Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet243/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

 
6-ma‟ruza 
Morfologik uslubshunoslik 
 
Reja: 
 
Asosiy tayanch tushunchalar:  
Analitik  shakl – ko`makchili shakl. Pleonastik - qo`sha qo`llanish. Omoaffiks – bir 
qo`shimchaning ikki hil ko`rinishda qo`llanilishi. 
 
Morfologik stilistika quyidagi masalalarni o`rganadi.  
1.  O`zbek  tilida  bir  grammatik  kategoriyaning    ikki  va  undan  ortiq  ko`riniShlarga  ega 
bo`liShi, ya‘ni grammatik sinonimiya. 
2.  Bir necha grammatik Shakllarning o`zaro zid ma‘noni ifodalaShi grammatik antonimiya. 
3.  Bir  hil  grammatik  Shakllarning  bir  necha  hil  ma‘noni  ifodalaShi,  Ya‘ni  grammatik 
omonimiya. 
4.  Morfologik stilistikada hozirgi o`zbek tilida  zamon, mayl formalarining, ayrim yasovchi 
affikslarning  bir-biriga  nisbatan  sinonimik  munosabatda  bo`liShi,  ularning  biri  o`rnida 
ikkinchisini  ishlatish  imkoniyati  masalasi  hamda  har  bir  so`z  turkumiga  hos  bo`lgan  uslubiy 
xususiyatlar  o`rganiladi.  
Masalan: Otlarning uslubistik xususiyati bilan tanishib chiqaylik. 
Ma‘lumki, ot turkumiga hos kategoriyalar quyidagilar: egalik, kelishik, son. Bularning 
qo`llaniShida ularga hos bo`lgan sinonimik holatgina emas, balki nutqda ularning tutgan 
o`rni, bu formalarning o`zaro o`rin almaShib iShlatiliShi va Shunday holatda namoyon 
bo`ladigan uslubiy tomonlar hisobga olinadi.  
Masalan: ko`plik affiksi faqat ko`plik tushunchasini ifodalamaydi. U turli hil uslubiy 
ma‘nolarni anglatiSh uchun hizmat qiliShi mumkin.  
Hozirgi o`zbek tilida ko`plik ma‘nosi  analitik usulda ham ifodalanadi. Masalan: yuzta 
kitob, mingta qo`y kabi
Lekin ba‘zan mana Shu so`zlarga - lar affiksini qo`Shib ishlatish hollari uchraydi. Bu 
uslubiy jihatdan hato qo`llaShdir, chunki otlarning oldidan keltirilgan sonlarning o`zi ko`plik 
ma‘nosini beradi. Buning ustiga -lar affiksi qo`Shilsa ma‘noda ortiqchalilik  keltirib 
chiqaradi.  
Kelishik affikslarining uslubistik xususiyatlariga e‘tibor bersak, ularning biri o`rniga 
ikkinchisi biror uslubiy maqsadda iShlatilganining guvohi bo`lamiz. Lekin bu affikslar o`zlari 
qo`Shilib kelgan negizlar bilan birgalikda ma‘no ifodalaydi.  
Masalan: otni mindi  - otga mindi 
    daryoni kechib o`tdi -  daryodan kechib o`tdi.      


 
207 
Ba‘zan kelishik affikslarining tuShirib qoldiriliShi o`zgacha uslubiy ma‘no kelib 
chiqiShiga sabab bo`ladi. Masalan: ilon yutgan odam.  
Bu gapda qanday ma‘no anglatiliShi intonastiyaga va kontekstga bog‘liq. Agar ilon  yoki    
odam  so`ziga  - ni affiksi  qo`Shilsa, ma‘no oydinlaShadi qo`yadi: ilonni yutgan odam – ilon 
yutgan odamni.  
Morfologik stilistikada kelishik affikslarining belgili Yoki   belgisiz qo`llaniShi, ularning 
qo`Sha qo`llaniSh holati masalalari ham muhim rol` o`ynaydi. Masalan: bo`ri quvgan odam 
gapida bo`ri odamni quvganmi yoki   odam bo`rini quvganmi?, bilib bo`lmaydi. Stilistika 
mana Shunday  gaplardagi so`zlardan birida tushum kelishigi affiksi bo`liShi shartligini 
o`rgatadi. Masalan:    Gul keltirmoq, hat yozmoq. 
   
Juda ajoyibdir inson udumi 
   
suvni juda ham juda ham suyar 
   
Deylik, biror joyda nihol ko`rdimi, 
   
Albatta tagiga suv quyar.  
Yoki  : 
   
Ho`Sh, undan keyin 
   
Inson suvdan yana qanday zavq tuyar? 
   
Bekor qolganida ba’zida sekin 
Bir-birin tagiga suv quyar.  (A.Oripov)  
    
Kelishik affikslari biror jumlada takror iShlatilsa,  uslubiy aniqlikka putur yetadi. 
Masalan: O`zDJTU halqaro jurnalistika fakul`tetining talabasi  Norova Hosiyatning 
daftari. Bu  jumlada -ning affiksi bir marta iShlatiliShi kerak. SHunda jumla uslubiy jihatdan 
to`g‘ri bo`ladi.  
Kelishiklar ichida tuShum va qaratqich belgili va belgisiz qo`llaniShiga ko`ra rang-
barang uslubiy xususiyat kaShf etadi. Masalan: gulning bargi –gul bargi. Otabekning hati -  
Otabek hati. 
Bu misollardan –ning iShlatilgani ta‘kid ma‘nosini ifodalasa, bu affiks ishlatilmaganida 
esa umumiylik anglaShiladi.  
SHe‘riy  nutqda qaratqich va tushum kelishiklari bir hil Shaklda bo`lib, qoliShi mumkin. 
Mana shu o`rinda qaysi kelishik qo`llangani grammatik aloqaga ko`ra  aniqlanadi. Masalan:  
Er kurrasin boshin tang‘idik 
Va tarihning tomirlariga quydik erigan temir. 
(G’. G’ulom) 
Bu She‘rda kurrasin, boshin so`zlari bir hil Shakldadir. Lekin ular turli kelishikka 
mansub. Bu misrada so`zlarning bunday iShlatiliShi She‘riy  ko`tarinkilikni ta‘minlashni 
nazarda tutadi.  
Misralardagi kurrasin, boshin so`zlaridagi -ni affiksi  o`zaro omonim  bo`lib, u birinchi 
so`zda qaratqich kelishigi, ikkinchisida esa tuShum kelishigi Shaklini yasaydi.  
Qaratqich kelishigi qaraShlilikni bildiradigan –niki, -im kabi Shakllar bilan o`zaro 
sinonim bo`lib keladi. Masalan: 
Qanday bahtiyorsan Vatanim endi,  
YOp-yorug’ kelajak bari seniki. 
Sen minglab azamat botirga doya, 
Arslon yigitlarning bari seniki    ( G’.G’ulom) 
Ona halqim, jon-tanim manim 
O`zbekiston-Vatanim manim. 
(A.Oripov) 
Manim peshonamga nelar yozilgan. Saltanatning taqdiri na bo`lur, qay birini bilasiz.   
(O.Yoqubov) 
Bu misollarda manim so`zidagi -im, affiksi -ning o`rnida iShlatilgan. CHunki bu o`rinda 
davr tilini aks ettiriSh maqsadi ko`zda tutilgan. 
Misollarda  manim  mening o`rnida ishlatilgan. Bu o`rinda alliterastiya va assonans hosil 
qiliSh uchun va Shu orqali She‘rdagi so`zlarning ohangdorligini ta‘minlaSh maqsadi nazarda 
tutiladi.  


 
208 
Ot so`z turkumining uslubiy imkoniyatlari bu so`z turkumiga hos bo`lgan egalik, kelishik, 
ko`plik va sub‘ektiv baho Shakllarida yana ham qirraliroq ko`rinadi. Jamiyat taraqqiyoti 
tufayli bu kategoriyalarga hos bo`lgan Shakllarning ba‘zilari eskirib, o`rniga yangisi paydo 
bo`lgan, ba‘zilari esa variant sifatida qo`llanilib, ma‘lum bir uslubiy  vazifani  bajaradi.  
Masalan: o`zbek tilida yo`naliShni bildiradigan -ga, -ka, -qa, affikslari     adabiy tilga hos 
bo`lib, neytral Shakllarda, -a, - g’a  va -na esa ma‘lum uslubga hos bo`lib, uslubiy vosita 
sifatida hizmat qiladi. Masalan:  
Sochining savdosi tuShdi boshima boshdin yana  
Tiyra bo`ldi ro`zg’orim ul qaro qoShdin yana. 

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish