6-ma‟ruza
Morfologik uslubshunoslik
Reja:
Asosiy tayanch tushunchalar:
Analitik shakl – ko`makchili shakl. Pleonastik - qo`sha qo`llanish. Omoaffiks – bir
qo`shimchaning ikki hil ko`rinishda qo`llanilishi.
Morfologik stilistika quyidagi masalalarni o`rganadi.
1. O`zbek tilida bir grammatik kategoriyaning ikki va undan ortiq ko`riniShlarga ega
bo`liShi, ya‘ni grammatik sinonimiya.
2. Bir necha grammatik Shakllarning o`zaro zid ma‘noni ifodalaShi grammatik antonimiya.
3. Bir hil grammatik Shakllarning bir necha hil ma‘noni ifodalaShi, Ya‘ni grammatik
omonimiya.
4. Morfologik stilistikada hozirgi o`zbek tilida zamon, mayl formalarining, ayrim yasovchi
affikslarning bir-biriga nisbatan sinonimik munosabatda bo`liShi, ularning biri o`rnida
ikkinchisini ishlatish imkoniyati masalasi hamda har bir so`z turkumiga hos bo`lgan uslubiy
xususiyatlar o`rganiladi.
Masalan: Otlarning uslubistik xususiyati bilan tanishib chiqaylik.
Ma‘lumki, ot turkumiga hos kategoriyalar quyidagilar: egalik, kelishik, son. Bularning
qo`llaniShida ularga hos bo`lgan sinonimik holatgina emas, balki nutqda ularning tutgan
o`rni, bu formalarning o`zaro o`rin almaShib iShlatiliShi va Shunday holatda namoyon
bo`ladigan uslubiy tomonlar hisobga olinadi.
Masalan: ko`plik affiksi faqat ko`plik tushunchasini ifodalamaydi. U turli hil uslubiy
ma‘nolarni anglatiSh uchun hizmat qiliShi mumkin.
Hozirgi o`zbek tilida ko`plik ma‘nosi analitik usulda ham ifodalanadi. Masalan: yuzta
kitob, mingta qo`y kabi.
Lekin ba‘zan mana Shu so`zlarga - lar affiksini qo`Shib ishlatish hollari uchraydi. Bu
uslubiy jihatdan hato qo`llaShdir, chunki otlarning oldidan keltirilgan sonlarning o`zi ko`plik
ma‘nosini beradi. Buning ustiga -lar affiksi qo`Shilsa ma‘noda ortiqchalilik keltirib
chiqaradi.
Kelishik affikslarining uslubistik xususiyatlariga e‘tibor bersak, ularning biri o`rniga
ikkinchisi biror uslubiy maqsadda iShlatilganining guvohi bo`lamiz. Lekin bu affikslar o`zlari
qo`Shilib kelgan negizlar bilan birgalikda ma‘no ifodalaydi.
Masalan: otni mindi - otga mindi
daryoni kechib o`tdi - daryodan kechib o`tdi.
207
Ba‘zan kelishik affikslarining tuShirib qoldiriliShi o`zgacha uslubiy ma‘no kelib
chiqiShiga sabab bo`ladi. Masalan: ilon yutgan odam.
Bu gapda qanday ma‘no anglatiliShi intonastiyaga va kontekstga bog‘liq. Agar ilon yoki
odam so`ziga - ni affiksi qo`Shilsa, ma‘no oydinlaShadi qo`yadi: ilonni yutgan odam – ilon
yutgan odamni.
Morfologik stilistikada kelishik affikslarining belgili Yoki belgisiz qo`llaniShi, ularning
qo`Sha qo`llaniSh holati masalalari ham muhim rol` o`ynaydi. Masalan: bo`ri quvgan odam
gapida bo`ri odamni quvganmi yoki odam bo`rini quvganmi?, bilib bo`lmaydi. Stilistika
mana Shunday gaplardagi so`zlardan birida tushum kelishigi affiksi bo`liShi shartligini
o`rgatadi. Masalan: Gul keltirmoq, hat yozmoq.
Juda ajoyibdir inson udumi
U suvni juda ham juda ham suyar
Deylik, biror joyda nihol ko`rdimi,
Albatta tagiga suv quyar.
Yoki :
Ho`Sh, undan keyin
Inson suvdan yana qanday zavq tuyar?
Bekor qolganida ba’zida sekin
Bir-birin tagiga suv quyar. (A.Oripov)
Kelishik affikslari biror jumlada takror iShlatilsa, uslubiy aniqlikka putur yetadi.
Masalan: O`zDJTU halqaro jurnalistika fakul`tetining talabasi Norova Hosiyatning
daftari. Bu jumlada -ning affiksi bir marta iShlatiliShi kerak. SHunda jumla uslubiy jihatdan
to`g‘ri bo`ladi.
Kelishiklar ichida tuShum va qaratqich belgili va belgisiz qo`llaniShiga ko`ra rang-
barang uslubiy xususiyat kaShf etadi. Masalan: gulning bargi –gul bargi. Otabekning hati -
Otabek hati.
Bu misollardan –ning iShlatilgani ta‘kid ma‘nosini ifodalasa, bu affiks ishlatilmaganida
esa umumiylik anglaShiladi.
SHe‘riy nutqda qaratqich va tushum kelishiklari bir hil Shaklda bo`lib, qoliShi mumkin.
Mana shu o`rinda qaysi kelishik qo`llangani grammatik aloqaga ko`ra aniqlanadi. Masalan:
Er kurrasin boshin tang‘idik
Va tarihning tomirlariga quydik erigan temir.
(G’. G’ulom)
Bu She‘rda kurrasin, boshin so`zlari bir hil Shakldadir. Lekin ular turli kelishikka
mansub. Bu misrada so`zlarning bunday iShlatiliShi She‘riy ko`tarinkilikni ta‘minlashni
nazarda tutadi.
Misralardagi kurrasin, boshin so`zlaridagi -ni affiksi o`zaro omonim bo`lib, u birinchi
so`zda qaratqich kelishigi, ikkinchisida esa tuShum kelishigi Shaklini yasaydi.
Qaratqich kelishigi qaraShlilikni bildiradigan –niki, -im kabi Shakllar bilan o`zaro
sinonim bo`lib keladi. Masalan:
Qanday bahtiyorsan Vatanim endi,
YOp-yorug’ kelajak bari seniki.
Sen minglab azamat botirga doya,
Arslon yigitlarning bari seniki ( G’.G’ulom)
Ona halqim, jon-tanim manim
O`zbekiston-Vatanim manim.
(A.Oripov)
Manim peshonamga nelar yozilgan. Saltanatning taqdiri na bo`lur, qay birini bilasiz.
(O.Yoqubov)
Bu misollarda manim so`zidagi -im, affiksi -ning o`rnida iShlatilgan. CHunki bu o`rinda
davr tilini aks ettiriSh maqsadi ko`zda tutilgan.
Misollarda manim mening o`rnida ishlatilgan. Bu o`rinda alliterastiya va assonans hosil
qiliSh uchun va Shu orqali She‘rdagi so`zlarning ohangdorligini ta‘minlaSh maqsadi nazarda
tutiladi.
208
Ot so`z turkumining uslubiy imkoniyatlari bu so`z turkumiga hos bo`lgan egalik, kelishik,
ko`plik va sub‘ektiv baho Shakllarida yana ham qirraliroq ko`rinadi. Jamiyat taraqqiyoti
tufayli bu kategoriyalarga hos bo`lgan Shakllarning ba‘zilari eskirib, o`rniga yangisi paydo
bo`lgan, ba‘zilari esa variant sifatida qo`llanilib, ma‘lum bir uslubiy vazifani bajaradi.
Masalan: o`zbek tilida yo`naliShni bildiradigan -ga, -ka, -qa, affikslari adabiy tilga hos
bo`lib, neytral Shakllarda, -a, - g’a va -na esa ma‘lum uslubga hos bo`lib, uslubiy vosita
sifatida hizmat qiladi. Masalan:
Sochining savdosi tuShdi boshima boshdin yana
Tiyra bo`ldi ro`zg’orim ul qaro qoShdin yana.
Do'stlaringiz bilan baham: |