Navoiy davlat pedagogika instituti umumiy tilshunoslik


YAhshilik qo`ldanki kelmas, zulm



Download 2,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet242/339
Sana01.01.2022
Hajmi2,9 Mb.
#287529
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   339
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

YAhshilik qo`ldanki kelmas, zulm ham qilma chunon  
                                                                 (Nizomiy Ganjaviy) 
                                         Omonimlar 
Omonimlar nutqda tuyuqlar, so`z o`yinlari hosil qiliSh uchun iShlatiladi.  
Bir marta gapirsang, o`yla necha bor 
Bilmasang, bilganlar huzuriga bor 
Burun ko`tarmoqni kim qo`ydi senga  
Ahir aqlliroq o`zgalar ham bor.   (H. Saloh). 
Ayniqsa, omofonlar so`z o`yini yaratiShda katta imkoniyatga ega. Masalan:  
Kungaboqarkungaboqar.  Umr bo`yi kunga boqar  
  Omonimlardan  A.Navoiy,  Z.M.Bobur  kabi  mashhur  Shoirlar  unumli  foydalanib,  tuyuqlar 
yaratiShgan.  
Kundalik  hayotimizda  keng  qo`llanadigan,  barcha  uchun  tushunarli  bo`lgan  so`zlar  faol 
leksikani taShkil etadi.  
Nofaol  so`zlar  esa    hayotimizda  kam  iShlatiladi,  hammaga  ham  tushunarli  bo`lavermaydi.  
Shuning  uchun  ular  qo`llaniShi  chegaralangan  leksika  qatoriga  kiradi.  Ular  eskilik    bo`yog‘iga 
ega bo`ladi. Bunday so`zlar arhaizm va istorizmlar deyiladi. 
Arhaik so`zlar badiiy asarlarda, fel`etonlarda, tanqidiy maqolalarda nutqqa kinoya, piching, 
mazah, maShara ruhini beriSh uchun iShlatiladi.  
Masalan:  
Faqir  jami  yozg’uvchilarimizning  osor  va  aSh’oridin  bahramand  bo`lib,  har  dasturhon 
ustida  odoyi  janrlarini  qilurmen.  Bu  mutoalalar  hosiyatidin  o`zumda  ham  andek  tab’i  nazm 
paydo bo`lib, bir qancha bayt-g’azallar yozdim. 
                                                                          A.Qahhor ―Maktub‖ 
Istorizm esa o`tmiSh voqeligini ataSh zaruriyati bilan ishlatiladigan so`zlar. Masalan: Faqir 
muddat  sakkiz  yil,  riyozat  chekib,  15  yoShimda  Kalomi  SHarifni  hatm  qildim  va  bir  jum’a 
nomozida imomatga o`tdim. A. Qahhor ―Maktub‖ 
Neologizmlarning uslubistik vazifasi juda hilma-hildir.  
Ma‘lumki,  hayotimizda  yangi  paydo  bo`lgan  so`zlar  faqat  ataSh  vazifasini  bajaradi. 
Masalan: jinsi, vilvet, internet, komp`yuter, magistr, bakalavr, supermarket, holding  va h.k. 
Lekin  yozuvchilar tomonidan  yaratiladigan neologizmlarlarning uslubistik xususiyati katta. 
Bular okkazionalizmlar deyiladi. Masalan: 
G‘.G‘ulom  –doSh  so`z  yasovchi  affiksi  yordamida  quyidagi  yangi  so`zlarni  yaratgan: 
eldoSh,  yerdoSh,  kuraShdoSh,  qalamdoSh  kabi.  Mirtemir  esa  yurakdoSh,  to`ydoSh,  soqoldoSh 
kabi  so`zlarni,  M.  Shayhzoda  nuriston,  quyoShiston,  nurobod,  quyoShobod,  halqobod  kabi 
so`zlarni, E. Vohidov changiston, balchig’iston kabilarni  yaratgan. 
Bunday  leksikaga  yana  dialektizmlar,  terminlar,  kanstelyarizmlar,  jargon  va  argolar  ham  
kiradi.  Bularning  hammasi  funkstional  uslub`  turlaridan  badiiy,  publististik,  so`zlaShuv 
uslublarida uslubistik ma‘no ifodalaydi. 
Dialektizmlar  badiiy  asarlarda  hayotning  realistik  tasvirini  beriShda,  personajlar  nutqini 
individuallaShtiriShda,  mahalliy  koloritni  saqlab  qoliShda  uslubistik  figura  sifatida  qo`llanadi. 
Masalan: Qating og’ridi? (Oybek ―Bolalik‖) 
Bu jumlada bosh qahramon Musavoy nutqi berilgan, bu uning toShkentlik ekaniga iShora. 
Lekin  vaqtli  matbuotda  Shevaga  hos  so`zlarning  iShlatiliShi  ijobiy  hol  emas.  Masalan: 
Otlar,  toylar  chillada  ko`taram  bo`lib,  kiShnamay  qo`ygani  hammaga  ma’lum.  ―Jangovar 
mehnat‖ gazetasidan. 
Dialektizmlardan  taShqari,  professionalizm,  tehnistizm,  terminlar  ham  badiiy  uslubda 
ma‘lum  bir  maqsad  bilan  iShlatiladi.  Bunday  leksika  halqimizning  iShlab-chiqariShi,  faoliyati 


 
206 
ifodalangan asarlarda ko`plab qo`llanadi. Masalan: 
Ota-onasi  feodal,  feodalizmning  uyasi  ,  meni  cho`ri,  uy  cho`risi  qilmoqchi  bo`liShdi!  
(A.Qahhor ―Nurli cho`qqilar‖) 
Ba‘zan  gazeta  va  jurnallarda  hech  qanday  izohsiz  iShlatiladigan  terminlar  nutq  ko`rkini 
oShiriSh  o`rniga  uni  tuShunarsiz  so`zlar  yig‘indisiga  aylantirib  qo`yadi.  Masalan:  Bu  svecha 
zazorlaridan suyuqlik ichida ham uchqunlar chiqayotganligini ko`rib turibdi.  
Jargon franstuzcha so`z bo`lib, buzilgan til degan ma‘noni bildiradi. 
Jargonlar  biror  ijtimoiy  guruh  tomonidan  yaratilib,  ularning  maqsadlarini  ifodalaydigan 
mahsus  so`z  va  iboralardir.  Ularning  eng  muhim  belgilari  Shundaki,  o`zaro  so`zlaShuvda 
so`zlovchining  boshqalardan  ustunroq  ekanligini  ko`rsatiShi,  buni  ta‘kidlaShidir.    Masalan:  bu 
kishi niShoni oliy Shon olib kelibdilar. Dadam Ollohning dargohiga maqtul etildilar.   
Argolar  esa  ma‘lum  bir  ijtimoiy  guruh  ichida  iShlatiladi,  faqat  ularning  o`ziga  tuShunarli 
bo`ladi.  Masalan:  loy,  yakan  –  pul,  bedana-to`pponcha,  havoga  bulut  chiqdi-o`g’rilaydigan 
narsa bor (o`g‘rilar ichida iShlatiladi).  

Download 2,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   339




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish