyojlarini  qondirish  yoki  o‘zini  uning  axloq  to‘g‘risidagi 
tasavvurlariga mos ravishda tutish qobiliyatini yuklaydi. 
Zo‘ravonlikka  moyillik  kishi  hayotining  ilk  bosqichlarida,  erta 
bolalikda shakllanadi va bolaning (bo‘lajak jinoyatchining) o‘z oilasida 
egallagan  o‘rni  natijasi  hisoblanadi.  Bu  o‘rinning  mohiyati  uni  ota-
onasi  yoqtirmasligi,    ba’zan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  undan  yuz  o‘girishidan 
iborat  bo‘ladi.  Bolaning  o‘z  onasi  rad  etuvchi,  yoqtirmovchi  rolida 


 
52 
chiqsa,  bunday  vaziyat  o‘ta  fojiali  bo‘ladi.  «Yoqtirmaslik»  atamasi 
onaning  o‘z  bolasiga  shunday  munosabatini  anglatadiki,  farzandini 
avvalambor  tabiiy  –  ovqatga,  issiqlikka,  tozalikka  ehtiyojlarini  o‘z 
vaqtida  va  aniq  qondirishga  qodir  emas,  yoki  istamaydi,  yoxud 
qilolmaydi.  Buning  natijasida  bola  surunkali  tanqislik,  o‘z  ehtiyoj-
larining  doimiy  qondirilmasligi  vaziyatida  bo‘lib  qoladi.  Bu  holat  uni 
doimiy ravishda boshqa odamga (onasiga) qaram qilib qo‘yadi, chunki 
faqat  ugina  ushbu  ehtiyojlarni  qondirishi  mumkin.  Bunday  ehtiyoj 
saqlanar  ekan  qaramlik  ham  saqlanib  qoladi.  Demak,  tajovuzkor-
zo‘ravon  jinoyatchilar  uchun  hayotiy  muhim  (vital)  ehtiyojlarning 
surunkali  ravishda  qondirilmasligi  xosdir,  shuning  uchun  ham  ularni 
qondira  oladigan  obyektlarga  xuddi  shunday  surunkali  tobelik  yuzaga 
keladi. 
Rad  etilayotgan  bola  uning  xavfsizligini  ta’minlovchi  aniq  bir 
kishi  (onasi)  yuzida  mujassam  bo‘lgan  uning  uchun  hayotiy  muhim 
shart-sharoitlarga qaram bo‘lib qoladi. Bu omillarning yetishmovchiligi 
uning hayoti uchun doimiy tahdid vaziyatini yuzaga keltiradi. U go‘yo 
so‘nggi  darajada  yashaydi:  hech  qachon  to‘liq  xavfsizlikni  va  o‘z 
ehtiyojlarining  qondirilganini  his  etmaydi  va  shu  vaqtning  bu  hayotiy 
muhim shart-sharoitlardan to‘liq mahrum bo‘lishgacha borib yetmaydi. 
Bu  potensial  ravishda  o‘zida  halokatli  tahdidni  olib  keluvchi 
mavjudlikning  o‘ziga  xos  «ekstremalligi"dir.  U  qotillik  va  boshqa 
shakldagi  jinoiy  zo‘ravonlik  namoyon  bo‘lishining  kelib  chiqish 
manbaidan iboratdir. 
Agar  qayd  etilgan  vaziyat  kishi  hayotining  ilk  davrida  yuzaga 
kelgan bo‘lsa, unda vaqt o‘tishi bilan (qariganda) u yo‘qolib ketmaydi, 
balki uning mazmuni va asosiy munosabatlarini saqlab boshqa shaklga 
o‘tadi.  Onaning  o‘rnini  asosiy  hayotni  ta’minlovchi  omil  sifatida 
boshqa  shaxs  egallashi  mumkin,  lekin  to‘la  tobelik  munosabati 
saqlanib qoladi. 
Qayd  etilgan  qaramlik  munosabati  boshqa  o‘ta  ahamiyatli 
oqibatlarga  ham  olib  kelishi  mumkin.  Ularning  asosiylaridan  biri 
mustaqil,  tobe  bo‘lmay  yashash  layoqatini  olish  jarayonining 
to‘xtashidir.  Bu  to‘xtash,  o‘z  navbatida,  shaxsning  ruhiy  va  ijtimoiy 
rivojlanishi  uchun  jiddiy  oqibatlarga  ega.  Ulardan  asosiysi  va  eng 
umumiysi  ruhiy  funksiyalarning  –  xotira,  o‘zlashtirish,  fikrlash, 
diqqatni  jamlash  va  boshqalarning  sekinlashgan  va  uncha  chuqur 
bo‘lmagan  rivojlanishi  hisoblanadi.  Inson  shaxsiyati  bu  yerda  go‘yo 


 
53 
sust  differensiallashadi  va  o‘z  tuzilishiga  ko‘ra  murakkablashadi. 
Qotillik  sodir  etganning  shaxsiyatini  o‘rgangan  tadqiqotchilar  ularda 
rivojlanishning  o‘rtacha  olganda  past,  qoloq  darajasini,  yuqori 
bo‘lmagan  umumiy  madaniyat,  tor  bilim  va  manfaatlar  doirasini 
belgilashlari bejiz emas. Bu orqali ushbu shaxslardagi moslashtiruvchi 
imkoniyatlarning sust rivojlanishi uchun asos yaratiladi, ular atrofdagi 
muhit  o‘zgarishlariga  moslashuvning  g‘oyat  cheklangan  vositalari  va 
usullariga ega bo‘ladilar, tashqi hodisalardan juda past va hissiy-qoloq 
darajada  ta’sirlanadilar  va  o‘zlashtirilayotgan  axborotni  intellektual 
ravishda  qayta  ishlash  imkoniyatlarida  g‘oyatda  cheklanganlar.  Ruhiy 
rivojlanishning  umumiy  past  darajasi  va  saqlangan  moslashuv 
imkoniyatlari  sababli  tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchilarda  ko‘proq 
rivojlangan  shaxslarga  nisbatan  ular  tahdid  qiluvchi  deb  qabul 
qiladigan  tashqi  voqealar  va  vaziyatlar  keskin  ortgan.  Tajovuzkor 
zo‘ravonlik  harakatlari  sodir  etiladigan  vaziyatda,  har  doim  ham 
jinoyatchilarga jiddiy bog‘liqlikda bo‘lgan kishilar ishtirok etadilar. Bu 
bog‘liqlik  jinoyatchilar  tomonidan  anglanmasligi  mumkin,  lekin  u 
aynan  tajovuzda  boshqa  kishining  faolligini  unga  jismoniy  yoki  ruhiy 
zarar yetkazgan holda yanchib tashlashga intilishda namoyon bo‘ladi. 
Zo‘ravonlikka moyillik odatda ilk yoshlikdanoq namoyon bo‘ladi. 
Shaxs  bolalikda  tabiiy  qiziquvchanlik,  o‘zini  biron-bir  ish  bilan  band 
qilishga  layoqatsizligini  namoyon  etadi,  boshqa  odamlar  bilan 
munosabat o‘rnatishda unga qiyinchilik tug‘ilmaydi. Mohiyatiga ko‘ra, 
bu  holatda  ham  uning  g‘ayriixtiyoriy  ravishda  boshqa  shaxsga 
psixologik tobeligi saqlanib qoladi. 
Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchi  shaxsning  yana  bir  muhim 
psixologik  xususiyati  uning  ayrim  vaziyatlarda  namoyon  bo‘ladigan 
fikrlari,  g‘oyalarining  yuqori  darajasi  hisoblanadi.  Ular  uchun 
shaxslararo  munosabatlarning  istalgan  tarafiga  nisbatan  ularda  yuqori 
darajada  sezuvchanlik,  xavfsirash,  atrof  muhitni  dushmanlarcha  qabul 
qilish  xosdir.  Vaziyatga  to‘g‘ri  baho  berishdagi  qiyinchiliklar, 
to‘g‘rilash qiyin bo‘lgan xatolari shularga bog‘liq bo‘ladi. 
Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchilarning  fikrlari,  g‘oyalari  yuqori 
darajada  hissiyotga  to‘laligi  muhitni  patalogiya  bilan  cheklaydi  va 
umuman,  ularning  jamiyatdan  begonalashganidan  dalolat  beradi.  O‘z 
navbatida, axloqni boshqara olmaslik shunga bog‘liq bo‘ladi. Shu bilan 
birga,  ular  atrofdagilarga  juda  yuqori  talablar  qo‘yishga  moyil 
bo‘ladilar,  ular  tez  xafa  bo‘luvchi  va  xudbindirlar,  xulqlari  qo‘pol, 


 
54 
odobsiz  va  kayfiyatlari  «otashin  shod-xurramlikdan  o‘lar  darajadagi 
g‘am-g‘ussagacha» o‘zgarishga moyildir. 
  Ayrim  tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchi  shaxslarning  mazmuniga 
ko‘ra  ekstazga  (o‘zini  yo‘qotish  darajasida  huzurlanishi)  o‘xshash 
bo‘lgan  chuqur  va  kuchli  tashvishlarga  moyilligi  g‘oyat  diqqatga 
sazovor  xususiyatdir.  Mazkur  holatning  psixologik  mazmuni  o‘ta 
murakkab  bo‘lib,  unda  shaxsiyatning  eng  chuqur  qatlamlari  qamrab 
olinadi;  zo‘ravonlik  harakatlari  sodir  etish  vaqtida  ushbu  shaxs  uchun 
favqulodda  qimmatga  ega  bo‘lgan  ruhiy  erkinlik,  qaramlik  holatidan 
chiqish  tuyg‘ulari  qamrab  olinadi.  Shuning  uchun  odam  o‘ldirishning  
tushunish  qiyin  bo‘lgan  sabablaridan  biri  ularning  bu  holatni  boshdan 
o‘tkazishga ehtiyoj sezishi hisoblanadi. 
Tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilarning boshqa toifasi qaramlikdan 
ozod  bo‘lish  muammosini  o‘z  shaxsiyatini  boshqa  odamlarga  faol 
ravishda zo‘rlab o‘tkazish yo‘li bilan hal etadi. Ular o‘z «Men»larining 
qimmatliligini  isbot  qilish  va  uning  e’tirofiga  erishish  ehtiyoji  bilan 
yashaydilar. Boshqa kishini o‘zining ta’sir doirasiga tortish, mohiyatiga 
ko‘ra  uni  o‘ziga  bo‘ysundirish  va  undan  «kayf  qilishning»  barcha  – 
moddiy,  moliyaviy,  energetik,  g‘oyaviy  va  hokazo  shakllari  uchun 
donor sifatida foydalanishning barcha usullari qo‘llanganda, bu zo‘rlab 
o‘tkazish ko‘pincha yaqqol namoyishli qarash xususiyatga ega bo‘ladi. 
Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchilarning  uchinchi  toifasi  -  bu 
keraklilik  tuyg‘usi  gipertrofiyalangan  odamlar  bo‘lib,  ular  shaxsiy 
tasavvurlari  va  axloq  me’yorlari  nuqtai  nazaridan  atrofdagilarga 
g‘oyatda  yuqori  va  qat’iy  talablar  qo‘yadilar.  Ular  o‘zlarining 
kerakliligi to‘g‘risidagi tasavvurlariga qat’iy bog‘langan bo‘lib, boshqa 
odamlardagi  axloqning  bu  tasavvurlardan  ozgina  og‘ishi  ularda  hissiy 
noqulaylikni, sezilarli og‘ishlar esa – vaziyatni ularning tasavvurlariga 
mutanosib ravishda zo‘rlik bilan tuzatish bo‘yicha harakatlarni  – ichki 
qahr-g‘azabni  vujudga  keltiradi.  Bu  yerda  inson  shaxsiy  o‘z  ideal 
tasavvurlarining  iskanjasida  bo‘ladi  va  hayotning  rang-barangligini 
qabul  qila  olmaydi:  u  zo‘rlik  bilan  ularni  o‘z  tasavvurlari  ostiga  olib 
keladi. Ko‘pincha bunday odamlar adolat uchun shiddatli kurashchilar 
bo‘lib  chiqadilar.  Uni  o‘rnatishning  asosiy  usuli  esa  zo‘ravonlik, 
majbur  qilishdir.  Keraklilik  haqidagi  gipertrofiyalangan  tasavvur 
namoyon  bo‘lishi  shakllaridan  biri  –  rashk  tuyg‘usidir.  Unda  boshqa 
kishining  xayrixohligidan  yolg‘iz  o‘zi  foydalanish  «huquqini» 
egallagan  mulkdorning  nuqtai  nazari  to‘plangan  va  o‘zgalar  hamda 


 
55 
o‘zgalar  tomonidan  ko‘rsatiladigan  har  qanday  e’tibor  belgilari  uning 
sha’nini  kamsitish  va  qayd  etilgan  «huquqqa»  suiqasd  deb  qabul 
qilinadi.  Rashk  bilan  asoslantirilgan  zo‘rlik  –  bu  o‘zi  haqida 
ideallashtirilgan  tasavvurlarini  himoya  qilishi  va  boshqa  kishini  o‘zi 
haqida  bunday  tasavvurlarga  ega  bo‘lishdan  mahrum  etish  hamda 
o‘zini shunga munosib tutishdir. 
Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchilar  orasida  o‘zi  haqidagi  shaxsiy 
fikrlarida  qaror  qilish,  biron  ish  qilish,  g‘ayrioddiy  qaltis,  xatarli 
harakat  sodir  qilishga  qodir  bo‘lgan  shaxs  sifatida  ishonch  qozonish 
ehtiyojiga  ega  bo‘lgan  kishilar  ham  uchraydi.  Doimiy  ravishda  o‘ziga 
ishonchsizlik,  ikkilanish,  qaror  qabul  qilishga  layoqatsizlik,  ularning 
shaxsiy xos xususiyatlari bo‘lib, ular ongli ravishda tinkani qurituvchi 
nomukamallik, keraksizlik tuyg‘usini boshdan kechiradilar va shuning 
uchun  uni  yengishga  doimo  shay  turadilar.  Bu  tayyorlik  ularni  qaltis, 
oqibati  yomon  bo‘ladigan  xavfli  holat  vaziyatlariga  undaydi.  Ayrim 
jinoyatchilar  o‘zlari  sodir  qilgan  og‘ir  jinoyat  sababini  bevosita  «zo‘r 
ishni bajarish» deb belgilaydlar. 
Shunday tajovuzkor-zo‘ravon jinoyatchilar toifasi borki, pasaygan, 
salgina  tushkun  kayfiyat,  qiziqishlari,  intilishlari,  istaklari  o‘tmas-
lashuvida ifodalangan passiv psixologik nuqtai nazar ularga xosdir. Bu 
toifadagilar  ko‘pincha  shaxsiy  nomukammalliklari,  hayotiy  orzu-
istaklari  va  davlatmandligi  yo‘qolganligini  suitsidal  fikrlarda  ifoda 
etadilar.  Ularning  yashirin tajovuzkor  odatlari  tashqi  axloqlarida qiyin 
namoyon  bo‘ladi.  Ichkilikka  moyillik,  tajovuzkor-zo‘ravonona 
harakatlarining  somatik  qayd  qilinishi  bu  o‘rinda  umumiy  manbaga, 
lekin  turli  yo‘nalishga  ega  bo‘lib,  bu  odamlar  o‘z  jinoyatlarini  o‘ziga 
xos  hayotiy  vaziyatga  tushib  qolganda  sodir  etadilar.  Bu  odamlarning 
uyidagilar yoki yaqin atrofdagilar tomonidan ekspluatatsiya qilinishiga 
olib keladi. Oila, odatda, o‘z «boquvchisi»dan norozi bo‘lib, unga faqat 
u  oilasiga  berayotgan  pullari  uchun  chidab  kelishayotganini  bildiradi. 
Bunday  oilada  o‘z  otasini  urish,  uydan  haydash  bilan  kuzatiladigan 
janjallar,  urush-to‘polonlar  ko‘p  bo‘ladi.  Shunday  kunlarning  birida  u 
qotillik  sodir  etadi.  Odatda,  bu  «maishiy»  deb  ataluvchi  sabablarga 
ko‘ra  sodir  qilinadigan  jinoyatlardir.  Sud  oldida  o‘z  aybidan  chuqur 
pushaymon  bo‘layotgan  va  qanchalik  og‘ir  bo‘lmasin,  uni  kutayogan 
jazoga  befarq  bo‘lgan  tubanlashgan,  baxtsiz  odam  hozir  bo‘ladi. 
Mohiyatiga ko‘ra esa, u faqat o‘zining mavjud bo‘lish huquqini himoya 
qilgan edi. 


 
56 
Jinoiy  zo‘ravonlikning  psixologik  xususiyatlari  haqida  qayd 
etilganlardan umumiy xulosa qilish mumkin. Bunday jinoyatlar asosida 
insonning o‘zi uchun hayotiy zarur deb bilgan va shuning uchun ularga 
qat’iy  qaramlik  holatida  bo‘lgan  ehtiyojlari  qondirilishini  keskin 
qiyinlashtiruvchi shart-sharoitlar yotadi. 
Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchi  shaxsiyatining  asoslantiruvchi 
mazmuniy  doirasini  tadqiq  qilishda  boshqalardan  ajralib  turuvchi 
quyidagi xususiyatlar aniqlanadi: 
1.  Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchi  shaxsiyatining  asoslantiruvchi 
doirasi  axloq  shakllarining  sabablari  paydo  bo‘lishi  va  tanlash 
erkinligining jiddiy cheklanishiga olib keluvchi tayanch ehtiyojlarining 
frustratsiyasi,  yo‘nalishning  o‘zgarishi  va  ularni  qo‘zg‘atuvchi 
an’analar tuzilmasining rigidligi bilan ajralib turadi. 
2.  Tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatchi  shaxsiyatining  infantil  va 
egotsentrik  mazmuni,  shaxsiy  foyda  ko‘rishga  mo‘ljallanganligi  va 
ijtimoiy  qimmatliklarning  yoqimsizligi  bilan  ajralib  turadi,  bu  esa 
g‘ayriqonuniy 
tajovuzni 
ro‘yobga 
chiqarish 
uchun 
me’yoriy 
cheklashlardan ichki ozodlikni paydo qiladi. 
Bosqinchi  qotillar  va  vaziyatli  qotillar  sababiy  doirasining 
solishtirma tadqiqotlari: 
1. Ehtiyojlarni moddiylashtirishning buzilishi bilan bog‘liq sabab-
lar. 
Sun’iy  (surrogat)  sabablarning  yuqori  darajadagi  ahamiyati 
mazkur shaxslarda sabab paydo bo‘lishi jarayonining buzilishi ularning 
jinsiy  sohadagi  qandaydir  buzilishlari  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.    Zero 
bosqinchi  qotillar  ko‘proq  o‘ta  shafqatsiz  (sadistlarcha)  va  latent-
gomoseksual  (invertatsiyalangan)  ko‘rinishlarni  namoyon  qiladilar. 
Bosqinchi  qotillarning  ongsiz  ravishda  guruhlarga  birlashishga 
intilishlari  shu  bilan  bog‘liq  bo‘lishi  ham  ehtimoldan  holi  emas. 
Aksincha, vaziyatli qotillar asosan yakka holda harakat qiladilar. 
Individlarning  muloqotlari  va  kayfiyatining  maniakal  buzilishlari 
va  yoki  ijtimoiy  dezadaptatsiya  ko‘rinishidagi  g‘ayriqonuniy  harakat-
larining  vaziyatli  sabablari  har  ikki  guruh  qotillarida    bir  xil  chastota 
bilan namoyon bo‘ladi. 
2.  G‘ayriqonuniy  harakatlarning  affektogen  sabablari  ehtiyojlari 
vositasidagi  buzilish  bilan  bog‘liq  sabablar  sababiy-qo‘zg‘atuvchi 
tuzilmada  xuddi  bosqinchi  qotillar  guruhidagi  kabi  (30%),  vaziyatli 
qotillar  guruhida  ham  ko‘p  tarqalgan  (32%).  Olingan  ko‘rsatkichlar 


 
57 
shaxsning  affektiv  doirasidagi  buzilishlarining  uning  atrofdagilarga 
nisbatan  ko‘rsatmalariga  jiddiy  ta’siri  haqidagi  muqaddam  olib 
borilgan  tadqiqotlarning  asosiy  xulosalari  va  qoidalari  tasdiqlaydi. 
Guruhlar  o‘rtasidagi  farq  shundaki,  bosqinchi  qotillar  qo‘pol 
paroksizmal-epileptik  affektlarning  (24  %)  buzilishi,  vaziyatli  qotillar 
esa  -  affektiv-shahvoniy  (22  %)  jihatdagi  buzilishlarni  sodir  etadilar. 
Bu holda, tasavvur qilish mumkinki, vaziyatli jinoyatchilarda ularning 
frustratsiyalangan  shahvoniy  yo‘nalishlari    anglanmagan  ravishda 
odam  o‘ldirishga  bo‘lgan  mayl  sifatida  namoyon  bo‘ladi  (rashk 
olovida, qasos olish va hokazo maqsadlarda odam o‘ldirish)
1

Bosqinchi  qotillar  «moslashuv»  himoyasini  qo‘llashga  ko‘proq 
moyildirlar.  Bu  ularning  ipoxondriya  va  organik  nevrozlarga 
moyilliklarini  bildiradi.  Aksincha,  vaziyatli  qotillar  «shilqimlik»  kabi 
himoya mexanizmini nisbatan ko‘proq qo‘llaydilar, bu ular o‘zlarining 
amalga  oshirayotgan  faoliyatlarini  uslubiy  tomondan  rejalashtirishga 
intilishi  shaklida  tajovuzkorliklari  ustidan  nazorat  o‘rnatishga 
urinishlaridan dalolat beradi. Biroq, vaziyat shaxsning nazorati ostidan 
chiqa  boshlaganda,  u  yana  ushbu  vaziyatli  omillarning  salbiy  ta’siri 
ostiga  tushadi  va  g‘ayriqonuniy  zo‘ravonlikdan iborat  nojo‘ya  harakat 
sodir  qiladi.  Shaxsga  qarshi  tajovuzkor-zo‘ravon  jinoyatlarning 
shahvoniy  zo‘rlik  bilan  bog‘liq  toifasi  alohida  o‘ziga  xos  tur  sifatida 
ajratiladi.  Bunda  zo‘rlikning  shahvoniy  deviatsiyalar  bilan  bog‘liqlik 
ehtimoli tengdir – atigi 50 % zo‘ravonlar buzilishning har xil turlariga 
ega  bo‘ladilar.  Zo‘ravon  qotillarni  shahvoniy  bo‘lmagan  asoslarda 
qotillik  sodir  etgan  jinoyatchilar  guruhi  bilan  solishtirganda,  ular 
yuqori  darajada  zakovatliliklari,  introversiyaning  eng  so‘nggi  darajasi 
va ruhiy-jinsiy rivojlanishda buzilish mavjudligi bilan ajralib turadi. Bu 
toifadagi  jinoyatchilarning  harakatlarida  ularning  tipologiyasini  tuzish 
uchun  uchta  asos  -  hokimlik,  g‘azab  va  sadizmga  moyillik  alohida 
ajratiladi. 
1.  Hokimiyatga  intiluvchi  zo‘ravon  qurbonini  yengish,  bo‘y-
sundirish  va  bir  vaqtning  o‘zida,  unga  yoqishni  istaydi.  Og‘riq 
yetkazish  istagi  unda  bo‘lmaydi.  Odatda,  shaxslararo  munosabatlarda 
va  hayotda  zo‘ravonlar  nomukammallik  kompleksi  tufayli  umuman 
omadsizdirlar. 
                                                
1
  Qarang:  Чезаре  Ломброзо.  Гениальность  и  помешательство.–  Минск. 
2000, – С.101.
 


 
58 
2.  Darg‘azab  zo‘ravon  jismoniy  shafqatsizlik    va  haddan  ziyod 
kuchdan  foydalanadi.  Uning  zo‘rligi  g‘ayriixtiyoriy  bo‘lib,  yaqinda 
boshidan  o‘tkazgan  salbiy  voqealar  ta’siri  ostida  bo‘ladi  va 
tajovuzkorlik ko‘chishining oqibati hisoblanadi. 
3.  Zo‘ravon  sadistni  tajovuzkorlik  to‘lqinlantiradi  va  zo‘ravonlik 
faktining o‘zi undan qoniqish manbai hisoblanadi. 
Bu  kabi  barcha  hollarda  zo‘ravonlarning  maqsadi  shahvoniy  va 
shunga  o‘xshash  ehtiyojlarni  qondirishdangina  iborat  bo‘lmaydi. 
Shahvoniy  aloqa  ular  uchun  tajovuzkorlikni  namoyon  qilish  usuli 
bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  holda  deviant  axloqning  sababi  ruhiy 
dilsiyohlik  emas,  balki  turli  holatlar  ta’siri  ostida  yuzaga  keluvchi 
ma’lum  shaxsiyatli  deformatsiyalari  hisoblanadi.  Tadqiqotlarga  ko‘ra, 
boshqalarga  nisbatan  tajovuzkor  shahvoniy  harakatlar  sodir  etgan 
shaxslar,  54  %  hollarda  o‘zlari  bolaligida  jismoniy  tajovuzga  duch 
kelgan.  Bolaligida  zo‘rlikni  boshidan  o‘tkazgan  odamlar,  boshqalarga 
nisbatan ko‘proq nomus va aybdorlik tuyg‘usini boshdan kechiradilar, 
o‘ziga  baho  berish  bilan  farqlanadilar  va  xavfli,  shu  jumladan 
shahvoniy    vaziyatlarga  jalb  qilinadilar.  Shuningdek,    insestning 
avloddan-avlodga o‘tish an’anasi alohida ta’kidlanadi. 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish