Microsoft Word лотинча девиант хулқ-атвор психологияси rtf



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/68
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#288543
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68
Bog'liq
Deviant xulq atvor psixogiyasi

Ehtiyotsiz  jinoyatchilar.  Ehtiyotsizlik  orqasida  jinoyat  sodir  etgan 
shaxslar  qasddan  jinoyat  sodir  etgan  shaxslarga  nisbatan  o‘zlarining 
psixologik  xususiyatlariga  ko‘ra  prinsipial  tafovutlarga  egadirlar. 
Ushbu  shaxslar  uchun  qasdli  jinoyatchilarda  bo‘lgani  kabi  maqsadga 
erishish  sababiyligi  emas,  balki  omadsizlikdan  qochish  sababi  xosdir. 
Bunday holda, kishi uchun muvaffaqiyatga intilish emas, balki shaxsiy 
halokat  deb  qaraluvchi  muvaffaqiyatsizlikdan  qochish  muhim  bo‘lib 
qoladi. 
  Ehtiyotsiz  jinoyatchilar  uchun  hayotiy  vaziyatlarga  ta’sirchanlik 
nuqtai  nazaridan  intrapunitiv  ta’sirlar,  yoki  ekstrapunitiv  ta’sirlar  xos 
bo‘lgan,  ya’ni  aybni  atrofdagilarga  ag‘darish  moyilligi  bo‘lgan  qasdli 
jinoyatchilardan farqli o‘laroq, ularga sodir etilgan jinoyat uchun aybni 
ko‘proq  o‘z  zimmalariga  olish  xosdir.  Mazkur  shaxslar  toifasida  turli 
vaziyatlardan  xavotirlanish  yuzaga  kelishiga  moyillik  kuzatiladi.  Ular 
o‘zlariga ishonchsizlik, ruhiy zarba vaqtida bezovta bo‘lishga moyillik, 
ortiqcha  o‘zini  o‘zi  nazorat  qilish  tuyg‘ulari  ko‘rinadi.  Ekstremal 
(qaltis)  vaziyatlarda  bunday  shaxslar  qo‘rquvga  oson  beriladilar  va 
tahdidli  ega  vaziyatda  ratsional  emas,  balki  hissiy  ta’sirlanishga 
moyildirlar. Bularning barchasi favqulodda sharoitlarda bajarilayotgan 
harakatlar  samarasining  pasayishi  va  xatolar  miqdorining  oshishini 
nazarda  tutadi.  Ularda  to‘siqlarga  chidamlilikning  past  darajasi 
kuzatiladi,  ushbu  vaziyatlar  mutanosib  moslashuvning  buzilishiga  va 
qaror  qabul  qilishdagi  qiyinchiliklarga  olib  keladi.  Tadqiqotlar  shuni 
ko‘rsatadiki,  bunday  shaxslar  uchun  oldindan  aytib  bo‘lmaydigan 
yakunli,  amaldagi  omillarning  tez-tez  almashishi  va  tartibga 


 
63 
solinmagan  o‘lchovlarga  ega  vaziyatlar  ruhiy  zarba  (stressli) 
hisoblanadi.  Bunday  holatda  ular  stereotipli,  andazali  harakatlarga 
moyil  bo‘ladilar  va  holatni  yetarli  darajada  xolisona  tahlil  qilish 
ahvolida  bo‘lmaydilar,  bu  esa  oldindan  bilish  mumkin  bo‘lgan 
natijalarning buzilishiga olib keladi. 
  Ehtiyotsiz  jinoyatchi  shaxsiyatining  boshqa  xususiyati  aybdorlik 
hissining  mavjudligidir.  Bu  tuyg‘u  bilan  bog‘liq  holat  ular  uchun 
subyektiv  ravishda  odatiy  bo‘lib  qoladi  va  ular  ongsiz  ravishda  unga 
intiladilar.  Shuning  uchun,  ongsiz  ravishda  o‘zini  aybdorlik  hissini 
faollashtirish  bilan  bog‘liq  sharoitlarga  solib  qo‘yish  an’anasi 
amerikalik psixolog E. Bernning terminologiyasi bo‘yicha, mazmuniga 
ko‘ra,  ssenariyli  xarakterga  ega  bo‘lishi,  ya’ni  ongsiz  hayotiy  intilish, 
kishining  axloqini  belgilab  beruvchi  va  uning  uchun    hamma 
qilmishlari  va  umuman  axloqini  tizib  qo‘yuvchi  sabab  bo‘lib 
hisoblangan  dastur  sifatida  namoyon  bo‘lishi  mumkin.  Jinoyat  ular 
uchun  ongsiz  ravishda  o‘zlarini  aybdorlik  hissini  maksimal  darajada 
kuchli  his  qilishlari  va  uzoq  vaqt,  hatto  doimo  shu  holatda  qolishlari 
mumkin bo‘lgan vaziyatga solib qo‘yishga intilish bilan belgilanadigan 
hayotning  muayyan  qonuniy  holati  hisoblanadi.  Ehtiyotsiz  jinoyat 
interpretatsiyaning ushbu jihatidan aybdorlik hissini maksimal darajada 
boshdan  o‘tkazish  va  qolgan  butun  umri  davomida  uni  boshdan 
kechirishni davom ettirishning subyektiv imkoniyati  sifatida namoyon 
bo‘ladi.  Boshqacha  aytganda,  ehtiyotsiz  jinoyatni  asosiy  hayotiy 
muammoni  hal  etish  –  kelgusidagi  holatlardan  qat’i  nazar,  kelajakda 
doimo  aybdorlik hissini tuyish imkonini beruvchi hayotiy  tarjimai hol 
faktini  qo‘lga  kiritishga  imkon  beruvchi  o‘ziga  xos  ekzistensial  yutuq 
deb baholash mumkin. 
Qayd  etilgan  delikvent  shaxsning  psixologik  xususiyatlari 
tahlilidan quyidagi xulosaga kelish mumkin. 
1. Psixologik xususiyatlar va jinoiy faoliyat o‘rtasida aniqlangan aloqa 
muhit ma’lum darajada ta’sir qilganda psixologik aloqasi jinoiy axloqning 
real  ravishda  amalda  potensial  omillaridan  biri  sifatida  ko‘rib  chiqish 
imkonini  beradi,  chunki  muhit  ushbu  omil  namoyon  bo‘lishiga  xuddi 
kuchaytiruvchi ta’sir kabi, uni to‘xtatuvchi ta’sir ham ko‘rsatadi. 
2.  Keltirilgan  jinoyatchilarning  axloqiy  va  psixologik  xususiyat-
larini  hisobga  olgan  holda,  delikvent  shaxs  qonunga  rioya  qiluvchi 
shaxs bo‘lganida  ular  mazkur toifadagilar  uchun  jinoiy  ahamiyat kasb 
etuvchi  va  o‘ziga  xos  me’yoriy  salbiy  tizim  yoki  mustahkam 
psixologik xususiyatlari  bilan farq qiladi. 


 
64 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish