YAhshilik qo`ldanki kelmas, zulm ham qilma chunon
(Nizomiy Ganjaviy)
Omonimlar
Omonimlar nutqda tuyuqlar, so`z o`yinlari hosil qiliSh uchun iShlatiladi.
Bir marta gapirsang, o`yla necha bor
Bilmasang, bilganlar huzuriga bor
Burun ko`tarmoqni kim qo`ydi senga
Ahir aqlliroq o`zgalar ham bor. (H. Saloh).
Ayniqsa, omofonlar so`z o`yini yaratiShda katta imkoniyatga ega. Masalan:
Kungaboqar, kungaboqar. Umr bo`yi kunga boqar
Omonimlardan A.Navoiy, Z.M.Bobur kabi mashhur Shoirlar unumli foydalanib, tuyuqlar
yaratiShgan.
Kundalik hayotimizda keng qo`llanadigan, barcha uchun tushunarli bo`lgan so`zlar faol
leksikani taShkil etadi.
Nofaol so`zlar esa hayotimizda kam iShlatiladi, hammaga ham tushunarli bo`lavermaydi.
Shuning uchun ular qo`llaniShi chegaralangan leksika qatoriga kiradi. Ular eskilik bo`yog‘iga
ega bo`ladi. Bunday so`zlar arhaizm va istorizmlar deyiladi.
Arhaik so`zlar badiiy asarlarda, fel`etonlarda, tanqidiy maqolalarda nutqqa kinoya, piching,
mazah, maShara ruhini beriSh uchun iShlatiladi.
Masalan:
Faqir jami yozg’uvchilarimizning osor va aSh’oridin bahramand bo`lib, har dasturhon
ustida odoyi janrlarini qilurmen. Bu mutoalalar hosiyatidin o`zumda ham andek tab’i nazm
paydo bo`lib, bir qancha bayt-g’azallar yozdim.
A.Qahhor ―Maktub‖
Istorizm esa o`tmiSh voqeligini ataSh zaruriyati bilan ishlatiladigan so`zlar. Masalan: Faqir
muddat sakkiz yil, riyozat chekib, 15 yoShimda Kalomi SHarifni hatm qildim va bir jum’a
nomozida imomatga o`tdim. A. Qahhor ―Maktub‖
Neologizmlarning uslubistik vazifasi juda hilma-hildir.
Ma‘lumki, hayotimizda yangi paydo bo`lgan so`zlar faqat ataSh vazifasini bajaradi.
Masalan: jinsi, vilvet, internet, komp`yuter, magistr, bakalavr, supermarket, holding va h.k.
Lekin yozuvchilar tomonidan yaratiladigan neologizmlarlarning uslubistik xususiyati katta.
Bular okkazionalizmlar deyiladi. Masalan:
G‘.G‘ulom –doSh so`z yasovchi affiksi yordamida quyidagi yangi so`zlarni yaratgan:
eldoSh, yerdoSh, kuraShdoSh, qalamdoSh kabi. Mirtemir esa yurakdoSh, to`ydoSh, soqoldoSh
kabi so`zlarni, M. Shayhzoda nuriston, quyoShiston, nurobod, quyoShobod, halqobod kabi
so`zlarni, E. Vohidov changiston, balchig’iston kabilarni yaratgan.
Bunday leksikaga yana dialektizmlar, terminlar, kanstelyarizmlar, jargon va argolar ham
kiradi. Bularning hammasi funkstional uslub` turlaridan badiiy, publististik, so`zlaShuv
uslublarida uslubistik ma‘no ifodalaydi.
Dialektizmlar badiiy asarlarda hayotning realistik tasvirini beriShda, personajlar nutqini
individuallaShtiriShda, mahalliy koloritni saqlab qoliShda uslubistik figura sifatida qo`llanadi.
Masalan: Qating og’ridi? (Oybek ―Bolalik‖)
Bu jumlada bosh qahramon Musavoy nutqi berilgan, bu uning toShkentlik ekaniga iShora.
Lekin vaqtli matbuotda Shevaga hos so`zlarning iShlatiliShi ijobiy hol emas. Masalan:
Otlar, toylar chillada ko`taram bo`lib, kiShnamay qo`ygani hammaga ma’lum. ―Jangovar
mehnat‖ gazetasidan.
Dialektizmlardan taShqari, professionalizm, tehnistizm, terminlar ham badiiy uslubda
ma‘lum bir maqsad bilan iShlatiladi. Bunday leksika halqimizning iShlab-chiqariShi, faoliyati
206
ifodalangan asarlarda ko`plab qo`llanadi. Masalan:
Ota-onasi feodal, feodalizmning uyasi , meni cho`ri, uy cho`risi qilmoqchi bo`liShdi!
(A.Qahhor ―Nurli cho`qqilar‖)
Ba‘zan gazeta va jurnallarda hech qanday izohsiz iShlatiladigan terminlar nutq ko`rkini
oShiriSh o`rniga uni tuShunarsiz so`zlar yig‘indisiga aylantirib qo`yadi. Masalan: Bu svecha
zazorlaridan suyuqlik ichida ham uchqunlar chiqayotganligini ko`rib turibdi.
Jargon franstuzcha so`z bo`lib, buzilgan til degan ma‘noni bildiradi.
Jargonlar biror ijtimoiy guruh tomonidan yaratilib, ularning maqsadlarini ifodalaydigan
mahsus so`z va iboralardir. Ularning eng muhim belgilari Shundaki, o`zaro so`zlaShuvda
so`zlovchining boshqalardan ustunroq ekanligini ko`rsatiShi, buni ta‘kidlaShidir. Masalan: bu
kishi niShoni oliy Shon olib kelibdilar. Dadam Ollohning dargohiga maqtul etildilar.
Argolar esa ma‘lum bir ijtimoiy guruh ichida iShlatiladi, faqat ularning o`ziga tuShunarli
bo`ladi. Masalan: loy, yakan – pul, bedana-to`pponcha, havoga bulut chiqdi-o`g’rilaydigan
narsa bor (o`g‘rilar ichida iShlatiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |